Only for you
Yn : Keyin nima bo'ldi bilasanmi? U hatto men uchun o'z qo'llari bilan nonushta tayyorlabdi..
Doimgiday universitet oshxonasida ovqatlanish bahona Jivon bilan dardlashamiz. Aniqroq aytganda faqat men gapiraman. Jivon esa hotirjam taomlanib vaziatimdan kelib chiqqan holda menga maslahat beradi
Jivon: Hoy Ishqilib unga ortiqcha imkoniyat berib qo'ymadingmi?
Yn : Yoq Albatta. o'zing aytingku avval sevgisiga Ishonch hosil qil. Buni isbotlasin deb..
Jivon : Agar seni chindan sevsa birinchi o'rinda anavi qurbaqa bilan orani ochiq qiladi.
Jungkook : bilasanmi Teahyung kecha unga iqror bo'ldim. Eng quvonarli tomoni u ham meni sevar ekan..
Teahyung : Sen uchun hursandman do'stim. Ammo barcha muommolar endi boshlanadi
Teahyung kresloga qulay joylashib hotirjam do'stiga tajribasidan kelib chiqib maslahat berardi..
Jungkook : Qanday muommolar
Jungkookning yuzi burishdi.
Teahyung : Hali qiladigan ishlaring oldinda demoqchiman. Sevaman deb hamma aytaveradi.. Ammo uni isbotlash kerak. Sevgi so'zlarda emas. Amallarda go'zal.
Jungkook : Tushunarli... Xo'sh unda nima qilay? Maslahat ber..
Teahyung : Anavi ismi nima ediya ha esladim Minhee.. Birinchi o'rinda o'sha qiz bilan orani ochiq qilishing kerak..
Jungkook : unga ham o'ylab qo'ygan alohida rejam bor.
Jungkookning jilmayishida qandaydur ayyorlik yashirin edi.. Rejasidan mamnun...
Darslardan so'ng Yoongi oldimga keldi birga biroz sayr qilishni taklif qildi. Yoq deya olmadim. Aslida Yoongi yaxshi inson ko'rinishi ham qalbi ham go'zal.. Doim menga g'amxo'rlik qilishga urinadi. Ko'zlarimga termulib tursa ichimdan g'alati bo'lib ketaman. Huddiki u meni yoqtiradiganday tuyiladi. Shunday bo'lgan taqdirda bir begunoh yigit ko'nglini vayron qilishimni o'ylasam.. Bu haqida o'ylashni o'zi daxshatli
Uyga yaqin qolgan edik birdan Jungkookdan qo'ng'iroq bo'lib qoldi
Jungkook : Qayerdasan Yn uyga hali kelmapsan sendan havotir oldim
Yn : Men yaxshiman. Yoongi bilan biroz sayr qilgan edik. Uyga qaytyapmiz..
Yoongi ismini eshitishi bilan o'zini bosa olmay doimgiday o'shqirishni boshladi.
Jungkook : YN MEN SENGA NIMA DEGAN EDIM. U BILAN KO'RISHMAYSAN GAPLASHMAYSAN DEB OGOHLANTIRGAN EDIM..
Yn: Jungkook baqirma!! Uyga borgandan so'ng gaplashamiz..
Ortiq uning baqiriqlarini tinglashni istamay go'shakni bosib qo'ydim.. Kayfiyatini ham rasvo qildi
Yoongi : hammasi joyidami? U senga yaxshi munosabatda bo'mayaptimi? Agar seni hafa qilsa darxol menga ayt.. Senga hatto ovozini ko'tarishga ham hech kimning haqqi yoq
Men uchun qayg'urganidan himoya qilmoqchi bo'lganidan hursandman. Ammo kimni kimdan himoya qiladi.. Jungkook erim Axir! Begonadan rashk qilishi tabiy.. Biroz jilmaydim
Yn : arzimas janjal.. Biroz asablari joyida emas ekan..
Uyga yetib ham keldim. Jungkook allaqachon uyda ekan. Xonaga kirishim bilan janjal boshlanib ketdi.
