July 21

Eterbal bond

2 qism

Yuragini yulib beradigan darajada sevganlar bisyor edi.
Ammo u yuraklarning qadrini hech bilishmadi...

Ayrim insonlar sevgiga ishonmaydi. Ayrim insonlar sevgisiz hayotni tassavur qila olmadi. Kimdir umr bo'yi sevgini totini bilmaydi. Chunki bir kun kelib sevgi tugashiga o'zini ishontirgan bo'ladi. Sen ham shundaylar qatorisan. Sevib qolishdan qo'rqadigandeksan. To'g'risi senga qachon qanday oshiq bo'lganimni ham bilmayman. Ammo sendagi barcha narsani qanday bo'lsa shundayligicha sevaman. Tabbassumingni hotiramning o'chmas eng chuqur yeriga muhrlab olganman. Tabbasum qilgan oning Men ham beixtiyor tabassum qilar edim. Kulganda qisilib qoladigan bodomsimon ko'zlaring meni o'ziga asir qilib olgan. Har gal shu jigararrang ko'zlaringa qaraganimda o'zim bilmay senga tikilib qolaman. Ko'zlaring oynasida o'z aksimni ko'rishni sevardim. Balki bu ishim uyatli ish bo'lgandur qiz bolaning yigitga kiprik qoqmay tikilib turishi gunohdir. Ammo qancha urinmay o'zimni bu ishdan tiya olmayman. Bu seni noqulay ahvolga soladimi yoki sen ham ko'zlarimga g'arq bo'lishdan qo'rqib ko'zlaringni mendan olib qochasanmi? Tabiat seni mukammal san'at asari qilib yaratganday go'yo. Seni tariflash uchun bisotimdagi eng chiroyli so'zlarni topib ishlatishni istayman. Har safar yozish uchun uringanimda barcha hayollarim to'zon misol to'zg'ib ketadi. Balki rashkim ustunlik qilib buni hohlamasman....

Hyejin: Areum dugonajon, ahvoling yaxshimi? Necha kundan beri hayoling parishon. O'sha kuni ham hech kimga hech nima demay ketib qolding. Biror darding bo'lsa ayt, yengil tortasan. Men nima uchun dugona bo'lib yuribman sen bilan? Bir-birimizga sirimizni aytmas ekanmiz, dardimizni bo'lisha olmas ekanmiz — bu qanday do'stlik bo'ldi.

Hyejin gaplarini tugatib, ikki qo'lini ko'krak qafasiga qo'yib chalishtirib oldi. Buni ko'rgan Areum dugonasining ko'nglini olish maqsadida kulib, uni quchib oldi va vaziyatni yumshatish maqsadida gap boshladi.

Areum: O'zimning mehribon dugonam. Kechir, o'sha kuni yolg'iz qolishni istagandim.

Hyejin ham biroz ko'ngli yumshab, javoban Areumni quchdi.

Hyejin: Tentakvoy! Ana endi nima bo'lganini bir boshidan aytib berchi.

Areum: O'sha kuni...

Areum endi gap boshladi hamki, ular yoniga ularga biriktirilgan shifokor kelib qoldi.

Shifokor (Doctor Do): Hoy, siz ikkingiz bu yer kasalxona ekanligini bilasizmi?

Shifokor ensasini qotirib, kesatib gap qildi.

Areum, Hyejin: Uzur so'raymiz.

Ikki qiz ham baravariga uzur so'rab, biroz tazim qilishdi.

Doctor Do: Bu yerga nima uchun kelganingizni unutib qo'ymang. Endi esa ishingizga boring.
Hyejin, sen Doktor Jang bilan operatsiyaga kirasan. Areum, senga alohida ish bor. Yaqinda kichik avtohalokat yuz bergan. Ikki kishi jarohat olgan, sen ulardan biriga qaraysan. 6-palatadagi bemorning jarohatini ko'rib, tikib qo'y. Agar bir og'iz ustingdan shikoyat tushadigan bo‘lsa — kursdan kursga qoldirib yuboraman. Tushunarlimi?

Bir qoshini yuqoriga ko'tarib, ayyorona tabassum qildi.

Areum: Tushunarli.

Areumi
Hyejin

POV Areum
Ablah praktikant ekanligimni bilib turib, atay menga shunday nozik ishlarni topshiradi. Qayerdan ham o'shanda ustidan kulgan ekanman. Yetmaganiga eshitib qolganichi, eh attang. Shundan beri men bilan o'chakishadi. Ha, mayli, hammasi yaxshilikka.

Areum: Nechinchi palata degandiya?.. Esladim, 6 edi.

Kerakli jihozlarni olib, honaga kirib keldim. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki — ust-boshi chang, yelka qismi qonayotgan. Og‘riqdan yuzlari biroz burushib o'tirgan Jiminga duch keldi.

POV Areum
Yo Xudoyim… Uni boshqa uchratmaslikni so‘ragan edim. Bugun uni bu ahvolda ko‘rib, o‘pkamga og‘ir nimadur to‘ldi. Tomog‘imda achchiq tamni his qilayapman. Taqdir bizni yana bir bor uchrashtirdi. Bizga yana qanday sovg‘alarni tayyorlab qo‘ygani esa menga qorong‘u.
Uni ko‘rib turgan joyimda qotib turib qoldim. Yo‘g‘on, ammo yoqimli ovozi meni sergaklashtirdi.

Jimin: Shunday tikilib turaverasanmi?

Yana o‘sha sovuq, mumtoz ohangda. Faqat menga shunday muomala qilarmikan?..

Areum: A… Uzur...

