August 27

Eternal bond

11 qism

Oradan 2 kun Vaqt o'tdi Jimin ancha sharoitlarga ko'nikib yashayotgan hayotiga moslashishga urinardi.

Ertalabdan jon jahti bilan oshxonada allanimalar pishirayotgan qizni akasi hayratlanib savolga tutdi

Suga : Singlijonim kim uchun shuncha kuyib pishayapti... Odatda nonushta tayyorlamas eding

Stollarni biriga joylashgan Suga qoshlarini chimirib singlisidan javob kutar edi. Anchadan beri yurish turishida shubha sezsada ishonch hosil qilmaguncha bir nima demay yurgandi.

Areumi : Bu Men uchun qadrli bir inson uchun. Yaqin orada sizlarni tanishtiraman.

Shubhalari o'rinli ekanligiga yana bir bor amin bo'lgan Suga qayta Areumi savolga tutdi

Suga : yana qanday qadrli inson bo'ldi bu

Areumi : Vaqti kelganida bilib olasiz. Hozircha sir

Men ketayapman... O'zingizni ehtiyot qiling. Sizni yaxshi ko'raman

Akamning yelkalaridan quchib yanoqlaridan o'pib hayrlashib uyni tark etdim. Bugun o'z qo'llarim bilan nonushta tayyorladim. Mening uyquchi sevgilim uchun. Tentak qachon qarasa nonushta ham qilmay ishga ketadi. O'sha kuni hafa qilib qo'ydim. Shuning uchun uni hursand qilmoqchiman.

Pov Suga
Bu qiz yana nimalarni boshlab yurgan ekan... Ohiri bahayr bo'lsinda. Negadur ko'nglim g'ash
~

Qo'shimcha kalitlarim borligi sababli uyga kirishda muommo tug'ilmadi. Qo'limdagi paketlarni oshxonaga olib borib qo'ydim. Stol ustida bo'm bo'sh viski idishi. Bundan chiqdi yana ichishni boshlabdi. Axir so'z bergan ediku

Oshxonani biroz tartibga keltirib yuqori qavatga Sevgilimni uyg'otish uchun ko'tarildim. Eshikni qiya ochib dushdan chiqayotgan suvni shitirlagan ovozini eshitdim. Xonaga qadam tashladim hamki yerda ayol kishining ichki kiymi yotibdi. Yotoqda esa ustiga pastel yopib olgan allaqanday qiz hotirjam uhlab yotardi. Yuragim orqaga tortib ketdi. Nafas olishga qiynalayapman. Butun badanim uvushib muvozanatni yo'qotaydeyapman. Ichimdan g'azab qaynab chiqayapti. Men shunga arzirmid. Hiyonatga... Bu ishingiz aslo javobsiz qolmaydi. Ko'zyoshlarim daryo misol quyilib kela boshladi Dushdan sochlarini sochiq yordamida quritgancha Jin chiqib keldi. Qarshisida meni ko'rgach butunlay esankirab qoldi.. Albatta hiyonatidan behabar qolishimni kutgan

Jin : Areumi... Sen.. Men barini tushuntirib beraman

Gapirish barobarida asta qizga yaqinlashib

Areumi: Tushuntiring.. NIMANI TUSHUNTIRMOQCHISIZ. HIYONATINGIZNI BIR LAHZALIK KO'NGIL HUSHLIGINGIZNI QANDAY TUSHUNTIRMOQCHISIZ? BALKIM KECHAGI TUNINGIZ QANDAY YOQIMLI O'TGANI HAQIDA AYTIB BERMOQCHIDIRSIZ... GAPIRING NEGA JIMSIZ..

Alamidan hovurini bosa olmay yig'lab baqirgancha gapirardi. Jinga g'azab alamdan yonib qichqirayotgan qizni bag'riga bosmoqchi bo'ldi

Areumi: MENGA YAQINLASHMANG. FOHISHLARGA TEKKIZGAN IFLOS QO'LLARINGIZ BILAN ASLO MENGA TEGA KO'RMANG.

