August 21

Eternal bond

Masofalar qamchalik uzoq bolmasin qalbim doim sen bilan......

5 qism

Jungkook: Mana yetib ham keldik.

Hyejin: Tashlab qo‘yganingiz uchun katta rahmat.

Jungkook mashinadan tushib, Hyejinga mashina eshigini ochib, unga iltifot ko‘rsatdi.

Jungkook: Haligi Hyejin, menga raqamingni bera olasanmi?

Hyejin Jungkookning gaplariga kulib:
Hyejin: Bunga hojat yo‘q deb o‘ylayman.

Pov Hyejin
Ey Xudo, ishqilib yana qaytib so‘rasinda! Shunday kelishgan, yoqimtoy yigitdan qurib qolmay. Axir birinchi so‘raganidayoq berib yuborsam, “o‘lib turgan ekan” deb o‘ylardi-da. Ufff, rostan ham o‘lib turibmanku, kimni aldamoqchiman? Uni-mi? Yoki o‘zimnimi?..

Jungkook Hyejinning keskin javobidan ajablanib, unga g‘alati nigoh bilan termulib qoldi. Jungkookning yuzi shu darajada yoqimtoy va kulgili bo‘lib qolgan ediki, ko‘rgan odam o‘zini kulgudan tiya olmasdi.

Jungkook hayollarini bir joyga yig‘ib, bor kuchini to‘plab, ichki dunyosida sodir bo‘layotgan yoqimli, allanechuk jarayonlarni Hyejin bilan bo‘lishishga qaror qildi.

Jungkook: Bilasanmi, hozir aytadigan gaplarimni umrim davomida hech qaysi qizga aytmaganman. Seni o‘sha kuni shifoxonada ko‘rganimdayoq yoqtirib qolgandim. Yoqimtoy yuzing, tabassuming meni o‘ziga maftun qilib ulgurgandi. Yuragim notinch bo‘lib, 0halovatim yo‘qoldi. Bugun seni ko‘rib o‘zimda yo‘q hursand bo‘lib ketdim. Boshqa qizlarda yo‘q nimadur sendan topdim. To‘g‘ri, balkim gaplarimga ishonmassan, ammo bu haqiqat. Agar imkon bersang, seni umrim oxirigacha asrab-avaylashga, sevishga, har bir kuningni baxt, quvonch va sevgiga to‘ldirishga va’da beraman.

Hyejin Jungkookni tinglar ekan, ko‘zlaridan bir zum ham ko‘zini uzmadi.

Jungkook: Seni sevaman...

Jungkook shunday deb, bir harakat bilan Hyejinni belidan mahkam quchib, bo‘sa olish uchun asta lablari tomon egildi.

Pov Hyejin
Uning so‘zlarini tinglar ekanman, butun tanamni titroq qopladi. Bu men eshitgan birinchi sevgi izhori bo‘lmasa ham, qandaydir uning so‘zlariyu qarashlari meni hayajonga solib yubordi. O‘ynoqi ko‘zlariyu yoqimtoy yuzi allaqachon meni ham o‘ziga maftun qilib qo‘ygandi. So‘zlari qalbimga o‘chmas siyoh bilan o‘yib yozilayotganday, ko‘ksimda og‘riq turdi. Eshitganlarimni hazm qilishga ulgurmay, yigitning keyingi harakati meni shoshirtirib qo‘ydi.

Qanday qilib yo‘g‘on bo‘ynidan qo‘llarimni o‘tkazib, unga hamnafas javob qaytarganimni bilmay ham qoldim. Ichimda tushuntirib bo‘lmas allaqanday hislar... Oshqozonimdan kapalaklar otilib chiqishga tayyor turishibdi. Butun dunyoda vaqt to‘xtab qolganday go‘yo.

Sokin kecha... Mayin shabboda qalblarga qandaydir iliqlik olib kelib, etlarni junjitib yuborardi. Ikki yoshning ishqdan sarmast bo‘lib bir-biriga talpinib hapqirib urayotgan shovqini kechani yanada jozibaliroq qilib turgandi.

10 daqiqalik bo‘sadan so‘ng, havo tanqisligi sabab ikki yosh birdan ajralishdi. Jungkook Hyejinni peshonasi bilan o‘ziniki birlashtirib, ikkisi ham chuqur-chuqur, tartibsiz nafas olayotgan edi.

Jungkook: Endi... endi sevishganlarmizmi?

Qizning yonoqlarini baquvvat kaftlari bilan silarkan, Hyejin uyalib boshini yerga egib oldi.

Hyejin: Shunday shekilli...

Jungkook qizning bu harakatidan yuziga keng tabassum ilib, Hyejinni o‘ziga qaratib gap boshladi:

Jungkook: Endi faqat menikisan. Uyalishga hojat yo‘q. Menga ishon, biz hali eng baxtlilar qatorida bo‘lamiz.

