Boringcha sevdim 6 qism
Kun kelib bu olam tubsizlikka va zulmatga g'arq bo‘ladi. Shunday ekan, bu dunyoda pulni ketidan emas, baxtni ketidan quvib yashang.
Tuni bo'yi mijja qoqmay o'ylab chiqqan yigit ayni damda ham xonasini derazasini ochgancha tonggi yoqimli sovuq havoga yuzini tutdi.
– Yaxshi, Jung Yn. Xabarlarimga javob bermas ekansan, unda ko'rishib gaplashamiz.
Erta tongdan tanamda sovuqlikni his qilib uyg'onib ketdim. Quyosh ham sekin derazamdan mo'ralay boshlabdi. Kecha tunda derazani ochiq qoldiribman. Ko'rpani tagiga yaxshilab joylashib olib, derazadan tonggi moviy, cheksiz osmonni tomosha qilyapman. Ehh, Dohyun ham meni deb uyga qaytmayapti. Amakim unga nima dedilarki, u uydan ketib qoldi. Bilmadim negadir yuragim bezovta. Balki yana undan xabar kelgandur deb telefonimga qo'l cho'zdim. Kecha yozgani buyon boshqa hech nima yozmabdi. Albatta, yozmaydida. Shuncha xabarlariga javob qaytarmaganimdan keyin nimayam bo'lardi boshqa. Telefonimni kravatni chetiga uloqtirib, yana joyimga joylashib oldim. Shiftga termulib yotganimda xonam eshigi ochilib, kelinoyim kirib keldi va eshikni qulfladi. O'rnimdan endi turib, o'tirmoqchi bo'lganimda sochimda va yuzimda qattiq og'riqni his qilib, qayta yotoqqa quladim. Yuzimga kelib tushgan tarsakidan yuzim shunaqa qizib yonayotgandiki, bir zarbani hazm qilishga ulgurmasimdan kelinoyim yana tarsaki tushirdi. Ikkinchi tarsaki zarbidan ko'zimdan beixtiyor yoshlarim chiqib ketarkan, kelinoyim sochimdan tortgancha, yuziga yaqinlashtirib iyagimdan siqdi.
– Iflos, shunchalik ham badbaxt bo'lasanmi ? Ota-onang ham seni deb o'lib ketdi! Menga qara yetimcha! Dohyunni qanday qilib bo'lmasin uyga qaytarasan. Kerak bo'lsa, o'zing bu uydan yo'qolasan, ammo o'g'limni uyga qaytarasan! U seni deb bu uyda bo'lmas ekan, seningcha men seni bu uyga sig'diramanmi ?
Kelinoyim yuzimga yaqin kelib, tishlari orasida gapirgancha, yana ketma-ket yuzimga tarsaki urdi. Yuzim shunaqangi olov bo'lib yonyaptiki, ko'zlarimdan oqayotgan ko'z yoshlarim battar yonayotgan yuzimni kuydirayotgandi.
– Bilib qo'y Yn! Dohyun uyga qaytmagunga qadar bu uydagi har bir kuningni, har bir olayotgan nafasingni senga xarom qilaman. ...) Kelinoyim ichidagi bor gaplarini to'kib sochib bo'lgach, meni yotoqqa itarib yuborib, o'zi xonadan chiqib ketdi.
Javon ustida turgan ota-onamning suratiga qaradim. Men ham qachondir baxtli bo'lamanmi ? Meni kimlarga tashlab ketdilar ? So'z beraman oyi, dada men hali bu dunyodagi eng baxtli odam bo'laman. Qizingiz eng kuchli, irodali qiz bo'ladi. Hali yana gapirib ketaman, avvalgidek. Ana o'shanda bu odamlar uchun imkon bermayman. Bermayman...
Dasturxonda doimgidek qoshiq va likopchalarni bir-biriga urilgan ovozi hamda kichik bolani injiqliklari va kulgilari sabab yangrayotgan ovozlar bor edi. Ayni damda bu oilani hech qanday muammosi yo'q, samimiy insonlar to'plangan fayzli oila edi. Ammo Jungkook bundan mustasno. Uni hayollarini o'sha o'zi oshiq bo'lgan qiz egallab olgan.