Jungkook : SEN QIZNI AQLING BORMI O'ZI? YANA NECHA MAROTABA AYTISHIM KERAK.
Jungkook : NIMA QILAY UNDA. AYT NIMA QILAY. XOTINIM BEGONALAR BILAN XOHLAGAN YERIGA BORIB AYLANIB KELSAYU MEN JIM TURISHIM KERAKMI? GAPIRRR....
YN : SENGA BAQIRMA DEDIM. NIMA BO'LGAN TAQDIRDA HAM MENGA OVOZINGNI BALANDLATA KO'RMA
Biroz hovuridan tushdi. Sochlarini jangallab xona boylab u yerdan bu yerga borib kela boshladi
Jungkook : qanday tushuntiray senga Axir. U erkak kishi Yn.. Uni ustiga bo'ydoq senga befarq ham emas
Yn: Bu bilan nima demoqchisan Jungkook. Seningcha Men o'zimga javob bera olmaymanmi? Bravo!
Qarsak chalib uni olqishlay boshladim. Kulib tursam ham ko'zimdan yosh oqmoqda.
Yn : NIMA DEDING SEN A? NIMA SHUNCHALIK O'ZIMNI HIMOYA QILA OLMAYDIGAN. KIM BILAN QANDAY GAPLSHASHISHNI BILMAYDIGAN QIZMANMI? SHU VAQTGACHA YIGITLAR BILAN ORTIQCHA MUNOSABAT QILMADIM
DOIM O'RTADA CHEGARA BO'LGAN. NAHOT ENDI SHUNDAY QILA OLSAM. NIMA MENGA ISHONMAYSANMI?
Jungkook : anavi eshshakka ishinmayman..
Yn : Bas yetar.. Ket Jungkook. Iltimos meni yolgiz qoldir. Boshqa sen bilan gap talashishga kuchim qolmadi
Indamay xonani tark etdi. Ortiq kuchim yetmay ko'z yoshlarimga erk berdim.. U bir tomondan haq. Lekin Ishonch. Ishonch bo'lmagan yerda qanday sevgi bo'lsin. Meni shu narsa xafa qildi
Ikkisi ham biroz o'ziga kelib olgach o'z maslahatgoylari bilan bugungi voqea tavsilotlarini telefon orqali baham ko'ra boshlashdi
Yn : U menga ishonmaydi. Bundan qattiq ko'nglim og'ridi. Nima men shunchalik soddamidim. Bunday ogihlantirishlar beradigan darajada..
Jivon : Jungkook haq Yn. Seni men ham ogohlantirgan edim. Bu yigitda bir gap bor deb. Senga qandaydur qarashlari gapirishlari ham boshqacha. Uni ustiga yangi kelgan o'qituvchi. Hali hech Kim uni yaxshi bilmaydi.
Yn : uf Jivon sen ham boshlama.
Jungkook : Nima qilishga boshim qotib qoldi? Unga nima desam ham befoyda
Jungkook asabiylashgancha hovlida sigaret tutatib Teahyungga dardini ayta boshladi
Teahyung : Yn haq.. Unga ishonmaysanmi? Hafa bo'lishi tabiy axir..
Jungkook : oh Men adoyi tamom bo'lyapman. Sevib qolish shunday mushkul ish bo'lsa..
Tungi soat 12ga yaqinlashib qolgan shirin uyqumni buzib Jungkook meni uyg'ota boshladi
Jungkook : Yn uyg'on..
Turaqol seni bir joyga olib bormoqchiman. Menga keraksan..
Ym : Jungkook esing joyidami seni soatni qara..
Jungkook : bormaysanmi? Yaxshi unda Minhee chaqiraman
Yn : Nima? Men senga qachon bormayman dedim. Minheemish!?