Jahl qilib Jinning qo'llarini siltalab tashladi. Qizning hech bir gapiga va qiliqlariga etibor qilmay mahkam quchib vaziyatni yumshatishga urinardi

Jin : Iltimos. Yagonam meni.. Biroz tinchlan keyin barini tushuntirib beraman

Xonadagi baqir chaqirdan Yotoqda yotgan qiz ham uyg'ondi Jinga qarata

Qiz: Azizim bu qiz kim

Ancha tinchlanib qolgan Areumni bu gaplardan so'ng ichidagi ajdarxosi uyg'ondi. Jinning bag'ridan yulqinib chiqib unga tarsaki tushirdi

Areumi: HAMMASI TUGADI. BITDI. ESHITYAPSIZMI? BU ISH BITDI. SIZDAN NAFRATLANAMAN. SIZNI UCHRATGAN KUNIMGA HAM SEVGAN KUNIMGA HAM LANAT BO'LSIN. SIZDAN NAFRATLANAMAN. HECH QACHON ESHITYAPSIZMI SIZNI HECH QACHON KECHIRMAYMAN

Ko'z yoshlarini qo'li bilan artib Jinning biror gapiga etibor bermay uyni tark etdi

Jin : Areumi iltimos to'xta.. Iltimos meni eshit. Hammasini tushuntirib beraman. Yolvoraman. Meni tashlab ketma. Sevgilim...

Areumi: Hech nimani eshitishni istamayman. Kerakligini ko'rib bo'ldim

Jin : Areumi....

Jin ursin... Asabiy sochini yuqoriga taradi. Jahl bilan yuqori qavatga ko'tarildi. Xona eshigini zarb bilan ochib ketish uchun tayyorlanayotgan qizni bo'g'zidan oldi

Jin : Sen bitch... O'ldiraman seni.

Borgan sari qizarib nafas ola olmayotgan qiz Jinnini qo'llaringa urib undan qutilishga harakat qilardi. So'ngi daqiqaga yetib kelgandan so'ngina qizni zarb bilan yerga uloqtirdi.
Chuqur chuqur nafas olib o'ziga kelishga urinayotgan qiz yigitga qarata zahrini sochdi

Qiz : Nima seni majburladimmi? Buni o'zing hohlading..

Jin asabiylashgancha kecha bo'lib o'tgan barcha voqeani ko'z oldidan o'tkaza boshladi.

FLASHBACK

Ishdan charchab kelib biroz hordiq chiqarmoqchi bo'lgan yigit to'g'ri oxshonaga bordi. Viski olib qadahga quydi sevgilisining suratiga termulib hayolsurgancha ora orada ho'plab qo'yardi. Eshik qo'ng'irog'ining chiringlashi yigit hayollarini to'zon misol to'g'itib yubordi.

Kotiba qiz : Hayrli kech janob. Ayrim hujjatlarni imzolatgani kelgandim

Biroz shubhali to'g'rimi? Vaqt allamahal bo'lganda hujjatlarni imzolatish uchun yolg'iz yashaydigan uni ustiga kelishgan boshliq uyiga kelish.. Ammo Jinning parvosiga bu kabi o'ylar yaqin ham yo'lamadi. Qizni uyga taklif qildi ular to'g'ri oshxonaga borishdi. Jin hujjatlarni barini diqqat bilan birma bir ko'zdan kechirib chiqdi va

Jin : Bu unchalik ham zarur hujjatlar emas ekan.. Ertaga ham imzolatsangiz bo'laverardi
Kotiba qiz: Aslini olganda siz bilan yaqindan tanishmoqchiman

Bu gaplar Jinni sergaklashtirdi bo'shab qolgan qadahini viskiga to'latdi bir urinishda barini ichib yubordi

Jin: Meni sevgan Qizim bor
Men uni joyimdan ham ortiq ko'raman. Undagi bari barini mukammal. Uni tezroq o'zimniki qilishni istayman..

Boshini ortga tashlab chuqur uh tortdi..

Kotiba qiz: Qanday baxtli qiz ekan. Sizday sevgilisi bor. Uni o'rnida bo'lganimda Ko'p cho'zib o'tirmay o'zimni sizga topshirgan bo'lardim. Albatta Chin dildan sevgan insonlar birlashishi uchun hech qanday bahonalar to'siq bo'la olmaydi. Balki u sizni chindan ham sevmas.

Ikkilanayotgan bo'lishi mumkun
Shunday deb Jinning qadahini yana to'ldirib unga uzatdi. Alkagol tanaga tarqalib bo'lgani yana Kotiba qizni gaplari Jinni o'ylantirib qo'ydi. Miyyasida turli hil savollar g'ujg'on bo'lib aylana boshladi. Keragidan ortiq istemol qilingan Alkagol ta'sirida o'zini ham anglay olmaydigan ahvolga keldi. Rejasi ish berganidan mamnun bo'lgancha keyingi qadamni qo'ya boshladi. Jinning quloqlariga mayin shivirlab

Kotiba : Hohlaysizmi.. Undan ola olmagan lazzatni his qildiraman

Jin qizni o'ziga qaratib lablaridan boʻsa ola boshladi.....

FLASHBACK TUGADI

Jin mastlik ta'sirida qilib qo'ygan ishlarni eslab yuzi burishdi

Jin : Dafbo'l..

