July 18

Eternal Bond

1 qism

Tungi soat 02 :45 klub ichida baland shovqin. Hamma nimalar bilandur band. Tanasini erkaklarga ko'z ko'z qilib mijoz qidirayotganlardan tortib qo'li qo'liga tegmay mehnat qilayotgan afitsantlargacha. Baland musiqa sadosi ostida raqs tusha yotgan yoshlar vip xonalarda nafsini qodirayotganlar.Alla qanday narko'tik dori qabul qilib dori ta'sirida mast bo'layotganlar bo'kkunicha ichib hatto o'zini ham tanimaydigan darajaga kelganlaru Shunchaki ko'ngil hushlik qilib raqs tushayotganlar hayotdan zavq olishardi go'yo.

Hyejin: Hoy Areum anavi yigitni ko'ryapsanmi

Dugonasiga barber yoninda viski ichib raqs tushayotgan yoshlarni kuzatib o'tirgan yigitga ishora qilib

Baek Areumi. 20 yosh katta biznesmen qizi. Otasi Amerikada yolg'iz yashaydi tibbiyot sohasi bo'yicha taqsil oladi

Areumi : Ha kelishgan yigit ekan.

Hyejin: Ismi Jimin. "KRONOS Tech" kompaniyasida amaliyot o‘tyapti. O‘zi kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishida tahsil oladi. Yaqinda universitetni tamomlaydi – taxminan ikki haftadan so‘ng. Aqlli, ziyoli, sovuqqon. Ustiga-ustak jismonan kuchli va o‘ziga ishongan. Lekin qizlarni hushlamas emish. Qancha qizlar uni yo‘liga parvona – ammo u birortasiga ham e’tibor bermaydi.

Dugonasining gaplarini tinglar ekan ora orada yigitga ko'z
tashlab qo'yardi.

Areumi : Naxot shunday yigitni sevgilisi bo'lmasa.

Hyejin: Aytishlaricha u Sevgiga ishonmasen ekan. Sevgini bekorchi narsa deb hisoblarkan.

Kim Hyejin Areumini dugonasi universitetda birga o'qishadi

Pov Areumi

Atrofida turili go'zal qizlar parvona bo'lsayu u bo'lsa hech qaysisiga etibor bermasa. Sevgini ham bekorchi yo'q narsa hisoblarkan. Sevgi kutilmaganda keladi. Bu dunyoda sevgini his qilmagan azobini totib ko'rmagan inson bo'lmasa kerak. U ham yoki sevgisidan kuygan yoki bu tuyg'uni endi boshidan o'tkazadi.

Hyejin: Hoy Areumi nimani hayol suryapsan

Yigitga qarab hayol surib qolgan qizni dugonasinig turtishi sergaklashtirdi.

Areumi : A... Nima deding

Hyejin: Tavba nechta daqiqadan beri senga gapiryapman hayoling qayerda. Yoki sen ham Jiminni yoqtirib qoldingmi

Areumi : Yo'g'e nimalar deyapsan.

Dugonamni gaplarini imkor etarkanman ko'zim o'sha yigitda edi. To'satdan yoniga bir qiz kelib unga suykalishni boshladi. Ichimda nimadur meni ular tomon borishga undadi.

Areumi: Men hozir kelaman

Hyejin : Qayerga axir...

Park Jimin

Qiz: Salom yaxshi yigit

Jimin : Senga nima kerak.

Qo'lidagi viskidan bir ho'plab hissiz nigoh bilan javob qaytaradi.

Qiz: Imm sen keraksan dady.

Jimin : O'zinga boshqasini top.

Qiz: Yo'q menga faqat sen keraksan.

Areumi: U band.

Ularni yoniga borib Jiminga suykalyotgan qizga javob qaytaradim hamki 2 si ham Men tomonga burilishdi.

Qiz: Nima

Areumi: Eshitmagan bo'lsang qaytaraman. U band tushunarlimi. Endi esa bu yerdan daf bo'l.

Qiz indamay u yerni tark etdi.

Qiz u yerni tark etar ekan menga tikilib turgan yigit qiyofasidan tanamni titroq qopladi. U shunday sovuq hissiz nihohlari bilan menga teshib yuboradiganday qarardi.

