Criminal love
8 qism
-toʻgʻrisini aytsam Beak Yn menga yoqmadi... Kel uni toʻyimizga taklif qilmaymiz) Jena mashinada Jimin bilan ketarkan bir nimalar gapirar Jimin esa indamay ketardi.
-Jimin... Jimin)Jena jim mashina haydyotgan Jiminni yelkasiga yengil urdi
-xa) Jimin Jena tomonga qaradi va mashinani chetroqda toʻxtatdi
-hammasi joyidami?) Jena havotirlanib
-...) Jimin indamay Jenani koʻzlariga qaradi. Ular tundagi yulduzlarni eslatib, Jiminga qandaydir sokinlik berardi. Jimin birdan Jenani quchib oldi. Jena hayron qotib qoldi
-Jimin hammasi yaxshimi? Meni qoʻrqityabsan) Jena javoban Jiminni quchoqladi
-seni sogʻindim. Yana biroz shunday turaylik
-yaxshi) Jena indamadi. Birozdan soʻng Jimin Jenadan uzoqlashdi
-sen Seulga birinchi kelish-ku toʻgʻrimi?) Jimin hayajonli gapirdi
-balki Seulni koʻrishni xohlarsan. Men bilan Seulni aylanishni xohlaysanmi? Uchrashuvgacha 5 soat vaqtimiz bor ekan
-juda yaxshi) Jimin jilmaygancha mashinani haydadi
Ular Seulning mashhur joylarini aylanishni. Hiyobonga, ovqatlanishga, attraksion va harid qilish uchun brend magazinlarga... Ular judayam koʻp va chiroyli joylarga borib quvonishdi. Soʻngi manzil Seulning eng yuqori binosidan yuldduzlarni koʻrish boʻldi
-ular judayam ajoyib) Jena qora tun orasida yonib turgan millionlab yulduzlarga qarab
-sen kabi...) Jiminni gapidan soʻng Jena u tomon qaradi. Jimin Jenaga yanada yoqimtoyroq koʻringandek boʻldi. Jimin Jenani oldiga yaqin keldi
-yulduzlar qora tunga yorugʻlik berasan, zulmatdagi yulduzim boʻlganing kabi. Ularni kuzatish zavqli huddi sen kabi) Jimin Jenani qoʻllarini ushlab siladi
-ular sokin tunni eslatadi huddi sen meni sokinlikka chorlaganingdek) Jimin Jenaga qaradi va shamolda yuzini solayotgan sochlarini qulogʻi ortiga taradi
-seni sevaman) Jimin shunday deb Jenadan boʻsa oldi.
-yulduzlar kabi juda uzoqdasan) Jimin Jenadan uzoqlashib pichirladi
-nima?) Jena Jiminni gaplariga tushunmay
-hech nima. Hozir kech qolamiz. Yuraqol) Jimin Jenani qoʻlidan ushlab, pastga mashina oldiga olib tushdi
Soat 9 10 atrofida edi. Jackson singlisi va uning qalligʻi Jiminni mashhur restarantlar birida kutardi.
Restarant eshigi ochilib, avval yigit va qizning kulgu ovozi soʻng ularning yoqimli kulgusi koʻrindi. Jackson ularni kutib olish uchun oʻrnidan turdi
-salom akajon) Jena borib akasini quchdi va uni yuzidan oʻpib qoʻydi
-hayrli kech janob) Jimin muloyimlik bilan qoʻl choʻzdi
-salom Jimin. Qachon ismim bilan chaqirishni oʻrganasan? Yoki aka de. Juda ham noqulay boʻlyabman-da) Jackson biroz kuldi. Unga qoʻshilib Jimin va Jena ham kulishdi -qani oʻtiring
Ular ovqat buyurtma qilishgach, tushlik qilishdi. Kechki ovqatda ular qizgʻin suhbat qurishdi. Ular kelishib, toʻyni yoz fasliga moʻljallashdi.
