Boringcha Sevdim 7 qism
Uni qo'lini olishga harakat qilarkanman, qo‘llarini og'zimdan olib, meni yelkasiga ko‘tarib oldi. Bu holatdan hayron qolib, unga qarshilik qilib orqasiga musht tushirsam ham meni qo'yib yubormadi va xona ichidagi yuvinish xonasiga olib kirib ketdi. U yerga ham kirib, eshikni qulflab qo'ydi. Meni yerga qo'ygach, to'g'ri eshikka yopishdim. Tutqichga endi qo'lim yetganida u belimdan ushlab yuvinish xonasidagi rakvinani tokchasiga o'tqazib qo'ydi.
" Nega bu yerga olib kirdingiz? "
– Endi xohlaganingcha baqiraver. Hech kim eshitmaydi. Sen va mendan boshqa
Menga tirjayib gapirarkan, ichimda uni la'natlab, qo'llarimni ko'ksimga bog'lab, yon tarafga qarab oldim.
Unga tentakka qaragandek qarab turarkanman, yuzlarimga ishora qildi.
– Ikki yuzing ham qip-qizil bo'lib ketdi. Ularni tishlagim kelyapti.
Jungkookni bunday gapidan so'ng ikki qo'limni yuzimni ustiga qo'yib, ularni yashirib oldim. U harakatlarimdan kulgancha, gapida davom etdi.
– Yoqimlisan. Avval menga kulishing yoqqanini aytgandim. Endi esa jahling chiqishi ham yoqdi. Bunday paytda yuzlaringni o'zimga nishon qilib olaman.
Yoqimsiz, bunday gaplarni aytishga uyalmaydi ham. Bu olifta gapirib bo'lgach, o'ylab o'tirmasdan uni qo'lidan chimchib oldim.
Unga qoshlarimni chimirib qarab turardim.
– Senga uylansam bir kun tishlab, bir kun mana shunaqa o'yib olib sog' joyimni qoldirmaysan shekilli
Samimiylik va hazil tariqasida aytilgan gaplardan keyin quloqlarim ostida uning biroz sovuq va tund ohangi yangradi.
– Endi jiddiy bo'lib gaplashib olaylik. Nega bunday ish qilganimni sababi sen bilan gaplashib olish edi...To'g'ri men unashtirilganman va sen o'sha kun ko'rgan qiz rostdan ham meni qallig'im. Yn men uni sevmayman. Bu unashtiruvni esa bekor qilmoqchiman. O'zim sevmaydigan inson bilan umrimni o'tqazishni istamayman.
Uni sokin ovozda aytilayotgan so'zlarini eshitib turarkanman, bu biroz g'alati edi. Xuddiki, mana shu xona ham bu ovozga g'arq bo'lgandek edi go'yo. Qarshimdagi insonning yuz tuzilishi esa qiymati yo'q san'at asari kabi edi. Ammo iliqlikdan tashqari sovuq nigohlar yo'q emas edi. Uni og'zidan chiqqan qallig'im degan so'zni eshitgach yarq etib unga qaradim va shu holatda, undan ko'zlarimni uzmay eshitishda davom etdim. "Men uni sevmayman" ayol kishi uchun bu qanday og'ir so'z ekanligini tushunadimi bu odam ?! Sen sevgan inson seni sevmayman desa buni qay darajada qabul qilish mumkin ? Nahotki u shunchalik oson aytyapti bu so'zlarni...Ortiq eshitishni istamayman. O'z manfaati yo'lida harakat qilib, meni ham o'zi g'arq bo'lgan ummonga olib ketishiga yo'l qo'ymayman! O'tirgan joyimdan turib, uni itarib yubordim.
"Bir insonga seni sevmayman deb ayta olish shunchalik osonmi ?"
– Uni itarib yuborganimdan tabiiyki hayron qolgan Jungkookga qarab, qo'l harakatlarim orqali unga gapirdim. G'azabdan shunchalik tez harakat qildimki, nima deganimni tushundimi yo'qmi buni bilmayman ham. Jungkook menga qarab jim turarkan, xonada faqatgina ikkimizni olayotgan shovqinli nafaslarimiz eshitilardi xolos.