POV Jimin
Xonada shifokor kelishini poylar ekanman, eshik ochilib o‘sha kuni men klubda uchratgan, hafa qilib qo‘ygan qiz kirib keldi. Ko‘zlarim unga tushar ekan, qandaydir ichimdan quvonib ketdim. Yana bir marotaba uchratganim uchun o‘zgacha quvonch, xotirjamlik butun ongimni egallab oldi. Huddi boshqotirmaning eng so‘ngi kerakli detalini topgandayman.
U esa o‘tgan safargidek menga tikilib turardi. O‘zimni kulgudan zo‘rg‘a ushlab turibman. Badanimdagi og‘riq kuchayib, unga yordam berishi uchun gap boshladim.
Gaplarimga dovdirab javob qaytarib, kerakli buyumlar bilan yonimga joylashdi va…

Areum: Haligi, kiyimingiz...

Areum Jiminga kiyimini yechishini ishora qildi. Jimin bir deganda ustidagi, allaqachon qoni bilan belangan oq ko‘ylagini yechib tashladi.

U ko‘ylagi tugmalarini bo‘shatib, bir deganda yechib tashladi. Uning mukammal tanasini, bo‘rtib chiqqan preslarini ko‘rib, og‘zim lang ochilib qoldi. O‘zimni qo‘lga olib, yelkasidagi jarohatni tozalay boshladim.

Areum: Hozir biroz achishadi.

Spirt bilan ehtiyot bo‘lib, yarani va yara atroflarini tozalay boshladim. U menga joni og‘riyotganini qancha bildirmaslikka harakat qilsa ham, o‘zi bilmay nola qilib yuborardi.

Jimin: Tiss...

Joni og‘riyotganini ko‘rib ichimdan zir ketdi. O‘pkam to‘ldi. Yig‘lash uchun tayyor bo‘lib qoldim. Yarani tikar ekanman, u qo‘lini musht qilib, chuqur ho‘rsinib oh tortdi. Boshqa chidab tura olmadim, ko‘z yoshlarim marjon-marjon bo‘lib to‘kila boshladi. Lekin ishimni to‘xtatmadim.

Vanihoyat so‘nggi yarani ustini berkitib qo‘ydim. Bu azobdan uni ham, o‘zimni ham qutqardim. Indamay narsalarni yig‘ishtira boshladim.

Jimin: Sen qanday shifokor bo‘lding? Bemor uchun ko‘z yosh to‘kasan. Qahri qattiq insonlar shifokor bo‘lishadi deb eshitgandim. Yaxshisi sen o‘zingga boshqa kasb tanla. Yoqmasa seni yig‘laganingni ko‘rib, bechora sog‘ odam ham kasal bo‘lib qolishi mumkin.

Shu gaplarini aytar ekan, biroz tabassum qildi. Birinchi bor uni kulganini ko‘rdim. Kulsa yanada yoqimtoy bo‘lib ketar ekan. Gaplaridan qonim qaynab ketdi. Nima, hozir u meni kamsitdimi? O‘z ishimni eplay olmaslikda aybladi.

Areum: Inson faqat sevgan insonlari uchun ko‘z yosh to‘kadi...

Bu gap og‘zimdan lop etib chiqib ketib qoldi. Yana qovun tushurdim. Darhol mavzuni burishga qaror qildim.

Areum: Aytmoqchidimki, siz ham kasbingizni o‘zgartirganingiz ma’qul. Aks holda bir kun sog‘ joyingiz qolmaydi.

Meni gaplarimdan jahli chiqdi shekilli, qoshlarini chimirib gap boshladi:

Jimin: Meni vaziyatim boshqa.

Ortiq u bilan suhbatlashishni istamay, gapni qisqa qilib u yerni tark etmoqchi bo‘ldim.

Areum: Unchalik chuqur jarohat emas. 3 kun yarani tozalab, bog‘ichini almashtirib tursa bas.

Jimin: Yaxshi. Mana bu — meni tashrif qog‘ozim. 3 kun bu ish bilan o‘zing shug‘ullanasan.

Nima?! U meni ustimdan kulayaptimi?! 3 kun qanday qilib uni yonida?! Undan qancha qochishga uringan sarim, taqdir uni menga yaqinlashtirib qo‘yayapti...

Areum: Nima? Nega aynan men? Bunga qarshiman. O‘zingizga boshqa doktor yollang.

U gaplarimni xotirjam tinglab turdi-da:

Jimin: Rozi bo‘lishga majbursan. Aks holda ustingdan senga biriktirilgan shifokorga arz qilaman.

Yo‘q... faqat bu emas... Bunchalar peshonam sho‘r bo‘lmasa...

Areum: Nega aynan men? O‘zingiz kasbingizni o‘zgartir demayotingizmi?

Jimin: Chunki meni tanamni qisman ko‘rib bo‘lding. Shuning uchun ham sen — har kimga tanamga tegishga ijozat bermayman. Yana bir gap, menga shifoxona yoqmaydi. Uyimga hamma kerakli narsalarni olib borib qo‘yaman.

Areum: Yaxshi...

Uf, nimalar bo‘lyapti? Shifoxona yoqmas emish. Tanasini har kimga ko‘rsatmas emish... Ro‘bot! Hissiz to‘nka!


POV Jimin
Nimaga bunday qilganimni bilmayman. Negadir unga yaqinroq bo‘lgim keldi. Uni yaqinroqdan tanib olmoqchiman. Menga nimalar bo‘lyapti o‘zi? Bu qiz bilan... ipsiz bog‘langanga o‘xshayman.