Money talks
Seulning chekka ko'chalaridan biri bugun yana o'sha mototsikllarning g'izillagan ovozlari bilan to'lgan. Atrofdagi yigit-qizlar qora rangdagi "derzkiy" kiyimlarda hamma joyni to'ldirib yuborishgan.
Yn bunaqa joyda birinchi marotaba bo'layotgani sababli ham, biroz g'alati vaziyatga tushib qolgandi.
Jk: Sen "boy"lar deganda hayolingga keladigan fikrlarni o'zgartirish uchun!
?:Ouuu, kimlarni ko'rayapmiz? Jeon Jungkook janoblarini o'zlariku
qayerdandir paydo bo'lgan yigitlar to'dasi ular tomonga yaqinlashib kelisharkan, Yn sekingina Jkga yaqinlashdi. Qizning harakatlari yigitni yuzidagi kichik tabassumga sabab edi.
Yigitlar Jk bilan qo'l berishib ko'rishgach, Ynni hayolida ikki xil fikr aylandi : 1-si hozir turgan joyi o'ylaganidek xavfli emas, 2-si Mana bu qarshisidagi yigit Jeon Jungkook emas!
?:Poyga uchun kelding degan umiddamiz!
?: Lekin bu safar yolg'iz emassan!
Yigitlardan biri Jkning ortidagi qizga ko'z qisib qo'ydi.
Jk: Bo'lajak kelinoyingiz bilan hazillashishmang. U zahar!
Yn Jkning gapidan achchiqlanib, uni turtdi.
?: Poygani boshlash arafasidamiz. Kelinoyimiz bilan qatnashasanmi?
Jkni boshini ortga burib, Ynni qovoq solib turishini ko'rgach, bu safar ham bir o'zi qatnashishini bildirdi.
?: Yaxshi! Seni mototsiklingni hozir olib chiqib berishadi.
Yigitlar Jk va Ynni yolg'iz qoldirishdi.
Yn: Bu nimasi?! Bizni oq ot mingan shahzodamizning bunaqa hunarlari ham bor ekanda!
Jk: "Bunaqa hunarlar"imni faqatgina sen guvohi bo'layapsan. O'rtamizda sir bo'lib qoladi degan umiddaman.
Yn: Agar yutsang, og'zimni qulflayman.
Yn ikki barmog'ini birlashtirib, lablari ustidan yurgizdi.🤐
Tae: Men yoningda bo'lmasam qo'rqmaysanmi?
Jkning so'zlaridan so'ng, qiz yana atrofiga ko'z tashlab chiqdi. Hammajoy segaretaning tutuniga to'lgan, qo'llarida yoki cho'ntaklarida kichik qurollarni yashirishgan yoshlar, Ynni yuragida qo'rquv uyg'otib turardi, ammo qiz hech ham past ketishni xohlamasdi.
Yn: Qo'rqmayman. Ketaver. Bunaqa poygalar qanchalik xavfliligini juda yaxshi bilaman. Halicha butun hayotimni senga ishonadigan darajaga kelmadim.
Yigit biroz engashib, qizning quloqlari ortiga shivirladi.
Tae: Bu yerdagilar senga tegajonlik qilishmoqchi bo'lganda, men allaqachon uzoqda bo'laman.
Jk labini bir burchagida kulib qo'ydiyu, rangi oqarib ketgan qizdan uzoqlasha boshladi.
Jk himoyalovchi bosh kiyimini kiyib, mototsiklni uyoq-buyog'iga qarab chiqqach, hammasi yaxshiligiga ishonch hosil qildi.
Jkning oldiga yugurib kelgan qiz, hech nima demay, orqaga joylashib oldi.
Jk: Xo'sh?! Jasorating qayerga yo'qoldi.
Yn: Seni siringni saqlashim uchun menga "yutdim" deb yolg'on gapirishing mumkin, shuning uchun g'alabangga o'zim ishonch hosil qilishim kerak.
Yn biroz ikkilanib, Jkni belidan qo'llarini o'tqazdi.
Hana mehmonxonaga bazo'rg'a kirib kelarkan, xodimlardan kalitni olib, liftda xonasigacha ko'tarilib oldi.
Eshikni ortidan yopdiyu, sirpanib yerga o'tirib oldi.
Shuncha yildan buyon faqat o'zing bilan yashading. Otang ham, onang ham, do'sting ham yolg'iz o'zingsan! Shu sababli ham bu qarorni faqat o'zing qabul qilasan!
Qizning ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar bugun uni yonida yelkadosh bo'lish uchun yana hech kim yo'qligini eslatib turardi.
Yn: Rostdan meni qoyil qoldirding!
Katta qoyalardan birining ustida yulduzlarni kuzatayotgan qiz, Jkga qaramasdan gapirardi.
Jk: Senda, menga nisbatan ishonchni hosil qila olibmanda unda!
Yn: Balki, shunday desa ham bo'lar!
Yn Jkga qarab yelka qisib qo'ydi.