– Seningcha unga uylanishim kerakmi A ? Uni sevmasamda, istamasamda unga uylanishim kerakmi ? Butun umr uni sevgisiz hayotga ko'mishim kerakmi ? Men xudbinlik qilmayapman Yn. Men Yeona o'z baxtini topishini istayman. Uni baxtsiz hayotga zanjirband qilishni istamayman! Sen erkaklar to'g'risida nimani bilasan ? Erkaklar o'zi sevmagan ayoli bilan jim yashab keta oladimi deb o'ylaysanmi ? Yo'q, Yn yo'q. Bunda biz baxtni ko'chadan izlaymiz. Seningcha har kuni foxishalar qo'ynidan chiqib, uni yoniga kelsam u buni to'g'ri qabul qiloladimi ? Yo'q, qabul qila olmaydi. Har kuni, har soniyada uni qalbini vayron qilib, uni so'lib borayotganini ko'rishdan ko'ra hozir bu munosabatlarga yakun yasaganim afzal emasmi ?
" Nega bunchalik ishonch bilan gapiryapsiz? Nega uni sevmasligingizga o'zingizni ishontiryapsiz? Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Balki uni sevib..."
– MING LA'NAT!!! MEN UNI HECH QACHON SEVIB QOLOLMAYMAN! 🗣🗣
Gapimni oxiriga yetqiza olmasimdan u shunaqa g'azab bilan baqirdiki, nima deyishniyam bilmay gangib qoldim. Boshini ortga tashlab, qo'llari bilan sochini ortga tararkan, g'azabdan bo'ynidagi tomirlar yaqqol ko'rinadigan darajada bo'rtib chiqqan edi. Men qo'rqdim. Hech kim shu paytgacha bu darajada menga baqirmagan. Qo'rquv ila unga qarab turarkanman, nigohlari menga qaratildi. Shunaqa sovuq nigoh bilan qaradiki, men rostdan ham bu insondan qo'rqa boshladim. Bir necha soniyada bilagimdan siqib, meni eshikka tiradi va g'azabini jilovlash uchunmi bilmadim ko'zlarini yumdi. Ikkimiz ham biroz shunday tinchlanganimizdan so'ng uni yumiq ko'zlari ochilib, menga qaradi. Hayratdaman. Bir necha daqiqa avval g'azab ufurib turgan bu ko'zlarda ayni damda yosh aylanmoqda. Qisqa vaqt ichida bu insonni har xil holatlarda ko'rdim. Quvnoq, baxtli, xursand, jahldor...ayni damda esa uni ojiz holatda ko'ryapman. Shunaqa mungli ovozda gapirdiki, xuddiki uni gapirishini kutib turgandek ko'zlarimdan beixtiyor yosh dumaladi.
– Men uni sevolmayman. Hech qachon sevolmayman. Negaligini bilishni istaysanmi ? Chunki u meni mana shu Jeon Jungkookga aylantirgan odamni o'ldirdi. Men har safar, jin ursin har safar unga qaraganimda qotilni ko'raman. Do'stimning qotilini! O'sha qiz meni shunday odamga aylantirdi. U menga mana shu kibrli hayotimdan chiqib, hayotni oddiy ammo juda ajoyib lahzalaridan rohatlanishni o'rgatdi. Men u qizni sevmasdim Yn. Uni do'stim sifatida yaxshi ko'rardim. Lekin Yeona u.. u... uni
Yetar...ortiq chidolmayman. Jungkook oxirgi jumlalarni aytishga shunchalik qiynalayotgandiki, nima demoqchi bo'lganini allaqachon tushundim. Shu onda boshini yelkamga qo'yib, ko'z yosh to'ka boshladi. Nima qilishni bilmayman. Bu dunyoda hamma narsasi bor insonlar ham azob chekarkan...Albattada, axir yovuz insonda ham ko'ngil bo'ladiku! Bir-birimizni quchgancha, yerda o'tirarkanmiz Jungkook boshini ko'tarib, qizargan ko'zlari bilan menga qaradi.
