Sham Marriage Contract
Kim Namjoon — ulkan "RK Group" korporatsiyasining kelishgan, aqlli va o‘ta jiddiy bosh direktori. U ish borasida har qanday muammoni bir soniyada hal qila oladi, lekin bitta masala oldida ojiz edi
Bu esa uni onasi Kim xonim har kuni har xil qizlar bilan uchrashuv uyimlashtirar edi
Bugunning o‘zida Namjoon onasining qistovi bilan naqd uchta uchrashuvga chiqdi:
Birinchi qiz: Faqat o‘zining brend sumkalari va Namjoonning bank hisoblari haqida gapirdi.
Ikkinchi qiz: Uchrashuvga o‘zining iti bilan kelib, Namjoonni itiga parvarish qilishga majburlamoqchi bo‘ldi.
Uchinchi qiz: Namjoondan ko‘ra ko‘proq uning kompaniyasidagi akciyalarga qiziqdi.
Ofisda barcha tafsilotlarni eshitgan
Jhope (Namjoonning eng yaqin do‘sti va kompaniya direktor o‘rinbosari) stulidan yiqilgudek bo‘lib kulardi.
Jhope: "Hahaha! Namjoon, sening hayoting xuddi turk seriallariga o‘xshab ketayapti! Keyingi safar onang senga kosmonavt qizni topib keladi, ko‘raver!"
Namjoon: Kulma, Hoseok! Bugun kechki ovqatga onam seni ham taklif qildi.
Kechki payt. Kim xonimning shinamgina hovlisida kechki ovqat dasturxoni yozilgan. Jhope xuddi o‘z uyidagidek bemalol ovqatlanib, shirin suhbat qurardi.
Kim xonim: Ertaga yana uchrashuvga chiqasan. Bu safargi qiz shifakor, aniq senga yoqadi.
Namjoon chuqur uf tortib, qoshig‘ini stolga qo‘ydi.
Namjoon: Oyi, yanami? Qachon bas qilasiz bu ishlaringizni?
Kim xonim: Seni qachon uylansang, o‘shanda!
Namjoon bu qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini izlab, yonida beparvo sho‘rva ichayotgan Jhopega qaradi va yovuzlarcha jilmaydi.
Namjoon: Oyi, keling Jhopeni ham uylantiramiz. Axir Jhope ham sizning o‘g‘lingizday bo‘lib qolgan emasmi?
Kim xonim: To‘g‘ri aytasan, yaxshi fikr o‘g‘lim!
Jhopening tomog‘iga tiqilgan ovqat bo‘g‘zidan arang o‘tdi. U ko‘zlaridan chiqqan yoshni silliq harakat bilan artib, stoldagi suvdan bir ho‘plab yutdi-da, Namjoonga xuddi uni yeb qoygiday qaradi.
Jhope: Qo‘ysangizchi xola... men hali borku! Men hali yoshman, hayotning ta’mini totib ko‘rishim kerak!
Kim xonim stol ustidagi salfetkani unga uzatarkan, yuzida g‘olibona tabassum yugurdi.
Kim xonim: Hayotingning eng shirin tuyg‘ularini bo‘lajak ayoling bilan tatib ko‘raverasan, o‘g‘lim.
Jhope: Xolajon meni qayg‘urmasangiz bo‘laveradi, bemalol. Avval o‘g‘lingizni uylantirib oling!
Kim xonim: Lekin Namjoon yaxshi fikr aytdi. Sen ham o‘g‘limday bo‘lib qolding, shunga ikkalangizni ham to‘yingizni birga qilamiz. Senga ham qiz topib qo‘yaman, eng yaxshi zadogan qizlaridan!
Vaziyat tobora jiddiylashib borayotganini ko‘rgan ikki do‘st zudlik bilan qochish rejasini tuza boshlashdi. Namjoon shoshib soatiga qaradi, Jhope esa darhol uning niyatini tushunib, o‘rnidan turdi.
Namjoon: Oyi, esimdan chiqibdi, bugun kompaniyada juda muhim shartnoma imzolashimiz kerak edi! Biz kechikyapmiz.
Jhope: Ha, ha, xola! Ishlar shunchalik ko‘pki, ulgurmasak katta zarar ko‘ramiz. Biz ketdik!
Ular shoshib-pishib uydan chiqib ketishayotganda, Kim xonim hargalgidek ularning orqasidan gapirib qoldi:
Yaramaslar, har safar gap uylanishga taqalganda ish bahona bo‘ladi! Qochib qutulolmaysizlar baribir, kelasi haftadan nomzodlarni ko‘rishni boshlaymiz!
Eshikdan chiqishi bilan Jhope portladi. U asabiylashib mashinasi kalitini aylantirarkan, Namjoonga o‘qrayib qaradi.
Jhope: Yaramas, o‘z ishingga meni qo‘shmagin! Men hali-beri uylanmoqchi emasman!
Namjoon: Qo‘ysangchi do‘stim, onamga bu fikr yoqib qoldi. Endi seni ham tinch qo‘ymaydi, baribir qutulolmasding.
Jhope: Hammasi seni deb bo‘ldi! Yana sening chin do‘stingman deysan-a!