-Jimin sen bilan gaplashib olsak boʻladimi?) Jackson Jiminga qaradi
-men yaxshisi tashqariga chiqib kelaman siz bemalol suhbatlashavering) Jena oʻrnidan turdi ammo u ketishga ulgurmay Jimin uni bilagidan ushlab joyiga oʻtkazdi
-menimcha oʻzimiz toza havoda biroz sayr qilib kelamiz) dedi Jimin Jacksonga yuzlanib.
Jackson oʻrnidan turdi va Jimin bilan restaranni tark etdi
-bu yer biroz gavjum janob, balki mashinada suhbatlasharmiz) Jimin Jacksonni mashinasiga taklif qildi. Jackson ham atrofdagi shovqinda hech nima deyolmasligini tushunib rozi boʻldi
-mashinani haydasam qarshi emasmisiz) Jimin va Jackson mashinaga oʻtirgach Jimin Jacksonga gapirdi
-yoʻq... Jimin men aytmoqchi edimki... Jena u meni oilam. U meni oilamdan qolgan yolgʻizim. U oʻzgacha qiz. U menga oʻxshab vaxshiy emas. U goʻzal qalb egasi. Ammo men uni hech qachon baxtli qilolmadim. Unga mehr berolmadim. Faqat ishim haqida oʻyladim. Ammo bilasanmi nima?U doim menga mehr berdi. Hatto men unga baʼzida qoʻpol boʻldim. Ammo u meni qanday boʻlsam shundayligimcha yaxshi koʻrdi. Akalik qilmagan boʻlsam ham akam deya oldi... Uni birinchi bor mehrli va baxtli koʻzlarini sen bilan koʻrdim. Agar Jena sen bilan boʻlsa doim baxtli va yorqin koʻrinadi... Men sendan shu baxtni abadiy saqlab qolishingni soʻrardim. To oʻlguningga qadar uni mana shu mehr va baxtdan mahrum qilma... Agar uni koʻzida yosh koʻrsam seni ayab oʻtirmayman. Uni koʻz oʻngida otib tashlayman. Tushundingmi?
-xa janob) Jimin mashinani birdan toʻxtatdi.
-tinchlikmi nega toʻxtading?) Jackson hayron boʻlib atrofga qaradi. Hammayer qorongʻu edi
-seni gaping yakunlandi Jackson) Jimin shunday deb choʻntagidan pichoqni chiqardi
-bu seni ohirgi gaping boʻladi) Jimin shunday deb Jacksonning qorin qismiga pichoq tiqdi soʻng pichoqni sugʻurib qayta uni koʻksiga tiqdi. Jacksondan sachragan qon Jiminni yuziga va kiymiga sachradi
Yn Jeon bilan pasport olishga bordi. Buni Yn xohlamasa ham barchasi Jeon aytganidek boʻldi. Yn endi Kim Somin
Kim Somin - yoshi 20da. Boʻyi 169 sm. Vazni 48 Koreyaning Busan shahrida tugʻilgan. Oilasi Amerikada yashaydi. Oilada yolgʻiz farzand. 1yil avval oʻqishni bitirdi ammo ishga qabul boshlanganida u avtohalokatga uchradi. Shu sababli u ishga kirolmadi.
-bu menga yoqmayapti) Yn Jeon tasvirlagan Kim Somin ni eshitib
-hammasi hal oldi da ortga yoʻl yoʻq endi
-axir u boshqa inson. Men esa boshqa. Sochlarimni kesdi degani bu boshqa inson boʻldi degani emas-ku. Politsiyaga borsam meni aniq tanishadi
-sen oʻzingni oʻzing fosh qilmasang hech kim seni tanimaydi. Toʻgʻri seni oʻxshatishi mumkin ammo agar sen ichki dunyoyingni oʻzgartirsang hech kim tanimaydi
-hoʻsh Jeon bu qanday boʻladi? Ichki dunyoni oʻzgartirish...
