Money talks
Yn: Bu nimasi endi? Manzilni qayerdan bildi u?
Yn butalar orasida turarkan, ikki ko'zi Jkda edi. Jkning ko'zlari esa goh qo'lidagi soatda, goh ko'p qavatli binoning yo'lagiga qaratilgan edi. Chiqish eshigi yagona bo'lganligi uchun ham, qiz nima qilishni bilmasdi, ortiga qaytishga ham allaqachon kech bo'lgandi.
Yn kichik sumkasini ichiga buklab tiqqan bosh kiyimini eslagach, boshiga bostirgancha harakatlanishni boshlad
Jk oldidan yarim yuzini berkitgancha o'tib ketayotgan qizni kimligini tezda sezib, uning ortidan ergashdi.
Jk oldindagi Ynni qo'lidan tutib o'ziga qaratdi. Yn soniyalar ichida yigitni yuziga tegib ketgudek holatga keldi.
Yn: Nimalar qilayapsan o'zi?! Qo'yvor.
Yn qancha harakat qilmasin Jkning qo'llaridan qutila olmadi.
Yn: Qiziq! Nega qochayotgan ekanman-a? Jinnimisan? Senga qaytib ko'rishmaymiz degan edim.
Jk: Ammo men bunga rozi bo'lmadim.
Meni bu bilan ishim bor deb o'ylaysanmi?
Ynning nafrat to'la ko'zlari Jkning sevgi to'la nigohi bilan to'qnash keldi.
Jk: Shin Yn , seni qo'yib yubora olmayman.
Yn: Tovbaaa, jinni bo'lganing aniq. Menga o'xshagan aldoqchi qizlarni boshingga urasanmi?
Jkni qo'qqisdan aytgan izhori qizni jaxlidan tushishiga sabab bo'ldi.
Yn: Menda sen his qilayotgan tuyg'ular yo'q, Jeon Jungkook .
Yn bu safar sekingina o'zini yigitdan uzoqlashtirildi. Va uning yonidan jimgina o'tib ketdi.
Jk: 3 Kun... Atigi 3 kun men bilan 3 marta uchrashuvga chiq.
Jk unga qarab o'ylanib turgan
Yndan o'zi istagan javobni kutib turardi. Ammo, qiz Jkning yoniga yugurib kelib, uni yonidagi butalar orasiga itarib yubordi.
Yn : Jim🤫
Yn ham Jkni yonida turarkan, binodan chiqib kelayotgan akasini ko'rdi.
Sungmin ham ishga ketayotganligi sabab, biroz shoshilibroq yurdi.
Yn: Ufff.. tomomman. Akam mendan oldin supermarketga boradi. Uydan barvaqt chiqib ketgan singlisi esa ishda hali ham yo'qligini ko'rsa, nima deb o'ylaydiya?
Yn ikki qo'lini peshonasiga qo'yib, o'ziga-o'zi gapirarkan, unga qarab kulib o'tirgan Jkni yodidan ham chiqarishga ulgurdi.
Yn: Nima shu yerda uxlamoqchimisan?
Yn o'rnidan turib ust-boshini qoqarkan, unga mahliyo bo'lib turgan yigitni hayolot olamidan olib chiqdi.
Qiz biroz atrofga qarab turdida, miyasiga kelgan fikrdan o'zi quvonib ketdi.
Yn: Ey Jeon Jungkook mana bu mashina senikimi?
Qiz orqa o'rindiqni eshigini ochdi-yu, mashinaga o'tirib oldi.
Uning kulgili harakatlarini kuzatib turgan yigit, boshini chayqab jilmayib qo'ydida, old o'rindiqqa joylashdi.
H: Amaki, men sizni va oilangizni juda hurmat qilaman. Ota-onamni o'limidan so'ng, doim menga yelkadosh bo'ldingiz. Men sizdan umr bo'yi qarzdorman. Ammo... Siz hozir so'rayotgan narsangiz meni va o'g'lingizni butun umrini hal qilib qo'yadi.
Seulning bashang restaranlaridan birida Janob Jeon va Hana nonushta qilisharkan, Janob Jeon Teahyung va Hana birga ko'rishini istashini bafurja tushuntirdi. Ammo qizning reaksiyasi bu mavzuga ijobiy bo'lmadi.
J/J: Men seni baxtli ko'rishni istayman, qizim. Otang meni ukamdek edi. Uni farzandi meni oilamni haqiqiy a'zosiga aylanishini chin dildan xohlardik. Aslida bu masala ancha avval otang va meni hayolimizda bor edi. Ammo afsuski u bu kungacha yetib kelolmadi.
H: Amaki xafa bo'lmang. Men sizni tushkun holatda ko'ra olmayman....
Yn: Akaaa, meni tinch qo'ying!
Yn qo'lidagi sovunlar bor qutini yerga qo'yib, bunaqa qutidan 4tasini ko'tarib olgan Sungminga qaradi.
Yn : Nima bugun hamma menga shu savolni beradigan kunmi?
Sg : Qolganlarni bilmadim. Ammo kechadan buyon o'zingni boshqacha tutayapsan. Ertalab meni kutmay ketgansan. Xo'sh, bularni qochish demay, nima deyish mumkin?
Yn: Ko'rdingizmi, o'zingiz meni shuncha savolga ko'mdingiz, kecha gaplashganimda undan ham ko'piga yuzlashardim. Aka, iltimos o'zim bilan o'zim kelishib olishga vaqt bering. Keyin Albatta birinchi bo'lib siz bilan gaplashaman.
Katta xiyobonda bir o'zi yolg'iz o'tirgan Hana yoniga shunchaki o'tirib olgan yigitni ko'rib biroz jilmaydi.
Tae : Bunaqa jim bo'lib qolganingga qaraganda, hammasini bilibsan.
Tae savoliga javoban qizning bosh chayqab qo'yishini oldi, xolos.
Tae: Hana iltimos, jim turma. Men ham chigalliklar ichiga tushib qolganim rost. Ammo sening sokinliging meni yanada qo'rqitayapti.
H: Sokinlik - hissiyotlardan kuchliroq. Jimlik - qichqiriqdan balandroq. Befarqlik - urushdan ham yomonroqdir.
Tae: Sokinliging hissiyotlarimni kuchaytirayapti. Jimliging dilimdagilarni yuzaga chiqarishdan to'xtatayapti. Befarqliging aqlimni chalkashtirayapti.
Hana misralariga, huddi o'zidek javob qaytargan yigitni ko'zlariga yaxshilab qaradi.