Forced marriage
❗️𝗗𝗶𝗾𝗾𝗮𝘁: 𝘂𝘀𝗵𝗯𝘂 𝗳𝗮𝗻𝗳𝗶𝗰𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗯𝗮𝗿𝗰𝗵𝗮 𝘃𝗼𝗾𝗲𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗺𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳 𝘁𝗮𝘀𝗮𝘃𝘃𝘂𝗿𝗶𝗴𝗮 𝗮𝘀𝗼𝘀𝗹𝗮𝗻𝗴𝗮𝗻 𝗯𝗼‘𝗹𝗶𝗯, 𝗿𝗲𝗮𝗹 𝗵𝗮𝘆𝗼𝘁 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗵𝗲𝗰𝗵 𝗾𝗮𝗻𝗱𝗮𝘆 𝗯𝗼𝗴‘𝗹𝗶𝗾𝗹𝗶𝗴𝗶 𝘆𝗼‘𝗾. 𝗦𝘆𝘂𝗷𝗲𝘁 𝗱𝗮𝘃𝗼𝗺𝗶𝗱𝗮 𝘁𝘂𝗿𝗹𝗶 𝘅𝗶𝗹 𝗸𝘂𝘁𝗶𝗹𝗺𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗵𝗼𝗱𝗶𝘀𝗮𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝗿𝗮𝘀𝗵𝗶 𝗺𝘂𝗺𝗸𝗶𝗻.❗️
Qora rangli, oynalari qorong‘ilashtirilgan qimmatbaho mashina ko‘prik yaqinida keskin to‘xtadi. Eshik shiddat bilan ochilib, undan qaddini tik tutgan, nigohlaridan g‘azab va sovuqlik yog‘ilib turgan o‘rta yoshlardagi erkak — Cherinning dadasi tushib keldi. Ketidan uning ikki nafar barzangi soqchisi ham yetib keldi.
Cherin dadasini ko‘rib, beixtiyor bir qadam ortga chekindi va Taehyungning qo‘lidan maxkamroq tutdi
— Cherin! Bu yerda nima qilyapsan?! — dadasining ovozi xiyobon bo‘ylab aks-sado berdi. U to‘g‘ri ularning yoniga bostirib keldi-da, Taehyungga jirkanch bilan qarab oldi. keyin esa qizining bilagidan shafqatsizlarcha ushlab, o‘ziga tortdi.
— Yur, mashinaga o‘tir! Hoziroq uyga qaytasan!
Cherin qo‘lini dadasining changalidan qutqarishga urinib, ko‘zlarida yosh bilan qarshilik ko‘rsatdi:
— Dada, qo‘yib yuboring! Men hech qayerga bormayman!
— Bas yetar, sen gapirma! O‘tir mashinaga! — Janob Beak ovozin kotaringki aytti va soqchilariga ishora qildi.
— Uni olib borib mashinaga o‘tqazinglar!
Soqchilar Cherinni majburlab mashina tomonga sudray boshlashdi. Cherin jon-jahdi bilan qarshilik qilar, dadasiga o‘z so‘zini uqtirishga urinardi:
— Siz shunaqa deb o‘ylashingiz mumkin, lekin men u bilan baxtliman, dada! Nega tushunmaysiz?! Men Taehyungni sevaman!
Lekin dadasining yuzi zarracha ham yumshamadi. U Taehyungga nafrat bilan tikilib, sovuq va haqoratli ohangda gapira ketdi:
— Sen qizimga mos emassan! Oddiy bir yetimchasan! Sen qizimni baxtli qila olmaysan, sen bir zotipast bir gadoysan!
Bu og‘ir so‘zlar Taehyungning yuragiga xanjardek sanchildi, ammo u ko‘zlarida alangallagan g‘urur va jasorat bilan qadam tashlab, Cherinning dadasiga ro‘parama-ro‘para turdi.
— Men yetimcha emasman! Biz bir-birimizni sevamiz, bizni ajrata olmaysiz! Men uni asrayman, unga bergan va’dam ustidan chiqaman!
