Nafrattan Muhabbatgacha 10-qism
Hyunjin Yunani davra o'rtasiga tortqilab ketarkan Jk dan ko'z uzmasdi.
Hyunjin:Xonim ijozatingiz bilan
Dedida Yunaning ingichka belidan qo'lini o'tkazdi raqsga tusha boshladi
Jkning ko'zi sevgilisining belini kezayotgan qo'llarda edi.Butunlay g'azab otiga mingan edi. Ishkal chiqarmaslik uchun jim turishga harakat qilsada ammo befoyda....
Yuna esa Go'yoki Jkning rashkini keltirmoqchi bo'ldi shekilli.Har ikki soniyada Goh Hyunjinga goh Jkga qarab qo'yardi.
Hyunjin:Nega bunchalar bezovtasiz xonim
Hyunjin:Yoki bugungi tuningiz qanday o'tishidan tashvishlanyapsizmi?
Dedida Jkga mayin tabbasum ila qarab qo'yib Yunaning qulog'iga shivirlarkan Jkning fig'oni falakka chiqib bo'lgandi.
Yigit oxir oqibat g'azabini boshqarolmay yirik qadamlar bn belgilangan joyga keldi.
Pov Jk:
G'azabimni jilovlay olmay shu yergacha keldim.Ammo nima deyman.Qarshimda turgan marazni o'lgunicha do'pposlay deymanu ammo ilojim yo'q.Balki bu Yunaning o'ziga yoqayotgandir.Axxxxx bu haqdagi o'ylar meni butkul aqldan ozdiradi.
Jk:Menimcha tanlovda adshgan ko'rinasiz Janob Hwang Hyunjin
Deb Yunaga ishora qilarkan qizni borgan sari sarosimaga solib qo'yardi.
Hyunjin:Ohhhhh balki adashmagandirman balki....
Jk:Tushunmayapsiz shekilli bu xonim mening sevgan qizim.Shunday ekan undan nariroq yuring.Bu sizga bergan eng yaxshi maslahatim!!
Pov Yuna:
Hozir nima bo'lyapti o'zi?Ikki erkak bir ayolning ustida tortishishyaptimi?U ham bo'lsa men.Aslini olganda ham bunga o'zim sababchiman.Kim belimdan tutib ketaversa men ham ketibman...! Naqadar axmoqmanaaaa?Endi bularni gapirishni foydasi yo'q allaqachon bolar ish bo'ldi.Hozirda meni yagona qiziqtirayotgan narsa menga nima bo'lishi?Birgina shu savol.U qanchalar vaxshiy ekanligini bilarkanman butun tanamni titroq bosdi.
Biroz atigi 2 daqiqa sukutlik saqlashibtihamki
Jk: Ruhsatingiz bilan Janoblar deya Yunaning qo'lidan yetaklab tortqilab ketarkan yana Hyunjin insonlarning diqqat markazini o'ziga qaratdi.
Hyunjin:Fikringizni maqullolmayman Janob JEON JUNGKOOK
Deya vaxshiyona jilmayib qo'ydi.
hyunjin stullarning biriga o'rnashib olgan ekan
–Janob Hwang menimcha shaxsiy muammolaringizni tashqarida hak qilganingiz maqulroq edi.Hammaga jar solgandan ko'ra
Dedi ichkaridagi erkaklardan biri Hyunjinga qarata
Hyunjin: Albatta Janob Lee darvoqe yodimdan ko'tarilibtida bu yerda faqatgina sizga o'xshagan savyasi past insonlar yig'ilgani.Shuning uchun ovozim sal baland chiqqan bolsa uzur so'rayman.
Janob Lee hech narsa demay gurunglashib turgan janoblar orasiga qo'shildi. Hyunjin bo'lsa ikki oyog'ini chalishtirib atrofni kuzatib turaverdi.
Allaqachon olamon orasidan chiqib mashina tomon yo'l olayotgan bu ikki beqaror oshiq biri biridan qo'rqar ikkinchisi uni o'ldirdirib qo'ymaslik uchun o'zini zorg'a ushlab turardi.
Yuna:To'xtang qo'limni qo'yib yuboring.
Jk Yunaning gapiga kirmay qo'lidan qattiq siqib mashina eshiklarini ochdi.Va Yunani mashina ichiga joylagancha aylanib borib haydovchi joyini egalladi.
Jkning qanchalik jaxli chiqayotganini mashinaning tezligidan bilsa bo'lardi.Hali ham huvuri bosilmagan Jk svetofor chiroqlariga ham qarab o'tirmay o'tib ketaverardi.
Nihoyat manzilga kelishdihamki mashina eshiklari ochilib Jk mashinadan tushib Yuna tomindagi eshikni ocharkan qiz joyidan qilt ham etmadi.
Jk:Alohida taklifnoma kerakmi tushishing uchun?
Deya kesatig' ohangda gapirarkan Yuna o'zini eshitmaganlikka olib turaverdi.
Jk: Mashinadan tusharsiz balki
Jk ikkinchi marotaba Yuna ga yuzlanganda ham hech qanday o'zgarish yo'q
Jk:Yaxshi gapga tushunmaysan chog'i
Dedi sabr toqati tugagan holda.
