August 29

Only for you

3 qism

Kun doimgiday boshlandi. Jungkook bugun ham oila davrasida nonushta qildi. O'g'lidagi o'zgarishlarni sezayotgan janob Jeon va Jeon xonim quvonchlari ichlariga sig'mayotgandi.

Jungkook : Qayerga otlanding
Oyna oldida o'ziga oro berayotgan qizga boshdan oyoq nazar tashlab uni savolga tutdi.

Yn : Mm. Uyda o'tiraverib zerikdm. Biroz aylanib kelmoqchiman. Hohlasang hamroh bo'lishing mumkun..

Jungkook : Meni muhum ishlarim bor..

Yn : Yaxshi nima ham derdim.

Yn pov:
Sumkamni olib ketish uchun shaylandim. Honadan chiqishdan avval ohirgi bor erimga nazar tashladim. U bilan yaqinroq bo'lishim kerak. U ahmoq g'irt bekorchi bo'lsa hech qayerda ishlamasa. Qanday muhum ishlari bo'lishi mumkun.umidimni hech so'ndirishni istamadim pastga tushib mashina oldida turgan haydovchini atay gapga soldim. Qaynotam juda mehribon inson. Universitet talabalarini Ko'p qismini o'qishni bitirgunga qadar ish bilan taminlab turgan. Haydovchimiz ham bu yil universitetni tamomlaydi. Baland bo'yli ko'rkam yigit. Jungkook balkon oynasidan Bizni kuzatib turganini payqadim.. Har qanday erkak o'ziga tegishli ayolni rashk qiladi... Sevmasa ham har holda xotiniman.

Yn: hayrli kun

Haydovchi : hayrli kun xonim

Yn : xonim emas shunchaki Yn deyavering

Doimgiday samimiy va yaqin insonim bilan muomila qilayotganday suhbatga kirishdim. Ochiq samimiy munosabatimga o'zim singari javob qaytara boshladi. To'g'ri boshida biroz tortindi. Keyin asta chiqisha boshlagan edik

Haydovchi : xonim bu nima deganingiz meni hijolatga solayapsiz

Yn: hijolat bo'lmang . Men boshqalar singari tannoz boyvachcha qizlardan emasman. Uni ustiga mendan ancha kattasiz. Shunday ekan hijolat bo'lishga o'rin yoq.

Ikkimiz yuzimizni ham butunligicha kulgu egallab oldi.

Yn : Meni ismimni bilasiz. Men esa yoq..

Haydovchi : Ha aytgancha ismim temu.. Lee Jino..

Yn: tanishganimdan hursandman..

Jilmayib yigitga qo'l uzatdim u ham javoban tabassum qildi. Qo'l siqishdik..

Jino: Xo'sh Qayerga bormoqchisan

Yn : sohil bo'yini biroz sayr qilmoqchiman

Jino: Yaxshi tanlov. Chindan ham boshqa qizlarga o'xshamas ekansan.

Endigina temuga javob qaytaraman deb turgan edim. Niyohat erginamning qorasi ko'rindi. Bu hali boshlanishi..

Jungkook : Yn....

Jino : Janob Jungkook hayrli kun

Jungkook : Senga ham

Yn : Kel Jungkook menda biror ishing bormi? Yoki Jinodami?

Ilk kundanoq Haydovchi bilan uning ismini biladigan darajada yaqin bo'lib olganim erimni qoshlarini chimirilishiga sabab bo'ldi. Barchasi reja bo'yicha ketayapti.

Jungkook : Mm.. Sen sayr qilmoqchi edingku.

Yn : Shunday

Jungkook : Men seni olib borib kelmoqchiman. Haligi ishlarim bekor bo'ldi. Uyda zerikib nima qildim. Bahonada sen bilan yaqinroq tanishib olardik

Yn : Yaxshi ketdik bo'lmasam
Yaxshi qol Jino

Bir qo'li bilan mohirona ravishda mashinani boshqarib ikkinchi qo'lini dahaniga tiragancha nimalanidur hayol surib ketayotgan erimni ko'rib zerikishni boshladim..

