Only for you
Bazan oʻylab qolasan !Oʻylamasdan qabul qilgan qarorlaring togʻri yokida natogʻri eoanligi haqqida!
Soat ertalabki 5 ga yaqinlashib qolgan. Iloji boricha ovoz chiqarmay xonasiga ko'tarilishni ko'zlagan yigit rejalari mutloq chippakka chiqdi
Soxta tabassum qilib otasiga javob berish uchun yuzlandi.
Jungkook : Do'stlarim bilan edim..
O'g'lidan doimgiday tayinli javob ola olmagan janob Jeon havsalasiz gapida davom etdi
Janob Jeon : Seni uylantirmoqchimiz
Otamning so'zlari kulgumni qistadi. Meni shuncha koyib aytganlarini qildira olmaganlari uchun axiyri chora topa olmay uylantirishga tushib qolibdilar. Baribir bir kuni uylanishim kerak. Mayli nima ham derdim. Zora ko'ngillari biroz bo'lsa ham tinchisa.
Jungkook : Yaxshi Men roziman. uylanib sizga nabiralar olib kelish vazifam axir. Xo'sh kelin kim? Biror boy do'stingiz qizimi? Kelishuvli nikoh qanday ajoyib. Ikki tomon ham yaxshigina foyda ko'radi. Doimgiday senariy.
Otasini mazah qilgancha
Ortiga o'girilib xonasi tomon qadam tashlay boshlagan Jungkookni eshitgan so'ngi gaplari to'xtashga majbur qildi.
Janob Jeon : Bu safar unday emas.. Qiz Oddiy oila farzandi va hali juda yosh. Atigi 18 yoshda..
Jungkook : Qoyil sizga janob Jeon yosh qizni hayotini bilib turib barmod qilayapsiz.. Yaxshi meni to'ygacha bezovta qilmang. Hayrli tun. Ov uzur hayrli kun dadajon..
Janob Jeon : Sen uni yosh deb mensimay Xato qilayapsan... Hali bu qiz yo'rig'iga qanday yurganingni bilmay qolasan ham.
Jungkook ortidan o'ziga o'zi gaprgancha unsiz termulib qoldi
Menga qoyil qolmaslikni iloji yoq. Bo'lajak erim bilan to'yim kuni tanishaman. Hayajondan butun badanim qaltirab ketayapti u men orzu qilgan yigitga zarracha ham o'xshamasachi. Otam hamroxligida mehrob yoniga yetib keldim. Yuzimdagi oq harir shaffof matoni asta yuqoriga ko'tardim. Ming bir ikkilanish hayajon qo'rquv yonimdagi soniyalar o'tib erimga aylanadigan insonga nazar tashladim
Baland bo'yli keng gavdali nim bug'doy rangli yigit menga jilmayib turibdi. Sochlari uzun ko'zi singari Tim qora edi. Gavdasi ko'rinishidan sport bilan shug'ullanishiga hech shubha yoq. Yuzi ham yoqimtoy. Orzuyimdigi yigitga ancha yaqin. Ko'nglim bir oz hotirjam tortganday bo'ldi. Yigitga javoban men ham lab chetida kulib qoydim.
Rohib nikohimizni o'qidi. To'y boshlanib ketdi. Endi biz ham rasman ham sharan er xotinmiz. To'y qiziganda qizib borardi. Navbat kelin kuyov valsiga... Bir qo'lini belimdan o'tkazib mahkam o'ziga tortdi . Inson shunchalik ham qo'pol bo'ladimi?Men ham bo'sh kelishni istamay baland poshnalarim bilan atay oyoq barmoqlarini ezib bosdim. Og'riqdan biroz yuzi burishdi. Barchaning nigohi bizga qadalgani sabab sezdirmaslikka urundi. Yuziga Soxta kulgu yugurdi. Gapirish uchun ohista quloqlarimga egilib ded
Jungkook : xotinim bunchalik chiroyli bo'lishini bilmagan edim..
Yn: Men ham erim bu qadar tentak bo'lishini kutmagandim..
O'zi kabi atrofdagilar ko'zi uchun sohta tabassum qildim
Jungkook : Mmm. Shunaqa de. Unda nega hatto bir marotaba ko'rmagan insoningga erga tegishga rozi bo'lding..