Ko'zlarimdan nimadir izlayotgandek chuqur nigoh bilan tikildi. Yuzimni yon tomonidagi sochlarni olib, qulog'im ortiga o'tkazdi. Nigohlarini ko'zlarimdan olib, lablarimga qaratgan on u nima qilmoqchi bo'lganini tushundim. Menga tobora yaqinlashib kelayotganda uni ustidagi kiyimni kaftlarim bilan siqib oldim va hozir nima bo'lishini his qilgandek ko'zlarimni yumdim. Yanog'imga kelib urilayotgan issiq nafasni his qilarkanman, bir necha soniyadan so'ng shu iliqlikni lablarimda his qildim. Butun tanam tok urgandek titrab ketdim.
Jk pov:
Ilk bor ojizligim bilan ayol kishi yonida ko'z yosh to'kdim. Men uni ko'zlariyu, kipriklari, yuzidagi barcha chiziqlarni sevaman. Uni ko'zlariga qarab turarkanman, bu men uchun ajoyib mashg'ulot edi. Nigohlarim uni lablari bilan to'qnashgach, ularni o'pish hissi miyamni chulg'ab oldi. Bo'yoq bilan biroz qizartirilgan bu lablarga egalik qilish ishtiyoqi fikr-u hayolimni egallab, uni lablariga labimni bosdim. Bundan titrab, kiyimimni qattiqroq siqib olgan kaftlarini olib, o‘zimniki bilan birlashtirdim. O'zim xohlagan narsaga erishgach, ularni zavq bilan o'pa boshladim. Bu yumshoq lablar o'ziga asir qilgandek ulardan uzoqlashishni istamadim. Yuvinish xonasi emas, yotoqxonani eshigi taqillaganini eshitgach, tok urgandek bir-birimizdan yiroqlashdik. Unga qaraganimda nigohlarini boshqa yerga qaratib, ko'zlarini olib qochdi. Yuvinish xonasidan chiqqanmizda akamning ovozi eshitildi.
– Ha, aka, xonadaman. Aka, eshik tashqaridan qulflangan. Uni ocha olasizmi ?
Jungkook akasiga eshikni ochishini aytganda unga qarab, havotirdan bosh chayqadim. Uni esa pinagi ham buzilmadi. Eshik qulfi ochilayotgani ovozini eshitgan onim qayta yuvinish xonasiga kirish uchun shoshdim. Mana bu yaramas esa bunga yo'l qo'ymay qo'limdan ushlab oldi. Ular hozir bizni ko'rsalar nima deb o'ylaydilar axir. Eshik ochilganda esa Jungkookni qo'lini siltab qo'yib yuborib, uyatdan yuzimni yerga qaratdim.
– Siz o'ylagan narsa emas aka. Jihoon uni shu yerga olib kelib eshikni ustimizdan qulflab qo'ydi. Aksiga olib telefonim ham pastda qolgan ekan.
– Nima ? Jihoon shunday qildimi ? Yn xonim siz yaxshimisiz ? Bu ish uchun uzr so'rayman.
Janob Junghyunga qarab, hammasi joyida degandek bosh chayqab, uyatdan yerga qaragancha aka-ukani o'rtasidan o'tib kelgan yo'lim bilan pastga tushib ketdim.
– Hey, bu nima qiliq ? Nima qilmoqchi bo'lyapsan ?
– Ajabo, unda menga bu qiz bilan qachon bir xil lab bo'yog'i surib olganingni aytib berarsan!
Jungkook barmoqlari bilan labini artib: Aysh, aka nima balo dedektivmisiz yoki Sherlok Xolms ?
– Buni payqash uchun dedektiv ham Sherlok Xolms bo'lish ham shart emas menimcha
– Jungkook aqlingni yig'ib ol! Bu yana qanaqa o'yin bo'ldi ?
– Birozdan so'ng tushuntirib beraman, hammangizga
Jungkook shunday degancha xonadan chiqib ketdi.
