September 4

Only for you

To'g'risi nimani his qilishni ham tushunmayapman. Chalkash hayollar. Ikkilanishlar.. Og'riq. Og'riq va yana og'riq.

11 qism

1 oy avval

Yoongi bilan yashayotganimga ham deyarli bir oydan oshdi. Osha kunni eslashni ham istamayman. Jungkookdan juda qattiq nafratlanaman shu bilan birga juda qattiq sevaman ham. Qanday qilib bir vaqtning o'zida ham sevib ham nafratlanish mumkun. His qilayotganlarim juda og'riqli. Har on har soniya uni deya urayotgan shirin hotiralar bilan aldanib qolgan yuragimni toxtab qolishini istayman. Qani endi barini unita olsam. Uni sevishdan to'xtay olsam. Dardimga bir darmon topilsa. Qisman darmonim men bilan. Bu ham bolsa men uchun hatto o'limga ham tayyor Yoongi.
Shu bir oy ichida kuchli stres og'ir zarbani boshdan kechirdim

Har tun alamli kozyoshlar bilan bo'g'ildim. Yoongi doim yonimda bo'ldi bir lahza ham yolgiz qoldirmadi. Nima qilib bo'lsa ham meni hursand qilishga tabassum qildirishga harakat qilardi. O'zim tugul uni ham qiynab yubordim. Barchasini unitib Yoongiga imkoniyat bergan holda yangi hayot boshlashga aht qildim. Uning yuzini korsangiz edi. Quvonchidan dunyolarga sig'may ketayapti. Ko'zlari yonib turibdi. Bu onlarni uzoq kutgani aniq..
O'sha muthish kun.. Barchasi yana qayta izdan chiqdi. Yoongi bilan kechki ovqatdan qaytdik. U menga sovgasi borligini aytdi. Biz yuqori qavatga ko'tarildik. To'g'ri meni Xonamga..

Yn: Mm.. Xo'sh meni sovgʻam qayerda.

Yoongi : Biroz shoshma avval senga aytadigan gaplarimni aytib olay. Ynn.. Men..

Tashqaridan shovqin eshitila boshladi. Uyga kimdur bostirib kelayotgani aniq. Hizmatkorlarning ayanchli qichqirig'i meni daxshatga sola boshladi. Tanam harakatsiz qotib qoldi. Beixtiyor yig'lay boshladim. Yoongi doimgiday vaziatni o'z nazoratiga oldi. Baquvvat kaftlari bilan yanoqlarimni silab ko'zlarimga tikilgancha dedi

Yoongi : Meni eshit.. Hozir aytganimni qilib shkafga yashirinasan. Nima bo'lishidan qatiy nazar hammasi tinchigunga qadar u yerdan chiqmaysan. Vada ber

Yn : Yyyyy Yoongi... yo...

Yoongi : Hammasi yaxshi bo'ladi. Menga ishon.. Faqat Vada ber

Yn :Sen ham vada ber. Tirik qolasan. Ziyon yetkazishsa ham kuchli bo'lasan hayot uchun kurashasan.

Yn: Vada beraman.. Endi bor..

Huddiki vidolashayotgandaymiz. Yoongi otasi noqonuniy ishlar bilan shugullangani uchun bunday bosqinlar bolishi tabiy hol. U aytganday shkafga yashirindim. Xonada nima bo'layotganiga xira shira ko'rinadi.. Eshikni buzib kirishdi. Qurollangan gavdali qandaydur qo'rqinchli filmlardagi kishilarga oxshadhardi. Ovozlari gapirishlari ham qandaydur vahimali.

Yoongi : Senga nima kerak

X odam : ov kichik Min.. Ahvollaring qanday.

