January 15

Boringcha Sevdim 5 Qism

Biz yashayotgan dunyo, biz go'zal va ajoyib deb hisoblaydigan bu olam allaqachon jarlik yoqasiga kelib qolgan ekan. Bu olam yerdagi insonlarni qanday ko'tarib turibdi ? Inson zoti shunchalik qabihlikkacha bordimi ? Men hayronman. Yana bir bor guvoh bo'ldim. Inson maxluqdan battar ekanligiga...Qaniydi inson emas hayvon bo'lib dunyoga kelsam edi deb o'ylab qolaman ba'zida...yokida bor yo'g'i faqatgina bahorda ko'rinish beradigan boychechak bo'lsam qaniydi...Afsus... Shuncha razilliklarni ko'tarib turgan yerga achinyapman. Kun kelib u hammasini yutadi, hammasini o'z domiga tortadi. Ana o'sha siz kirgan tuproq sizni siqishidan qo'rqmaysizmi ? Tanangizdagi barcha suyaklar birma-bir sinishiga chiday olasizmi ? Ey INSON...til besuyak! Balkim sinayotgan suyaklar og'rig'iga bardosh bera olarsiz, ammo qalbchi ? Qalbning og'rig'i tark etmaydi. Keling shu besuyak tilni deb insonlarni qalbini og'ritmaylik, gunohga botmaylik birodarlarim. Til bizga xunuk so'zlar aytish uchun berilmagan. Keling bugun gaplashib, ertaga gaplashmaydigan insonlarimiz uchun o'zimizni gunohga botirmaylik. Ular bu uchun arzimaydi axir...

Seul shahridagi go'zal manzara, hamma yer yashillikka burkangan, yoqimli shabada...Jungkook...hozir xuddiki undanda baxtliroq odam yo'q edi olamda.

Pov Jungkook

Men hali ham ishonmayapman. Sevgi meni o'ziga shunchalik g'arq qildimi ? Ishongim kelmaydi. Men shuncha vaqt xufiyona sevgan insonim hozir qarshimda. Shoir va yozuvchilar shunchaki hayolotni asar qilib yozadi deb o‘ylardim. Ammo men ham oshiq bo‘ldim. Xuddiki kapalak gulga, oqqushlar suvga, qushlar osmonga oshiq bo‘lgandek oshiq bo‘lib qoldim. Ahaha nimalar deyapman ? Bu ketishda men ham yozuvchi bo‘lib ketmasam bo‘ldi edi. Bu qiz meni ado qiladi.

Jungkook niyatiga yetgancha, Yn bilan restoranda buyurtma qilishgan taomlarini kutisharkan, Yn Jungkookni unga tikilib turishidan hijolat bo‘lardi. Qarshisidagi yigitni barmoqlarini labiga olib borib, kulganini ko'rgan Yn telefonini qo'liga olib, yoza ketdi.

" Nega kulyapsiz ? " – Yn xabarni Jungkookga ko‘rsatgach, uni qoshlari biroz chimirilganini ko'rgan Yn sekin telefonini qaytarib oldi.

– Shunchaki ba'zi bir narsalarni hayol qilib kuldim. Lekin sen nega telefoningda yozib ko‘rsatyapsan ? – Bu savoldan keyin ilk marotaba Jungkookni sovuq nigohini ko'rgan Yn joyida qimirlab qo'ydi.

– Yn senga savol berdim.

– ....

– Yoki nima sen meni bundan uyaladi deb o'ylayapsanmi ?

YN boshini pastga qaratgancha o‘tirganini ko'rgan Jungkook biroz sukutdan so'ng yana gapira boshladi.

– Yn menga qara iltimos

– Yn men senga avval ham aytganman. Men seni boringcha sevdim. Men senda bor va senda yo'q barcha narsa bilan birga seni sevaman. Men hech qachon sendan uyalmayman. Sen ham bundan uyalma. Axir doim ham shunday bo‘lmagansanku Yn kun kelib gapirib ketishing mumkin. Buni o'zing ham bilasan. Qolaversa men 1 oy ichida imo-ishora bilan gaplashishni o'rgandim. Buni qanchalik qiyin bo'lganini bilasanmi ? Men bilmagan narsalar hali juda ko'p. Sen telefoningga yozib meni qattiq mashaqqatimni oyoq osti qilyapsan. Aysh, men xafa bo‘ldim.

