July 2

Our love story

2 qism

Kabinetning bo'y barobar katta derazalaridan shaharni tomosha qilib turgan yigit chuqur o'yga cho'mgandi.

Oxirgi payt faqat ish bilan band bo'lgani, shaxsiy hayotini o'ylashni esdan chiqarganini o'yladi. Anchadan beri dam ham olmay ishlab, ham ruhan, ham jismonan charchaganini his qildi.

Ayni damda unga yonida dalda berib, mehribonlik qiladigan insonga muhtoj edi...Shularni o'ylar ekan eshik avval taqillab, keyin sekin ochildi

Kotib: Janob Kim, biz hamkorlik qilmoqchi bo'lgan Janob Hamza bilan bog'liq yangilik bor. Ular o'zaro hamkorlikka rozi bo'lishibdi. Shartnomani imzolash uchun kompaniya prezidentlarini, ya'ni siz va Janob Kim 2kundan keyin Janob Hamzaning uyiga borishingizni taklif qilishibdi

Rm: Shundaymi, yaxshi, buni Jinga ham yetkazing

Kim Namjoon

Jin: Nimani yetkazish kerak ekan menga😁?

Jin keng tabassum qilgancha xonaga kirib kelarkan, Namjoon kotibga chiqishga ruxsat berdi

Namjoon: Janob Hamza hamkorlikka rozi bo'libdi, buni imzolash uchun 2kundan so'ng uyiga taklif etyabdi

Jin: Ouuu shundaymi, Seuldagi ikki yirik kompaniya va nihoyat, hamkorlikda ish ko'rishar ekandaa, axaxa raqobatchilarimizga rosa qiyin bo'libdi😆

Jin kulib divanga borib joylashdi

Kim Seokjin

Namjoon: Bu shartnoma ikki taraf uchun ham ancha omadli bo'lishi aniq. Bundan tashqari, u bizdan ancha yoshi katta va ishbilarmon inson. Shuning uchun ham o'zining vatani Misrda ham katta nufuzga ega, endi esa boshqa davlatlarda ham mana shunday katta loyihalarga qo'l urmoqda

Namjoon aylanma stoliga o'tirib gapini davom ettirdi

Namjoon: Bilasanmi, men Janob Hamza musulmon ekanligini eshitganimda u haqida boshqacha tasavvur qilgandim. Lekin kompaniyalar o'zaro tanishgan kuni amin bo'ldimki, u juda tartibli va xushmuomala inson ekan, yuzida ham qandaydir nur bor

Jin: Ya'ni?

Jin biroz tushunmay Namjoonga savol nazari bilan qaradi

Namjoon: Bizga media orqali musulmonlar yovuz, qattiqqo'l va qo'pol tasvirlangan shunday emasmi?! Men Janob Hamzada buni aksini ko'rdim

Jin: Balki bu shunchaki uning tabiatida bordir?
dedi va biroz o'ylanib

Jin: Aslida bu gapingni ham o'ylab ko'rish kerak, chunki doim ham mediaga ishonib bo'lmaydi

Namjoon: Mayli bularni qo'ya turaylik, o'zing nega endi kelyapsan, tushlik vaqti bo'lyapti axir?!

Jin: O'zing o'ylab ko'r, oilam Seulda emas, katta uyda bir o'zim tursam, meni erta tongda kim ham erkalab ishga uyg'otardi😆

Namjoon: Senga mazah qilish bo'lsa bo'ldiyaa, e'tiboring uchun meni ota-onam Seulda turgani bilan o'zimni shaxsiy hayotim bo'lishi uchun ular bilan yashamayman, ishga ertaroq kelish uchun esa, shunchaki inson rejali bo'lishi kerak

Jin: Axx, Janob Kim Namjoonning doimgidek ertalabgi nasihatlaridan bahra oliiing

Jin shunday degancha xonadan chiqib ketdi

2kundan keyin muhim kun, buni esingdan chiqara ko'rma!- degancha Namjoon Jinning ortidan baqirdi

Kim Kompanyasi
Namjoon va Jin birga ochgan kompanya

Ustoz: Hurmatli talabalar, imtihon kunlari bilan tanishib chiqdingiz degan umiddaman. Demak, 2 kundan keyin ya'ni dushanba kuni birinchi imtihoningiz Qur'onshunoslik fanidan bo'ladi. Faqat muammo shundaki, universitetimizning bir qismi vaqtinchalik ta'mir qilinayotgani uchun birinchi imtihoningiz universitetda bo'lmaydi, ammo qayerda bo'lishini eshitsangiz bu sizlarga juda ham yoqishi aniq- o'qituvchi jilmaygancha har bir talabaga bir-bir qarab chiqdi