Qiz indamay avval xonani so'ngra butun uyni tark etdi. Uy tashqariga chiqib Kimgadur qo'ng'iroq qildi

Kotiba qiz: Ish bajarildi. Qiz uni hech qachon kechirmaydi. Barchasi buyurganingizdek.

Pov Jin
Qanaqasi.. Men nimalar qilib qo'ydim

Areumi u meni ikki dunyoda ham kechirmaydi. Nahot endi unga erisha olmasam. Bu ishda kimningdur qo'li borligi aniq. Men ahmoq ham unga tayyor vaziat yaratib berib o'tiribman. Barini aniqlashtirib Areumi bilan yarashish yo'lini topishim kerak.

~~

Butunlay holsizman.. Miyyam o'ylashdan idrok etishdan toxtagan.. Qayerga nima maqsadda ketayotganimni ham bilmayman. Shunchaki qadam tashlayapman. Manosiz ketma ket uzoq tashlagan qadamlar. Hatto ko'chaning shovqini ham quloqlarimga kirmayapti. Ha Men shunday achinarli ahvoldaman.. Dengiz Men endi dunyoni his qila boshladim. Doim tinchlanish uchun keladigan Men sevgan manzil. So'zsiz dengizga tikilib turibman.. Bu qancha davom etdi bilmayman Ammo o'rta yoshli ayolning gaplaridan sergaklashdim u tomon nazar tashladim. Yoqimli ayol menga jilmaygancha turibdi. Nigohlarini mendan uzib dengizga qaratdi va

Ayol : Darding qancha og'ir bo'lsa ham.. Har qanday holatda boshingni tik tuta olishing kerak

Ayolni gaplari menga biroz erish tuyildi. Dardni his qilmay turib dalda berish oson albatta..

Areumi: Hiyonatning badali qanday? Undan aziyat chekkanlar holi ne kechadi

Ayol : Barcha eshiklarim berkildi deb o'ylama. Hali yaralaringga malham bo'luvchi mehriboningni uchratasan..