Qarshimdagi yigit baribir meni kuldira oldi. Ha tan olish kerak, u rostdan ham olifta yigit..

" Siz rostan ham olifta va o‘zini yerga urmaydigan odamsiz. Qachondir sizdan ma'noli gap chiqadimi ? "

– Ma'noli gap ? Imm to‘yimizdan keyin ko'p ko'p ma'noli gaplar aytib beraman senga

" Nega to'yimizdan oldin emas ? " – unga shu gapni aytishim bilanoq kichik bodomsimon ko'zlarini katta-katta ochib menga hayron qarab turgan qiyofasiga duch keldim.

– Hozir nima deding ?

" Nima de..dim ? " – Yn biroz o‘ylanib, qo‘llari bilan gapirdi.

– Sen to‘yimizdan oldin deding
Yn bir necha soniya o'ylab, Jungkookga qarab boshini yo‘q deb qimirlatdi.

– Yo'q emas, ha. Sen to‘yimizdan oldin deding
" Yo‘q, men nega hozir emas deb aytdim "

– Aldama, sen shunday deding

" Yo'q, siz boya imo-ishora bo'yicha hali o'rganmagan narsalaringiz borligini aytdingiz. Shunchaki xato tushungansiz "

– Yo'q

" Ha "

– Meni alday olmaysan. Rozisan shunaqami ?

" Men unday demadim "

Ular bir-biri bilan tortishib ketisharkan restoran eshiklari ochilib, u yerga bir nechta qizlar kirib kelishdi. Ular stollardan biriga joylashgach, menyuni ko'rish uchun afitsantni chaqirishganda, ulardan birining ko'zi Jungkook va Ynga tushdi.

– Aegoo, Yeona anavi yerda o'tirgan Jungkookmi ?

Sochlari mallarang bo'lgan qiz dugonasi aytgan yerga qaragach, o'rnidan turdi.

– Hozir kelaman.

– Ohho endi janjal boshlanishi aniq.

– Tomosha ko‘rarkanmizda

Yeona

– Salom azizim Jungkook

Jungkook qarshisida tik turgan qizni ko'rib, unga qarab qoldi.

– Tinchlikmi sevgilim, nega bunday qarayapsan ?

Sevgilim so'zini eshitgan Yn Jungkookga hayron qaradi. Jungkook esa jahldan labini tishlab, ko'zlarini yumgancha boshqa tarafga qaradi.

– Aysh Salom, men Jungkookni qallig‘i bo'laman. Har holda siz uni yangi ovunchog‘i bo'lsangiz kerak.

– Gapirayotgan gapingni o'ylab gapir Yeona...) Jungkook asabiy unga qaradi.

– Men gapirayotgan gapimni o'ylab gapirishim kerak to'g'rimi? Lekin sen qachon qilayotgan ishlaringni o'ylab qilasan ?

– YEONA!!!

– Nima Yeona ? Nima ?

Ularni suhbatini jim eshitayotgan Yn ko‘zidan tomchi yosh oqib, o'rnidan turdi. Jungkook esa u turgan zahotiyoq uni qo'llarini ushlab oldi.

– Yn men senga hammasini tushuntirib beraman. Iltimos, gaplashaylik

Yn mungli ko‘zlari bilan unga qarab qo'lini tortib olib, u yerdan chiqib ketdi.

– U o'z o'rnini bildi deb o'ylayman.

Shundoq ham asabiy bo'lib turgan Jungkook qizni qo'lidan qattiq siqib oldi.

– Nima qilyapsan ?

– Meni yaxshilab eshitib ol Yeona. Bizni to'yimiz bo'lmaydi. Senga avval ham aytganman. Sen meni umuman qiziqtirmaysan. Bu unashtiruvniyam xohlamaganimni bilasan. Tez orada unashtiruvni bekor qilaman.