Jk Yuna tortqilab qo'llaridan siqqancha uy tomin yurishga davat qilarkan Yuna qo'lini o'ziga tortgancha injiqlik qilardi.
Yuna esa to'xtovsiz yalinar ekan bu borada barcha xizmatkorlar qulog'ini kar qilib o'tirishga qat'iyan majbur.
Pov Yuna:
Qanchalar baqirib yig'lasam ham yalinsam ham bari befoyda.
Jk Yunaning qarshiliklariga qaramasdan xona tomon yetaklab bordi.
Xona eshigining oldida kelganda esa biroz to'xtab keyun eshikni ochib Yunani xona ichkarisiga itarib yubordi.
Jk:Shu darajaga yetdingmi?Shu darajada ham iflosss bolasanmi?
Jk:Nima emas haaa.Seningcha bellaringda mendan boshqasining qo'llari tegishini ko'rish oson deb o'ylaysanmi? Gapirrr.
Jk:Doimgidek seni sevib nima ko'rdim o'zi?Goh Yeojun bilan goh Hunjin bilan.Menga ham ularga ko'rsatgan jasoratingni ko'rsata olasanmi?Yo'q shunday mi?Yo'q albatta.Nimam kam ulardan.Nimam yo'q o'zi?
Pov Yuna:
U juda keskin va alamli gapirar ekan tilimni yutdim.Unga qarshi bir so'z aytay deymanu ammo bunga na shijoatim na jasoratim yetadi.Nima qilay gapiray desamku o'zi hayotim hozirda qil ustida turibdi.O'sha qilni ham ozroq silkitsam batamom y'oq bo'lishim tayin.Ammo gapirmasam nega gapirmadim deya ich etimni yeganim qoladi.
Jk:Agar shu ostonadan yana bir qadam hatlab tashqariga chiqadigan bo'lsang..?Bilib qo'y!!!- deya ovozini ko'tarib gapirayotgan ekan
Yuna:Nimaa? Nima qila olasiz?Gapiring Nima?Urasizmi? do'pposlaysizmi? Yoki yana zo'rlaysizmi?— deya o'zida kuch topib gapirdi.
Yuna:Nima?Noto'g'rimi?Manashu to'g'rimi manshu tana to'g'rimi?Hoxlaganingizcha tamoyilga sola olasiz.Mana oling uring do'pposlang zo'rlang— deya o'z kiyimlarini yertib tashladi.
Yuna:Qani bo'ling kutyapman urmaysizmi?Endi sizga umuman qarshilik qilmayman.Istaganingizni qiling.Qani bo'ling - deya baqirib ungrash ohangida aytardi.
Jk: YUNAAA BASSS QILLLL
deya baqirdi.
Yuna:Bas qilay siz shuni hoxlaysizmi?Kechagi vaxshiy Jungkook qani?Negadir ko'rmayapman.Nahotki bir kunning o'zida shunchalik yuvoshlashgan bo'lsa.Aksaryat hollarda vaqtini meni urish va zo'rlash bilan o'tqazadigan Jungkook qani.
Jk:MEN SENGA BASSS QILLL DEDIMMM YUNAAA!!!
Deya Yunaga yaqin keldi.Yuna borgan sari o'zini orqaga tashladi.Jk yanada yaqinroq kelarkan.... telefon jiringlashi tinchlikni buzdi.
Jk Telefon ekraniga qaradida ~Shu paytdayaaaa~dedida telefonni ko'tardi.
Jk: Shu paytda meni bezovta qilishga arzirli gap deb o'ylayman.
Tae: Jk gap shundaki u qochibti
Jk: Bo'lishi mumkin emas qanday qilib
Tae:O'zim ham bilmayman hudud yaxshi qo'riqlangan ammo shu farajada abjir ekanki shuncha qo'riqchiyu shuncha qarovchilar qo'lidan osongina chiqib ketibdi.
Jk:Hozir yetib boraman — deya qo'ngi'roqni yakunladi.
Jk:Sen bilan keyin shug'ullanaman Yuna xonim.Albatta aqlingni kirgizib qo'yqdigan vaqt keladi.— deya xonani ham uyni ham tark etdi.
Jk: Sue xonim Yunaga ko'z quloq bo'ling qochishga uringudek bo'lsa menga habar bering.
Sue:Hop bo'ladi Janob Jungkook
Shu gaplarni aytdi xolos.
Jk 15 daqiqa deganda belgilangan hududga yetib keldi.
JK TAEga g'azab bilan qararkan.
Tae:Meni bunda aloqam yo'q— deb turaverdi.
U bir muddat yashagan xonani ko'zdan kechirar ekan Jkning ko'zi kravatning tagidagi qog'oz bo'lagiga tushdi. Egilib uni olarkan allanimalardir yozilgan.
Qog'ozda:
Bu so'zlarni o'qib turgan ekansan men allaqachon be yerda bo'lmayman yanikim allaqachon qochish rejalarim ish bergan bo'ladi Jeon Jungkook.O'ylaymanki meni juda sog'inasan va tez orada ko'rishamiz.
Barchasi uchun tovon to'lash vaqti kelmadimikin Jeon Jungkook!!!