Money talks
Jeon xonim: Siz o'zingizni kimligingizni tezda yodingizdan chiqardingizmi deyman?
Jeon xonimning so'zlari Janob Jeonni anchagina asabiylashtirdi. Ammo u o'z ayoli singari hissiyotlarni ichiga yashirdi.
J/J Men-ku halicha o'z o'rnimdaman. Ammo sen o'z o'rningni unutyapsan!
J/x: Bu ikki yigit faqat sizning farzandlaringiz emas. Bu masalada men bilan maslahatlashmaganingizdan hayratdaman😒
J/J: Men hech qachon ruxsat so‘rab yuradiganlardan emasman. Men bir marta gapiraman va shu yetarli! Mening oilamda faqat mening so‘zim so‘z! Kimga yoqmasa, bizning katta darvozalar har doim ochiq chiqib ketsin!
Janob Jeon, avval, fig'oni falakka yetgan ayoliga, so'ng unga qarashga botina olmayotgan ikki og'liga qaradida, mehmonxonani tark etdi.
Tae: Oyi... Siz shunchalik ishonib, rejalab qo‘ygan qizlaringiz bormi? Afsuski, dadam bitta harakati bilan hammasini puchga chiqardi!
J/X : Hozir hazillashishni vaqtimikan, og'lim.
Qoshlari chimirilgan xonim, kichik og'liga qaradi
Tae: Meni quvishmasidan oldin, o'zim ketaqolaya?!
Taehyung qo'lini artib, bu yerda Jk va oyisini yolg'iz qoldirdi.
J/X:Otangning bu qarorini tushunolmayapman. Shuncha obro‘-e’tibor bilan yurib, endi borib sizlarga xarobadan chiqqan qizlarni tavsiya qilsa-ya?!
Jk: Oyi, dadamning qaroriga o‘zingiz ham guvohsiz. Uni o‘zgartirish – deyarli imkonsiz.
J/x: Nima bo‘lsa ham, bu ishga yo‘l qo‘ymayman. Oxirigacha kurashaman!
Jk biroz muddat turmush o'rtog'ini ortidan ketgan ayolni kuzatib turgach, o'zi ham bugungi munozaralardan "to'yganini" his qildi.
Sungmin: Axmoq qiz, seni aqling ishlaganda "ket" degan vaqtim , ketarding
Sungmin supermarketdan chiqqach, uni jilmayib kuzatib turgan qizni yoniga keldi.
Y/n. Qo'ysangizchi aka! Sizni bir o'zinggizni tashlab ketmaymanku
Y/n akasini qo'lidagilardan birini olmoqchi bo'ldi, ammo Sungmin kundan-kunga noziklashib borayotgan singlisiga bu buyumlarni bermadi.
Sg: Sen avval, o'zingni ko'tarib ol! So'ng, menga yordam berarsan.
Y/n akasiga qarab yuzini burishtirdi.
Jungkook chiroqlari allaqachon o'chishga ulgurgan katta, qop-qora xona ichiga mo'ralarkan, Taehyungni shunchaki osmonga qarab yotganini ko'rdi.
Tae: Kirib bo'lib ruxsat so'raydigan axmoqlardan biri sensan!
Jungkook yotoqning boshqa burchagiga kelib joylashgach, Taehyungga qo'lidagi suratlardan birini uzatdi.
Jk: Ushla, bu bo'lajak yangamni surati!
Jungkook akasini suratga ham qaramay, uni boshqa tomonga olib qo'yganidan hayratlandi.
Tae: Dadam shunchalik shoshilayaptiki, xatto bizdan fikrimizni so'rashga ulgurmadi Tae labini chetida kulib qo'ydi.
Jk: Seni bilmadimkuya, ammo kelinoyim menga yoqdi. Haqiqatdan ham chiroyli!
Tae: Sen hali yo‘q bo‘lgan kelinoyi orzusida yurguningcha, avval bu ‘to‘y’ deb tashlab ketgan qizlaring ro‘yxatini tuzib ol. Adashib boshqa biriga qaytib qolmaslik uchun, albatta.
Tae: Ular senda shundog'am ko'p. Ulgurasan.
Jungkook xonadan chiqishda aytgan gaplari, Taehyungni kuldira oldi.
Jk: Senga mazzada! Sen hech bir qiz bilan vaqt o'tkazmading. Menga esa qiyiiin. Bu qizlar ertaga boshimga balo bo'lmasligi uchun ham ulardan bir amallab qutilishim kerak, qanchalik bechoramanaaaa😩
Erta tongdan xonada jiringlay boshlagan soat ovoziga ancha o'rganib qolgan qiz, bu safar ham qiynalmay turdi va qadamlarini yuvinish xonasiga yo'naltirdi.