– Bunday qilolmaysan

– Qilaman Yeona

Jungkook uni qo'lini siltagancha hisobni to'lab restorandan chiqib ketdi.

Pov Yn

Nega oyi ? Nega doim menga bunday qilishadi ? Kimga nima yomonlik qildim ? Oyi, dada nega meni tashlab ketdingiz ? Men shunchalik yomon farzandmidim ?! Nega meni yolg'iz qoldirib ketdingiz ? Men...Men unga ishongandim. U rostdan ham meni sevadi deb o'ylagandim. O‘shanda men ham o'lib ketsam bo'lmasmidi ? Nega odamzod bunaqa oyi ? Nega biri bo'lmasa boshqasidan foydalanishadi ? ...Men ham sizlarni yoningizga borishni istayman. Bu dunyodan charchadim oyi. Bu qabih insonlardan charchadim. Iltimos meni ham olib ketinglar.

YN ota-onasining hoki solingan yerga kelib ko'z yosh to'kardi. Ba'zida shunday paytlar bo'ladiki, yashashni istamay qolamiz. O'zimizni o'ldirgimiz, bu hayotda yashagimiz kelmay qoladi. Sizga berilgan sinovlarga nahot chiday olmasangiz ? Hayolingizda jarlikni tasavvur qilib ko'ring. Uni tubi juda qo'rqinchli. U yerda zulmatdan boshqa hech nima yo'q. Shuni unutmang, jarlik yoqasida turgan inson uchun ham ortga bir qadam tashlash uchun joy bo'ladi. Bizdan talab qilinadigan narsa esa – SABR...

– Yn

Yn òziga tanish bo'lgan ovozni eshitib, o'sha tarafga qaradi. Qarshisida Sohyunni ko'rgach, o'zini to'g'ri uni quchog'iga otdi.

– Yn nima bo'ldi? Nega yig'layapsan? Hammasi joyidami? Yoki oyim senga yana nimadir qildilarmi ?

" Yo'q, men shunchaki ularni sog'indim " – deb ota-onasini surati turgan joyga ishora qildi.

" O'zing bu yerda nima qilyapsan ? "

– Men ham ularni yoniga kelgandim


– Bunday bo'lmaydi. Aslo, men bunga yo'l qo'ymayman. Unashtiruvimizni bekor qilolmaysan. Bu qarorga kelgan ekansan, demak o'sha qiz sen uchun qadrli. Uni sendan tortib olaman Jeon Jungkook. Undan o'z xohishing bilan voz kechasan hali....) Asabdan tirnoqlarini chaynab gapirib turgan Yeona telefonini olgancha, o'ziga kerakli raqamni topib qo'ng'iroq qildi.

– Menga yordaming kerak

– Yanami ?

– Ha bu safar jiddiy

– Xo'sh evaziga nima olaman ?

– Nima istasang shuni

– Ahaha men istagan narsani bera olarmikansan ?

– Shubhang bormi ?

– Yaxshi unda senga bir klubni manzilini jo'nataman. Shu yerga kel

– Aqldan ozdingmi ? Men hech qanaqa klubga bormayman

– Yordam senga kerak, menga emas Yeona....)deya aloqa uzildi.

– Aysh, la'nati.

Allaqachon shaharga tun ustunlik qila boshlagandi. Kompaniyadagi so'nggi hujjatni ham ko'zdan kechirib tugatgach, Jungkookni nigohlari yana uni telefoniga qaratildi. Tushdan keyin telefoniga necha marotaba qaraganini sanog'i yo'q edi go'yo. Jungkook Ynga to'xtovsiz xabar yozdi. Ammo ularni hech biriga javob qaytmadi. Hafsala bilan boshini orqaga tashlab, telefonini stolni ustiga otib yubordi.

– Qayerdasan Yn, qayerda ? Iltimos bir marotaba, atigi bir marta meni eshit, iltimos...

Jungkook telefonini olib, yana umid bilan unga xabar yozdi.