Shunday deb Jungkook Hyejinni qaynoq, yoqimli bag‘riga oldi.

Uyga kirishi bilan dugonasi oshxonada nimalarnidir ichib, hayol surgancha qo‘liga nima tushsa yeyotganini ko‘rgan Hyejin ham dugonasi oldiga borib joylashdi.

Areum: Salom... – qo‘lidagi chips bo‘lagini og‘ziga solgancha.
Hyejin: Senga ham.

Orada o‘lik sukunat hukmronlik qila boshladi.

To‘satdan Areum tomdan tarasha tushganday gap boshladi:

Areum: Jimin meni rashk qildi.

Hyejin dugonasining gapiga beparvolarcha javob berdi. Chunki o‘zi ham bo‘lib o‘tgan ishlardan o‘ziga kelib ulgurmagandi.

Hyejin: Tabriklayman.
Areum: Yana bilasanmi, u bo‘lmaydi degan ishini o‘zi bajardi. U meni o‘pdi.

Hyejin bu safar ham hech qanday reaksiya bildirmadi.

Hyejin: Nima bo‘libdi. Jungkook ham meni o‘pdi. Men ham javob qaytardim.

Areum: Ha yaxshi...

Yana bir bo‘lak chipsni og‘ziga solayotgan Areumni hayollari tarqab ketdi va u birdan:

Areum: Nima deding? Jungkook?! Haligi kasalxonada tanishgan yigitingmi? Jimining do‘sti. U seni o‘pdimi, sen ham javob qaytarding?!

Areum beixtiyor tabassum qilib yubordi. O‘zining dardlarini ham unutib, dugonasining so‘zlariyu kulgili yuziga tikilib, o‘zini tutolmay xonani to‘ldirib kulib yubordi.

Buni ko‘rgan Hyejin ham beixtiyor dugonasiga qo‘shilib kulishni boshladi.

Hyejin: Yana nima bilasanmi? Biz endi sevishganlarmiz!

Ikki qiz bundan battar bor ovozlari bilan kulib, bir zum o‘tmay kulgu yig‘iga o‘rin bo‘shatib berdi. Ikkisi ham tushgan ahvollaridan bir-biriga mo‘ltirab qarab yig‘lashni boshlashdi.

Hyejin: Endi mening yigitim bor. Unga imkon berib qo‘ydim, allaqachon yuragimni egallab oldi. Endi nima qilaman?..

Areum: U meni hislarim bilan o‘ynayapti... Hatto sevgi izhor ham qilmagan, lekin rashkdan qutirib mendan bo‘sa oldi...

Qizlar bir-birini quchib, biroz yengil bo‘lib olishdi.

Areum: Endi nima qilmoqchisan?

Hyejin: Unga imkoniyat berib ko‘rmoqchiman. Balki hammasi yaxshi bo‘lar... Hosh, senchi? Qanday yo‘l tutasan?

Areum: O‘zim ham hayronman...

<Ertasi kun>

Areum: Ha, Hyejin, kechroq ko‘rishamiz. O‘zingni ehtiyot qil. Men ham seni yaxshi ko‘raman.

Bekat tomon o‘z hayollarim og‘ushida mayda qadam tashlay boshladim. To‘satdan qora, so‘nggi rusumdagi mashina yo‘limni to‘sdi va hayolot dunyoyimdan bir zumda yerga qulab tushdim. Mashina ichidan qovog‘i uyilgan Jimin tushib, men tomon og‘ir qadamlar tashlay boshladi. Doimgiday butun tanamni titroq qopladi.

Jimin: Nega qo‘ng‘iroqlarimga javob bermading?

Bir qoshini ko‘tarib, g‘alati ifodada menga termulib turardi.
Jin ursin, axir kechadan beri 50 dan ortiq qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yuborganmanku...

Areum: Haligi...

Jin ursin, yana nima deyishimni bilmay dovdirab qoldim. Hech qachon yigitlar oldida bunday gaplarimni topa olmay qolmagandim. Erkaklar bilan gaplashganda doim kibrli bo‘lganman. Ammo bu yigit...

Areum: Yaxshi...

Mashinaga o‘tirib, sohil tomon yo‘l oldik. Gaplashib olish uchun eng qulay, eng tinch joy bo‘lsa kerak, menimcha.

Sohil bo‘yi doimgiday tinch... Suvning qirg‘oqqa urilishi, chagalaklarning chug‘urlashi dengiz atrof-muhitiga yana ham ko‘rk bag‘ishlardi. Mayin shamol ham juftlikka hamroh bo‘lib, ular bilan birga sohil bo‘ylab kezardi go‘yo.

Oradagi o‘lik sukunatni Jiminning tomoq qirishi buzdi.

Jimin: Sen bilan kechagi ish haqida gaplashib olmoqchiman.