– Nima qilmoqchisan bola ? – Junghyun ham xo'rsinib ukasini ortidan ketdi va pastga tushdi. Junghyun mehmonxonadan dasturxon tomon o'tgan mehmonlar yoniga kelgach, Ynga qarab o'z o'rniga joylashdi. Jungkook esa qo'lida yana bitta stul ko'tarib kelib, o'zinikini yonidan joylashtirdi.
– Yana bitta keladigan odam bor oyi
– Qiziq kim u ? Bizga aytmaganding
Dasturxonga taomlar tortilib, hamma bir-biri bilan suhbatlashgancha tanovul qilishardi. Men esa ularni suhbatini goh eshitsam, goh eshitmasdim. Chunki hayolim yuvinish xonasida bo‘lgan ishlar va Jungkook aytgan gaplarda edi. Jungkook hech nima bo‘lmagandek qolganlar bilan gaplashib ovqatlanarkan, ba'zi ba'zida ko'z qiri bilan menga qarab qo'yayotgandi. Shu paytda eshik qo'ng'irog'i chalinib, Jungkook o'zim ochaman deb o'rnidan turib ketdi. Birozdan so'ng esa o‘sha qiz bilan birga keldi. Unga hayrat bilan qarab turarkanman u ham menga xuddi shunday qaradi.
Jeon xonim: Yeona qizim xush kelibsan! Ahvoling yaxshimi ? Qani o‘tir ..
Jeon xonim: Ko‘rishmaganimizga ancha bo'ldi. Hech ko'rgani kelay demaysan
Bu gapga Yeona shunchaki tabassum qilib qo'ya qoldi xolos. Jeon xonim esa gapida davom etdi:
– Ah tanishinglar, Yeona ! Jungkookni qallig‘i.
Yeona o'tirgan o'rnidan boshi bilan ta'zim qilib qo'ydi. O'sha qiz Jungkookni yonidagi stulda o'tirgach, deyarli mendan qahrli ko'zlarini uzmadi. Xuddi yeb qo‘ygudek qarardi. Biroz vaqtdan so'ng esa Jungkook gap boshladi. U nima qilmoqchi ? Hozir bo‘ladigan ishlardan biroz qo'rqyapman. Uni qarori qat'iy shekilli...
– Imm xonimlar va janoblar ! Endi e'tiboringizni biroz vaqtga o'zimga qaratsam ...) Jungkook Yeonaga bir qaradiyu, uni yo'q degandek qarashlariga e'tibor bermasdan gapida davom etdi.
– Biroz avval oyim aytganidek, yonimda o'tirgan bu qiz meni qallig‘im. To‘g'rirog‘i qallig‘im edi.
– Bu degani men unashtiruvni bekor qilmoqchiman
– N..nima o'g'lim bu yana qanaqa gap ?
Jungkookni unashtiruvni bekor qilmoqchi bo'lib aytgan gapini eshitgan Yeonani ko'zidan bir tomchi yosh dumalab, stolga tushdi. Garchi u Jungkook bugun nimalar qilmoqchi ekanligini bilardi. Lekin u balki bunday bo‘lmas deb umid qilgandi. Hozir esa o'sha kichik umid ham chilparchin bo'ldi.
Janob Jeon: O'g'lim bunday qarorga kelgan ekansan biror sabab bordir, lekin buni o'zimiz oilaviy gaplashsak bo‘lardi.
– Biz oilaviy gaplashyapmiz dada
– Hali gapimni davomini eshitmadingiz. Nega buni oilaviy deganimni sababi u....) Jungkook qo'li bilan Ynni ko'rsatdi.
- Men uni sevaman. Bundan uni ham xabari bor.
Dohyun: Nima ? Sen nimalar deyapsan ? Yn bu nima haqida gapiryapti ?
Jungkook: Gap nima haqida ekanligini aytdim.
Dohyun: YN MEN SENGA SAVOL BERDIM!!!
