Money talks
J/J:Hana kelganda, o'zingni odatiy tut. Bu yuzingni uni oldida ko'rsatma. Meni ham, o'g'illaringni ham kayfiyatini buzma.
Janob Jeon eshik oldida Taehyung va Hana kelishini kutarkan, qovoqlari solingan ayolini ogohlantirib qo'ydi.
Birinchi bo'lib, qo'rg'on ichiga Taehyungning mashinasi kirib keldi, uning ortidan Jungkookning mashinasi chiroqlarini ham ko'rishdi.
Taehyung qizga tushishga yordam bergach, ularni kutib turgan akasi tomonga yura boshladi
Tae: Ukajon tanishing, Choi Hana!
Jk : Choi Hana ?! Bu hazil emasmi?
Jk: Bu so'zlar aslida senga tegishli! Men seni oxirgi marotaba ko'rganimda juda kichkina eding.
Jk va Hana maroq bilan suhbat qurisharkan, ularni uzoqdan kuzatayotgan Jeon xonim kulib qo'ydi
J/x: Zoti past kelinim bo'lajak erini almashtirib qo'ydi shekilli?! Avval kattasi bilan kun o'tkizib, endi kenjasi bilan kulishib o'tiribdi😏
Ayolini gapi Janob Jeoning asablarini allaqachon qo'zg'atgan bo'lsada, u o'zlari tomonga yaqinlashib kelayotgan bolalarga buni bildirmaslik uchun ham, kulib turaverardi
Hana uzoq yillardan buyon ko'rishmagan marhum otasining eng yaqin do'stini qattiq bag'riga bosdi
J/J: Mitti qizim ancha ulg'ayibdi😊
Seni yana ko'rib turganimdan judayam xursandman
J/J: Qani yuringlar eshik oldida turmaylik ishkariga kiraylik
H: Albatta kiramiz, xolajon! Sizni ko'rganimdan ham juda xursandman!
Hana Jeon xonimga yaqinlashib, uni ham quchdi.
Avzoyi buzilgan xonim, eriga o'qrayib qarab turardi. Jungkook va Taehyung esa bu holatga birinchi marotaba tushgan onalariga sezdirmaygina kulib qo'yishd
J/J: Jungkook bugungi uchrashuv yaxshi o'tdimi?
Ovqatlanish paytida hech bo'sh o'tirmaydigan Janob Jeon o'g'lini savolga tutdi.
J/x: Bunday masalalarni begonalar oldida muhokama qilishimiz shartmikan? Mehmonimiz zerikib qoladi
Jeon xonim Hanaga qarab majbulikdangina jilmayib qo'ydi.
H: Yo'q, hech ham zerikarli emas! Aksincha qiziq!
Hananjng sof ko'ngli, Jeon xonimning gapi tagidagi asl ma'noni tushunmadi.
Jk: Uchrashuv juda yaxshi o'tdi. Men qarshi emasman.
Janob Jeon o'g'lining so'zlaridan mamnun holda jilmaydi
J/x: Ya'ni? Qanaqasiga yaxshi o'tishi mumkin?
Jeon xonim esa Jkning javobidan so'ng asabiylashdi
Avtor men uchun zahar iloh bu qaynona😅🫶🏻
Jk: Shunchaki, yaxshi qiz. Dadam tanlovda adashmabdilar.
H: Ohaaa! Endi to'y qilarkanmizda! Juda zo'r ish bo'libdi. Tabriklayman, Jeon amaki.
J/J: Hali tabriklashga erta qizalog'im! Endi navbat Taehyunga ! Aka va ukani to'yini birgalikda o'tkazamiz.
H: Men judayam xursandman! Qadrdon insonlarimni eng baxtli kunlarida yonlarida turish bu baxt!
Tae: Ya'ni, qaysi ma'noda yonida turish?! To'yda meni yonimda turmoqchimisan? Shunaqa niyating bor ekan, avvalroq aytsang, qora ko'ylakni o'rniga oqini olaverardik.
Taening so'zlariga Hana va Jeon xonimdan boshqa hammani kuldirdi.
H: Xa! Xa! Xa! Juda kulgili. Menga yo'l bo'lsin. Kim Taehyung allaqachon rafiqasini topib bo'lgandir.
Tae yonidagi ichimlikdan xo'plagancha, onasiga qaradi.
Jeon xonimning ikki o'g'li otasiga qarshilik qilishmayotganidan mamnun emaslgi yaqqol ko'rinib turardi.
Yn: Qo'rqayapman! Bu voqealar shunchalik tez sodir bo'lib ketdiki, aqlim bilan kelisha olmay qoldik.
Karovatning bir burchagida o'tirgan Yn, narigi burchakdagi dugonasiga yorila boshladi.
M: Men baribir hayronman. Uni nimasi yoqmadi senga? U aqlli, kelishgan, badavlat, oqko'ngil bolsa
Yn: Nima? Aqlli? Kelishgan? Oqko'ngil?
M: Qo'ysangchi, u shunchalik beozor qushchaga o'xshaydiki, ko'rib boylarni bolasi ham shunaqa tarbiyali bo'larkanda deb o'ylaysan kishi.
Yn: U tarbiyali emas. Menga qarab "Vaqtimni o'g'irlaganingiz uchun o'ch olaman" deydi, ziqna!
Yn Jkni yo'g'on ovozini o'xshatarkan, Minani ichagi uzilay dedi.
Yn: Bo'ldi. Endi yot. Shu yigit bilan hayollarimni to'ldirish niyatim yo'q.
Dugonasining uyiga tunab qolishga kelgan Mina, Ynni qattiq quchdi.
M: Sen menga juda qadrlisan. Bizning o'rtamiz uzilib ketishidan qo'rqaman. Ammo ishon, senga eng yaxshisini tilayman. Oq otdagi shahzoda o'zi qarshingga kelganda, undan o'ylamasdan qochma. Balki bu seni taqdiringdir....
Mina jim yotgan qizdan izoh kutmadi. U ham sekin ko'zlarini yumdi.
Tae yotgan joyidan tipirchilab turib ketdi.
Jk: Yo'q. Keliningiz aldoqchi chiqdi.
Jk ikki qo'lini boshi ortiga qo'ygancha osmonga qarab yotardi
Tae: Unda ukam mendan qarzdor bo'liptida😁
Jk: Aka aslida siz qarizdor emasmisiz yarim kechgacha ishgacha bolganingizda yashirganman
Oyimni yog'diriladigan savollaridan o'zimni qutqarish uchun uydan barvaqtroq chiqishga qaror qildim. Shoshilinchda muzlatgichdagi uchta to'rta olmani qo'limga olgancha, eshikdan otilib chiqdim.
Yn qo'lidagi mevalardan birini katta tishlab, og'zini to'ldirgancha xursand bo'lib uydan chiqarkan, qarshisidagi ulkan mashina va unga suyanib o'tirgan yigitni ko'rishi bilan joyida tosh qotdi.