Money talks
Jeon xonim: Ular borishi shartmi shu bazmga? Bizni sharmanda qilishmasa bo'lgani. — Jeon xonim qo'llarini bir-biriga o'tkazib olgandi.
Jeon Janob: Menimcha, sen ularni go'yo xizmatchi sifatida ko'rasan. Va bu ikki qiz o'g'illaringni xotini ekanligini unutyapsan.
J/x: Qoyil! Bravo! O'zi shu lanati to'y mojarosi siz va meni o'rtamizga sovuqchilik tushurdi.
J/J: Sen aytayotgan munosabatlar oldin ham shu ahvol edi. Hayratlanarli vaziyatda emasmiz — Janob Jeon stulga ilingan kostyumini kiydi va xonani tark etdi.
Jeon xonimning ko'zlari allaqachon qip-qizil edi. Shu ulkan xona ham uni siqa boshlagandek edi go'yo...
Hana: Ufff! Bularni qara. Umuman yoqmayapti shular. Yarashmayapti — Hana shkafdagi kiyimlarni birma-bir xonaga yoya boshlagandi.
Yn: Mana bularni qara! Judayam nafis — Ynning kiyimlarga bo'lgan past qiziqishi, Hanada esa o'ta baland edi.
Hana: Bitta fikr bor—Qiz tezda Ynni yoniga kelib turib oldi.
Yn: yo'q.. yo'q... yo'q. Bu ish men uchun emas.
Hana: Qo'ysangchi, qaynonaginamiz bizni didimizni bir ko'rsinda og'zi ochilsin. Shunda kamsitishlari pasayardimi?
Jeon xonim mehmonxonada qahva ichib o'tirarkan, Yn va Hana sekin qadamlar bilan uning yoniga borishdi.
Hana: Jeon xonim! Biz do'kon aylanmoqchimiz.
Jeon xonim: Nima? —Tinch turgan ayolni birdan ko'zlari qinidan chiqay dedi.
Yn: Bugungi bazm uchun tayyorlanmoqchimiz.
J/x: Nima pullarni qanday sarflashni bilmayapsizmi? Xonangiz to'la kiyim-kechak bo'lsa sizga yana nima kerak.
Hana: Hmmm ... Nahokti siz ham bazm uchun hech nima buyurtma bermadingiz?
J/x: Hana! Men bilan tortishma. Buyurtma qilgan bo'lsam, bu meni ishim. Agar qilmagan bo'lsam ham bu meni ishim.
Hana: Biz ham shu oilani azolarimiz. Demak, sizda bor huquq bizda ham bo'lishi kerak emasmi? — Hana o'ziga nisbatan qilinayotgan adolatsizlikdan asabiylasha boshladi
J/x: 2 kunlik kelin, bu oilani tuzgan ayol bilan tenglashishi axmoqlik.
Hana: Kelinlarni odam sifatida ko'rmaslik ham axmoqlik— Yn tezda qizni qo'lini siqdi va kerak emas degandek bosh chayqadi.
J/x: Seni tiling chiqib qolibdimi? — Jeon xonimning nafrat to'la yuzi birdan mensimagandek qizga qaradi.
J/x: Ota-ona tarbiyasini olmagan qizdan boshqa nima kutish ham mumkin edi.
Bu so'zlar aytildi hamki, Hananing ko'z yoshlari suvdek quyilib kela boshladi. Qizni miyasi tormozlanib qoldi. U eshitgan gapini hazm qilishga kuchi yetmagandi ham.
Yn: Bu nima deganingiz, Jeon xonim! — Yn eshitganlariga ishonmasdi.
Yn: Hana — Qiz tez qadamlari bilan yuqori qavatga chiqib ketayotgan Hananing ortidan chopdi.
Tae: Oyi? — Eshikdan kirib kelgan Tae va Jk qizlarni shosha-pisha , xatto ularni ham sezmay ketib qolishganidan hayratlanishdi.
Jk: Nimadir bo'ldimi? — Jk mehmonxonaga kirarkan, peshonasini qattiq siqib, bir qo'li bilan devorga suyanib olgan onasini ko'rib, birdan o'sha tomonga yugurdi.
Jk: Oyi! Yaxshimisiz?! Keling o'tiring — Jungkook Jeon xonimni o'rindiqlardan biriga o'tirishiga yordam berdi. Taehyung esa tezda qo'lidagi bir stakan suv bilan yetib keldi.