– Junglar oilasini bugun uyimizga taklif qilsak nima deysiz ? O'tgan safar yaxtada bo'lgan muammolar sabab uchrashuvimiz yaxshi o'tmagandi. Har holda biz Jeon lar sulolasimiz. Bizga bu yarashmaydi.
– Imm, to'g'ri aytasan. Lekin ularni bugun vaqti bormikan ?
– Qo'ng'iroqlashib ko'ring. Bugun bo'lmasa ertaga...
– Yaxshi o'g'lim. Gaplashib ko'raman. Jeon xonim
– Agarda mehmonlar kelishga rozi bo'lishsa, dasturxon va taomlarni senga ishonaman
Jeon xonim: Albatta, menga ishonmasdan kimga ham ishonardiz ? Kelinim bilan birga hammasini "yes" qilamiz.
To'g'rimi Sera?
Sera: Albatta oyijon. Mehmon kutmaganimizga ham ancha bo'lgandi. O'zimiz hammasini keragidan ortiq qilib taxlab qo'yamiz dadajon. Havotir olmang
Junghyun: Omo oyi siz hattoki men bilan shunday
munosabatda bo'lmaysiz?
Sera: Nima hasad qilyapsizmi ?
Junghyun: Hechamda. Nima bo'lgan taqdirdayam u meni oyim.
Sera: Nima qilibdi sizniki bo'lsa, u meni ham oyim
Sera: Oyi menga qanday baqirganlarini ko'rdizmi ?
Junghyun: Meni ustimdan oyimga arz qilyapsanmi ?
Jeon xonim: Hey bola, bo'ldi qil. Kelinimga gapirma. Menga undan foyda sendan emas
Ularni tortishayotganini ko'rib, kulib yubordim. Bo'yinbog'imni taqmaganim uchun yuqoriga xonamga chiqib ketdim. Oynaga qarab uni bog'layotganimda xonam eshigi taqillab, kelinoyim kirib keldi.
– Yo'q demasdim. Ancha payt bog'lamaganim uchun biroz yodimdan chiqibdi.
– Qani beringchi. Akangiznikini doim bog'laganim uchun bunga ko'nikib ketganman.
Sera Jungkookni bo'yinbog'ini bog'layotib gapida davom etdi
— Jungkook Yeona bilan orangiz qanday ?
– Shunchaki o'zim. Jungkook... bilaman ba'zida Yeonaga chidab bo'lmaydi. Lekin u yomon qiz emas. Siz uni tarbiyalay olasiz Jungkook.
Jungkook xo'rsingancha: Bilaman kelinoyi Yeona sizga singlingizdek bo'lib qolgan. Lekin men uni sevmayman. Bu bilan butun umr uni azoblashni istamayman.
– Junghyun bilan turmush qurganimizda biz ham bir-birimizni sevmas edik. Hozir esa bizda hammasi yaxshi. Balki siz Yeonani sevmassiz. Lekin hech bo'lmaganda sizlarda bir tomonlama sevgi bor.
Sera bo'yinbog'ni bog'lab bo'lgach, Jungkokm yotog'i ustiga tashlagan telefonini qo'liga olib, Seraga yuzlandi.
– Men unashtiruvni bekor qilmoqchiman kelinoyi
– To'g'ri eshitdingiz. Unashtiruvni bekor qilmoqchiman ...) Kelinoyimga bu haqida aytish qiyin bo'lgan bo'lsada, baribir aytishim kerak edi. Narsalarimni olib, xonam eshigiga yaqinlashganimda kelinoyim tomonidan aytilgan gap ortimga qarashga majbur qildi.
– O'sha kuni sizlarni ko'rdim...yaxtada
Jungkook barmoqlari bilan peshonasini ishqalab, asabiy holatda qarshisidagi ayolga yuzlandi.
– Xo'sh ko'rganingiz bilan nima o'zgardi ? Ha hammasi o'sha qizni deb. Men uni sevaman
– Yeonachi Jungkook. Uni sizga ahamiyati yo'qmi?
– Siz uni menga ravo ko'rasizmi ? Butun umr uni sevmay, uni qiynalishini ko'rishni istaysizmi ? Men vaqtni borida bu munosabatlarni tugatyapman kelinoyi.
– O'sha soqov qizni nimasi ustun ?
Jungkook asabiy kulib, Seraga yaqinlashdi.