Yoongi : bir gapni 2marta aytishni yoqtirmasligimni bilasan. Nima hohlaysan

X odam : Mm. Seni ham qandayligingni ham juda yaxshi bilaman.. Xop maqsadga o'tsam. Otang menga juda zarur. Ammo uni hech qayerdan topa olmayapman. Shuning uchun unga kichik salom yollagani keldim

Osha iplos quroluni olib Yoongining koksiga bir necha marotaba oq uzdi. Hech ikkilanish va achinishlarsiz. O'zimni arang qichqirib yubormaslik uchun ushlab turdim. Kaftlarim yordamida ogzimni berkitib ovoz chiqarmay Yig'lashga tushdim. Soniyalar otdi. Shovqin tindi ular uyni butunlay tark etishdi. Berkitib olgan yerimdan yashin tezligida uchib chiqdim. Ilk qiladigan ishim janob Minni ogohlantirish boldi. Song esa arang nafas olayotgan Yoongining hol siz tanasi oldiga yiqildim

Yn : Yoongi.... Yoongi..... Meni eshit biroz chida. Iltimos kuchli bol. Tashlab ketishni hayolingga ham keltirma. Yolvoraman
Holdan toygan kop qon yoqotgani sabab ranglati oqarib ketgan yigitni uhlab qolmasligi uchun bor kuchim bilan kurashardim. Qo'llarim Yoongining qip qizil qoni bilan boyaldi. Bor kuchni to'plab chontagidan buklangan qogoz va uzukni olib qo'limga tutqazdi. Ko'zlarimga so'ngi bor tikilib jilmaydi. Uning so'ngi yuz ifodasi qandaydur tushunarsiz. Umrim so'ngiga qadar bu qarashlarni unita olmasam kerak

Yoongi: Yn se. N
Seni SEVAMAN. baxtli bol

Va uning ko'zlari umirbotga yumildi

Yn : Yoongi... Yoongi yoq uygon. Uygon Yoongi. UYGON. TASHLAB KETA OLMAYSAN. SEN VADA BERGANSAN. KURASHISHIMG KERAK YOONGI YOLVORAMAN.

[ bu Yoongining osha kuni Ynga aytib turmush qurish taklifini bermoqchi bolgan so'zlari edi. Barchasi mukammal boliwi uchun qayta qayta takrorlab yodidan chiqsamligi uchun xat shakliga keltirib bir parcha qog'ozga yozib qoygandi. Bir kuni sevgisini baralla tan olib dilini sevgilisiga ochishni niyat qilgandi. Afsus endi vidolashuv maktubiga aylandi. Bu dunyoda har bir daqiqamiz g'aniymat]

❤️‍🔥

Men seni sevaman..
Chunki bu sensan. Seni sen bo'lganing uchun sevaman. Xato qilsang ham g'azablanganingda ham. Tushuna olmasam ham. Seni sevmayman desang ham sevaman chunki sen mening Hamma narsamsan.

Men seni sevaman. Chunki sen mening malikamsan. Hatto meni sevmasang ham seni sevaveraman. Seni sevishimni hohlamasang ham. Oylaringga qaramay
Hafa bolganimda ham. Qiyin paytlaringda ham. Har qanday holingda ham sevaman
Chunki hayotim mazmuni borligimsan. Men seni yomon bo'lsang ham hatto boshqalarni sevsang ham. Men bilan birga bo'lmasang ham. Seni sevishimga rozi bo'lmasang ham seni sevaman

Har soniya.. Har olgan nafasimda seni sevaman. Beg'ubor qarashlaring Yoqimli kulging. Labing va yanoging ortasida joylashgan kulguch Deya atalmush chuqurchani ham. Seni qanday bo'lsang shundayligingcha sevaman
Songi nafasimgacha. Toki yuragim urib turar ekan faqat va faqat seni deyman. Seni shunday kuchli sevaman...

Yn pov:
Osha uzukni boynimga tumor qilib taqib olganman. Yana uni eslab biroz yigiga berildim. Yana o'sha zulmat meni domiga tortdi. Bir necha kundan beri Yoongini tushimda koraman. U. mendan noroziday. Songi istagi baxtli bolishim edi. Balki shuni istayotgandur. Eh Yoongi olgan bo'lsang ham hali hamon mendan tashvishdasan. Jivon aytganday tiriklarni ham yoqotmasimdan Jungkookga yordam berishim kerak. Bu musibatga uning yolgiz o'zi dosh bera olmaydi