Anavi botqoq alvastini ismini eshitishim bilan o'rnimdan uchib turdim.. Jungkookning aytganidek qilib kiyinib oldim. Boshdan oyoq qora. Keng sportivka va qora kepka.. Yuzim hech kimni etiborini tirtmasligi uchun kepkani burnim uchiga yetadigan qilib bostirib qo'ydi. Bugun Jungkookning jangi bo'lar ekan. Biz manzilga yetib keldik. U yerda Jivonni eri Teahyung Bizni kutib oldi. Menga Teahyung yonidan siljimasligimni tayinlab o'zi kiyim almashtirish uchun ketdi.. Kutilgandan ortiq tomoshabin yig'ilgan. Ular orasidan anavi alvastini qidirayapman
Teahyung : kimnidur qidirayapsanmi?
Yn : Aslini olganda ha. Teahyung anavi Minhee alvastini taniysanmi? U shu yerda bo'lsa men uni ko'rmoqchiman.
Teahyungni yuzi birdan o'zgardi nima qilishga boshi qotdi
Agar u qizni menga ko'rsatsa va men yana bir baloni boshlasam u Jungkookdan yaxshigina baloga qoladi
Teahyung : Yaxshi Men uni senga ko'rsataman. Ammo hech qanday janjal yoki muommo chiqarmaysan. Kelishdikmi
Yn : Havotir olma bechoraga hech narsa qilmayman
Teahyung menga qizni tanitdi. Tavba Jungkookning didiga qoyil qolmadim. Uning nimasi go'zal. Cho'pdan farqi yoq. Yuzi ham qandaydur sovuq.. Menga teshib yuborguday termulib turibdi. Endi etiborimni odamlar qichqirib olqishlayotgan Jungkookga qaratdim. Mening erim Dunyodagi eng kelishgan yigit.. Ko'zlarimni undan uza olmay qoldim. U meni erim ekanligidan fahr tuyg'usini tuydim. Uning muhlislari talaygina ekan. Qizlarning aqldan ozib qichqirishlarini eshitib rashkim qo'zidi. Jungkook berkitib qo'ysam. Yoki ko'rinmas odam bo'lib qolsa faqatgina Men ko'ra olsam. Yoki boshqa qizlar ko'ziga hunuk qurbaqaga o'xshab ko'rinsa.. Yuragimni Jungkook faqat meni sevadi uning xotini Men degan so'zlar bilan tinchlantirdim.. Uning raqibi ham ko'rinish berdi ancha kuchli ko'rinadi. Yo hudoyim Jungkookni o'zing asra
Jangga start berildi. Jungkook huddi JANG qilishni istamayotganday edi. U kurashmayapti huddiki atay yutkazib bermoqchidan.
Asabiylashib tirnoqlarimni tishlay boshladim.. Ko'krak qafasimda achishishni his qilayapman. Jungkook o'tkazib yuborgan har bir zarbasi menga tegayotganday jonim og'riyapti. Boks shu kabi sport turlariga qiziqishim rost. Ammo sevgan insoning ringda g'alaba qozonish uchun kurashyotgani ko'rsang.. Agar ko'rishga yuraging dosh bera olsa hayajondan porlab ketmasang.. His qilayotganlarimni qanday ifodalashni ham bilmayman. Jungkook ketma ket ogir zarbalar o'tkazib yubordi. Anavi temir ho'kiz erim ustiga chiqib olib uni ayamay kaltaklayapti. O'tirgan joyimdan uchib turdim. Hech kimga va hech narsaga qaramay Jungkook tomon yugurmoqchi bo'ldim Teahyung meni to'xtatib qoldi.
G'olib qoli yuqoriga ko'tarildi. JANG nihoyasiga yetdi.. Ana endi sevgilim bag'riga o'zimni otdim
Yn : Jungkook. Yaxshimisan.. Seni yuzing
Yig'lamsirab uning ko'kargan bazi yerlari yorilib qon bo'lib yotgan yuzini ehtiyotkorlik bilan siladim. Butkul holdan toyibdi. Barmoqlari sochlarimda harakatlana boshladi. Hansirab ikki ogiz jumlani zo'rg'a ayta oldi..
