Men sen bilanman
...Shu payt oldilaridan katta yuk mashinasi chiqib qoldi. JK mashinani keskin burdi, Minji esa qo‘rqib uning qo‘lidan mahkam ushladi.
Tormozlar chirillab, mashina yo‘l chetidagi maysalikka chiqib to‘xtadi. Ularning nafasi biroz og‘irlashgan bo‘lsa-da, shukurki, hech kim jarohat olmadi.
Minji: Haqiqatan ham... juda qo‘rqib ketdim.
JK: Kechir... Men bunday bo‘lishini kutmagandim. Sen yaxshisanmi?
JK yengil bosh irg‘ab, uning yuziga qaradi.
JK: Yaxshiman. Sen bor joyda men har doim ehtiyotkor bo‘lishim kerak.
Bir necha soniyalik sukunatdan so‘ng, u mashinani yana harakatga keltirdi. Bu safar sekinroq hayday boshladi.
Manzilga yetib kelishganda, villaning oldi allaqachon sharlar, bahor gullari bilan bezatilgan, fonda esa yumshoq musiqa yangrayotgan edi. Ko‘p odamlar yig‘ilgan, hamma kulib, bir-birini tabriklayotgan edi.
JK mashinadan tushib, Minjining eshigini ochdi.
JK: Endi esa, mehmonlar oldiga birga kiramiz.
Minji uning taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. Ichkariga kirganlarida, do‘stlar ularni ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi oldilar. Ammo Minjining ko‘zlari sal narida turgan notanish qizga tushdi. U JKga juda yaqin turardi va kulimsirab unga biror narsa deyayotgandi.
JK: Bu... Minseo. Bolalikdagi tanishimiz. Ota-onamning do‘stining qizi. Ular uni ham taklif qilishgan.
Vaqt o‘tib, hamma JK uchun tayyorlangan tort atrofida to‘plandi. Shamlar yoqildi, zalda “Happy Birthday” qo‘shig‘i yangradi.
JK: Hamma uchun katta rahmat! Ayniqsa… (nigohini Minjiga qadab) bugungi kunimni alohida qilgan inson — senga.
Hamma chapak chaldi. Minji kuldi, lekin ichki bir bezovtalik hali ham ketmagandi. U ko‘zlarini yana Minseo tomon burdi. Bu safar Minseo ham unga qarayotgan edi. Ammo bu qarashda oddiy tabassum emas, nimadir boshqacha ma’no bor edi.
Minseo va Minji nigohlari to‘qnashdi. Ikkalasi ham jilmaygandek bo‘lishdi, ammo bu oddiy xushmuomala edi, mehr bilan to‘la emas.
JK: Tortdan tatib ko‘r. Bu sen yoqtiradigan limon va vanilli.
Minji: Rahmat manimcha bu tortti bilip olgansan
Jk: Ha sennan hesh narsani yashirib bolmaydi aa
Ular birga gaplashin kulish turishganda yoniga Minseo keldi
Minseo: Tug‘ilgan kuning bilan, JK. O‘zing aytgan shirinliklar juda zo‘r chiqibdi.
JK: Rahmat, Minseo. Sen ham kelganingdan xursandman. Minji, bu — Minseo.
Minseo: Salom, nihoyat siz bilan tanishdik JK siz haqqingizda ko‘p gapirardi va nihoyat tanishdik siz bilan.
Minji: Salom. Men uchun bu kutilmagan tanishuv bo‘ldi.
Minseo bir lahza jilmayib qo‘ydi, so‘ng shishali ichimlik ushlab, boshqa mehmonlar tomon yurdi.
JK: Tashvishlanishga hojat yo‘q. U shunchaki mehmon. Va u bilan oramizda hesh narsa yoq
Minji: Men hali hesh nima demadimku
Jk: Sen aytishin chart emas buni koʻzlaringdan bilip oldim
Jk: Minji xonim man bilan birga raqsga tushasizmi
Jk: Minji xonim man sizni kutip qoldim
Ular maydonchaga chiqib, sekin harakatlana boshlashdi. Minjining yuragi tinch edi, JKning nigohi esa sokinlik bilan unga tikilgan.
Oradan yarim soat o‘tdi. Minji tashqariga chiqdi. Tashqaridagi havo salqin, lekin yoqimli edi. U jim turib, osmonni tomosha qila boshladi. Va orqasidan Minseo ham keldi
Minseo: Yolg‘iz turishni yoqtirasanmi?
Minji: Ba’zan shunaqa lahzalar kerak bo‘ladi. Xotirjamlik beradi.
Minseo: JK bilan uzoqdan beri tanishmiz. U bolaligimda ham shunaqa edi — mehmondo‘st, g‘amxo‘r.
Minji: Ha. U har doim boshqalarga e’tiborli bo‘lgan.
Minseo: Bilasanmi, uning ota-onasi menga boshqa ko‘z bilan qarashadi. Ularni bolaligimdan beri bilaman. Balki kelajagda ota onasi ogʻli uchun meni olishar
Minji hesh narsa demay uni sozlarini eshitip turar edi.
Minseo: Balki bu hammasi tasodifdir. Balki yo‘q.
Minjini nafasi biroz bugʻildi va koʻzlaridan yosh keldi va oʻzini bosishga harakat qildi va oradan biroz vaqt otip ishkariga keldi
Va bir chekkaga borip turdi va oldiga Jk keldi
Jk: Yaxshimisan nima boldi gʻamgin koʻrinasan
Minji: Yoq chunchaki biroz charchadm va atrofdagi odamlar biroz notanish bu yerga moslashim biroz qiyin bolyabdi
Jk: Ha bilan kop odamlar orasida kop vaqt qola olmaysan yana biroz sabr qil ozm sani uyinga olip borip qoyaman
Jk bilan Minji gaplaship turganda
Jk onasi Gyurim xonim keldi
Jk: Oyi hayrli kech juda ochilib ketkansiz
Gyurim: A endi sanday ogʻlim bolgannan keyin yosh va chiroyli koʻrinishim kerakda
Jk bilan onasi kulib gaplashib turar edi
Jk: Ha aytgancha tanishin oyijan bu Minji sizga aytgan qiz
Gyurim: Ha Salom Minji demak ogʻlim aytgan qiz siz ekansizde
Tanishganimdan xursandman
Gyurim unga boshday oyoq qaradi va biroz uni yoqtirmadi
Minji: Salom xonim men ham siz bilan tanishganimdan xursandman Jk menga siz haqqingizda aytganidan koʻra chiroyli ekansiz