" Yn iltimos bir marotaba eshit. Keyin hech nima demasang ham roziman. Indamay ketsang ham Yn. Senga hammasini tushuntirib beraman. U qizni kimligini, hamma hammasini tushuntiraman Yn. Iltimos menga javob yoz"

Yn sohil bo'yida suvning to'lqinlanishi, olovda yonayotgan o'tinlarning chisirlashini, osmonda qizg'ish moviy rang berib botayotgan quyoshni tomosha qilib o'tirardi.

Nega bunchalik soddaman ? Odamlar doim meni kamsitishadi. Lekin u ... Jungkook nega bunday qildi ? Shunchaki foydalanmoqchi edimi ? Botayotgan quyoshga qarab hayollarimni jamlashga uringanimda telefonimdan kelgan ovoz hayollarimni bo'ldi. Uni ochib qaraganimda yana undan kelgan xabarni ko'rdim. O'sha qiz uni qallig‘i ekanligini aytdi. Menga yana nimani tushuntirmoqchi ?! Oyi, menga to'g'ri yo'lni ko'rsating. Qalbim uni eshit deyapti. Lekin bunda foyda bormikan ? Gapirolmaslik jonimga tegdi. Dilimdagilarni aytishni, uni ham dilini og'ritishni istayman. Lekin bo'lmayapti. Men endi hech qachon gapira olmasam kerak...😔

Yn telefoniga qarab turganida Dohyunni uni yoniga kelayotganini payqab, uni o'chirib qo'ydi.

– Jung xonim, balki hayol surishdan bo'shab ovqatlanarmiz. Nima deysiz?

" Roziman " .....) Yn o'rnidan turish uchun Dohyunga qo'lini cho'zdi.

" Xo'sh bugun meni nima bilan mehmon qilasiz, janob ? "

– Immm nima ovqatmi? Ramyon yeyishga taklif qilsam rozi bo'lasizmi ? ...) Dohyun Ynga qarab qoshini uchirib qo'ydi. Ym esa kulib, uni yelkasidan turtib qo'ydi. Ular ikkisi kulishib, sohil bo'yidagi furgonni yoniga borib dasturxon tuzashdi.


Klubdan sal chetroqda mashinamni to'xtatib, qolganiga piyoda yurib borishni ma'qul ko'rdim. Klub ichiga kirishim bilanoq yoqimsiz hid dimog'imdan bo'g'ib oldi...Yetmaganiga musiqani baland shovqini...La'nati endi anavi ahmoqni izlashim kerak. Raqs zalidan turib, uni izlayotganimda qarshimga kostyum shim kiyib olgan bir barzangi kelib turib oldi.

– Janob sizni kutyaptilar xonim

O'sha yigitni orqasidan yura boshladim. Bu yer faqat 4 qavatdan iborat bino deb o'ylagandim. Qarangki biz hozir pastga tushib ketyapmiz. Sen qayerda tin olishni bilasan Park Jimin...Pastga tushganimizda mana bu turqi sovuq bir xona qarshisiga kelib, u yerga kirishimni aytdi.

– Nega aynan bu yerga ?

– Chunki janob shu yerdalar
Bu turqi sovuqni ovozi ham o'ziga o'xshagan sovuq ekan. Tutqichni ochib, ichkariga kirganimda qo'yniga bir qizni o'tqizib olgan Jiminni ko'rdim.

– Balki aysh-ishratlaringni sal chetroqqa surib turarsan !

– Ooo kimlarni ko'ryapman, kel Yeona....) Jimin qo'ynidagi qizga qarab: – Azizam, 5 daqiqaga bizni yolg'iz qoldirolasanmi ?

– Albatta jonim. 5 daqiqadan uzoqqa cho'zilmaydi degan umiddaman.......) Yoqimsiz bular uyatni ham bilmaydi. O'rgildim. Suyuqoyoq meni bor ham demay Jiminni labidan o'pib, menga ham ko'zini suzgancha xonadan chiqib ketdi.

– Balki aloqa qilishingizni ham kuzatib turarman.

