May 17

Queen wanna die

2 qism

Yoqimli mutolla tilayman

Sebom aravada derazadan tashqariga qarab ketar edi. Yo‘l bo‘yidagi daraxtlar, uzoq-uzoq cho‘zilgan tepaliklar va har qadamda o‘zgarayotgan manzara unga tanish emasdi. Har qanday yurish bilan emas, biror nimani ortda qoldirayotgandek his qilinar edi. U bu yo‘lga yurak bilan emas, qaror bilan chiqqandi. Lekin baribir... bu yo‘l og‘ir edi.

Yonida o‘tirgan Nari esa xonimasining yuziga qarab, ichida bir oz shubha aralash xavotir bilan so‘z boshladi.

N: Xonim... ishonchingizga aminmisiz? Men sizdan orningizda bo‘lsam, allaqachon qaytgan bo‘lardim. Hali ham kech emas.

S: Men bir qarorga kelganman. Bu faqat men haqimda emas. Bu xalq haqda. Ular ochlikda yashamasliklari uchun men ular uchun ozimni qurbon qilaman

Nari bosh egdi. Lekin so‘zida hali tugamagan gaplar bor edi.

N: Lekin xonim... odamlar Cheseong qiroli haqida juda yomon so‘zlar aytishadi. U mehrsiz ekan, qarorlarida kechirim yo‘q ekan, deyishadi...

S: Bu gaplar meni to‘xtata olmaydi. Men qo‘rquv bilan emas, xalqimni asrash uchun boryabman .

N: Yana bir narsa. U odamlar aytishicha... Cheseong qiroli Min Yoongi yuzida chandiq bilan yashaydi. Ong ko‘zining pastida va yuqori qismida chuqur kesik bor ekan. Kimdir uning yuziga qaray olmaydi deyishadi...

S:Yuzdagi iz kimligini belgilamaydi. Men u bilan muzokara emas, kelishuv qilaman. Agar bu iz uning o‘tganini eslatadigan narsa bo‘lsa, balki bu bizga qanday odam bilan ish yuritayotganimizni tushunishga yordam berar.

Ular gaplashib otirishib Cheseong qiroligiga ham yetip kelishdi va bu xabar Cheseong saroyiga ham yetip bordi.

Cheseong saroyining darvozalari sekin ochildi. Og‘ir temir eshiklar harakatga kelganda, atrofdagi soqchilar darhol saf tortdi. Sebom aravadan tushar ekan, ko‘zlari oldida qadimiy me’morchilik bilan qurilgan, lekin har burchagida qat’iyat ko‘rinib turgan ulkan saroy gavdalandi. Bu yer na nafislik, na mehmondo‘stlik uyi edi.

Nari Sebomning ortida turar, unga qarab yelkasini to‘g‘riladi.

N: Xonim... endi ortga yo‘l yo‘q

Sebom indamadi va asta sekin saroyga kirib bordi.

Saroy ishkarisida uni xizmatkorlar va boshqada saroy kanizaklari kuzatip turar edi

Va ishkarga kirishi bilan uni Qirol Yoongini eng yaqin yordamchisi Won Jea kutip turgan edi

J: Malikam Qirol sizni kutmoqda . Menga ergashing

Sebom hech qanday savol bermadi. U saroyning uzun yo‘laklaridan yurib, nihoyat katta eshikli xonaga yetib keldi.

Sebom xonaga kirdi va atrofda heshkim yoq edi va orqadan bir ovoz eshitildi va orqasiga qaradi bu osha Nari aytgan qirol edi . Yoongi asta sekin ish stoliga borip otirdi

Y: Demak, Seoyang malikasi nihoyat yetib keldi.

Sebom hech narsaga ajablanmadi. U bir necha qadam oldinga yurdi. Qarshisida o‘tirgan odamni ilk bor ko‘ryatgan edi . Bu Min Yoongi edi. Uning yelkasi tik, yuzi jiddiy, ko‘zida esa murosaga o‘rin yo‘q edi. Uning o‘ng ko‘zining pastida to‘g‘ri chiziqqa o‘xshagan chandiq bor edi. Lekin bu iz yomonlik emas, hayotda o‘tkazgan sinov belgisi edi.

Sebom unga tik qaradi.

S: Men Seoyang nomidan keldim. Kelishuv shartlariga ko‘ra, siz bilan birga yashashga tayyorman.

Yoongi uning ko‘zlariga qarab, bir muddat sukut saqladi. So‘ng sekin o‘rnidan turdi.

Y: Nima san rostan ham mani aytgan kelishuvimga rozimisan

Sebom o‘zini yo‘qotmadi. U javob berdi:

Men sizning qo‘lingizda bo‘lish uchun emas, xalqimni himoya qilish uchun keldim. Qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha kutaman. Lekin men insonman, sovg‘a emasman.

Yoongi bir soniyaga to‘xtadi. Va unga bolgan nigohi òzgarmadi

S: Kóramiz buni hali vaqt kórsatadi.

Sebom o‘z javobidan so‘ng yon tomonga qadam tashladi. U o‘zining ahvolini ko‘z-ko‘z qilmasdi, biroq bu saroydagi har bir harakati sinovdan o‘tar, har bir so‘zi baholanar edi. U o‘zini qadri bor shaxs sifatida ko‘rsatmoqchi edi undan qo‘rquv emas, qat’iyat kutilardi.

Yoongi yana joyiga o‘tirdi. Stol ustidagi pergamentlarga ko‘z yugurtirar, biroq fikri boshqa yoqda edi. U Sebomga yuzlanmasdan gapirdi:

S: Demak, sen xalqing uchun bu yerga kelganingni da’vo qilmoqdasan. Ammo xalq bu so‘z bilan emas, amallar bilan himoyalanadi.

Sebom oldinga yurib, Yoongining qarshisidagi bo‘sh joyga to‘xtadi

S: Men gap bilan kelmadim. Bu yo‘lga qadam qo‘yganimdan so‘ng hech kimga tilanchilik qilmadim. Hozir ham hech narsa so‘ramayman. Faqat va’dangizda turing. Shu kifoya.

Yoongi uning gapiga qarshi hech nima demadi. Faqat boshini biroz qimirlatdi, xolos. Shundan so‘ng Won Jea ichkariga kirdi va salom berib kutdi.

J: Qirolim, malika uchun xona tayyor. Uning dam olishi uchun barcha sharoit yaratildi.

Yoongi qo‘lini biroz ko‘tardi, bu — chiqishing mumkin degan ishora edi. Sebom bosh irg‘ab, ortga burildi. Ammo Yoongi uni chaqirib qoldi.

Seoyanglik malikasi. Bu saroyda hech kim o‘z holicha qolmaydi. Har bir kuningda kuzatish, baho, sinov bo‘ladi. Shuni unutma.