Only for you
Jk pov:
Universitetda o'qishini eshitib shunchalik hursand bo'lib ketdi. Yuz ko'zi porlab turibdi. Quvonchi ichiga sig'may hali hamon shu yangilik ta'sirida. Uni yuz ifodasini tasvirlash men uchun mushkulday. Har daqiqa tabassum qiladi. Ora orada pichirlab o'ziga o'zi nimalarnidur aytib chuqur chuqur nafas oladi. Musiqasiz raqsga tutishga ham tayyor do'konga yetib kelgunimizcha uning ajoyib qiliqlaridan bahramand boldim. Yol juda qisqadek tuyildi. Meni ham kutmay sumkasini olib do'kon tomon yugurdi. Mashinani joylashtirib ortidan kirdim. Allaqachon kiyim tanlashni boshlab yuboribdi.
Yn : Jungkook kel menga tanlashib yubor.
Kiyimlarini birma bir ko'zdan kechirib tanlay olmay qiynalayotgan Yn eridan yordam kutardi. Afsus Jungkookning javobi uning hafsalasini pir qildi.
Jungkook : o'zinga yoqanini olaver Yn...
Yn pov:
Mahluq. Men insonga emas mahluqqa turmushga chiqanman. Boshqa tomondan olib qaralsa insoniyat ham bir mahluq.. Shoshma sen nega uning etiborsizligidan hafa bo'lyapsan.. Mayli hozir bularni o'ylaydigan Vaqt emas.. Jungkookga ahamiyat bermay kiyimlarini qayta ko'zdan kechirara boshladim. U yumshoq divanga o'tirib olib kim bilandur telefon orqali suhbat qurayapti. Bu o'sha qiz bo'lsa kerak. Qiziq ular nima haqida gaplashishayotgan ekana. Jungkook Tentak. Men bilan gaplashganda ham yuzi shunday porlab turarmikin. Hayollarimni biroz yo'g'on Ammo Yoqimli ovoz sohibi tarqatib yubordi
Yoongi : o'qish uzun kiyimlar sizga yarashgan bo'lar edi..
Boshimni ovoz kelgan tomonga burdim. Qarshimda bir yigit. kelishgan baland bo'yli. Tilla sochli biroz tutam sochlari peshonasiga tushib uni yanada yoqimtoy ko'rsatib turardi. Lablarini aytmaysizmi katta pushti kulganida yanada Yoqimli ko'rinadi. Miyyamda uning lablariga tegib ko'rish fikri uygonganidan o'zimni o'zim koyib berdim. Axir erim bor. Nimalarni o'ylayapman... Erga tegmaganimda bu yigitni hech qachon qo'ldan boy bermagan bo'lardim.. Oh endi buning imkoni yoq. Qanday omadsizlik..
Dovdirab gaplarimni ham yo'qotib qo'ydim. Yuziga yanada keng tabassum ilib gapida davom etdi
Suga : Salom.. Menimcha stil tanlashda ikkilanyapsiz. Agar istasangiz yordam berishim mumkun.
Oh bu go'zallikka yoq deb bo'larmidi. Albatta roziman. Anavi tentak erim zora menga etibor berib qolsa
Yn: Agar vaqtingizni olmasam... Bundan hursand bolardim
Yoongi : singlim ham harid qilayapti u kelguncha vaqtim bor. Qani unda boshlaymiz
Kiyimlarga biroz koz yugurtirib menga stil yaratishni boshladik. U tanlab bergan kiyimlarini birma bir kiyim moda ko'rsatayotganday qarshisiga chiqdim. Didiga qoyil qolmaslikni iloji yoq. Yana bir narsa hayratimni oshirdi. Menga tanlagan barcha kiyimlari uzun va yopiq.. ammo juda chiroyli huddi menga atab tikilganday. Aytgancha Jungkook yodimdan chiqay debdi. Bizni chetdan so'zsiz tomosha qilib o'tirdi. Qoshlari chimirilib ko'zlari qoraya boshladi. Buni ko'rish menga zavq berdi. Aldab nima qildim. Aynan shu ifodani kutayotgan edim. Menga yordam bergan yoqimtoy yigitni ismini ham so'ramapman. Qo'ng'iroq bolib shoshilib ketib qoldi. U ketgach katta katta qadamlar bilan Jungkook oldimga keldi. Harakatlarini ko'rib o'zimni arang kulgudan ushlab turibman.