Yn: Oq ot mingan shaxzodam, endi meni uyimga eltib qo'ying.
Yn mototsiklning ortiga o'tirishu bilan, Jkning belidan quchdi. Ammo bu safar unung qo'llari qo'rquvdan dag'-dag' titramasdi. Aslida, Jk o'zi istagan narsaga allaqachon erishib bo'lgandi.
Agar hammasini aytmasang, qiziqishdan o'lib qolaman!
Tun yarimiga kelganda Mina Ynni uydan olib chiqdi shu atrofdagi joylardan biriga o'tirishdi.
Qiziqishdan ko'zlari porlayotgan Mina, jimgina semechka chaqib o'tirgan dugonasiga qaradi.
Yn bu gaplarni shunchalik sokin yuz ifodasida aytdi, ammo bu narsa Minada butunlay chappachasiga ishladi.
Xursandlikdan baqirib yuborgan qizning og'zini Yn ikki qo'li bilan to'sdi.
Yn: hozir hammani uyg'otasan jinni!
M: Sen o'zing aytgan gaplarni tushunayapsanmi o'zi? Sen sevaman deding!
Yn: Bilaman. Agar tarixga yaxshiroq qaraydigan bo'lsak, bu tuyg'u avvaldan bor edi.
M: Unda nega ikkilanding, jinni.
Yn: Oila qurish ko'plab ikkilanishlarga sabab bo'ladigan mavzu. Yo'lingdan chiqqani bilan birga bo'laversang, bu tushunchani qadr-qimmati yo'qoladi. Dunyodagi juda ko'p narsalar oddiy va zerikarli bo'lib qoladi.
Yn: Yo'q bu rost. Menda ikkilanish hali ham bor. Jeon Junkookning sevgisiga emas, balki uning tenggi odamlar meni va oilamni qanday qabul qilishida.
M: Qo'rqma! Muhimi sen va u his qilayotgan tuyg'ular. Agar rishta kuchli bo'lsa, uni hech nima uzolmaydi.
Yn qo'lidagilarni chetga qo'yib, dugonasini qattiq quchdi.
Tae: Jk bilasanmi manimcha men Hanani hafa qilib qoyganga oxshayman togʻri u bilan sohil boyida biroz suhbatlashdik lekin biroz nojoyiz soz aytgandayman
Tae shunday deb quchub otirgan yostiqchani urar edi
Jk: Aka kelin oyim bilan yana gaolashib korin balki unday emasdir
Yn o'y hayollardan chalg'ish uchun uydagi jamiyki kiyimlarni terib, yuvishni boshlab yuborgandi. Yarim kun ishda va yana yarim kun Jeon Jungkook so'ragan muddatning oxirgi kunini o'tkazishda ancha toliqqan bo'lsada, katta tezlikda ishlab, portlab ketayozgan miyasini charchatish uchun u o'zini yana jismoniy mehnat bilan to'qnashtirdi.
Qizni bunchalik qiynalishiga sabab bo'lgan masala bu - Qaror qabul qilish edi. Yn ko'pik bo'lgan qo'lini chekkasi bilan ter oqayotgan peshonasini artdi. U bu safar oldingilaridan ham chuqurroq "ufff" tortgancha yerga o'tirib oldi. Har qancha qilmasin, qiz o'zini chalg'itishga erish olmadi.
U o'tirgancha, 1 soat oldin Jk aytgan so'zlarni millioninchi marta esladi.
"Qaroringni yaxshilab o'yla, seni tuni bilan sohil oldida kutaman. Kelmasang, javobingni o'zim tushunib olaveraman va seni ortiq bezovta qilmayman"
Yn qo'llarini bir-birga qovushtirgancha o'tirarkan, tun yarmiga yetkan bo'lsada, bu munosabatlarga oxirgi nuqtani qo'ya olmasdi. Qiz Jkni aqli va yuragi bilan birgalikda sevishini bilardi. JK unga qanday insonligini shu 3 kunlik kichik muddat ichida ko'rsatishga ulgurdi. Ammo Ynda 1 foizgina bo'lsada qo'rquv bor edi. Ayni vaqtda u bir dona so'zi bilan hayotini yo jar yoqasiga keltirishi mumkin, yoki baxtga eltishi mumkin. Ammo bu yo'llardan qaysi biri to'g'ri ekanligini bilmay boshi qotgan qiz, o'rnidan yana shoshilmaygina turib, ho'l kiyimlarni yoyish uchun derazalar yoniga keldi.
Ynning uyidan uncha uzoq bo'lmagan joyda, suv bo'yidagi sohilda esa Jk qum ustiga joylashib olgandi. U sokin osmmonni ko'zlari bilan, shovullayotgan suvni quloqlari bilan his qilardi. Ammo hayollari umuman boshqa joyda edi.
Jk: o'zimni qancha ishontirishga harakat qilmay, uni bu yerga kelishi uchun umidim tobora so'nib bormoqda.