Jungkook : Qayerga ketayapmiz

Vanihoyat tilga kirdi.

Yn: Buni yo'lga tushishdan avval berishing kerak emasmidi?

Eng sevimli mashg'ulotim uni mazah qilish.. Bu menga o'zgacha Huzur bag'shlaydi.

Jungkook : Ha ha kul. Senga faqat kulgu bo'lsa bas

Yn

Yn: mayli yig'lama. Ha ha hah...

Kulaverib yuz ko'zim qizarib ketdi. Biroz jiddiylashdim.
Khm khm. Jungkook sohilga hayda..

Jungkook : sohilga?

Yn: Ha sohilga..

Jungkook : U yerda qiziqarli hech nima yoq... Nega aynan sohil

Yn: uff Jungkook. Jungkook. Buncha savollaring Ko'p bo'lmasa.. Shunday qilishingni bilganimda sen bilan emas Jino bilan kelgan bo'lar edim.

Jungkook : Men nima dedim. Tavba tavba.. Nega doim mendan ko'ra boshqalarni ustun ko'rasan. Men bilan suhbatlashging ham kelmaydi. Boshqalar bilan esa gaping tugay demaydiya.. Nima shunchalik zerikarli insonmanmi?

Bu degani mening rejam ishberayapti.. U menga qiziqishni boshladi. Tabiyki Men ham unga qiziqayotganimni sezdirishim kerak. Kichik hazil aralash maqtovlar ham yoddan chiqmasligi zarur.

Yn: Yoq aksincha sen Men uchun juda qiziqarli insonsan. Ochilmagan berk qulfli eshik kabi.

Gaplarimdan Yuziga kichik kulgu yugurdi.

Jungkook : Senga shu eshikni ochish qiziqmi? Yani eshikni ochishni istaysanmi?

Jk

Yn : Nega endi yoq.. Albatta istayman. Lekin sen mendan o'zingni olib qochaverar ekansan. Birga kam vaqt o'tkazar ekanmiz. Bu eshik men uchun umrbod sirligicha qoladi.

Jungkook : Kel unda do'st bo'lamiz nima deysan. Oddiy do'stlar..

Yn : Men roziman. Unday bo'lsa qadrli do'stginam sohil boyiga olga. Do'st sifatida yaqinroq suhbat quramiz

Jungkook : Yaxshi sen aytgancha bo'laqolsin

~

Mana sohil bo'yiga ham yetib keldik. Shu yaqin atrofda musqaymoq sotadigan kichik do'koncha bor... Miyyamga birga musqaymoq yeyish fikri keldi. Ayni damda do'stimga aylangan erim bo'lmush Jungkookni sudrab o'sha yerga olib bordim. Bu yerga doim kelib turganim uchun sotuvchilar ham meni yaxshi taniydi. Doimgiday iliq yoqimli chehra bilan do'kon sotuvchisi Suhoo bizni kutib oldi

Suhoo : Salom.. Hush kelibsan..

Tan olib aytish Kerakki Suhoo juda yoqimtoy yigit. Kuchli muomilasiga esa gap yoq. Oh qanday omadli qizman. Atrofimda doim chiroyli kelishgan yigitlar. Ammo ularni hech biri meniki emas..

Suhoo

Yn: Sizga ham salom.. Ishlar qanday o'qishingizchi?

Aytgancha Suhoo bilan ancha yaqinman. Aniqroq aytganda u meni do'stim.. Musqaymoq bahona u bilan suhbatlashgani kelar edim

Birga maroqli vaqt o'tkazardik
Suhoo doimgiday odamni eritib yuboradigan tabassumi bilan hotirjam javob qaytardi

Suhoo : hammasi yaxshi. Yaqinda o'qishni ham tamomlayman. Keyin o'zimni soham bo'yicha ishini davom ettiraman

Yn : omad tilayman

Suhoo nigohi suhbatimizni jimgina kuzatib turgan Jungkookga qadaldi

Suhoo : Bu yigit kim Yn

Yn: Haligi u meni..