Jungkook : Hosh tanlab boldingmi
Yn : 3 tacha koʻylakni oladigan boldim hozir yana bitta ikta koylak olay song ketamiz
Jungkook : istasang yordam beraman.
Javobimni kutib o'tirmay kiyimlarni ko'zdan kechirishni boshladi. Yana 3 tacha kiyim oldik. Jungkookning didi bu qadar nozik ekanligini bilmagan ekanman. Har bir kiyimni rangi u bilan birga taqiladigan aksusvargacha yaxshilab etibor berdi. Men uchun tanlangan kiyimlaridan ko'ngli to'lib avvalgidan biroz chehrasi yorishdi. Do'kondan chiqib Jungkook meni olib bormoqchi bo'lgan yerga yol oldik
Mashina o'rmon chetidagi kichik kulba oldida to'xtadi. Qiziq bu yerga nega olib keldi ekan. Bu yer o'zi qanday Joy. Mashinadan tushdi tabiyki men ham ming bir ikkilanishlar ila ortidan tushdim. Artofga sinchiklab nazar tashlay boshladim. Tabiat go'zal havo musaffo.. Bu yigit harakatlari bir kun meni aqldan ozdiradi. Ortimga o'tib baquvvat kaftlari bilan ko'zimni berkitdi. Biroz men tomon egilib quloqlarimga shivirladi. Issiq nafasi butun tanamni titratib yurak maromimni sezilarli darajada buzilishiga sabab boldi. Badanimda chumolilar o'rmalab yurganday.
Jungkook : Mening sirli olamim bilan tanishishga tayyormisan..
Ohista eshik yoniga yetib keldik. Uchgacha sanab ko'zlarimni ochdi. Korgan manzaram meni shokga soldi. Kichik kulbanig ichi turli qo'lda chizilgan suratlar. Rangli bo'yoqlar bilan tola.
Suratlarni birma bir ko'zdan kechira boshladim. Ular juda go'zal. Tariflashga til ojiz.
Ortimga Jungkook tomon ogirildim.
Ym : Albatta yoqdi. Ular juda juda go'zal. Jungkook bularni sen chizganmisan. Senga qoyil qolmaslikni iloji yoq. Bunday mahorating borligi hech ham xayolimga kelmagan ekan.
Maqtovlarimdan lab chetida kulib qoydi. Uning kulgusi yoqimli. Bir qo'lini yelkamga tashlab o'z san'at asarlariga mag'rur tikildi va dedi
Jungkook : Men doim go'zal narsa va manzaralarni suratini chizaman. Bu mening hobbiyim. Hohlaysanmi Sening ham suratingni chizaman.
Bu gapi meni ham hayratga soldi. Ham ikki karra quvontirdi. U hozir meni go'zallar qatorida sanadi. Ikkinchidan vaqt ajratib mening suratimni chizmoqchi. Suratni honamizning eng yorug eng ko'rkam yeriga osib qoyaman
Yn : oh Jungkook buncha yaxshisan albatta xohlayman.
Jungkook : Kel bugun ozgina shugullanamiz. Men Suratni qoralamasini chizib olaman. Vaqtimiz bo'lgan payt kelib Suratni bitirishga harakat qilamiz.
Bugungi kun hayotimdagi eng yaxshi eng bahtli unitilmas kunlarimdan biri bo'ldi.