Ustoz: Demak, birinchi imtihoningiz Seuldagi mashxur "Allohu Akbar" masjidida bo'ladi. Albatta, u yerga borganlar bolsa kerak, bu faqatgina masjid bo'lmay, balki, Islomga qiziquvchilar uchun maxsus darsxonalari ham bor. Siz imtihonni dushanba kuni o'sha yerda asr nomozidan keyin topshirasiz, in shaa Alloh. Hammaga omad, yaxshilab tayyorgarlik ko'ring!- o'qituvchi shunday degancha chiqib ketdi

"Allohu Akbar" masjidi

Bu xabarni eshitib xursand bo'lgan faqatgina Sumayya va Safiya emasdi, balki hamma talabalar bundan quvonardi. Chunki, bu Seuldagi eng katta va mashxur masjid. Bu yerga tashrif buyurishni o'zi katta baxt edi...💜

Keyingi 2kun dam olish kunlari bo'lgani uchun, talabalar imtihon kuni ko'rishishga kelishib xayrlashishdi. Bu kunlar mobaynida deyarli uydan chiqmay, imtihonga qattiq tayyorgarlik ko'rishdi.

Chunki, Qur'onshunoslik oson fan emasdi, savollarning aksar qismi oyatlarning tarjima va tafsiri haqida tushishini bilgan talabalar Allohdan yordam so'rab, tinmay tayyorgarlik ko'rishardi, shu jumladan Sumayya va Safiya ham..

Dushanba kuni...

Namjoon va Jin birgalikda kelishilgan kun Janob Hamzaning uyiga borishdi. Bir manzilga ketishayotgani uchun bitta mashinada ketishni afzal ko'rishdi.

Uyning darvozasi ochilib, qora mashina kirib kelarkan, eshik oldida ularni Janob Hamza samimiy tabassum bilan "Assalam alaikum" degancha kutib oldi. Namjoon va Jin biroz tushunmay bir-biriga qarab qolganini ko'rgan Janob Hamza bu holatni tushunib, darrov gapini izohladi:

HamzaBu "Sizga tinchlik va salomatlik tilayman" degani, biz musulmonlarga xos salomlashish- dedi jilmaygancha. Namjoon va Jin ham bunga javoban "tushunarli" deb keng tabassum qilib qo'yishdi.

Jin and Namjoon

Uy ichiga kirishar ekan, qandaydir yorug'lik va fayz borligini his qilishdi. Uy egasi va ikki mehmon zalga kirib markazdagi divanlarga joylashishdi. Tashqaridan keng libos kiygan, yuzida niqobi bor ayol qo'lida patnisda shirinlik va qahvalar bilan kirib keldi.

-Assalam alaikum, xush kelibsiz, safolar kelibsiz! Marhamat!- patnisdagilarni stolga qo'ydi va- Alloh boshlagan ishlaringizni xayrli va bardavom qilsin!- degancha chiqib ketdi.

Namjoon va Jinga bu iliq muhit va xush munosabatlar juda yoqqandi va ana endi o'sha kungi Namjoonning gaplari o'z isbotini topayotgandek edi.

Hamza: Bu hamkorlik tuzilishini katta tadbir qilishni xohlamadim. Dabdabani yoqtirmayman, bu uchun ma'zur tutasiz

Janob Hamza yana samimiy tabassum qilgancha

Jin/Rm: Hech qisi yo'q, biz uchun ham shunisi qulay

degancha yigitlar ham Janob Hamzani gaplarini ma'qullashdi

Sumayya and Safiya

Safiya: Sumayya bo'laqolsangchi, kech qolmaylik, taksi ham kelib qoldi

Safiya qo'lidagi telefonga qaragancha

Safiya: Ketyapman...mana

Sumayya tez oyoq kiyimini kiygancha tashqariga chiqdi, eshikni qulflab

Safiyaning oldiga yugurgilab bordi- Qani, keldimi taksi?

Safiya: Xaa...mana keldi, yuraqol

Safiya shunday degancha Sumayya bilan borib taksiga o'tirib, aytilgan masjid tomon yo'l olishdi

Safiya va Sumayyani uylari

Oradan bir qancha vaqt o'tib, kelishilgan shartnoma tuzilgach, ikki taraf ham qo'l tashlashib, o'zaro hamkor bo'lishgani bilan tabriklashdi.

Hamza: Alhamdulillah, sizlar bilan hamkor bo'lish meni juda baxtiyor etdi😊

Jin: Aslida, sizdek samimiy va ishbilarmon inson bilan tanishganimiz biz uchun juda quvonarli bo'ldi. Oilangizga esa havas qilsa arziydi😊
Jin ham xuddi shunday tabassum qilgancha

Janob Hamza: Bu hammasi Allohning izni ila Islom sharofati bilan!