Jungkook : hammasi joyida Yn. Nima bo'lgan taqdirda ham hech qachon yig'lama
Teahyung ko'magida uyga yetib keldik. Yotoqda holsiz yotgan Jungkookni ko'rib ichim yonib ketayapti... Shu ishlar kerakmidi. Yuzini tozalab.... Yarim soat oldingi hodisalarni tahlil qila boshladim
Yn : Shu ishlar kerakmi senga Jungkook.? Hamma yering ko'karib mo'mataloq bo'lib yotibdi. Chiroyli yuzingdan asar ham yoq... Hammadan ham anavi alvastini qilgan ishi meni hayratga soldi. Suvilon.. Shon shuhrat pul kim tomonda bo'lsa u ham o'sha yerda. Tavba tavba. Sekin dumini likillatib anavi yigitga osilib oldiya... Hx..
Ishimni yakunlab dori qutini qayta joyiga joyladim...
Jungkook : o'zing aytmaganmiding Minhee bilan ko'rishmaysan gaplashmaysan deb. Men ham u bilan orani ochiq qildim..
Yn : Bundan chiqdi atay yutkazib bergan ekansanda..
Jungkook : Bu bir reja edi.. Ikki tomondan ham yaxshigina foyda ko'rdim
Jungkook : Salom janob Yu
Yu : xosh menda qanday ishing bor
Jungkook katta ko'cha janglari o'tkazib pul ishlovchi qo'shtirnoq ichidagi biznesmen bilan kelishish uchun uning oldiga tashrif buyurdi
Kresloda segaretasini tutatgancha hotirjam o'tirgan Yu Jungkookning taklifidan so'ng biroz sergaklashdi..
Jungkook : Men sizning jangchingizga yutkazib bermoqchiman. Faqat yaxshigina haq evaziga..
Yu : Bunga kafolat bormi? Aynib qolsang nima bo'ladi?
Jungkook : ko'nglingiz hotirjam bo'lsin bunga 100 %kafalotim bor
Jungkook : alo. Salom janob Min. Bu JANG sizga 2 barobar pul olib keladi.. Barcha pulini raqibimga tiking..
Men ular bilan kelishib qo'ydim. Bu ikki tomon uchun ham foydali JANG bo'ladi
Telefon orqali Jungkook janglari uchun pul tikadigan kishi bilan suhbatlashib uni ham vaziatdan xabardor qilib qo'ydi.
Jungkook : Bir narsani unitma. Jeon Jungkook hech qachon yutkazmaydi
Qilgan ishidan mamnun. O'zidan fahrlangancha asta jilmayib qo'ydi.. Bu yigit meni aniq aqldan ozdiradi. Ming yil o'ylasam ham bunday reja hayolimning uchiga ham kelmasdi. Puxta o'ylangan mukammal reja.. Hayratdan og'zim lang ochilib qoldi. Ammo bir vaqtning o'zida g'azblanyapman ham
Qo'limga ilingan yostiq bilan uni ura boshladim
Ym : Mana senga tentak. Yaramas. Meni havotirga qo'yganing uchun
Jungkook tabassumi kengayib menga qarshilik qila boshladi
Jungkook : oh.. Ahh. Og'riyapti
Yuzlarini burushtirib oh og'riqdan dod sola boshladi.
Uni yaralangani endi yodimga tushdi. Yuragim qinidan chiqay dedi. Butun ongimni havotir egallab olgandi. Darxol yostiqni yerga uloqtirib Jungkook yoniga joylashdim. Yanoqlarida barmoqlarimni ehtiyotkorona harakatlantirib ahvolini so'rashga oshiqdim
Ym : Jungkook ahvoling yaxshimi? Hech qayering og'rimayaptimi?
Tan olish kerak undan yaxshigina aktyor chiqadi. Bir harakat bilan meni quchog'iga oldi.