Jungkook: UNGA OVOZINGNI KO‘TARMA
Dohyun: O‘rningdan tur ! ..) Dohyun Ynni qo'lidan tortib turg‘izarkan Jungkookni bundan jahli chiqib ularni yoniga borib Ynni Dohyunni qo'lidan tortib oldi.
Jungkook: Unga bunday munosabatda bo‘la olmaysan!
Dohyun: Sen kimsanki, menga buyruq beradigan
Jungkook hammasini oshkor qilgach, nima qilarimni bilmay qoldim. Hammani nigohi menga qaratilgandi. Bir pasda hammasi yaxshi ketayotgan narsa yo‘qqa chiqdi. Jungkook va Dohyun tortishib ketishganlarida ikkisini o'rtasida hali ham aytilgan gaplarni hazm qila olmay o‘tirgandim. Kattalarni ham gapiga quloq solmay, ikkisi indamasa bir-birini mushtlashgacha boradigan yirtqichlardek edi go'yo. Ularni orasiga Yeona ham qo'shilib, Jungkookga yuzlandi.
— Javob berasan Jeon Jungkook. Barchasi uchun. Bari uchun. Senga so'z beraman oldimga yolvorib kelasan! O'z ixtiyoring bilan shu qizdan voz kechasan! Senga so'z beraman.
U yoshlangan ko'zlari bilan menga ham qarab, meni turtgancha uydan chiqib ketdi. Men ham ortiq bu yerda qolishni istamay, uydan chiqdim. Rostdan ham badbaxt odammanmi ? Tinch oilani fayzini yo'q qildim. Uy eshigidan otilib chiqqanimda Jungkook qo'limdan tortib to'xtatdi. Undan qo'limni tortib olib, men ham g'azab bilan unga qaradim.
" Nega ? Nega bunday qildingiz ? U qizga bunday qilishingiz kerak emas edi "
– Senga uni sevmayman deb necha marotaba aytishim kerak
" Lekin men ham sizni sevmayman "
Qat'iy ko'rinishda aytgan gapimdan so'ng u biroz tinchlanib menga qaradi.
– Yaxshi meni sevmas ekansan unda biroz avval yuqorida bo'lgan narsalar nima edi ? Yoki to'g'ri kelgan yigit bilan o'pishib ketaverishga o'rganganmisan?
Qanday qilib unga tarsaki tushirganimni bilmayman. Ammo aytgan gapi ... bu uchun indamay tura olmadim. Tarsaki zarbidan yon tarafga qarab qolgan Jungkook menga qarab asabiy tabassum qilib, yonimdan o'tib ketdi. Jungkook uydan chiqib Dohyun nega chiqmaganiga uy ichiga qaradim. Uni amakim ushlab qolgan shekilli ichkaridan amakimni siltab chiqib kelayotgan yigitni ko'rdim. Meni ko'rishi bilan men tarafga kelib qo'limdan siqib o'ziga tortdi.
– Menga aytgan yigiting u edi to'g'rimi?
Uni ko‘zlariga qarab hech nima demasdan turaverdim. Uni esa tobora jahli chiqayotgandi. Lekin nega ?
– U ekanligini bila turib nega aytmading ?
" Chunki senga hamma narsani aytishga majbur emasman "
Jonimga tegdi...Unisi ham, bunisi ham! Meni siqtovga olishga nima haqqi bor bularni
– To'g'ri aytding majbur emassan...) Dohyun ham kinoya bilan gapirgandan so'ng mashinasiga o'tirib ketib qoldi. Amakim va Janob Jeonlar bir-biridan uzr so'ragach, mashinaga chiqib biz ham uyga qaytishga yo'lga chiqdik. Mashina ichida sukut saqlab ketarkanmiz bu jimjitlikni doimgidek kelinoyim buzdi. Hozir ichidagini ayta olmasa keyin portlab o‘lishi aniq!
– Seni soqov, jim yuradi desam haqiqiy makkorani o'zi ekansanku! Bunday yigitni qanday qilib o'zingga qaratding? Qiziq unga nimangni berdingki, sendek qiz uchun yigit unashtiruvini bekor qildi ? Balki ... tanangni bergandirsan ?