Jungkook : Men uning do'stiman

Endigina erim deb aytmoqchi bo'lib turgandim. Nima u mendan uyaladimi? Xotini ekangligimni aytsa nima bo'lardi. Tavba tavba. Senimi Jeon Jungkook hali shoshmaytur... Uff o'zingni bos Yn. Hech narsa osonlikcha sodir bo'lmaydi. Axir biz do'stlashdik u Ilk qadam

Yn : Ha u meni do'stim

Suhoo : tanishganimdan xursandman

Jungkook : Men ham

Ikkisi bir biriga istar istamas tabassum qildi. Agar begona odam bu turishimizga tarif beradigan bo'lsa. Bu ikki yigit meni sevib qolgan va bir biridan rashk qilayapti deb o'ylaydi.

Suhoo: Xo'sh qanday musqaymoq istaysiz

Yn: Menga doimgiday mevali. Jungkook sengachi

Savol berib yuzimni u tomon burdim. Qarasam qovog'idan qor yog'layapti

Jungkook : Men musqaymoqni xush kormayman..

Suhoo menga musqaymoqni tayyorlab berdi. U mendan doimgiday pul olmadi. Apil tapil og'zimni to'ldirib musqaymoqni yeyishni boshladim. Qarshimdagi ikki yigit ham baravariga keng tabassum qilishdi. Huddi meni kuzatish ularga zavq bag'ishlay o'tganday. Orada seyhun meni savolga tutdi..

Jungkook

Suhoo

Suhoo : Yn senga bir savolm bor edi. Qizlarga qanday tipdagi yigitlar yoqadi

Uning javob Jungkookni ham qiziqtirib qo'ydi ikkisi ham nema der ekan deb og'zimni poylashardi. Shunda hayolimga bir Fikr keldi. Bugun juda omadli kun bo'layapti

Yn: qizlarga.. Qizlarga kalta qora sochli baland bo'yli aqli mushakdor yigitlar yoqadi.

Javob ikkisini ham qoniqtirmaganga o'xshaydi. Kalta sochli degan jumla Jungkookni ensasini qotirdi..

Suhoo : Aytaylik menga bir yoqimtoy boshqalarga o'xshamaydigan bir qiz yoqadi. Unga hislarimni aytsam va juftlik bo'lishni taklif etsam seningcha rozi bo'ladi deb o'ylaysanmi?

Atay Jungkookni jig'iga tegmoqchi bo'ldim. Qisman buni uddalaganga o'xshayman. Yuz tuzulishi harakatlari bunga yaqol misol

Yn : Albatta rozi bo'ladi. Senga yoq deydigan qiz bo'lmasa kerak

Suhoo : Haligi Yn......

Jungkook : biz kechga qolyapmiz. Tanishganimdan hursandman.. Hayrli kun..

Jk pov:
Qo'lidan mahkam ushlab u yerdan olib ketdim. Qo'yib bersam anavi Tentak xotinimga sevgi izhor ham qiladi. Bu qiz yoki rostan ham yigit nimaga shama qilayotganini tushunmadi yoki o'zini jinnilikka solayapti. Nima bo'lganda ham endi u oilali uni eri bor. Buni qachon tushinib yetadi hayronman. Kalta soch unga shunchalik yoqadimi? Sevgan insoni kalta sochli bolishi shunchalik muhummi?

Yn : ya Jungkook. Bu nima qilganing..

Jungkook qo'lidan chiqishga harakat qilayotgan Yn norozi qosh chimirdi. Kutilmaganda yol o'rtasida to'xtab qizni qo'lini qo'yib yuborib Asabiy sochlarini yuqoriga taradi

Jungkook : Nima qilayapman. Indamasam u senga sevgi izhor qilardi. Sen. Sen shunchalik ham Tentak bo'lasanmi?