Erta Tong... Bugun o'zgacha kun.. Biroz hayajondaman. Iliq vanna qabul qildim. Sodda make up ham. Kechagi yoqimtoy yigit tanlab bergan kiyimlardan birini kiydim. Oq uzun tekis pastgi qiymida biroz virizi bor yupka. Unga mos kalta kofta uzun kapalakli zirak. Oq kichik bejirim sumka. O'rtacha balandlikdagi oq tufli. Boshdan oyoq oq kiyinib oldim. Bu meni yanada yoqimtoy ko'rsatayotgan edi. Nonushtadan song hamma bilan xayralashib o'qishga otlandim. Jungkook o'zim tashlab qo'yaman deb olib ketdi. Erta tongdan qovog'idan qor yog'ayapti. Universitetga yetib keldik. Rahmat aytib mashinadan tushdim ortimdan Jungkook ham tushdi qarshimga chiqib menga boshdan oyoq nazar tashladi
Jungkook : nimadur yetmayapti. Qani menga qo'lingni ko'rsatchi
Gaplariga hayron bo'lib ikki qo'limni yuqoriga ko'tardim.. U esa
Jungkook : uzuging qayerda Yn...
Boshida u nima haqida gapirayotganiga tushinmadim. Bilganimdan song esa negadur ich ichimdan quvonib ketdim.
Jungkook : qanday uzuk bo'lardi. Nikoh uzugingni aytyapman..
Sumkamdan uzukni olib unga korsatdim.
Uzukni olib barmoqlarimga joylab qoydi
Jungkook : uzugingni hech qachon yechma. Bu uzuk seni band ekanligingni menga tegishliligingni bildirib turadi
Yn : o'zingning uzuging qayerda..
Jungkook ham cho'ntagiga solib qoygan nikoh uzugini chiqardi. Men ham uning qo'liga uzukni oz qo'llarim bilan taqib qoydim
Yn : Sen ham unda uzukni yechmaysan. Hamma seni uylangan oilali ekanligingni bilsin. Sen ham menga tegishlisan.
Bu gapimdan ikkimiz ham kulib yubordik.
Yn : Yaxshi men ketdim yoqsa Ilk kundanoq kechka qolishim mumkun. O'zingni Ehtiyot qil.
Jungkook : Sen ham. Yigitlardan uzoq yur.
Kalidor boylab oz xonamni qidirar ekanman. Kechagi yigitga kozim tushdi. Uni bu yerda uchrataman deb sira o'ylamagan edim..
Yn : Sizga ham. Kecha tuzukroq minnadorchilik ham bildira olmadim
Yn : Hech qisi yo'q. Yordamim tekkan bo'lsa hursandman. Kiyimlar senga juda yarashibdi
Bu chiroyli yigitdan maqtov eshitib yuzim biroz qizardi
Yoongi : aytgancha isming nima. Endi tez tez ko'rishib turar ekanmiz. Yaqinroq tanishib olsak degandim
Yn : ismim Yn. Yani Yeon Yn... A yoge Jeon.
Ahmoqman.. Nimalar dedim yigit ham tushunmagan nigohda menga termulib turibdi
Yn : Haligi yaqinda turmushga chiqdim. Shunga biroz yangi familyamga organish qiyin bo'layapti
Bu gapimdan hayrati ikki barobar oshgan yigit hafsalasiz javob qaytardi
Yoongi : juda erta turmush quribsan. Mayli. Mening ismim Yoongi Min Yoongi . Shu universitetda dasr beraman
Yn: tanishganimdan hursandman.. Profesor..
Yoongi: oqishda profesor qolgan payt oddiygina Yoongi deb chaqiraversang boladi
Yoongi hayrli kun tilab sinf tomon yol oldim. Hamma yigʻilib ulguribdi. Yigitlardan yiroq bolib. Ohirgi partada hech kim bilan ishi bolmay o'tirgan qiz oldiga joylashdim.
U qiz meni sinchiklab o'rgana boshladi. Gap so'zlari o'zini tutishi menga yoqdi. Bizdan yaxshi Dugona chiqadi
Jivon: turmushga chiqqanmisan?
To'satdan bergan savolni meni biroz gangitib qoydi.