Ikkala do‘st tortishib mashinalariga o‘tirishdi va ishxona tomon yo‘l olishdi. Ularning ortidan faqatgina g‘ildiraklarning g‘iyqillagan ovozi va havoga ko‘tarilgan chang qoldi.
Shaharning mutlaqo boshqa chekkasida, shinam va sokin kafelarning birida ikki begubor, samimiy va chiroyli qizlar qahva ustida suhbat qurib o‘tirishardi. Atrofdagi odamlarning nigohi beixtiyor ularning nafis va latofatli chehralariga tushardi.
Cherin: Dugonajon, ochig‘i gapni nimadan boshlashni bilmayapman...
Sohee: Nima bo‘ldi dugonajon, nimaga xorg‘in ko‘rinyapsan?
Cherin: Ish topishim kerak... Dadam yana qimor o‘ynagan. Uy olishim uchun yig‘ib qo‘ygan pullarimni ham olib, qimorga tikib yuborgan. Yana yetmaganiday, qarzga ham botgan...
Cherinning ko‘zlariga yosh qalqdi. U yuzini qo‘llari bilan to‘sib, o‘zini yig‘idan tiyishga urindi.
Sohee dugonasining qo‘llarini ohista qisib, unga tasalli berdi:
Sohee: Yig‘lama, Cherin. Buning biror chorasi bo‘lishi kerak. Biz albatta yo‘lini topamiz.
Cherin: Lekin qarz beruvchilar har kuni telefon qilib, tahdid qilishyapti. Agar tezda katta miqdorda pul topmasam, uyimizni ham tortib olishadi. Menga zudlik bilan juda yaxshi maosh to‘laydigan ish kerak.
Sohee birdan nimadir esiga tushgandek sumkasidan telefonini chiqardi va tezda nimadir qidira boshladi. Bir necha soniyadan so‘ng uning yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
Sohee: Mana! Cherin, qara! Kechagina internetda bir e’longa ko‘zim tushgandi. Mamlakatdagi eng yirik holding — RM Corporations' o‘z rahbarlari uchun shaxsiy yordamchi va kotiba qidiryapti. Maoshi shunchalik yuqoriki, sening barcha muammolaringni hal qilishga yetadi!
Cherin: Rostdanmi? Lekin u yerga faqat eng tajribali va nufuzli universitetlarni bitirganlarni olishsa kerak. Mening imkoniyatim barmikin?..
Sohee: O‘zingga ishon, dugonajon! Sen o‘z sohang bo‘yicha eng iqtidorli qizsan. Katta ingliz tili va iqtisodiyot diploming bor. Katta kompaniyalar aynan senday aqlli qizlarni qidiradi. Keling, ikkalamiz ham hujjat topshiramiz. Men ham senga dalda bo‘lib birga boraman!
Cherin chuqur nafas olib, ko‘zlaridagi yoshni artdi. Dugonasining bu samimiy daldasi unda so‘nib borayotgan umid uchqunlarini qayta yoqdi.
Cherin: Yaxshiyamki borsan, Sohee. Mayli, urinib ko‘raman. Ertagayoq suhbatga boramiz!
Aynan o‘sha vaqtda Namjoon va Jhopeni olib ketayotgan hashamatli mashinalar "RM Corporations" osmono‘par binosi oldida to‘xtadi. Ular jiddiy chehra bilan mashinadan tushib, liftga yo‘l olishdi.
Namjoon xonasiga kirgach, kostyumini yechib stulga tashladi va do‘stiga qaradi:
Namjoon: Xo‘sh, asabiylashishni bas qil. Onamning gapi shunchaki vaqtinchalik reja. Hozir esa asosiy e’tiborni ishga qaratishimiz kerak. Bugun bizda yangi shaxsiy yordamchi va kotiba lavozimi uchun nomzodlar bilan suhbat bor, esingdami?
Jhope kresloga o‘zini tashlab, piching qildi:
Jhope: Umid qilamanki, keladigan nomzodlar aqlli bo‘lishadi. Bo‘lmasa, bugungi asablarim bilan hech kimni ishga qabul qilgim kelmayapti.
Ular ertaga ertalab o‘z hayotlarini butunlay o‘zgartirib yuboradigan ikki go‘zal qiz bilan to‘qnash kelishlarini xayollariga ham keltirishmas edi...
Ertasi kuni erta tongda Cherin va Sohee Busandan Seulga boradigan tezyurar poyezdga (KTX) o‘tirishdi. Vagonda ketisharkan, Cherinning nigohi deraza ortidan tezlik bilan ortda qolayotgan tabiat manzarasiga qadalgan, hayoli esa uyidagi muammolar bilan band edi. Sohee uning qo‘lidan tutib, dalda berdi:
Sohee: Hammasi yaxshi bo‘ladi, Cherin. Seul bizni quchoq ochib kutib oladi. Bugun hayotimiz o‘zgaradigan kun!