Yomonliklar ustma ust kelayapti. Ketma ket judoliklar. Sobiq qaynotam va qaynonam avtohalokatga uchrashibdi. Shifokorlar qancha urunmasin ularni asrab qolisha olmabdi. Ularni menga hech qanday ziyonlari yomonliklari tegmagan aksincha o'z ota onamdan koproq mehr etibor berishgandi. Kutilmagan yana bir judolikdan butkul sinib qoldim. Jungkook... Unga hozir Hammadan ham qiyin. Bir kunda ham onasi ham otasidan ajraldi. Nima qilsa ham endi ularni qayta kora olmaydi. Qaytarishning iloji ham yoq. Jungkook butunlay yolgiz qoldi. O'ziga ziyon berib butkul qorong'u tubsizlikka gʻarq bolmasidan avval uni qutqarishim. Qaynotamga bergan vadamni bajarishim zarur.

Qorong'u xona yerda shisha siniqlari sigareta va dori quti. Xonaning har tomonida sochilib yotibdi. Bir paytlar shinam xushboy ifor kelib turuvchi xonamizdan asar ham yoq. Butkul qarovsiz ahvolga kelib qolgan. Huddi egasi singari. Bir burchakda g'ujunak bo'lib tizzasini quchgancha ko'z yosh to'kayotgan Jungkookni ko'rishim bilan aqlim shoshib qoldi. O'sha kundan beri uni Ilk bor ko'rishim edi.. Ajrashishimiz uni avvalgidanda battar ahvolga solib qo'yganimdan xabardor edim. Ota onasining kutilmaganda vafot etishi uni butkul sindiribdi. Jungkook xarob bo'libdi. Tirik murda misol... Ko'ksimda juda qattiq achishini his qildim. Bu unga achinganimdanmi yoki hali hamon yuragimda unga nisbatan hislar borligi uchunmi?.. Bo'g'iq past ovozda eshtilar eshitilnas anchadan buyon lablarim orasidan yangramagan ismini tallafuz qildim.

- Jungkook...

Ovozimni eshitiboq yuzini men tomon burdi. Ortiq o'zimni yigʻidan tiya olmadim. Arang o'rnidan qo'zg'aldi. Charchagan ko'zlarini men tomon qadadi. Yugurgancha quchog'iga otildim. Kuchim yetgancha mahkam quchdim. Tan olaman uni juda juda ham tassavur qilib bo'lmaydigan darajada sog'indim. Issiq keng bagri. Tomirlarida oqayotgan qon harakati i sezishni hapqirib urayotgan yuragini tinglashni bari barini..
Oradan 5 yoki 10 daqiqa o'tar o'tmas aqlga sigmaydigan voqealar sodir bo'la boshladi. Jungkook meni o'zidan uzoqlashtirdi va

Jungkook : Ket Yn

Yn : Nima? Axir Jungkook

Jungkook: Men senga ket deyapman. Seni ko'rishni istamayman

Yn : Nimalar deyapsan Jungkook..
Nima uchun

Jungkook : Nima uchunmi?

MEN SENGA MUHTOJ EKANLIGIMDA MENI ESHIMAY TUSHUNTIRISHIMGA IMKON BERMAY O'ZGASINI QO'LINI TUTGANCHA KETDING. MEN HAR TUN AZOB CHEKKANIMDA SEN OZGASI BAGRIDA TINCH OROM TOPDING. AQLIM RUHIM YURAGIM BARCHASI SEN BILAN OVORA BO'LGAN VAQT SEN MENI UNUTISHGA URUNDING. SENDAN NAFRATLANA BOSHLADIM ANGLADINGMI? HUDDI SEN KABI. SENI AVVALGIDAY SEVMAY QOYDIM. BIR OY DAVOMIDA UMUMAN KORISHMADIK. AHVOLUM QANDAY SENI QIZIQTIRGANI HAM YOQ. TIRIKMAN MI OLIKMANMI NIMA YEB NIMA ICHDIM SENSIZ NIMA QILDIM. QAY AHVOLGA TUSHDIM.. SENI ZARRACHA QIZIQDIRDIMI.. ENDI ESA KELIB MENDAN NIMA KUTAYAPSAN

YN : BOR AYB FAQAT MENDA EKANDA. BIZNI SHU AHVOLGA OLIB KELGAN KIM EDI JUNGKOOK AYT MENGA. 2MIZ HAM OPOQ EMASMIZ. BOLGAN BARCHA ISHNI CHETGA SURIB SENGA DSLDA BOLGANI YONINGDA TURGANI KELDIM.