– Kelinoyim bo'lganingiz uchun siz bilan hurmat yuzasida gaplashyapman. Lekin...bu sizga hamma narsa mumkin degani emas. Siz sevmasdan turmush qurdingiz degani hamma shunday qilishi kerak degani ham emas. O'z hayotingizda yashang! Menikiga esa aralashmang!
Jungkook eshikni zarb bilan yopib chiqib ketarkan, eshikni zarbidan Sera ham cho'chib tushdi.
Jimin asabiy mashinada qo'lidagi planshetni titkilab ketarkan, manzilga yetib borgach Yeonaga qo'ng'iroq qildi.
– Aytilgan joyga keldim. Qayerdasan ?
– Hozir boraman...) Jimindan qo'ng'iroq kelib, u aytgan avtoturargohga yo'l oldim.
Mashinalar orasidan Jiminnikini izlarkanman bir qora mashina signal chalgach, o'sha tarafga bordim. Mashina eshigi ochilarkan, Jimin yolg'izmasligini ko'rib, hayratdan qotib qoldim.
Bugun ishga borishni xohlamadim. Uydaman. Xonam eshigini esa qulflab qo'ydim. Ertalabdan buyon tashqariga chiqmadim. Shunchaki derazadan tashqi manzarani tomosha qilib yotibman. Bu uyda qolishni istamayman. Ammo amakim...u bunga ruxsat bermaydi. Dohyunni uyga qanday qaytaraman. Kun bo'yi Dohyun uyga qaytishi uchun turli xil yolg'onlarni o'ylab topdim. Kelinoyim baribir haq. Axir Dohyun ularni farzandi. Mendan ko'ra u bu yerda yashashga ko'proq haqliroq. Uni uyga qaytarish haqida o'ylab yotganimda eshigim taqqillab, xizmatkorimiz ovozi eshitildi.
Yn xonim men Minhiman Janob Jang sizni pastga tushishingizni aytdilar. Mehmonxonada kutishyapti sizni.
O'rnimdan turib, eshikni ochib, unga ha deganimdan so'ng, oynaga qarab o'zimni biroz tartibga keltirib pastga tusha boshladim. Amakimga behurmatlik qila olmayman. Dadamdan keyin ular menga otadek bo'ldilar. Pastga tushib, bu yerda o'tirgan faqat amakim emasligini ko'rdim. Kelinoyim menga ensa qotirib, o'zi boshqa tomonga qarab oldi. Amakimga salom berib, kresloga o'tirganimdan so'ng ular gap boshladilar.
– Yn bugun kechqurun Jeonlar xonadoni bizni mehmonga uylariga taklif qilishdi.
Endigina amakimga qarab, inkor qilmoqchi bo'lganimda ular bunga yo'l qo'ymadilar.
– Yn yo'q dema. Bilaman bu sen uchun noqulay vaziyat. Lekin qizim o'zingni odamlardan uzoqlashtirishni bas qil. Men akamga so'z berganman. Seni asrayman deb so'z berganman Yn. Gapira olmasliging sabab odamlarni o'zingdan yiroqlashtirma. Bu dunyodagi barcha odam baxtli bo'lishga haqli. Jumladan sen ham! Qolaversa ular o'tgan safar ayni sen bilan sodir bo'lgan voqealar sabab uzr so'rash maqsadida bizni taklif qilishyapti. Men bunga yo'q deya olmayman. Sen ham yo'q dema.
Amakimni gaplarimni boshimni eggancha eshitib turarkanman, bu gaplar kelinoyimga yoqmayotgani aniq. Amakimga hop degan ma'noda bosh chayqaganimdan so'ng kelinoyimga Dohyunga ham qo'ng'iroq qilib borishi kerakligini aytdilar.
– O'g'lingiz yodingizga tushib qoldimi ? Naqadar ajoyib.
– Minsoo gapni ko'paytirmasdan ish qilolasanmi?
– Yo'q, mana shu qizni deb uni uydan ketqizib yubordingiz. Sababini esa hatto aytmadingiz ham. Nima buning uchun jim turishim kerakmi ?
– Yn sen xonangga chiq!..) Amakim asabiy peshonasini kaftlari bilan ishqalab, xonamga chiqishimni aytgach, indamasdan chiqib ketdim. Keyin esa ular nimani gaplashishganini bilmayman. Hozir tush vaqti. Ozgina dam olib, keyin tayyorlanaman. Nima bo‘lsa ham ularni uyida muammo chiqmasa bo'lgani.