Ular Seulga yetib kelgach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar markazidagi muhtasham "Rm Corporations" bosh binosiga yo‘l olishdi. Bino shunchalik baland va salobatli ediki, qizlar kirish eshigi oldida bir muddat hayratdan to‘xtab qolishdi. Hujjatlarini topshirib, suhbat o‘tkaziladigan qavatga ko‘tarilishganda, u yerdagi raqobatni ko‘rib Cherinning yuragi yanada tezroq ura boshladi. Yo‘lakda o‘nlab zamonaviy va o‘ziga ishongan qizlar navbat kutib o‘tirishardi.
Suhbat xonasida kompaniyaning kadrlar bo‘limi mutaxassislari nomzodlarni birma-bir ichkariga chaqirib, qattiq savol-javobga tutishayotgan edi. Navbat sekin-asta kamayib, nihoyat eng oxirida faqatgina Sohee va Cherin qoldi.
Dastlab Soheeni ichkariga taklif qilishdi. U o‘zini dadil tutishga harakat qilib, savollarga aqlli va bosiqlik bilan javob berib chiqdi. Navbat eng oxirgi nomzod — Cheringa kelganida, qiz chuqur nafas olib, eshikni taqillatdi va ichkariga kirdi.
Cherin stulga o‘tirib, endigina o‘zini tanishtira boshlagan ham ediki, to‘satdan suhbat xonasi eshigi shaxdam ochilib, ichkariga Namjoon va Jhope kirib kelishdi. Ularning ustidagi qimmatbaho kostyum-shimlar va taralayotgan jiddiy nufuz nafasi xonadagi kadrlar bo‘limi xodimlarini darhol o‘rinlaridan turishga majbur qildi.
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i: Janob Namjoon, Janob Jhope! Xush kelibsiz. Biz aynan oxirgi nomzodni tinglayotgan edik.
Namjoon qo‘li bilan "o‘tiraveringlar" degandek ishora qildi va o‘zi suhbat stolining to‘ridan joy oldi. Jhope esa charchagan qiyofada uning yonidagi stulga joylashib, qo‘lidagi planshetga ko‘z yugurtirdi.
Namjoon ko‘zoynagini to‘g‘rilab, stol ustida turgan Cherinning hujjatlarini qo‘liga oldi. U qizning rasmi va qisqacha ma’lumotiga bir muddat qarab turgach, nigohini Cherinning biroz hayajonlanib turgan begubor ko‘zlariga qaratdi. Qizning samimiy chehrasi va soddaligi unda qiziqish uyg‘otdi. Namjoon jiddiy ohangda birinchi savolini berdi:
Namjoon: Xo‘sh, Cherin xonim... Hujjatlaringiz yomon emas. Ammo menga ayting-chi, nimaga aynan bizning ishni tanladingiz? Nega boshqa kompaniya emas, aynan biz?
Odatda bunday suhbatlarda nomzodlar kompaniyani ko‘klarga ko‘tarib, uning nufuzi va o‘zlarining "buyuk maqsadlari" haqida gapirishardi. Biroq Cherin uydagi ahvol, dadasining qarzlari va o‘zining chorasizligini o‘ylab, yolg‘on gapirishni istamadi. U chuqur nafas olib, bor haqiqatni aytishga qaror qildi.
Cherin: To‘g‘risi... menga hozir ayni damda oylik maoshi ko‘p ish kerak. Oilaviy vaziyatim juda yomon, shunga shu ishni tanladim.
Uning bu kutilmagan va o‘ta samimiy javobidan suhbat xonasiga bir muddat sukunat cho‘kdi. Kadrlar bo‘limi xodimlari bir-birlariga qarab pichirlashib ketishdi. Hatto ko‘zini planshetdan uzmay o‘tirgan Jhope ham hayrat bilan boshini ko‘tarib, Cheringa qaradi.
Jhope piching aralash kulimsirab gap boshladi:
Jhope: Oho... Juda samimiy javob. Demak, siz uchun kompaniyamizning rivojlanishi yoki nufuzi muhim emas, shunchaki pul kerak, shundaymi?
Cherin yerga qarab olib, keyin dadillik bilan Jhopening ko‘zlariga qaradi:
Cherin: Agar men sizga kompaniyangizni bolaligimdan orzu qilganman desam, bu yolg‘on bo‘lardi. Men mas’uliyatli va mehnatsevarman. Menga berilgan har qanday vazifani mukammal bajarishga va’da beraman. Buning evaziga esa oilamni qutqarishim uchun yetarli maosh olmoqchiman. Menimcha, halollik eng yaxshi xislat.
Namjoon indamay Cheringa tikilib turardi. Qizning ko‘zlaridagi qat’iyat va shu bilan birga yashirinib yotgan g‘amginlik uning e’tiborini tortdi. U hayotida ko‘plab xushomadgo‘y nomzodlarni ko‘rgan, ammo bunday jasur va borini boricha aytadigan qizni birinchi marta uchratayotgan edi.
Namjoon qalamini stolga qo‘ydi va o‘rnidan turdi.
Namjoon: Yaxshi. Haqiqatni gapirganingiz menga yoqdi...
Xo‘sh, Namjoon va Jhope qanday qarorga kelishadi? Cherin va Sohee bu nufuzli kompaniyaga ishga qabul qilinarmikin? Davomi keyingi qismlarda...