Janob Beak istehzo bilan kulib yubordi.
— Va’da? Sening va’dang nimaga yaraydi? U mening qizim, uning kelajagini sen kabi qashshoq belgilamaydi!
Janob Beak soqchilariga imo qildi. Soqchilardan biri Taehyungni ortga itarib yubordi, Taehyung muvozanatni yo‘qotib yerga yiqildi. Qolgan soqchi esa Cherinni majburan mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tqazib, eshikni qarsillatib yopib qo‘ydi va qulfladi.
Cherin deraza oynasini urib, yoshli ko‘zlari bilan baqirardi:
Qora mashina dabdabali, baland devorlar bilan o‘ralgan koshona hovlisiga kirib to‘xtadi. Haydovchi eshikni ochishi bilan janob Baek mashinadan tushdi-da, g‘azabdan qizargan yuzi bilan Cherinni bilagidan sudrab, uy ichiga olib kirdi.
Cherin qo‘lini qutqarishga urinib, ko‘z yoshlarini tutolmasdi:
— Dada, qo‘yib yuboring! Nega bunday qilyapsiz?!
Keng va dabdabali mehmonxonaga kirishlari bilan janob Baek qizini shafqatsizlarcha o‘zidan itarib yubordi va xonada shiddatli TARS! etgan seskantiruvchi ovoz yangradi.
Janob Baekning zarbidan Cherinning yuzi bir tomonga burilib ketdi, u muvozanatni yo‘qotib, polga yiqildi. Yuzidagi qattiq og‘riq va qaynoq achishishdan ham ko‘ra, o‘z otasining bunday shafqatsizligi uning yuragini tilka-pora qilgandi. U yuzini ushlagancha, sho‘r ko‘z yoshlari oqib dadasiga qaradi.
Janob Baek uning tepasida mag‘rur va sovuqqon bo‘lib turardi.
— Haddingdan oshding, Cherin! — dedi janob Baek qahrli ovozda, barmog‘i bilan qiziga ishora qilib.
— Bir zotipast, gadoy uchun mening yuzimga oyoq qo‘ymoqchimisan?! Bu kabi ahmoqona xayollaringni hoziroq unut!
— U gadoy emas! U sizdan ko‘ra insonroq! — deb baqirdi Cherin yerdan turishga urinib.m
— Men u bilan baxtliman, eshityapsizmi?!
— Jim! — janob Baek sovuq va qat’iy ohangda davom etdi.
— Sening taqdiring allaqachon hal bo‘lgan. Shuni yaxshilab qulog‘ingga quyib ol: uch kundan keyin sening Eric Nikols bilan to‘ying bo‘ladi! Nikols oilasi bilan birlashish kompaniyamiz kelajagi uchun eng to‘g‘ri qaror. Sen o‘sha to‘yga tayyorlanasan!
— Yo‘q! Aslo! — Cherin boshini chayqab, umidsizlanib baqirdi.
— Men Ericga turmushga chiqmayman! Men uni sevmayman! O‘lsam ham unga turmushga chiqmayman!
— Buni sening ixtiyoringga qo‘yganim yo‘q, — dedi janob Baek zarracha yumshamay.
U Cherinning qo‘lidagi sumkasini yulqib oldi va ichidan barcha uyali telefonlarini hamda aloqa vositalarini chiqarib oldi. U qizining barcha aloqa imkoniyatlarini yo‘qotmoqchi edi.
— Soqchilar! — deb qichqirdi u. — Cherinni yuqoridagi xonasiga olib chiqib qamanglar! Eshikni qulflanglar va derazalarni ham mahkamlanglar. To‘y kunigacha xonasidan bir qadam ham tashqariga chiqmaydi!
— Dada! Yo‘q! — Cherin baqirib, dadasiga intildi, ammo ikkita barzangi soqchi uni qo‘llaridan tutib, ikkinchi qavatga sudrab olib chiqib ketishdi.
Xona eshigi qarsillab yopildi va tashqaridan kalitning buralgan sovuq ovozi eshitildi: shiq-shiq.