Jungkook Yeonani iyagini siqib o'ziga yaqin olib keldi.
– Meni yaxshilab eshitib ol Yeona. Hech qanday, hech qan-day ish qilmaysan. Ayniqsa o'sha qizga. Qanday hadding sig‘di ? Ortimdan ish qilishga qanday hadding sig'di ? Meni unutgansan shekilli! Men asrayotgan odamlarga hech kim, hech nima qila olmaydi !
Jungkook borgan sari yuzimni o‘ziga yaqinlashtirarkan, shu bilan birga har bir gapida iyagim va qo'limni qattiq siqayotgandi. Gapini tugatib meni siltalab yuborgach, mashina oynasiga boshim bilan urildim.
– Sen asrayotgan odamlarmi? Unda nega o‘zing menga bunday azob beryapsan ?
– Men senga aytganlarim esingdami ? Unashtiruvimiz kuni...
Stilistlar yordamida pardozini ham tugatgan qiz unashtiruv uchun olingan ko‘ylakni egniga kiyib, oynadagi o'zining aksiga qaradi.
– Hammasi mukammaldek. Lekin bunday emas. Men Jungkookni sevaman. Lekin u emas. Akam uni himoya qilaman deb qamoqqa kirdi. U esa shunchaki qarzini uzyapti xolos. Hali hammasi yaxshi bo'ladi Yeona. Bizda hali hammasi yaxshi bo'ladi.
O'zimga qarab gapirib turganimda eshik taqqillab men ko'rishni istagan odam keldi.
– Rahmat..)uyalib tabassum qildi Yeona.
– Yeona senga aytadigan gaplarim bor. Hayot yo'llarimiz hali birlashmasidan senga bular haqida aytishim kerak.
Yeona barmoqlarini o'ynab: Yaxshi, eshitaman
– Yeona sen yaxshi qizsan. Nega senga uylanayotganim sababini ham bilasan. Yeon balki kun kelib seni sevib qolarman. Agar bunday bo‘lmasa, o‘shanda yuraging qiynalishini bilsang ham menga hozir rozilik berasanmi ? Agar buni xohlamasang unashtiruvni bekor qilishimiz mumkin.
– Balki sevib qolarsan yoki yo'q. Ammo men bu yo'lga qadam qo'yib bo‘ldim. Agar kun kelib shunday bo‘ladigan bo‘lsa, men chidashga harakat qilaman Jungkook.
– Yaxshi, unda kettikmi ?...) Jungkook Yronaga qo'lini uzatgach, ular birgalikda mehmonlar yoniga ketishdi.
– Men senga unashtiruvimiz kuni boshqani sevib qolsam, bunga chiday olasanmi deb so'radim. Sen esa ha deding Yeona. Men seni hurmat qilardim. Hattoki seni sevib qolayotgandim. Toki menga singlimdek bo‘lib qolgan qizni o‘limiga sababchi bo‘lmaguningga qadar. Sen o'zing barini yo'q qilding. Bunda boshqa hech kim aybdor emas. Sen ahmoqona rashking sabab u hozir hayot emas. Mendan yana nima kutyapsan ?
– Ha o‘shanda xato qildim. Lekin buni istamagandim. Uni o'limini istamagandim. Har bir inson ikkinchi imkonga arziydi. Lekin sen menga buni berdingmi ?
Sen hozirgina ikkinchi imkonni ham yo'q qilding Yeon.
– Kechqurun soat 8 gacha tayyor bo‘lib tur. Seni olgani mashina jo'nataman.
Jungkook mashinadan tushgach, tashqarida kutib turgan Jiminni yoniga keldi.
– Uni uyiga kuzatib qo‘y iltimos
– Tugaydi. Biz bilan oramizdagi hammasi tugaydi. Omon bo‘l do'stim!
Jungkook o'z mashinasiga o'tirib ketgach, Jimin ham o'z mashinasi tomon borib ichkarida yig'layotgan Yeonani ko'rdi.
– Barchasiga o'zing sababchisan Yeona. Yig‘lashni keragi yo'q.