Yn: Hoy kim tentak ekan. Agar o'zingni do'stim emas erim sifatida tanishtirganingda bunday gaplar bo'lmasdi. Ikinchidan kelishuv esingdan chiqmasin Jungkook Men xohlagan odamim bilan xohlagan joyimda gaplasha olaman

Jungkook : GAPLASHMAYSAN. SEN MENI XOTINIMSAN. TUSHUNARLIMI
SHUNDAY EKAN MEN HOHLAMAGAN HECH KIM BILAN UCHRASHMAYSAN GAPLASHMAYSAN HAM

YN : MENGA BAQIRMA. MEN BILAN TO'G'RI GAPLASHASAN. UNDA SEN HAM BEGONA QIZLAR BILAN RUHSATIMSIZ GAPLASHMAYSAN. ESHITDINGMI? MENGA SHART QO'YAR EKANSAN BUNGA O'ZING HAM RIOYA QILASAN

Jungkook : Jin ursin seni..

Ikkimiz ham biroz nafas rostlab o'zimizga kelib oldik... Bir tomondan meni qizg'onishni boshlagani uchun xursandman. Ammo menga ovozini ko'tarishga hech kimning haqqi yoq. O'zimni bunday xorlatib qo'ymayman.. Indamay teskari qarab yurib keta boshladim. Biroz ortimdan qarab Jim qoldi kutilmagan harakatidan aqlim shoshib qoldi. Yugurib kelib qo'lini yelkamga tashlab quchib oldi biroz avval hech narsa sodir bo'lnaganday o'zini tutishidan og'zim lang ochildiyu qoldi. Haqiqatdan ham u men uchun jumboqlar majmuasi..

Jungkook : Xosh endi qayerga. Biroz o'tirib suhbatlashmaymizmi?

Jungkook : Yn seni sevganing bo'lganmi? Bir marotaba bo'lsa ham munosabat o'rnatganmisan

Dengizga qadalgan nigohlarimni Jungkookga tikdim. Kop o'tmay yana dengizga qarata gap boshladim

Yn : Yoq.. Hatto chindan sevib ham qolmaganman. Bunday munosabatlar meni qiziqtirmagan. Anig'rog'i o'ylashga vaqtim ham bo'lmagan.

Jungkook : tushunarli

Yn : xosh sendachi chin sevgingni uchratganmisan

Gapim yoki rostan ham o'ta kulgili yo bo'lmasa o'tmishni eslab shunday qattiq kulguga berildi

Yn : Hoy buni nimasi kulgili

Jungkook : Yoq yoq. Shunchaki sevgi chindan mavjud deb oylaysanmi.. Fikrining qanday

Yn : bilasanmi Chin sevgini qanday tassavur qilaman.

Tikaniga qaramay yon atrofga chalg'imay riosiz yolg'onsiz sevish. Yuragiga yongan birgina xijoga umr bo'yi talabgor bo'lib sevish. Zamon va makondan holi abadiyatni sevish. Nima bo'lsa bo'lsin bu ishq yolida egilmay bukilmay voz kechmay sevish.. Hech Kim bila olmaydigan anglay olmaydigan bolib qat'iyat bilan tik turib sevish. Gohida teran jimgina sevish. Sevganingni otashdan saqlash uchun unga yaqinlashmaslik bir o'zing quruq o'tinday yonish bu haqiqiy sevish..

Gaplarimni jimgina tinglab o'tirgan Jungkookga bir nazar tashladim. Uning butun yuzini hayrat egallab olgan. Ko'zlarini pirpiratib maqtovlar yog'dirib hushomat qilishni boshladi.

Jungkook : Yosh bo'lsang ham fikrlashing juda teran. Qoyil qolmaslikni iloji yoq.. Farzandlarim onasi bu darajada aqli boladi deb o'ylamagan edim

Uning ohirgi jumlalari kulgumni qistadi. Farzandlari onasi..

Yn: bir tentakka bir aqli degan gap borku..