-men senga oʻrgataman ammo avval ovqatlanib olaylik) Jk shunday deb bir ovqatlanish joyida toʻxtadi
U yerda ovqatlanishgach ular harid qilish uchun borishdi. Yn doimgidek jensiy shim va oq fudbolka oldi. Jeon uni oldiga borib, barchasini uni qoʻlidan oldi. Ularni oʻrniga qora kiyimlar tutqazdi. Yn biroz asabiylashdi. Ammo oʻzini qoʻlga olib, indamay kiyimlarni oldi. Ular kiyim magazinidan chiqib, uy sotib olishga borishdi. Jeonning uylaridan biriga yaqinroq joyda joylashgan uyni sotib oldilar.
-men hoziroq uyimni jihozlayman. Hoʻsh koʻraylikchi bu yerda nimalar bor) Yn shudnay deb telefonidan uy jihozlarini qidirdi. Ammo birdan Jk Ynni qoʻlidan telefonni tortib oldi
-nega ekan? Bu meni uyim. Shunday ekan uyni men jihozlayman. Telefonni qaytar
-umuman olganda bu yerni men sotib oldim. Sen telefonni qayerdan olding oʻzi?
-xa shunday de. Nega mendan soʻramading?
-toʻgʻri... Agar oʻlishni xohlamasang menga xiyonat qilma
-yana qanaqa xiyonat... Xaxa faqat menga Jimin telefonni bergani haqida aytma. Bu judayam kulguli) Yn qattiq kulib yubordi
-bu sen mendan telefonni yashirganingni anglatadi. Demak sen menga hech nima demasdan xiyonat qilgansan
-afsuski yoʻq Kim Somin) Jk shunday deb telefonni oynadan pastga otib yubordi. Bu uy 5- qavatda joylashgandi. Tabiyki 5-qavatdan tushgan telefon chil-chil boʻlgan
-meni ismim Beak Yn) Yn asabiylashib, eshik oldiga bordi. Hozir bu yerda yana biroz tursa Jeonni oʻldirib qoʻyardi, shu sababli chiqish uchun eshik oldiga bordi
-mayli uyni birga jihozlarmiz...) Jk gʻoʻngʻilladi
-xa albatta) Yn eshik oldidan yugurib qaytib keldi va Jk bilan internetdan jihozlar koʻrishdi va buyurtma qilishdi
Qaysidir maʼnoda Yn va Jk uchun bu juda zavqli boʻldi. Huddi sevishgan juftliklardek kelishib uyni jihozlashardi.
Uyni jihozlash yakunlangach Jk va Yn yotoqqa yotishdi
-bilasanmi Jk bu juda qiziqarli va qiyin ekan. Men juda charchadim) Yn kulib, Jk tomonga qaradi
-sen meni millionlab pullarimni tugatding. Undan koʻra meni uyimga koʻchib oʻtsang boʻlardi
Avtor pov:
Jkdan nimani kutkan edingiz axir Yn uning millionlap pullarin sovurdi😂
-Jk axir sen boysan. Mendan ozgina pulingni qizgʻonma
-xex qayerimga boy deb yozib qoʻyibdi?
-yaa Jk chiroyli va yovuz yigitlarning barchasini puli koʻp boʻladi
-yoʻq sen yovuzsan. Men chiroyli va yovuz dedim
-jin ursin* men seni fikringga qoʻshilmayman) Jk oʻrnidan turdi va uyning mexmonxona qismiga chiqdi
-nima sen ketmoqchimisan?) Yn uni ortidan ergashdi
-yoʻq. Axir kech boʻldi. Bugun shu yerda qolaman. Shunchaki seni gapingni eshitganimdan koʻra televizor koʻrganim yaxshi) Jk shunday deb divanga oʻtirdi va televizorni yoqdi
-uyimni sotib oldi degani bu uyimda xohlagancha boʻlasan degani emas. Agar pulim kredit kartamda emas naqt boʻlganida bu uyni oʻzim sotib olardim). Yn Jkni tepasida turgancha jahl ustida baqirib gapirdi. Birdan televizorda boʻlayotgan yangiliklarni koʻrib ikkisi ham televizor tomonga qarashdi
-yo xudoyim bu nima) Yn televizorga qarab
-jin ursin* Jimin) Jk shunday deb oʻrnidan turdi va ustiga kiyib, yugurgancha uydan chiqdi. Yn esa hamon hayron holda televizorga qarab turardi