– Meni hech kim tinglamaydigan bu olamda ko‘z yoshlarim meni eng yaxshi do‘stim.
Jimin unga qarab turarkan Yeona mashina oynasidan tashqariga qaragancha gapida davom etdi.
– Birinchi marotaba, birinchi marotaba unashtiruvimiz kuni men tomonga ilk bor qo‘l cho'zdi. Kimdir menga ilk bor qo‘l cho'zdi. Kim..dir o‘shanda menga ilk marotaba mehr bilan qaradi.
– Shu mehrni nafratga aylantirgan o'zing emasmi ?
– Men istamagandim, Yunani o'limini istamagandim.
– Lekin bu sodir bo‘ldi Yeona. Endi esa seni sevmagandan voz kechib, seni qadrlaydiganlarni top.
Jimin haydovchiga ishora qilgach, u o'z o'rnini egallab mashinani yurg‘azib ketdi.
Uyim yonida o‘tiribman. Lekin la'nati g‘ururimni deb ichkariga ostona hatlay olmayabman. Balki dadamni gapi to'g'ridir. Ammo bu ko'ngilga buyruq berish mumkinmi ? Mashinamga suyangancha shularni hayol qilarkanman vanihoyat uydan oyim, dadam va Yn chiqib kelishdi. Oyim to'g'ri kelib, meni bag‘riga bosdi.
– Ahmoq bola, nega uyga qaytmayapsan ? Nima meni ajalimdan oldin o‘ldirmoqchimisan ?
Oyimdan so'ng dadam va Ynga nazar tashlarkanman Yn kafti bilan yoqimli kulgancha menga salom deb qo'ydi. Yn yonimga kelib, menga gapirgach, men ham tabassum qildim.
Janob Jang: Yn sen biz bilan ketasan!
Bir dadamga bir Ynga qararkanman, bu vaziyatdan biroz noqulay bo‘lgancha, ularni mashinasi tomon ketdi.
– Unda men o‘g'lim bilan ketaman
Dohyun: Nima men bilan ketishni istamaysizmi ?
– Men unaqa demadim. Ko'p gapirmada mashinaga o'tir. Hozir senga Yn nima dedi o'zi. Meni yomonlab ketdimi aaa ?
– Oyiiii, nega sizni yomonlaydi. Shunchaki o'g'lingiz bugun kelishgan yigit bo'lib ketganini aytdi.
– Aysh unga ayt senga ko'z olaytirmasin. Sen faqat bugun emas, doim kelishgan yigit bo'lgansan!
– Xo'sh kapitan Jihoon qani uring, yaxshilab. Egilamiz, chapdan zarba, bang aysh Kapitan nokaut bo‘ldingizku..) Jungkook jiyani bilan boks qo‘lqoplarini kiyib, u bilan o‘ynayotgandi.
– Keyingi roundda albatta g'alaba qozonaman serjant Jeon Jungkook. Ana o'shanda ahvolingiz voy bo‘ladi.
– Ahaha buyoqqa kelchi shumtaka. Senda gapim bor.
– Juda maxfiy ish. Hech kim bilmasligi kerak.
– Agent, agent o‘ynaymizmi amaki
– Ha shunaqa. Xullas meni yaxshilab eshit...
Katta hovliga 2 ta mashina ketma-ket kirib kelisharkan, Jeonlar oilasi ularni kutib olishdi. Hamma mashinadan birma-bir tushgach, bir-birlariga hurmat ko'rsatib, ichkariga kirishdi. Jeon xonim va Minsoo bir-biriga sovuq qarash qilishgach, Jeon xonim Ynni yoniga borib uni savolga tuta ketdi.
– Yn qizim, yaxshimisan ? Qani yuraqol ichkariga
Hammamiz ichkariga kirarkanmiz, bu uyni ko'rinishidan biroz hayron qoldim. Ular boy odamlar. Uylari ham shunga yarasha bo‘g‘iq va hashamatli deb o‘ylagandim. Samimiylik va fayz ufurib turgan bu uyga qadam bosish biroz kayfiyatimni ko'tardi. Ichkariga kirarkanmiz uydan Jungkookni qidirdim. U yo'q. Negadir bundan biroz yengil tortdim. Yo'qsa bu yigitni qarashlari meni tamom qilardi. Avvaliga mehmonxona divanlaridan biriga joylashib hammani o'zaro suhbatini eshitib o‘tirganimda bir bolakay divanni yon tomonidan menga qarab turganini payqadim. Uni eslayman. Meni va Jungkookni tanishib qolishimizga aynan shu shumtaka sababchi. Menga tikilib turarkan, unga nima degandek bosh qimirlatdim.