Yn : Yolg'onchi.. Qo'yib yubor meni
Bag'ridan chiqish uchun tipirchilay boshladim. U esa yanada qattiq quchoqlab oldi
Jungkook : iltimos qimirlayverma.. Butun tanam qaxshab og'riyapti. Sen yonimda bo'lsang barini yengib o'taman
Men ham shuni istayman. Doim uning yonida bo'lishni.. Bag'riga qulayroq o'rnashdim. Ko'zlarim beixtiyor yumila boshladi. Uning issiq yoqimli bag'rida uyquga ketishni xush ko'raman. Avvallari uxlashga qiynalar edim. Ko'zlarimni yumib necha soat yotmay baribir uyqum kelmasdi. Arang uyquga ketardim. Hozir esa Jungkook meni quchoqlasa bag'riga olsa ko'zlarim yumila boshlaydi. U yonimda bo'lsa tiniqib bor charchoqlarimni chiqarib uhlab olaman. Balki suyana oladigan insonimni topganim uchundir
Jungkook meni o'yinchoqlar do'koniga olib bordi. Turli xil yumshoq o'yinchoqlarga tola doʻkon. Ularni xilma xilligi ko'rib boshim aylanib qoldi..
Yn : oh Jungkook ularning barchasi ajoyib..
Jungkook : xohlagincha o'zinga yoqanini tanlayver senga alohida olib beraman..
Yn : yana olib beradigan boshqa insoning bormi?
Yuzim birdan o'zgardi.. Yana meni bir dunyo savollar bilan o'ralashtirib qo'yayapti.. Chalkashib ketayapman
Jungkook : Bu mening mitti farishtalarim uchun..
Bir dunyo o'yinchoqlar va shirinliklar sotib oldik.. Yuragimda g'ulgula bor.. Boshqa chiday olmay Jungkookni savolga tutdim
Ym : Jungkook bular kim uchun..
Hotirjam mashina boshqarib ketayotgan Jungkook boshini Men tomon burib lab chetida kuldi va javob berdi
Jungkook : Kim uchun emas bular mening bolalarim uchun
Yn pov
Tomogimda achiq tam. Butun tanam titrab ketdi. Eshitganlarimga ishona olmayman. Jungkookning farzandlari bormi? Bu haqida nega avvalroq meni hech kim ogohlantirmagan? Ularning onasi kim hali ham Jungkook bilan uchrashib turishadimi? Miyyamda turli savollar qaynayapti. Yiglab yuboray deyapman. Baland juda baland. Ovozim boricha baqirib yiglashni istayman
Jungkook : xosh nega jimib qolding..
Yn: Jungkook seni haqiqatdan ham farzandlaring bormi? Nega avvalroq bu haqida menga aytmagansan
Jungkook : Agar avvalroq aytganimda nima qilar eding. Meni qabul qilmagan bo'larmiding. Endi mendan sevgimizdan voz kechasanmi..
Ko'zlarimga mano tola nigohlarini qadagan on.. Men tamom bo'la yozdim. Havas qilarli vaziatda emasdim. Bir tomondan sevgim. Bir tomondan aldanganim. Yana bir tomondan esa begunoh go'daklar. Hammadan ham ular kelajagi meni tashvishga solayapti. Har bir farzand ota onasi bilan tola tokis oilada mehr korib yashashga haqli
Jungkook : o'ylanib qolding. Demak tashlab ketasan
Yn : Jungkook seni sevaman. Hatto juda juda qattiq sevaman. Ammo mendan doim sir berkitasan. Hali men bilmagan qancha sirlar yashirin. Farzand masalasi otalik bu umuman boshqa masala. Ularni onasi qayerda? Kim bilan yashashadi
Jungkook : bazilariniki o'lgan, bazilariniki tashlab ketgan.
Yn : Nima ular kop va onasi boshqa boshqami
Ko'zlarim katta katta bo'lib ketdi. Jungkook bu gaplarni osongina bamayli hotir ayta olayapti. Bu aqlga sigmaydi
Yn: Bu haqida dadam biladimi? Yoki ulardan yashirganmisan.
Jungkook : Bu haqida faqat sengina bilasan.
Yn: oh Jungkook. Jungkook. Bu haqida ularga aytishimiz kerak. Bolalarni ham uyga olib kelamiz
Jungkook to'g'ri eshitdimmi deganday g'alati qarab qoldi
.
Jungkook : Sen ularni qabul qilasanmi?