Jungkook : Bizdan yaxshi oila chiqadi..
Yn: buni hali Vaqt ko'rsatadi aziz ERGINAM
Vanihoyat to'y ham o'z nihoyasiga yetdi. Yangi kelin Kuyov o'z xonalariga ko'tarilishdi.
Xona eshigini ichkaridan qulflab nigohini qizga qaratdi
Jungkook : Kel hammasini Ilk kundanoq gaplashib olsak.. Men doimgi hayot tarzimdan kechmayman. Ochig'ini aytganda Senga risoladagi er bo'la olmayman. Qayerga Kim bilan boraman nima ishlar qilaman bular haqida senga hech qachon hisob bermayman. Va tabiyki sen ham bunga aralashmaysan. Men erkin qushman. Hohlaganimni qilaman tushunarlimi
Gaplarini diqqat bilan tingladim. Tentakmi bu? O'zini kim deb o'ylaydiya. Faqat umi o'z qoidalarini o'rnatadigan.
Yn : yaxshi Men hammasiga roziman. Faqat mening ham qayerga qachon kim bilan borishim nima qilishim seni qiziqtirmaydi. Mendan hisob so'ramaysan. Modomiki sen menga shunday shartlarni qo'yar ekansan va men buni qabul qilsam. Sen ham mening shartlarimni etirozsiz qabul qilasan. Yosh umrimni senga va ahmoqona qoidalaringa sarflab barbod qilish niyatim yoq..
Jungkook : Juda dadil chiqdingku qizaloq.
Yn pov:
Meni mensimay xato qilasan Jeon Jungkook. Hali shu qizaloq boshinga nelarni soladi. Senga qizaloq qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yaman. Ong ostimda u uchun tuzgan rejalarimdan mamnun holda o'zimga o'zim dalda berib jilmayib qo'ydim.
Jungkook : yaxshi meni ham senga ko'zim uchib turgani yoq
Yosh qizlar meni qiziqtirmaydi. Istaganingcha hayot kechiraver..
Kiyimlarimni almashtirib uhlash uchun tayyorgarlik ko'ra boshladim. Qarasam yotoqni butunligicha egallab qadrli erginam cho'zilib yotibdi. Bundan qonim qaynay boshladi. Boshidagi yostiqni tortib olib etiborini o'zimga qaratdim
Yn : Hoy to'nka. Nega butun boshli yotoqni egallab cho'zilib olding.
Yigit yuzini butunlay hayrat egallab oldi. Tushunmagan nigohda meni savolga tutdi. Mendan bu harakatlarni kutmagani tabiy albatta
Jungkook : birinchidan Men Sendan ancha kattaman va seni eringman meni hurmat qilishing kerak. Ikkinchidan o'zing aytingku seni hohlamayman Men ham erkin qushman deb
Yn : uchinchidan bu mening ham honam rasman eri xotin ekanmiz. Bu uydagi va xonadagi narsalar teng yarimi menga tegishli..
Nima deyarini bilmay qolgan yigit o'ziga o'zi g'o'ng'illab menga Joy bo'shatib berdi
Jungkook : 18 yosh emush. Men buni yosh bola desam bu haqiqiy yalmog'izni o'zi ekan
Jungkook : Yoq hech narsa. O'rtaga to'siq qo'yamiz.
Yostiqni olib ikkisi o'rtasiga chegara o'rnatdi.
Jungkook : Mana bu ikkimiz hududlarimizni bir biridan ajratib turadi. Uhlayotganimdan foydalanib bu chegarani buza ko'rma
Yn : ko'ramiz kim buzar ekan bu chegarani. Hayrli tun.
Ikkisi ham bir biriga teskari qarab uyquga ketdi.
Erta Tong quyosh allaqachon ufqdan bosh ko'tarib ulgurgan. Derazadan kirayotgan mayin shabboda xonadagi yorug'lik ta'sirida istar istamas ko'zlarini ochgan Jungkookga tong har kungidan o'zgacha tuyilardi. Yotoqning ikkinchi tomoni bo'sh. Chegara uchun o'rnatgan yostig'i esa o'zi tomonda yerda yotardi. Kechasi nima ish qilganini tahmin qilib o'zini o'zi koyi boshladi
Jungkook : Ufff. Tentak Jungkook. Chegarani buzib o'tma deb qilgan ishingni.