Yana uni mazah qilishni boshladim. Qo'llari yordamida Bo'ynimni orab mahkam qisib biroz pastga egdi ikkinchi qo'lini bilan sochlarimni to'zg'itib tashladi

Jungkook : senimi kichkina yalmogiz..

Yn : Jungkook. Jungkook yaramas qoyib yubor meni

Gaplarim zarracha ham tasir qilmadi keyin so'ngi chora ga otdim. Barmoqlarini qattiq tishlab oldim. Dod solib qichqirishni boshladi

Jungkook : sen yovvoyi

Palaparyish bolib ketgan sochlarimni asta to'girlay boshladim. Haqiqatdan ham bu soch bilan yovvoyiga o'xshayman

Yn: o'zing aybdorsan

~~~
Mana yana bir kunni ham o'tkazib oldik. Bugun hayotimda men kutgan orzu qilgan xabarni eshitdim bundan juda shodman. Quvonchimni va ichimda bo'layotgan emotsiyalarni tushuntirish uchun ojizdekman. Nihoyat universitetda o'qiman
Erta tongdan nonushta vaqti keliniga xush xabarni aytganidan song nafaqat Yn Jeon xonim janob Jeonning o'zi ham bundan juda shod edi

Janob Jeon : Qizim ertadan universitetga qatnashni boshlaysan. Hujjatlar hal boldi

Jeon xonim : tabriklayman go'zal Qizim

Yn: Bu bu rostmi.

Eshitganlarimga ishona olmayman

Janob Jeon : Albatta

Yn : Rahmat

Quvonchim ichimga sig'may qaynona qaynotamni quchoqlab qayta qayta tashakkur bildirdim. Shu payt xonaga Jungkook kirib keldi. Hozir juda shodman Quvonchimni u bilan baham ko'rishni istayman. Yugurib borib uning quchog'iga o'zimni otdim. Mahkam quchoqlab yangilikni u bilan bo'lishdim

Yn : Jungkook. Jungkook. Meni tabrikla

Jungkook nima bo'layotganiga hali ham tushuna olmayotgan edi. Nima qilishni bilmay qotib qoldi. Javoban qizni quchmoqchi bo'ldiyu qo'llari havoda qotdi

Jungkook : tinchlikmi. Nima bilan tabriklay

Yn Jungkookdan o'zini ajratib Yuziga tushib xalaqt berayotgan tutam sochlarini quloqlari ortiga o'tkazib nafas rostlab so'zida davom etdi

Yn : Men o'qishga kirdim. Ertadan universitetga boraman. Shunday baxtlimnkiy

Qayta o'zimni Jungkook bag'riga otdim bu safar u ham meni Javoban quchdi. Biroz shunday turdik ohista undan ahraldim. Bir qo'li sochlarimni silasa ikkinchisi yanoqlarimni erkalash bilan band edi. Mayin tabassum qilib meni tabriklashni boshladi. Ko'zlarimiz to'qnashganda g'alati bo' lib ketdim. Butun badanimni titroq qopladi. Oshqozonimda kapaklar uchib yurganday. Yuragim ko'ksimni yorib chiqadiganday.. Bu ketishda Men ham unga oshiq bo'lib qolaman

Jungkook : tabriklayman sen uchun xursandman.

Qaynoq lablari muhrini yanoqlarimga tushirdi. Dunyodan uzulib qolgandekman. U hozir doimgiday da samimiy. Bizni kuzatib turgan boshqa ko'zlar ham bo'lgani uchun hijolat chekishni boshladim

Yn: Rahmat

Janob Jeon : Qizim Mana bu karta sen uchun. Bugun harid qilib Kerakli narsalaringni sotib ol.

Yn : Katta rahmat. Hozir oq borib kelaman..

Jungkook : istasang hamroh bo'lishim mumkun..

Yn : Seni ovora qilmasam..

Jungkook : harid qilib bogandan song seni bir yerga olib bormoqchiman

Togrisi bu qayerligi Hammani birdek qiziqtirib qoydi. Jungkookning qanday rejalari bor ekan..