Sg:Oyi, bunday bo'lishi mumkin emas. U odamlar kim, qayerdan, bularni bilmay turib, qizingizni uchrashuvga chiqarmayman.
Sungmin onasiga shu gaplarni aytayotganda, to'satdan kelib qolgan singlisini sezmadi.
Y/n: Ya'ni menimi? Qayerga chiqarmyasiz?
Y/n akasi va oyisini birdan o'zgargan yuz ifodasini ko'rgach, ular qizdan nimanidir yashirishayotganini angladi.
Y/n: Oyi! Uchchalamizni oramizda biror marta sir bo'lmagan. Endi bu qoidani buzmanglar.
M/x: Qizim, avval nonushta qilib olaylik, so'ng hammasini bafurja gaplashib olamiz
Minsook xonim qizini chalg'itgach, bir qo'li bilan sochlarini ortga tarayotgan o'g'liga qarab bosh chayqadi.
J/J: Taehyung bugun Dahee keladi. Uni soat 10da aeraportdan kutib olasan. Kech qolma
Janob Jeon , Taega vazifasini topshirgach, Jungkookga yuzlandi.
J/J: Ertalabdan kompaniyaga chopma! Bugun u yerda seni ishing yo'q. Soat 5da uchrashuv belgilaganman. Y/n bilan ko'rishasan.
J/x: Bu qanday oila o‘zi? Qizlaridan qutulish uchun nima qilinishiniyam o‘ylamaydi. Faqat pul, faqat foyda. Ular uchun insoniylik hech nimaga arzimaydi, faqat bitgan shartnoma va ko‘z-ko‘z boylik uchun nimalar qilishmaydi
J/J: Sen ovozingni o'chir! Mening ishlarimga aralashma
Jungkook va Taehyung bir-birlariga qarab qo'yisharkan, otalari kambag'al oilalar bilan rishta bog'layotganidan ancha ajablanishgan edi.
Y/n: Xo‘p, oyimni tushundim o‘sha odam otamning do‘sti bo‘lgan. Ammo baribir tushunmayapman… nega uchrashishga rozi bo‘ldilar?
Supermarket rastalari orasida tartib o'rnatayotgan qiz, unga ko'maklashayotgan akasiga shikoyat qila boshladi.
Sg:Men ham tushunolmayapman. Yaxshi deyilganlarning hammasiga ishonib bo‘lmaydi. Rozi bo‘lishdan oldin u bolani o‘zim ko‘rishim kerak.
*:Hoy sizlar nega yana gaplashib o'tiribsiz. Qani tezda ishga!
Menejerlardan biridan dakki eshitgach, ular bosha-boshqa tomonga yura boshladi.
Y/n uni kimdir chaqirayotganini bildi, va tezda ortiga o'girildi.
Y/n: Keshirasiz sizga yordamim kerakmi
Jk: Iltimos, shirinliklar rastasi qayerda ekanligini ko‘rsatib yubora olasizmi?
Jungkook Y/ndan iltimos qilgach, qiz uni aytilgan joygacha olib bora boshladi.
Bu yigitni deyarli har kuni ko‘raman. Har safar nimadandir bahona topib, menga murojaat qiladi. Chamamda, shu yerning kattalaridan biri bo‘lsa kerak. Meni sinab ko‘rayotgandek tuyuladi. Yaxshiroq harakat qil, Y/n!
Qiz Jk aytilgan joyga olib kelgach, unga yana ba'zi ishlarda ko'maklashdi.
Y/n Jkni yuzi tomonga qo'llarini bir-ikki silkitgach, yigit ancha o'ziga keldi.
Y/n qo'lidagi shokoladlari Jkga tutqazdi.
Jk ularni olgach, shunchaki kassa tomonga keldi.
Y/n: U biroz g'alati, yoki aniq tentak
Y/n Jkning dovdiragancha harakat qilishini biroz muddat kuzatib, yana o'z ishiga qaytdi.
Tae: Choi Hana! Yo‘q, men hech qachon bunday unutuvchan bo‘lmaganman. Ammo aynan bugun xotiram menga pand berayapti. Eslay olmasligim... bu menga azob.
Taehyung mashinasiga bor gavdasi bilan suyangancha turarkan, qop-qora ko'zoynagi ortidagi 2 ko'zi bilan rasmdagi qizga tikilib turardi.
Tae o'z ismini eshitishi bilan to'g'risiga qaradi.
Hana: Shunaqa qaqqayib turishingni bilganimda, Jeon amakimga Jkni yuborishini aytardim