Yuvunib taranib nonushta qilish uchun oshxonaga tushdi. Jungkookni ko'rib butun oila azolari hayratdan qotib qolishdi. Albatta Yn bundan mustasno
Jungkook : biror yerimga nimadur bo'libdimi?
Ota onasi reaksiyasiga hayratlangancha dedi
Janob Jeon : yoq. Shunchaki odatda erta turmas eding
Jeon xonim : biz bilan nonushta qilmaganingga ham ancha bo'lgandi. Shunga biroz hayratlandik.
Yn : Aftidan bunga o'zing ham hayratda ko'rinasan? Kel kel o'tir...
Jungkook pov:
Rostan ham menga nimalar bo'layapti uylanish yomon tasir qilganga o'xshaydi..
Tungi soat 11dan oshgan. Jungkook doimgidan ertaroq uyga qaytdi. Balki uylangani sababdur. Qancha urunsa ham hayoli uyda qolavergach xotini bilan yaqinroq tanishishga aht qildi. Vaqt allamahal bo'lib qolgani sabab uhlab qolgan bo'lsa kerak deb o'ylagan edi Ammo ko'rgan manzarasi uni hayratga soldi
Jungkook : seni uhlab qolgansan deb o'ylagan edim..
Yotoq ustida o'tirib noutbukda nimalanidur ishtiyoq bilan tomosha qilayotgan qizga yuzlanib. Yn uning savoliga beparvolarcha javob berdi. Boshini hali hamon noutbukdan ko'tarmayotgan edi
Yn : Men uhlamoqchi edim. Ammo bu go'zallikni ko'rib ko'zimdan uyqu qochdi
Boshida qizga unchalik ahamiyat bermay tinchgina yotib uhlamoqchi bo'layotgan edi. Ammo qizning so'ngi so'zlari uning diqqat etiborini o'ziga tortdi. Qiziqish ustunlik qilib noutbukga nazar tashladi.
Jungkook : qanday go'zallik ekan
Xotini begona yigitga kiprik qoqmay zavqlanib uning videolarini tomosha qilayotganini ko'rib o'zi bilmagan holda g'azablandi.
Gyun : Bumi? Bu Lee Jae Wook... U juda kelishgan to'g'rimi? Uning yuz tuzulishi tanasi bari bari mukammal. Bilasanmi eng Ko'p uning nimasini yaxshi ko'raman
Jungkook : Xo'sh nimasini ekan
Qora qoshlari chimirilib yuqoriga ko'tarildi.
Yn : uning shu kalta sochlarini.
Jungkook : Nima? Hamma qatori Oddiy soch? Bu sochlar seni nimasi bilan maftun etdi hayronman.
Yn : Menga kalta sochli yigitlar yoqadi. Qora kalta soch uni yanada kelishgan ko'rsatadi
Jungkookning qo'llari beixtiyor sochlariga qarab ko'tarildi.
Jungkook : uzun sochlarni nimasi yomon..
Yn: hammaning didi har hil. Menga kalta sochli yigitlar yoqadi bori shu.. Mayli meni uyqum kelayapti hayrli tun..
Noutbukni o'chirib teskari qarab uyquga ketdi..
Ho'sh harakatni boshlash vaqti keldi. Qaynotam taklifiga ko'ra birinchi topshiriq uning uzun sochlarini kaltalatish bo'ladi. O'yla Yn o'yla.. Men buni albatta uddalayman. Oh shu turishda o'zimga o'zim achinib ketyapman. Allaqachon shirin tushlar ko'rib yotgan bo'lar edim Ammo men nima qilayapman? Erimning sochlarini kaltalatish rejasi ni amalga oshirish uchun uni kelishini kutayapman. Balki bugun umuman uyga qaytmas. Bekor kutganim qoladimi? Mashina ovozi eshitildi yugurib oynadan mo'raladim. Shuncha mehnatim zoya ketmas ekan. Birinchi urunish boshlandi.. Albatta sochlaringni kaltalatasan aziz erginam
Ilk topshiriq uzun sochlarni qisqartirish...