Jimin : Xo'sh..

VA nihoyat uning og'zidan bir jumla chiqdi. U menga boshdan oyoq tikilib qilgan ishim uchun izoh kutardi.

Areumi : Salom

Bu so'z og'zimdan qanday otilib chiqqanini bilmayham qoldim. Naqadar Tentak man. Qilgan ishimdan ming pushaymon chekyapman.

Jimin : Balkim qilgan ishingni izohlarsan.

Tentakmi hatto salomimga javob ham qaytarmadi. Namuncha osmon bo'lmasa.

Areumi: Ismim Areumi. Bu ishimga keladigan bo'lsak shunchaki sizga yordam berdim halos.

Yigit meni gaplarimni tinglar ekan hali ham o'sha hissiz ifodasini o'zgartirmagandi.

Jimin : Sendan buni iltimos qilganmidim.

Eshitgan gaplarimdan biroz gangib qoldim. Umrimda bunday hissiz ro'botga duch kelmagandim. Yigitni gap so'zlariyu o'zini tutishi meni borgan sari noqulay ahvolga solib qo'yardi.

Areumi: Men shunchaki yordam berdim buni nimasi yomon.

Jimin : Senga yana bir bor qaytaraman buni Sendan so'raganmidim.

Yana o'sha hissiz nigohlar. Bir qo'li bilan viski quyilgan qadahni qattiq siqib gapirar ekan ichidan zir titrab ketdim. Chunki uning jahli chiqayotgan edi. U menga kimnidur eslatyapti. Umrimda ikinchi bor erkak kishi oldida qo'rquvdan qaltirab turib man. Bularning biri otam. Ularning Mana shunday g'azab bilan qadalgan nigohlari. O'zimni yig'lab yubormaslik uchun arang tutib turdim. Beixtiyor bir ikki tomchi ko'zyoshim sizib chiqqanini his qildim.

Areumi: Uzur so'rayman.

Boshqa bu yerda qola olmasligimni bilib uzur so'rab u yerni tark etdim. Ortimga o'girilishim bilan arang ushlab turgan ko'z yoshlarimga erk berdim

Pov Jimin

Ajoyib qiz ekan. Umrimda birinchi bor bunday qizga duch kelishim. Qo'rquvdan qaltiragan nozik badaniyu titrayitgan nim pushti lablari qandaydur meni o'ziga jalb qila oldi. Lekin uni hafa qilib qo'yganga o'xshayman. Yig'lamaslik uchun qancha harakat qilsa ham porlab turgan ko'zlaridan 1 2 tomchi ko'z yosh yanoqlarini siypalab tushdi. Boshqa chidab tura olmadi shekilli uzur so'rab ortiga o'girilib ketdi. Ilk bor qilgan ishimdan afsuslandim. Uni qayta ko'ra olarmikinman. Kulib turgan samimiy chehrasiga yana bir bor qaray olamanmi?

Yigit shunday hayollar bilan barmerga pul tutqazib klubni butunlayga tark etdi.

Pov Areumi

Nega Insonlar bu qadar yovuz. Mehr kutganlaring Sendan mehr qizg'onishadi. Odamga bir og'iz iliq so'z qanday hush Yoqadi. Nima To'g'ri muomila qilish shunchalik qiyinmi. Nega undan hafa bo'laman. O'z otamdan olmagan mehr muhabbatni begona berarmidi. Bir lahza bu meni hayotimni o'zgartiruvchi najot farishtamdek tassavur qilib yuboribman. Uni ko'rgan onim yuragim tartibsiz ura boshladi. Nafasim bo'g'zimga tiqildi. Ichimda tas'virlab bo'lmas o'zgacha hislar mavj ura boshladi. Qandaydur hech qachon his qimagan iliqlikni his qolgandim. Naxotki adashdim. Balki bu Shunchaki hislardir kelib ketuvchi. Aldamchi hislar. Nima bo'lgan taqdirda ham u bilan boshqa ko'rishaymiz deb umid qilaman
Agar dardimni aytganimda ham meni tushunishmasdi. Shuncha dardni o'z ichimga yutib, yengdim.