Cherin eshikka urilib, uni mushtlay boshladi:
— Eshikni ochinglar! Dada! Iltimos, bunday qilmang! Taehyung qutgargin meni….
Ammo hech kim javob bermadi. Faqat soqchilarning eshik ortidagi og‘ir qadam tovushlari eshitilardi. Cherin holdan toyib, eshikka suyangancha yerga sirg‘alib tushdi. Xonada faqat uning achchiq-achchiq yig‘isi aks etardi.
Oradan ikki kun oʻtdi, lekin xiyobondagi oʻsha sovuq kecha ikkala yurak uchun ham vaqtni toʻxtatib qoʻygandek edi.
Eshik sekin ochilib, otasi kirdi. Uning yuzida sovuq va qat'iy ifoda bor edi:
— Ovqatingni yedingmi? Oʻzingga kelib, aqlingni yigʻib olgan boʻlsang kerak. Ertaga shahrimizdagi yirik kompaniya rahbarining oʻgʻli bilan unashtirilasan b.Tayyorlanib olgin. Sen kabi qizga oddiy gado emas, munosib kuyov kerak!
Cherin otasining soʻzlariga bir ogʻiz ham e'tiroz bildira olmadi. Tomogʻiga tiqilgan alamli xoʻrsiniq, koʻzida qalqqan yoshini otasiga koʻrsatgisi kelmay, yuzini burdi. Ertasi kuni ertalabdan xonasi bayramona bezatilib, unga eng qimmatbaho,nikoh kechasi uchun oppoq rangdagi koylak olip kelishdi
Tushga yaqin shahar elitasi toʻplangan muhtasham qasrda Cherin va Eric Nikolsning unashtiruv marosimi boʻlib oʻtdi. Eric — kelishgan, ammo koʻzlarida sovuq hisob-kitob koʻrinib turadigan, boylik va kuchga oʻrgangan yigit edi. Otalarning oʻzaro kelishuvi bilan, hech qanday soʻroqsiz toʻy kuni belgilandi: roppa-rosa ikki kundan keyin. Cherin uchun har bir daqiqa xuddi dor ostiga tashlanayotgan qadamdek ogʻir òtar edi
"TEZKOR XABAR: SHAHARNING ENG BADAVLAT OILALARI BIRLASHMOQDA!"
"Bugun shahrimizning eng nufuzli va boy oilalaridan boʻlmish Beak va Nikols oilalari qarindoshlik rishtalarini bogʻlamoqda. Janob Beakning yakayu yagona qizi Beak Cherin hamda Janob Nikolsning vorisi Eric Nikolsning dabdabali nikoh toʻyi boʻlib oʻtmoqda. Shahar ahlini va biznes olamini ushbu muazzam toʻy bilan tabriklaymiz!"
Toʻy oqshomi... Qasr zalida chiroqlar yogʻdusi, billur qadahlar jarangi va mehmonlarning tabassumlari.
Barcha mehmonlar oldida Cherin va Eric oʻzlarini nihoyatda samimiy, baxtiyor korinishar edi . Kamera nigohlari va yuzlab odamlarning kuzatuvi ostida ular xuddi ertaklardagidek ideal juftlikka aylanishgandi. Eric Cherinning qoʻlidan muloyim tutib, unga jilmayar, Cherin esa unga kishik tabbasum qilardi. Ammo bu tabassum ortida qanchalar chuqur azob yashiringanini hech kim bilmasdi.
Dabdabali musiqalar sadosi ostida kelin-kuyov nikoh stoli tomon — rohib qarshisiga qarab sekin qadam tashlay boshladi. Cherinning yuzida samimiy va chiroyli kulgu jilvalansada, koʻzlari cheksiz gʻam va qaygʻuga toʻla edi. U har bir qadamida taqdiriga tan bergandek goya….
Toʻsatdan Cherinning nigohi zaldagi yuzlab odamlar orasida, chetroqda, soyalar panahida turgan tanish yuzga tushdi.