Born in bloods✨️💨
Yuna darsga kirgan bo‘lsa ham, butun fikri o‘sha sirli yigit va uning yonidagi odamga ketayotgan edi. Ularning shunchalik sinchkovlik bilan kuzatayotgani unga yoqmasdi. Yuragi allanechuk notinch edi.
Sebom ham dars davomida Yunaning harakatlarini kuzatdi. U dugonasining g‘alati ahvolini ko‘rib, yengil pichirladi:
Sebom: Yuna, sen bugun juda ham o‘zgachasan. Nimadir bo‘ldi, shundaymi?
Yuna: (chuqur nafas olib) Sebom, menimcha, u ikki odam bizni kuzatyapti...
Sebom: (ko‘zlarini katta ochib) Ha? Nimaga unday deysan?
Yuna: Chunki men ularning ko‘zlaridagi qarashni his qildim. Ular biz haqimizda allaqanday rejalar tuzayotganga o‘xshaydi…
Sebom bir lahza jim qoldi. Keyin sekin bosh irg‘adi.
Sebom: Bo‘lishi mumkin... Lekin biz shunchaki oddiy kollej talabalarimiz. Nimaga bizni kuzatsinlar?
Yuna: Men ham shuni o‘ylayapman... Balki ular shunchaki yangi talabalar yoki biror sabab bilan bizga qarayotgandir…
Shu payt o‘qituvchi ularning pichirlashini sezib qoldi.
Professor: Kang Yuna! Yeon Sebom! Sizlarga dars qiziq emas shekilli?!
Ikkisi ham tezda bosh irg‘ab, kitoblariga termuldilar. Lekin Yunaning qalbi hanuz notinch edi..
Dars tugashi bilan Yuna va Sebom sinfdan chiqib, Jay va Jake bilan uchrashishdi. Jay atrofni kuzatib, past ovozda gapira boshladi.
Jay: Bolalar, men hali dars paytida o‘sha yigit va uning sherigini yana ko‘rdim. Ular hech qayoqqa ketishmadi.
Jake: (qoshlarini chimirib) Hali ham bizni kuzatyaptimi ular?!
Yuna: Ha, men ham shunday deb o‘ylayapman…
Sebom og‘ir xo‘rsindi va atrofiga qaradi. Kollejning uzoqroq burchagida o‘sha ikki yigit turardi. Ulardan biri, qora niqobli yigit, beparvo tikilib turar, ikkinchisi esa yana o‘sha vaxshiyona kulimsirash bilan qarardi.
Jake: Uff, bu yigitlarning qarashlari menga yoqmayapti!
Jay: Menimcha, ular biror narsa kutishyapti.
Shu payt o‘sha niqobli yigit sekin qadam tashlab, ularga yaqinlasha boshladi. Ular to‘rtovlon jimgina turib qoldilar. Yuraklari tez ura boshladi.
Yigit oldilariga kelib, bir lahza Yunaning ko‘zlariga tikildi.
???: (xotirjam ovozda) Sen... Kang Yuna to‘g‘rimi?
Yuna beixtiyor yutindi. Uning ovozi sirli va bir vaqtning o‘zida qattiq ta’sir qiladigan darajada yoqimli edi.
Yuna: (biroz ikkilangan holda) Ha… Siz kimsiz?
Yigit hech bir his-tuyg‘usiz jilmaydi. Uning yonidagi sherigi esa bu safar to‘xtab turmadi, kulib, oldinga chiqdi.
???: Qoyil! Haqiqatan ham, sen judayam chiroylisan, rasmda ko‘rganimdan ham ko‘ra…
Yunaning yuragi gursillab urdi. “Rasmda ko‘rganimdan ham?” Nima?
Sebom bir qadam oldinga chiqdi va qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.
Sebom: Hech kimni tanimasak ham, shunchaki qarab turaverishimizni o‘yladinglarmi? Siz kimsizlar?
Niqobli yigit yonidagisiga qaradi va yana sekin kulimsiradi. So‘ng nigohini Yuna va Sebomga qaratdi.
???: Hm… Mayli, tanishtiray.
Yigit niqobini biroz pastga tushirdi va sirli tabassum bilan dedi:
???: Mening ismim Jungkook. Va bu yerga aynan sen uchun kelganman, Yuna.
Yuna birdan hushidan ketgudek bo‘ldi.
Yuna: (pichirlab) J-Jungkook…?
Sebom, Jay va Jake esa hayratdan qotib qoldilar. Kim edi bu yigit? Va qanday qilib Yuna haqida bilardi?!
Jay sekin orqaga qadam tashladi va past ovozda gapirdi:
Jay: Yo'q… Bu hazil bo‘lishi mumkin emas…
Jake: Jay, sen uni taniysanmi?!
Jay boshini sekin irg‘adi va hayrat ichida dedi:
Jay: Ha… Chunki bu yigit… mafiya yetakchilaridan biri!
Sebom va Yunaning yuraklari bir zumga to‘xtagandek bo‘ldi…