Namjoon: Siz juda yaxshi musulmonsiz!

Janob Hamza: Aslida Islom juda go'zal, faqat buni ko'pchilik bilmaydi, bilsa ham tan olgisi kelmaydi, din dushmanlarining Islom haqidagi noto'g'ri talqinlariga ko'r-ko'rona ishonishadi, lekin ba'zida musulmonlarning o'zi ham Islom go'zalliklarini anglab yetmaydi va unga nisbatan dog' tushurishadi. Islom mukammal din, uni ba'zi musulmonlarning qilgan yomon ishlari sabab qoralash kerak emas. Oyga ishora qilinganda, unga qaraladi, ishora qilingan barmoqqa emas!

Janob Hamza bu so'zlarini samimiyat va shu o'rinda qat'iylik bilan gapirdi

Namjoon va Jin tabiiyki, bu gaplardan lol qolishgan edi. Sanoqli jumlalar, ammo bir dunyo haqiqatni eshitishgandek bo'lishdi, hayratlarini yashirmay bir-biriga qarab qo'ygach, hayron bo'lgancha boshlarini qimirlatib qo'yishdi. Chunki, bu gaplarga qarshi hech qanday javoblari yo'q edi. Islom haqida ma'lumotlari oz bo'la turib, bu borada bahslasha olishmasdi.

Namjoon: Keling qolgan hujjatli ishlarni bizni kompaniyaga borib hal qilsak, xodimlarni ham bundan xabardor etardik🙂

Janob Hamza qo'l soatiga qaradi va- Albatta, shunday qilsak bo'ladi, ammo uzur sizlarni biroz kuttiraman, asr namozi vaqtiga 10 daqiqa qolibdi. Men masjidga borib, namozimni ado etib, keyin sizlarning kompaniyangizga o'taman, qarshi bo'lmasangiz- dedi biroz xijolat bo'lgancha

Namjoon: Yo'q, nega endi qarshi bo'larkanmiz, istasangiz birga ketamiz, siz ibodat qilguningizcha biz sizni kutib turishimiz mumkin

Jin: Ha, Namjoon to'g'ri aytdi, bu muammo emas

Janob Hamza: Unda yaxshi, katta rahmat, yigitlar

shunday degach, birma-bir uydan chiqib, mashinaga o'tirishdi

Ular shu atrofdagi yaqin masjidga borib to'xtashdi. Janob Hamza mashinadan tusharkan
Sizlarni ko'p kuttirmayman, in shaa Alloh😊- deyishiga yigitlar yana bu chiroyli so'zlardan nim tabassum qilib qo'yishd.

Qizlar mashinadan tushib, masjidning go'zal va ko'rkamligidan ko'z uzolmay, u tomon yura boshlashdi

Sumayya soatiga qararkan, birdan ortidan kelayotgan Safiyaga qaradi

Sumayya: Safiyaaaaa, bu nimasiii, axir hali asr ham bo'lmaptiku, imtihonimiz asrdan so'ng jamoat tarqagandan keyin edikuu😩

dedi osmonga qarab bolalarcha nolib

Safiya: Nima bo'pti, senga o'xshab doim kechikib yurgandan ancha yaxshiroqku😁

Safiya kelib dugonasining yelkasidan qo'lini o'tkazib oldi

Safiya: Shoshma, asrga 5 daqiqa qolibdi, shu yerda turaylik erkaklar kirib ketgach, biz ham sekin kirib ketamiz.

deb Sumayyani to'xtatdi va yana kulgi aralash gapirdi

Safiya: Senga qolsa, shom vaqtida yetib kelardik, bu odatingni yo'qotishing kerak, bunday yurish umuman yaxshi emaaas!

Sumayya: Bilaman, bilaman, lekin buncha shoshiltirishni nima keragi bor edi, yetmaganiga taksida keldik

Sumayya endi dugonasiga savol va hayrat aralash qaradi

Safiya: Bilasanku, avtobusda yurishni yoqtirmayman

dedi Safiya atrofga qaragancha

Sumayya: Vaax, bu boyvochchani qaranglar, shunchalik puling ko'p bo'lsa, menga kitob olib beer

Safiya: Avval kitoblarga o'zim to'yib olay, keyin senga olib berishni o'ylab ko'raman😄

Sumayya: Yaa, kitoblarga tiqilib o'lib qolmaa

Sumayya kulgi aralash yuzini burishtirdi

Ikki dugona bir-biriga qarab kulishib turarkan, sal nariroqdagi qora mashina ichida ularning suhbatini qiziqish va maroq bilan tinglab, mashinaning qarama-qarshi oynasidan kuzatib turgan yigitlarni payqashmadi ham...