Endi javob berish uchun og‘iz juftladim hamki, u davom etdi:

Jimin: Kel, hammasini unitamiz. Tushunmovchilik bo‘lib qoldi. Kecha me’yoridan oshiribroq ichib yuborgan ekanman.

Shu so‘zlarni aytish barobarida ko‘zlarimga aybdor insondek tikilib turardi. Bu safar uning yuzida hech qanday sovuqlik, g‘azab va nafratdan asar ham yo‘q edi. Nahotki oz bo‘lsa ham menga nisbatan hech nimani his qilmasa?.. Eshitganlarimga ishonishni istamayapman, lekin uning ko‘zlari afsusdaligini, xato qilib qo‘yganini ta’kidlab turardi.

Areum: Yaxshi, boshqa uchrashmaymiz deb umid qilaman.

Ortimga o‘girilib, katta qadamlar bilan undan uzoqlasha boshladim.

Sevib qolish qanday go‘zal tuyg‘u... Boshdan kechiradigan turli hayajonli vaziyatlaru sarguzashtlardan inson o‘zini butunlay boshqa dunyoda yurganday his qiladi. Sevish kabi sevilmoq ham tariflab bo‘lmas his. Uni qilsang – tasvirlab bo‘lmas ajib hissiyot. Sevish ham, sevilish ham bir ne’mat.

Ammo yuragim qattiq azoblanmoqda. Dunyoni ostin-ustin qilib yuborishni istayman. Olgan har nafasim o‘pkamga og‘irlik qilmoqda. Nahotki sevgiga arzimasam?.. Meni sevishlariga...

Sevilmaslik inson qalbini shunchalik jarohatlaydiki, yuragidan nima o‘tayotganini o‘zi biladi. Tushuntirib berishga esa so‘zlar ojizlik qiladi.

Borgan sari oyoqlarim ham o‘zimga bo‘ysunmay qoldi. Qanday qilib yerga cho‘kkalab o‘tirib qolgani, tizzamni quchib, o‘ksinib uzoq yig‘laganimni ham bilmayman. Toki ko‘z yoshlarim qurib bitmaguncha yig‘lashdan to‘xtamadim...

Jungkook qo‘lida hushboy guldasta ko‘tarib Hyejinning oldiga keldi.

Jungkook qo‘lida hushboy guldasta ko‘tarib Hyejinning oldiga keldi.

Jungkook: – Gulga gul sovg‘a qilib bo‘lmaydiku. Senchalik go‘zal bo‘lmasa ham, arzimas sovg‘amni qabul qilsang hursand bo‘lardim.

Hyejin Jungkookning yoqimli erkalatishlaridan erib ketay dedi. Ilk kundan sevgilisidan bunday e’tibor, muhabbatni his qilgan qiz go‘yo 7-osmonda uchardi.

Hyejin: – Juda chiroyli gullar ekan. Rahmat, oppa.

Hyejinning yuzi quvonchdan porlab turardi. Jungkook esa eshitgan javobidan yuziga keng tabassum yugurtirdi.

Kimdir chin sevgisini uchratib hayotida yangi sahifa yozmoqda. Yana kimdir rad etilib, sevgiga, hayotga bo‘lgan ishonchi so‘nmoqda. Kimdir esa hayotini kelgan joyidan davom ettirishga urinmoqda...

Oradan bir hafta vaqt o‘tdi-yu, u bilan ortiq ko‘rishmadik. To‘g‘risi, uni yana bir bor ko‘rish ishtiyoqida yonsam ham, g‘ururim ustunlik qildi. Undan uzoq bo‘lishim kerak. Biz uchun eng to‘g‘ri yo‘l shu edi.


Pov Jimin

Mana, oradan bir hafta vaqt o‘tdi. Negadir uni ko‘rgim keladi, iforini, haroratini yana bir bor his qilishni istayman. Balki uni rad etib, xato qilgandirman... Yuragimga yana bir bor sevgi urug‘ini qadamoqchidayman.

Yo‘q, yo‘q, Jimin! Sen to‘g‘ri ish qilding. Ikkinchi bor hech kimga ko‘ngil bera olmaysan. Bu imkonsiz. Chin muhabbat insonga bir marotaba beriladi. Sevgi deb tortgan shuncha azobing yetar, yana bir bor qalbing parchalanishiga dosh bera olmaysan.

Ikki oshiq ham shu bir hafta davomida bor-yo‘q halovatlaridan ayrilishdi. Tunni tonga ulab, bedor bo‘lgungacha kunlarni o‘tkaza boshlashdi. Yuragiga qadalgan sevgi niholini undirmaslik uchun urinishardi go‘yo.

Jimin esa kunlarini klubda o‘tkazishni odat tusiga aylantirib oldi. Bir kuni oyoqda tura olmaydigan darajada mast bo‘lib, to‘g‘ri Areumning uyiga bostirib bordi...