Jivon: Men ham. Bu guruhda turmush qurgan faqat ikkimiz.. Kel yaqinroq tanishib olamiz
Jivon : Hosh qanday turmush qurdingiz sevishib yoki ota onalar tanlovimi
Yn : Ota onalar tanlovi deya qolaylik. Sizchi
Teahyung bilan uchrashib yurar edik. U ota onasini menga uylanishga kondirdi oilalarimiz rozi boldi va biz turmush qurdik. Adashmasam eringning ismi Jungkook shundaymi?
Yn : shundaylikka shundaku Ammo sen buni qayerdan bilasan
Jivon : erimning ismi Teahyung. Seni ering bilan qalin dost ular et va tirnoqqa o'xshaydi.
Yn : shunday de. Modomiki erlarimiz dost ekan nega endi bizlar do'st bolmasligimiz kerak
Jivon : togri fikr. Universitetda ham yolgiz qolmaymiz. Telefoniningni ber raqimmi saqlab beraman.
Taqdir charhpalagi aylanib Bizni uchrashtirdi. Ikki dost rafiqalari ham dostlashib oldik. Butun kun birga yurdik. Ancha yaqin bolib qoldik. Jivon ertaroq ketdi. Eri olib ketgani keldi. Qayergadur aylangani borishar ekan. Qanday omadli. Jungkook ham meni olib ketgani kelsa edi. Har holda olib kelib qo'ydiku. Kalidor boylab hayol surib ketar ekanman ortimdan Yoongi ovozi eshitildi. Suhbatlashib universitet tashqarisigacha birga chiqdik.
Yoongi : Seni olib ketgani kimdur keldimi? Istasang uyinga tashlab qo'yishim mumkun
Yn : Yoq yoq. Hojati yoq. Seni ovora qilmay qoya qolay
Kutilmaganda qarshimizda Jungkook paydo boldi. Nima qilishimni nima deyishimni bilmay dovdirab qoldim. Baxtdan sarhusht bolayapman
Yoongi Jungkookga kimsan deganday ishora qildi. Jungkook Men umuman kutmagan javobni berdi. Bu mening quvonchimni yanada oshirdi
Jungkook : Men Ynning eriman..
Yoongi: tanishganimdan hursandman. Men uning do'sti hamda universitetda profesoriman
Jungkook : biz ketishimiz kerak. Hayrli kun profesor
Qo'limdan ushlab mashinaga o'tkazdi. O'zi ham mashinaga joylashib qosh chimirib meni savolga tutdi
Jungkook : Bu kechagi sotak emasmi. Men senga nima degan edim Yn.
Yn : yigitlar bilan o'ralashma..
Jungkook : togri sen nima qilding. Qachon aqli qiz bolasana..
Endi etiborimni uning gaplariga emas tashqi ko'rinishiga qaratdim.
Yn : Jungkook sochlaring. Ularni kalatalatdingmi?
Jungkook : qoyil ko'zinga ering ham ko'rinar ekan.
Yn: oh Jungkook. Bu senga juda yarashibdi. Rosti rashk qilishni boshlayapman
Ana endi yuzidagi quyuq tuman tarqab biroz tabassum qilishni boshladi
Ym : Albattada. Oldin atrofingda qizlar shundoq ham parvona edi. Endi oshiqlaring soni yanada ortib meni unitib qoymagin deymanda
Domgiday sochlarimni to'zg'itib gapida davom etdi
Jungkook : havotir olma seni unitmayman. O'zing unitishga yol qoymaysan axir.