J/x: Men aytgandim, ogohlantirgandim. Kambag'al qizlar, boy oila hayotiga hech qachon o'rgana olmaydi deb. Sizlar otangiz bilan birga menga qarshi chiqdingiz. Endi mana ahvol.
J/x: Shuncha chidadim. O'g'illarimni hayotini buzmay dedim. Ammo endi jim o'tirmayman. Bular bilan har kunimiz janjal bilan o'tadi. Menga bosim o'tqazadi bular. Lekin uyga siz kelishingiz bilan muloyim mushukchaga aylanishadi. Ikkiyuzlamachilar bilan yashayapsiz. Bilib qo'ying. Ular boshimizga chiqmoqchi.
Avtir pov:
Qaynana juda chakki chiqdi😁
Jk Oyi? Bu rostmi? Yn va Hana kelinoyimdan buni kutish qiyin.
J/x: Hah! Ikkingizni ham ko'zingiz allaqachon ko'r bo'lgan. Boring. Ishonmasangiz, xotinchalaringizdan so'ranglar. Ammo bilib qo'ying. Ular hozir shunday yuvosh mushukchalarga aylanishadiki, xatto o'zingiz bilmagan holda aldanib qolasiz— Taehyung ham, Jungkook ham bunaqasini birinchi marta eshitishlari edi. Ammo, kim ham onasiga ishonmaydi deysiz?!
Yn: Iltimos, Hana eshikni och gaplashib olaylik — Yn ko'zlari yoshga to'lgancha, qulflangan xona eshigini ochishga urinardi.
Yn: Jungkook! — Qizni nam ko'zlarini ko'rib, Jk o'zida og'riqni his qildi. Ammo, buni bildirmagancha, sovuq yuzini saqlab qoldi.
Jk: Ko'rib turganingdek uni eri shu yerda! — Jungkookning bunday ohanggi Ynda bir qancha tushunarsiz savollarni keltirib chiqargandi. U shunchaki yigitni ortidan ergashdi.
Jk xona eshigidan birinchi kirgancha kostyumini yotoq ustiga otdi. Biz kabi uning bu harakatlari Ynni ham hayratsiz qoldirmadi.
Yn: Jungkook! Tinchlikmi? — Jk qizni savoliga javob bermadi va ochiq qolgan eshikni qarsillatib yopdi.
Jk: Nega oyim bilan tortishayapsiz? Nega sen bu ishni qilayapsan. Nega eringni onasini hurmatini joyiga qo'ymayapsan?
Yn: Jungkook asabiylashma. Biz bunaqa turishingda gaplasha olmasligimiz aniq.
Jk: Yn — Qiz o'z ismini Jkdan birinchi marotaba bunday baland eshitishi edi.
Jk: Men senga ketishga ruxsat bermadim — Qizning eshik tutqichini ushlagan qo'llari birdan pasaydi.
Yn: Hammasini bilmay turib, menga bunaqa baqirma.
Jk: Hammasini bilmay turib? Men uyga kirdim va oyimni bazo'r oyoqda turganini ko'rdim. Menga bundan boshqa tushuntirishlar kerak emas.
Yn: Biz Jeon xonimni shunaqa ahvolga soladigan, sola oladigan odamga o'xshayapmizmi? Jungkook!— Men to'ydan oldin asablarini bosolmaydigan odamni ko'rmagandim qarshimda. U boshqa Jungkok edi. Ammo hozir seni umuman ko'rmagan tomonlaring yuzaga chiqa boshladi.
Jk: Shunday degin!— Jk labini chetida kulib qo'ydi.
Jk: Men ham senda boshqalarni hurmat qilmaydigan qizni ko'rmagandim. Ko'zimga tik qarab yolg'on gapiradigan qizni ko'rmagandim. Ikkiyuzlamachi qizni ko'rmagandim— Yn o'ziga aytilayotgan bu so'zlarni eshitarkan, hissiyotlarini boshqara olmay qoldi. U Jkni yuziga tarsaki soldi.
To'yimiz bo'lganiga 1 oyu 8 kun bo'ldi. Men shu paytgacha onam va akamni yuzini bir marta ham ko'rmadim. Buni bilasanmi? Yo'q! Qayerdan bilarding. Seni bu bilan ishing ham yo'q. Men mehnatdan qochmayman. Chunki u bilan katta bo'lganman. Ammo, sizni qilayotganingiz chiziqdan oshdi. Oyingni zahar gaplariga tishimni-tishimga qo'yib chidadim.