Yn : begunoh bolalarda nima ayb. Hech bo'lmasa otasi mehrni ko'rishi kerak
Bu gaplarim uning hayratini ikki barobar oshirdi. Axir nima qilay 2 o't orasida qoldim
Pov Jungkook
Rosti u meni borgan sari hayron qoldirayapti.. Ko'ngli shunchalik ham pok bo'ladimi? Odamlar o'z bolasiga qayg'urmaydi. U bo'lsa.. Nahot meni shunchalik qattiq sevsa.. Unga nisbatan mehrim hurmatim sevgim yanada ortdi. U mening haqiqiy hazinam..
Katta bino oldida to'xtadik.. Bu mehribonlik uyi. Nahot Jungkook farzandlarini shu yerga tashlab ketgan bo'lsa.
Mashinadan tushib birga ichkariga kirdik. Biz olgan narsalarni shu yerda ishlaydigan ishchilar ichkariga olib kira boshlashdi. Jungkook bu yerga kop kelib turgani uchunmi yolda uchragan Hamma unga tazim qilib hurmat bildirardi. Katta zalga kirdik. Bolalar juda kop toplanib oyin oynashayotgan ekan. Bizni aniqrogi Jungkookni korib bolalar qichiqirgancha quvonchlari ichlariga sig'may yugurib kelishdi. Bolalar ham Jungkookni juda yaxshi tanishar Jungkook ham ularni barini ismini yotdan bilar ekan
Jungkook : Hoy bolalar sekinroq bu safar Men yolgiz kelmadim. Sizlarga Oyi olib keldim
Barchaning nigohi menga qadaldi. Kuchli hayajon va bosimni his qilayapman bolalarni bilib bilmay hafa qilib qoyishni istamay jilmaydim
Barchasining ko'zlari porlab turibdi mehrga chanqoq bu murg'ak godaklarni ko'rib yurak bag'rim ezildi
Jungkook : Qani oyingiz bilan salomlashingchi
Bolalar bir ovozdan Men bilan salomlashishdi..
Jungkook : Sevgilim tanish bular mening bolalarim
Yonimga kelib bellaridan bir qo'lini otkazgancha meni o'ziga tortdi.. Jungkookni endi Tushundim..
Javoban jilmayib qo'ydim. Bolalarga olib kelgan sovgalarimizni tarqatdik. Ular bilan men ham yaqin bolib oldim. Bari meni onasi deb bilib omma deb chaqira boshladi. Aynan bugun ota onam qadriga yetdim. Qiyinchilikda katta bo'lgan bo'lsam ham o'z ota onam bilan..
Bir og'iz shirin soz ota ona mehriga zor bolib turgan bu qora kozlarni korib shukr qilishni ham o'rgandim. Nega mehr berisha olmas ekan farzand dunyoga keltirib uni shunday qarovsiz mehrsiz tashlab ketishadi. Yetimxona mudirasi bilan biroz suhbat olib bordik. Yuragimni tinchlantiruvchi juda kop yaxshi fikrlarni aytdi. Jungkookni yanada qattiq sevib qolayapman.. Jungkook noqonuniy janglardan yutgan puliga shu yetimxona bolalarini taminlab borar ekan. Shuning uchun ham bolalar uni juda qattiq yaxshi ko'rishadi. Barcha hurmat qiladi
Uyga qayta yotib yo'lma yol quvonchimdan Jungkookni shirin so'zlar bilan erkalay boshladim
Yn : oh mening shirin sevgilim
Sen shunday yaxshi insonmisan. Sevgim yanada ortib seni Sevganim uchun o'zimdan faxrlanib ketayapman
Jungkook : Tentak.. Rosa qorqib ketdinga..
Yn : yashirmayman.. Ammo baribir ohrida hursand boldim..
Yuzimdan tabassum arimayapti. Huddi Jungkook singari. Meni qiliqlarim gap so'zlarim uni ham tabassum qilishga majbur qilayapti.
Kechagi kundan song kayfiyatim alo darajada. Bugun kechga Jungkook do'stlari bilan yigilishar ekan. Tayyor bo'lib turishimni aytdi. Negadur ko'nglim g'ash. Biror dilhiralik sodir bo'ladiganday..