Yn : oh seni bu shirin yuzingni yeb qoysam
Yn : oh seni bu shirin yuzingni yeb qoysam
Yanoqlarini kaflrim bilan ohista silab erkalay boshladim. Jungkookning yuzidan kulgu arimayapti. Keyin telefonimni qo'limga olib ushbu Yoqimli lahzalarni kameraga muhrlay boshladim
Yn : Mana qarshimizda taniqli sportchi Jeon Jungkook. Va ular sochlarini kaltalatibdi. Bu kutilmagan hodisa hozir esa biz janob jungkookdan bu haqida intervyu olamiz
Qiliqlarimga kulgancha meni kuzata boshladi. Jungkookga yaqinroq o'tirib uni savolga tutdim
Yn : Janob Jungkook sochingizni qisqartiribsiz. Endi o'zingizni qanday his qilayapsiz. Bu sizga yoqdimi? Bunday qarorga kelishingizga nima sabab boldi
Biroz menga qarab jim qoldi. Song kulgu aralash javob qaytardi
Jungkook : Bu qarorga kelushimga asosiy sababchi mening xotinim. Unga kalta sochli yigitlar yoqadi. Aytishicha kalta soch meni yanada yoqimtoy ko'rsatar ekan.
Yn : Oooov qanday mehribon er. Sizdek erni butun Korea qizlari orzu qiladi. Xosh xotiningiz bunga qanday munosabat bildirdi
Ikkimiz ham kulgudan arang o'zimizi ushlab turibmiz
Jungkook : Xotimin o'zida yoq xursand. Quvonchining chek chegarasi yoq. Umid qilamanki endi ko'zlari faqat meni ko'radi
Yn : yaaa Jungkook.. Bu gaping mutlaqo to'g'ri. Yonimda shunday ko'rkam kelishgan erim bo'la turib begonalarga qaramidim. Bu videoni senga ham tashlab qoyaman. Bir birimizdan uzoqda bo'lgan Vaqt korib otirishimiz uchun
Gaplarimdan Jungkookning yuzi keskin o'zgardi. Jiddiy qiyofada menga qarab dedi
Jungkook : Nima mendan uzoqqa ketmoqchimisan
Yn : bunday niyatim yoqkuya. Ammo taqdirimizga nima yozilganini bila olmaymiz. Hayotda turli vaziatlar boladi
Jungkook : Nima bo'lgan taqdirda ham meni tashlab ketma. Vada ber Yn..
Ko'zlarimga tikilgancha aytgan so'zlaridan telba bo'layozdim. U hozir mutlaqo jiddiy.
Yn : Vada beraman Jungkook. Sen ham menga Vada ber. Doim kerak bo'lgan vaqting yonimda bolasan
Yn : o'zimning yoqimtoy erginam
Erkalab yanoqlariga kichik o'pich qoldirdim. Ikkimizning ham quvonchimiz chegarasi yoq.
[ birinchi topshiriq muavvaqitatli bajarildi✅]
~~~~
Tungi soat 11dan oshgan. Rafiqasini bag'riga bosgancha hotirjam uhlab yotgan Jungkookni telefoni chiringlashi uyg'otib yubordi. Qo'ng'iroqa javob berdi. Kiyinib ketishga tayyorlandi . Rafiqasini ustini yopib peshonasidan mayin bosa olib ketmoqchi bolib turgan Vaqt Yn uning qo'lidan tutib uni to'xtadi
Yn : Jungkook qayerga ketayapsan.
Uyqusi ochilib tirsagiga tayanib boshini yotoqdan ko'tardi. Jungkook hotirjam qizning sochlarni silab.
Jungkook : muhum ishim chiqib qoldi. Sen uhlayber ertaga universitetga borasan. Men iloji boricha tez kelishga harakat qilaman..
Yn : Jungkook ketma
Kech bo'lganda qanday muhum ish bo'ladi
Jungkook : Yn. Havotir olma. Shunchaki uhlab dam ol.. Men tezda qaytaman.. Hopmi
Yanoqlarimni silab erkalab meni eritib yubordi. Men ham uning yoqimtoy yuziyu shirin so'zlariga mast bo'lib ketishiga yol qoyib berdim.
Hn : Yaxshi. Men seni kutaman. Kelganingdan keyin uhlayman. Seni kutib o'tirganimni unutma..
Songi bor peshonamga o'zing issiq nam lablarini bosib jilmaygancha xonani tark etdi.. Yuragim notinch.. Unga hech narsa bo'lmasa bo'lgani..