July 28

MAJBURIY NIKOH

TANISHTIRUV

Min Yoongi 28 yosh katta boy oilada osgan sevgan qizi bor

Jang Sena 22 yosh Sugani sevgilisi
Katta boy oilada dunyoga kelgan lekin u uchun oiladan muhim karyera qilishni tanladi

Min Sunwoo. 55 yosh Sugani dadasi . Sunwoo uchun oiladan muhim obro etibir mansabdor kishi

Min Jihye 52 yosh Sugani onasi
Uy bekasi faqat

Choi Sanmin 54 yoshda oddiy kishi taksis bolip ichlaydi topgan pullarni qizi uchun har qanday boyaq va moy qalamlar sotib olar edi

Choi Nari 17 yoshda juda chiroyli va tarifga til ojiz maktabni tugatgan va univerga topshirish uchun tayyorlanyatgan edi

FANFIC DAVOMIDA

Janob Min va Min xonim o‘sha zahoti Janob Choining uyiga borishdi, lekin uyda faqat Nari bor edi.

Nari: Hush kelibsizlar, sizlarga kim kerak?

Janob Min: Yaxshimisan qizim? Sen bizni eslolmaysan, bizni ko‘rganingda chaqaloq eding. Otang uydami?

Nari: Otam hozir uyda yo‘qlar, lekin ko‘p o‘tmay kelib qoladilar. Ungacha uyga kirib turing — deb mehmonxonaga olib kirdi. "Ichishga nimadir olib kelaman," desa, Min xonim qo‘yarga qo‘ymay, yoniga o‘tqazib bir qancha savollar bera boshladi:

Min xonim: Isming kim?

Nari: Nari.

— Yoshing nechida?

Nari: Endigina 17 ga to‘ldim. Nimaga bu haqida so‘rayapsiz?

— Tez orada o‘zing bilib olasan, — deyishi bilan eshikdan Janob Choi kirib keldi.

Janob Choi: Siz bu yerda nima qilyapsiz? — deb so‘radi.

Janob Min: Sen bilan juda muhim masalada gaplashgani keldik. Faqat yolg‘iz gaplashishimiz kerak, — deb Nariga ishora qildi. Nari hech nima demasdan o‘z xonasiga chiqib ketdi.

***

Nari: — O‘z mansabing uchun bunday qilolmaysiz, dada!

Janob Choi: — Senga iltimos qilsam ham nega rozi bo‘lmaysan? Bir tarafdan senga ham yaxshi bo‘ladi. Boy-badavlat oilada yashaysan, hech narsaga zo‘riqmaysan. Agar to‘yga rozi bo‘lmasang, endi sendek qizim yo‘q!

Min xonim: — Unga oilamiz sharmanda bo‘lmasligi uchun uylanasan, keyin o‘zing bilgancha yashayverasan, Suga. U uyda jimgina yashaydi.

Suga: — Mayli, men roziman.