Bolakay nimani gapirarkan deb qarab turganimda, undan eshitgan gapdan keyin kulib yubordim. Shunda u mitti qo‘lchasini yuragi ustiga qo'yib:
– Omo kulsangiz yana ham chiroyli bo'lib ketarkansiz!
Bu bolani gapirish ohangidan va yuz qiyofasidan Jungkookni ko‘rgandek bo‘ldim. Nega bu uy bunchalik fayzli desam, bu oilaning mitti farishtasi bor ekan. Meni qo'limdan ushlab:
– Yuring sizga o‘yinchoqlarimni ko'rsataman....) deb meni tortqilayotganda dadasi uni ko'rib qoldi.
Junghyun: A Jihoon nima qilyapsan o'g'lim. Mehmonlar bilan salomlashmaysanmi ?
U o'rtaga chiqib olib, qo'lini ko'ksiga qo'yib shahzodalardek ta'zim qilib salomlashgach, hammani yuziga kulgu yugurdi.
Junghyun: Ah tanishinglar bu bizni shumtakamiz Jihoon
– Dada, hamma bilan salomlashdim. Endi mana bu chiroyli onniga o‘yinchoqlarimni ko‘rsatay
– O'g'lim ular mehmon, bu odobdan emas
Shunda Yn birdan qo'li bilan yo'q ishorasini ko'rsatib gapirdi.
" Hech qisi yo'q. Men qarshi emasman "
Dohyun: U bunga qarshi emasligini aytdi
Dohyun: Havotir olmang. Yn bolalarni yaxshi ko'radi
Dohyunni gaplarini ko'zim bilan ma'qullagach, Jihoon qo'limdan tortib olib keta boshladi. Biz ikkinchi qavatga chiqar ekanmiz yo‘lma-yo‘l u menga uyni tanishtirib ketdi. Ikkinchi qavatga chiqib, bir xona qarshisida to‘xtarkanmiz Jihoon eshikni ochib ichkariga kirishimni aytdi. Unga ko'rsatkich barmog'im bilan xonani ko'rsatarkanman, bu xona ko'rinishi jihatdan umuman yosh bolani xonasiga o‘xshamasdi. Jihoon meni ichkariga itarib kirg‘izgach, birdan tashqaridan eshikni qulflab qo‘ydi. Eshik bir tomonlama ochiladigan bo‘lgani uchun ichkaridan uni ochib bo‘lmas ekan. Eshikni taqqilatib uni ochishga urinayotganimda kimdir meni o'girib qo'li bilan og'zimni yopib oldi. Hayratdan qotib turarkanman bu uning rejasi ekanligini tushunish qiyin emasdi. Jungkookga qoshlarini chimirib qararkanman u menga nima degandek qarab turardi. Birdan qo'llarim bilan uni qo'lini ushlab, tishlab oldim. Jungkook og‘riqdan ingrab mendan qo'lini tortib oldi.
– Aynan qaysi ish ? Biz birga hech qanaqa ish qilmadik.
Menga ahmoqona tirjayib turarkan, bundan jahlim chiqib ketdi
– Ochmasamchi ? Nima qilasan ?
" Baqiraman! Gapirish qo'limdan kelmasa ham baqirish qo'limdan keladi "
Endigina ovozim chiqib baqirmoqchi bo'lganimda Jungkook yana qo‘li bilan lablarimni to'sib oldi.
– Jinni bo‘lganmisan ? Qani bu yoqqa kelchi
Uni qo'lini olishga harakat qilarkanman, qo‘llarini og'zimdan olib, meni yelkasiga ko‘tarib oldi. Bu holatdan hayron qolib, unga qarshilik qilib orqasiga musht tushirsam ham meni qo'yib yubormadi va xona ichidagi yuvinish xonasiga olib kirib ketdi.
Mana 6 qism ham tugadi xosh Jungkook endi Ynga nima qilar ekan shartts kotarib olip vanna xonaga kirib ketti🤔🤭