– Menga buni farqi yo'q. Sengachi ? Xo'sh qanday yordam kerak. Maqsadga o't!

– Menga hozircha bir qiz haqida ma'lumot kerak.

– Qanaqa qiz ? Sendan chiroylimi ..) kuldi Jimin. Yeona ensa qotirgancha, gapida davom etdi.

– Uni ismi Yn. Boshqa hech nimani bilmayman.

– Faqatgina ismini bilib keldingmi ? Qoyile endi uni topishim uchun menga bir daqiqa vaqt yetarli Yeona

– Kesatma

– Xo'sh u bechora senga nima qildiki, uni qidirishga tushyapsan ?

– Bu bilan ishing bo'lmasin....) Jimin o'rnidan turib stol ustida turgan viskidan qadahiga solib, xo'pladi.

– Yeona men sendek chala ish qilmayman. Shunday ekan yordam berishimni xohlasang barcha narsani menga aytishing kerak.

Yeon biroz Jiminni ko'zlariga qarab, sukut saqlab: – Jungkook yangi o'yinchog'i!

– Yo'q

– Nima yo'q?

– Men bu ishga aralashmayman Yeona. Senga aytganman Jungkook bilan bog'liq o'yinlaringga meni aralashtirma! Do'stim bilan bog'liq ishda senga yordam bermayman.

– Qilasan Jimin! Yo'qsa seni qanday panjara ortiga tiqishimni jim kuzatasan. Sen do'stingga allaqachon xiyonat qilib bo'lgansan. Buni unutding shekilli

Jimin qo'lidagi viskini stol ustiga qo'yib, asabiy kulgancha Yeona tomon yaqinlashib, qarshiga turdi va birdan uni bo'g'ib oldi. Yeona havo yetishmasligidan qizarib tipirchilarkan, qarshisidagi odam g'azabdan qip-qizil bo'lgancha qizni bo'g'ish bilan ovora edi. Uni g'azabini yuzidan bo'rtib chiqqan tomirlardan ham bilish qiyin emasdi.

– Bilasanmi nima ? – Jimin Yeonani o'ng qo'lini ko'tarib: – Mana shu barmog'ingdagi uzukka shukr qil. Bu Jungkookni uzugi bo'lgani uchungina sen hozir tiriksan. Yo'qsa allaqachon seni o'ldirgan bo'lardim....) Jimin shu gaplarni aytib, qizni itarib yubordi. Nafas ololmay qolgan Yeona yo'talib, nafasini rostlashga harakat qilgancha gapira boshladi.

– Ha, ay..nan mana shu uzukni men butun umrga saqlab qolaman.

– Nega bunga meni aralashtiryapsan ? Ayol kishisan, bir erkakni o'zingga qarata olmaysanmi ?

– Hammani ham o'zingga o'xshatma

Jimin yon tarafga qarab, tili bilan labini yalab, asabiy kuldi.

– Ma'lumotlarni kutaman Park Ji-min ...) Yeona oxirgi so'zni bo'g'inlab aytib, xonani tark etarkan, Jimin qo'lini mushtlagancha boya viskisini qo'ygan stolni ustidagi narsalar bilan birga yiqitdi. Yeonani orqasidan biroz avval chiqib ketgan qiz kirib keldi

– Jimin, hammasi yaxshimi?

– Yo'qol ....) Jiminni qahrli ovozini eshitgan qiz uni fe'l atvorini bilgani uchun jimgina u yerni tark etdi. Jimin esa boshini orqaga tashlab, kaftlari bilan sochlarini tepaga tarab, yordamchisini chaqirdi.

TONG. SEUL. SOAT 6:45

Tuni bo'yi mijja qoqmay o'ylab chiqqan yigit ayni damda ham xonasini derazasini ochgancha tonggi yoqimli sovuq havoga yuzini tutdi.

– Yaxshi, Jung Yn. Xabarlarimga javob bermas ekansan, unda ko'rishib gaplashamiz.

5- qism tugadi

Xosh Yn Jungkook bilan gaplashib olarmikan . Yokida Jimin Yeonaga yordam berarmikan?🤔