JUNGKOOK : DALDA BOLMA. RAHMING KELMASIN. FAQAT KET MENI TINCH QOY. UMRBODGA HAYOTIMNI TARK ET. KETTTT..

YN: HECH QAYERGA KETMAYMAN HAYDASANG HAM HOHLAMASANG HAM DOIM SEN BILAN QOLAMAN. JISMIM SENDAN YIROQ BOLSA HAM SEVGIM HAMISHA SENGA YONDOSH BOLADI.

Yana bir kutilmagan harakat. Jungkook meni mahkam quchgancha yiglay boshladi.

Jungkook : Nega bunday qaysarsan??

Yn : chunki seni sevaman. Bo'lib o'tganlarga qaramay. Azoblansam ham. Qalbim azoblansa ham.. Seni sevishdan to'xtay olmayman.

Jungkook : charchadim Yn... Kuchim yetmaydi..

Yn : hammasi yaxshi bo'ladi.. Biz barini yengib o'tamiz birgalikda.. Men sen bilanman.

Mana 2 yonmayon qalblar ustida 3 soatdan buyon sukut saqlagancha turibmiz. Dafn marosimi tugab Hamma tarqalib ulgurdi.. Jungkook ota onasi qabriga termulib uzoq o'yga toldi. U haqiqatdan ham toliqqan. Ham ruhan ham jismonan

Yn : Jungkook.. Endi ketishimiz kerak

Jungkook : ular Bizni eshitishayorganmikin nima deb o'ylaysan

Yn : Albatta.. ular bizdan yiroq hamketishmagan ularni yorqin hotirasi mehri doim biz bilan

Jungkook : Unday bolsa men sizlarga vada beraman hammasi siz orzu qilganday boladi.. Sizlarni yaxshi ko'raman

Bugun ogir kun boldi. Jungkook keluboq ota onasi xonasiga kirib ularni suratlarini quchgancha uhlab qolibdi. U beozor yoqimtoy bolakay kabi. Ota onasi buvisining uyiga yolgiz tashlab ketganu u bolsa ularni sog'inib yollariga koz tikkancha uyquga ketgan kichkina ertakoy ogil. Uning ichki kecirmalari menga mutloq begona.. Biroq bir narsa aniq. Endi Men ham qaynotamga bergan vadamni bajarish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Biz orzu qilgan osha porloq kelajakka albatta erishamiz..

Jk pov:
Ko'zlarimni gira shira ochdim. Boshimda kuchli og'riq. Quchogimda ota onam partreti ustimda yuqa adyol. Qarshimda esa menga tikilgancha uyquga ketgan meni bu hayotda ushlab turgan yagona suyanchim uhlab yotibdi. Eh Yn... SENSIZ qanday qiynalganimni bilsang edi. Hayotimdan nurini olib meni zulmatda qoldirib ketgan eding. Taqdir charxpalagi yana bizni birlashtirdi. Endi ketishingga yol qoyib bermayman. Barini tog'irlayman. O'zgaraman faqat sen uchun.

Yn pov:
Juda charchaganimdan Ko'zlarimni ocha olmayapman. Lekin yoqimli yengil teginishlar issiq kuyduruvchi nafas tufayli Ko'zlarimni istar istamas ochdim. Men har tong ko'rib uygonishni istaydigan chehra..

Jungkook : hayrli tong

Yn : Senga ham..

Yoqimli jilmayib menga har teginganida toyimizning Ilk kunlari yani uni sevib qilayotgan vaqtlarim yodimga tushdi. Hozir ham osha patdagidek hayajonlanayapman.

Jungkook : Meni yaxwi tomonga o'zgartirish uchun birinchi topshirig'ini oylab qo'ydingmi

U hazil aralash kesatiqli gap qildi. Eski reja va harakatlarim yodimga tushib keng tabassum qildim va dedim

Yn : Mm hali o'ylab ko'rganimcha yoq.

Jungkook : menda bir taklif bor. Ilk topshiriq biz yana rasman er xotiniga aylanishimiz shunda barchasi reja asosida ketadi