Bilib qo'y. Men bu uyda hammasiga chidab keldim. Faqat baxtli hayot uchungina. Faqat sen bergan muhabbat, sevgi, ishonch uchun. Ammo hozir.... Seni ko'zlaring menga boqmayapti. Ularda tuyg'ular kamayapti — Qiz barmoqlari bilan ko'z yoshlarini artarkan, avval xonadan so'ng uydan chiqib ketdi. Uni bu uyda ko'rgan oxirgi manzarasi Jeon xonimni mamnun holda qahva ichib o'tirishi bo'ldi.
Tae: Hana! Eshikni och! — Hana Taeni ovozini eshitishi bilan, o'rnidan turib, shoshilgancha eshikni ochdi-yu, birdan uni bag'riga otildi. Qizning issiq qo'llari Taening yuragiga tushgan mitti muz bo'lakchasini erita olmadi shekilli, Tae unga javob qaytarmadi, shunchaki uning qo'li havoda muallaq qolib ketdi.
Tae shunchaki qizdan uzoqlasharkan, Hana birdan unga qaradi.
Tae: Nima bo'ldi?! — Taehyung sekingina yotoq ustiga o'tirib, galstugini ipini bo'shata boshladi.
Hana: Nega bunchalik befarqsan?
Tae: Vaziyatni to'liq bilmagunimcha kimga yon bosishimni bilmayman.
Hana: Hech kimga yon bosishing kerak emas aslida! Sen haqiqatni bilganing yetarli— Balki Taehyungni qilgan to'g'ri ishi ham, jaxlni bir joyga surib eshita olganidadir?! Hana unga hammasini to'liq tushuntirdi. Jeon xonimni aytgan so'zlari bilan birgalikda, o'zinikilarini ham oqizmay-tomizmay aytdi.
Hana: Demak meni aybim ota-onamsiz o'sganimda, to'g'rimi? — Hana gapirarkan, sizib chiqayotgan ko'z yoshlarini nazorat qila olmadi. U ikki qo'li bilan ko'ylagini g'ijimlardi, xolos.
Tae: Seni aybing, birinchi bo'lib oyimdan so'raganingda!
Taehyungning gapi Hanani og'zini ochib qolishiga sabab bo'ldi.
Tae: Sening ering bor! Nima buni unitdingmi? Sen nima qilmoqchisan, nima qilasan, nima qilding... Bularni hammasidan birinchi navbatda meni xabarim bo'lishi kerak emasmi, aslida?
Hana: Men... Men!— Taehyung o'rnidan turib, qizni yoniga keldi va uni to'ziga sochlarini orqaga yig'ishtira boshladi.
Tae: Endi bitta ish qilaman faqat qo'rqma! — Tae stol ustidagi katta vazani olib yerga taraqlatib urdi.
Tae: Endi meni yaxshilab eshit. Biz hozir juda qattiq urishdik. Sen aybingga iqrorsan va endi oyimni oldiga borib uzur so'raysan...
Tae: Hana! Hozir eng to'g'ri yo'l shu!
Hana: Uhhh..... Yaxshi! — Hana boshini chayqab , Taeni ortidan yura boshladi.
~ Unutma! Bu faqat sen uchun Kim Taehyung Meni taxqirlagan odamni ikki dunyoda ham kechirmayman.
Hana va Tae mexmonxonaga kirishdi. Qiz o'zini kasalga solgan bu xonimga qararkan, uni ko'zlaridan nafrat yonib turardi. U bazo'rgina Jeon xonimdan uzur so'radi.
Jeon xonim: Mana bo'larkanku! Sen miyang ancha yaxshi ishlabdi— Hana Taega bildirmaygina ensa qotirib qo'ydi.
J/x: Yn miyasi ishlamagani uchun ham hozirgina uydan chiqib ketdi.
Tae/ Hana: NIMA?! — Hana Taehyungga hayrat bilan qarab turarkan, negadir ko'z oldi xiralasha boshladi. Va yerga xushsiz yiqildi.
Tae: Hana !— Tae tezda qizni yoniga keldi va uni ko'targancha uydan chiqib ketdi.