Kelinoyimni so'nggi gapidan so'ng unga yarq etib qaraganimda mashina salonida amakimning baland ovozi yangradi.
– O'CHIR OVOZINGNI ! Aytayotgan gaplaringni o'ylab gapir deb ko'p marotaba aytganman Minsoo!
– Qayerdan bilasiz balki rostdan ham shunaqadir. Axir siz uni kuzatib yurganingiz yo‘qku. Balki o'sha Jungkook uni birinchi o'ynashimasdir.
Kelinoyimni gaplari shu qadar jonimga azob berayotgandiki, o'ylab o'tirmasdan birinchi marotaba amakimni yonida yig‘lay boshladim.
– Sen Minsoo yonimizda yurgan qizga tuhmat qilib gapirguncha o'zingni chetda hozir qayerdaliginiyam bilmaydigan qizing haqida o'yla. Ynni o‘ylovi senga tushmasin. Uning uchun men borman. Endi esa boshqa ovozingni chiqarma. Yo'qsa o'zimga javob bermayman.
5-qadah viskini ichib bo'shatgan yigit stakanni stol ustiga jahl bilan qo'yib stakanga yana muz sola boshladi.
– Men esa yetmaydi dedim Jimin. Yetmaydi. Bu ichimdagi olovni so'ndira olmayapti.
– Yetar.. Tur o‘rningdan shuncha ichganing yetadi. Tur
– Qo‘yvor meni...) Jungkook mast holda Jimin turtdi.
– Ahvolingni qara. Men hozir hisobni to'lab kelaman. Shu yerda o‘tirib tur.
Jungkook Jimin ketgach, o'rnidan turishga harakat qilib yurayotganda o'zidek mast bo'lgan boshqa qiz bilan to'qnashib, qayta joyiga yiqildi.
– Ko'zingizga qarasangiz bo'lmaydimi ? Aysh qo'lim, qo'limni ezib qo'ydingiz
Qiz ham bir ahvolda ikkisi o'tirib qolgan divandan sal nariroqqa surildi. Jungkook ham o'rnidan biroz qo'zg'alib qizga qaradi.
– Hey yig'..layapsizmi ? Qattiq tushdingizmi ? Qayerizdir og'riyaptimi ?
– Yo'q aksincha juda yumshoq tushdim. Bu ko'z yoshlarni sababi esa bugun yigitim meni tashlab ketdi. Ablax, yaramas, boshqasini topib olganmish! Buyurmasin o'sha qiz unga...) qiz mast ahvolda barmoqlarini yuragiga niqtab gapirardi.
Jubgkook bo'lsa boshini orqaga tashlab: Men esa bugun unashtiruvimni bekor qildim. Men sevgan qiz esa meni sevmasligini aytdi. Bu alam qilarkan
Qiz Jungkook yelkasiga urib: Senga o'xshaganlarni deb qizlar qadrsizlikni his qilyapti. Yaramas!
– Nima ? Ayb sizlarda, bo'lar bo'lmas rashkni deb yigitlarni bezdirib tashlaysiz. Qolaversa yigitlarni o'zilarga qaratishni bilmaysiz. Agar sen ham yigitingni o'zingga bog'lab qo'ya olganingda u seni tashlab ketmagan bo'lardi.
– Men yigitlarni qaratishni bilmaskanmanmi ?
Qiz Jungkookni gapidan so'ng hech nimaga e'tibor bermay,
uni ustiga chiqib oldi. Jungook qizni harakatidan hayron qolgancha unga qararkan, mastlikda aqlini yo'qotgan bu ikki inson soniyalar ichida bir-birlariga yopishib ketishdi.
Ko'zimni boshimdagi yoqimsiz og'riqdan ochib, ko'zimga tushayotgan quyosh nurini to'sish uchun qo'lim bilan ularni to'sdim. Shoshma, kiyimim qani ? Ustimda ko'ylagim yo'qligini ko'rib, keyin yonimda yotgan odamni payqadim. Unga qarab kecha nimalar bo'lganini eslay olmay qo'rqib ketdim.........👀