Shunday deb yelkamga asta qoqib qo'ydi ortiga o'girilib ketib qoldi. Men yana bir So'zsiz Jim qoldim..

~~~~

Tungi soat 12dan oshgan baland musiqa turli hildagi mast qiluvchi ichimliklar.. Ko'ngil hushlik qilayotgan yoshlar makoni.. Ha ha.. Adashmadingiz bu Tungi klub... Dardlarini unutishga ko'maklashdigan bir qutqarxonadek ayrim yoshlar talpinadigan o'sha hosiyatsiz yer..

Areumi : Iltimos menga barcha g'amlarni unitiradigan biror ichimlik bering

Barber yonidagi stullar biriga joylashdi. Ichimligini olib atrofni jimgina kuzata boshladi. Umri mobaynida 3 marotaba Tungi klubga kelishi. Ilk marotaba dugonasing tug'ilgan kuniga akasi nazorati ostida kelgandi. Ikkinchi marotaba esa sobiq sevgilisi Jin bilan. Shu hotiralarini eslab achchiq ko'zyosh to'ka boshladi.

Areumi : Jin ursin seni Kim Soekjin.Sendan nafratlanaman

Yana bir qadahni bir urunishda ichib tashladi. Mast bo'lishga ulgurgan qiz telefoniga ketma ket qo'g'iroqlar bo'lib tinmayapganidan asabi uf tortdi. Stoldan boshini asta ko'tarib sumkasidan telefoni qidira boshladi birdan ko'zi yonginasida o'tirgan. Unda g'alati hissiyotlar paydo bo'lishiga majbur qilgan yigitga tushdi..

Areumi : Siz...

Ko'rsatgich barmog'ini yigitga niqtab

Jm : Men..

Areumi : Men sizni taniyman. Ismingiz nima ediya. Hozir. Esla Esla j. J

Eslay olmay hunob bo'lib boshiga bir ikki urib qo'yardi. Qizni yoshbolacha qiliqlariga kulgancha

Jm : Ismim Jimin. Park Jimin

Areumi : Park Jimin . Familyangiz negadur tanish tuyilayapti

Jm : Nega ichding.. Akang bu haqida biladimi

Qosh chimirib so'radi Jimin

Areumi: Sevganim hiyonat qildi. Pff. U meni qayerdagi bir fohishaga almashdi. Yoqimsiz...

Jm : Sen bunga qanday javob berding

Areumi: U bilan orani ochiq qildim. Bilasizmi Men uni sevardim. Juda juda qattiq oshiq edim.

Jiminning ichidan bir tola uzilgandek bo'ldi. Sevgan insoningiz o'gasini sevishini aytib u deb azob cheksa ming bir yuragingiz ming bir bo'lakka bo'linib parchalanib ketadi. Qalb og'rig'iga chidash oson emas. Ozorlangan yuragingni sug'urib otging keladi. Afsus buning iloji yoq

Jm : Yur seni uyinga olib borib qo'yaman

Areumi : Uyga borishni istamayman. Akam meni bu ahvolda ko'rmasliklari kerak.

Jm: Yaxshi unda seni o'zimni uyimga olib boraman

Areumi : Mmm. Kelishdik

Ketish uchun qo'zg'aldi bir qadam tashlar tashlamasdan gandiraklab yerga yigilay dedi.
Jimin epchilik qilib uni tutib qolmaganida. Sovuq polda nima qilarini bilmay o'ziga o'zi achinib yig'lab o'tirgan bo'lardi.

Jm : Ahvoling joyidami

Areumi : Yashashni xohlamayman

Yiglab butun og'irligini Jiminga solib uni mahkam quchib oldi. Javoban Jimin ham uni quchib sochlaridan mayin siladi.
Sevgilisi azob chekayotganini ko'rib yurak bag'ri qon bo'lib ketardi.

Jm : Hammasi yaxshi bo'ladi. Xohlaysanmi seni ko'tarib olaman

Qiz ha deganday bosh qimirlatdi Jimin bir deganda uni qo'lida dast ko'tarib oldi bu vaziat o'tgan hayotidagi hotiralarini jonlantirib yubordi
*
Areumi : Jimin meni ko'tarib oling Mmm.
Qanday yaxshi Park Jimin meni ko'tarib oldi.
*

Bu yoqimli xotiralarni eslar ekan nim tabassum qildi. Hozir esa o'tgan vaziatni aksi. Areumi boshdan kechirgan kechirmalarni Jimin birma bir qadamma qadam boshdan kechiradi. Huddi kimdur atay uni jazolayotganday

Qizni mashinaga asta avaylab o'tkazib mashina kamarini ham o'zi taqib qo'ydi qiz unga javoban ming'irlagancha

Areumk : Bu Jin urgur kamarlar. Bilasizmi Men hali hamon mashina kamarini taqishni bilmayman

U hali hamon o'sha o'sha.. Beg'ubor sodda huddi yosh bolaga o'xshaydi. Ko'zlarim seni ko'rmadlikdan to'xtashi mumkun Ammo har on har soniya seni ismingni aytib hapqirib urayotgan yuragim seni sevishdan to'xtay olmaydi

Gap unga butun dunyoni sovg'a qilishda emas, balki bu dunyoda u yagona ekanligini his qildir‌‌ishda❤️✨

Yoongi : Park Sujin

Sujin : Eshitaman Min Yoongi

Yoongi: Mmm. Qachondan beri Min Yoongi bo'lib qoldim.

Qora qoshlarini o'rtaga qilib chimirdi

Sujin: Park Jimin bo'lganimdan beri.

Yoongi : Ya.. Chagi Axir sen bilan Shunchaki hazillashdimku..

Sujin: Men ham hazillashdim

Ikki sevishgan kresloda yonmayon bir birini quchgancha o'tirardi. Yoongi sevgilisining sochlaridan silab ora orada hidlab lablarini peshonasiga bosib kichik o'pichlar qoldirardi

Yoongi : Negadur ko'nglim g'ash bu qiz yana Qayerlarda yurgan ekan

Sujin : Balki sevgilisi bilandur..

Yoongi : O'zim ham shundan havotirdaman. Biror bemani yigit bilan o'ralashib qolib hafa bo'lib qolishini istamayman

Bugun ham uyga kelmayman deb xabar jo'natibdi. Bu qiz meni ado qiladi

Aytgancha Jimin ham bugun kelmasligini aytgandi to'g'rimi?

Yoongi o'zi aytgangan gapidan o'zi g'azablandi
Bu nimasi tag'in o'z do'stim mendan yashirincha singlim bilan uchrashib yurgan bo'lsaya

Sujin : Unda hisob tenglashar ekan. O'zingiz ham huddi shunday ish qilayapsizku nega g'azablanasiz

Ikki qo'lini ko'ksiga bog'lab lab burdi

Yoongi : Axir u meni singlim

Sujinning battar jahli chiqa boshladi va

Sujin: Men ham Jiminning singlisiman. Mening ham akam bor. Men ham uning yagona erkatoy hammadan hamma narsadan asrab avaylashga urinadigan ota onasidan yodgoriman.

Yoongi : Sujinaaa Men buni nazarda tutmagandim. Shoshmaytur

Sujin : Hayrli tun Min Yoongi