Eternal Bond
Dunyo qarshi chiqsa ham, yuragim baribir seni deydi. Hamma sukut qilsa ham, qalbim faqat sening ismingni jaranglatadi. Men uchun baxt — sening yoningda bo‘lish, muhabbat esa — ko‘zimni yumsam ham faqat seni ko‘rish
Mana oradan 3 kun ham o'tdi. O'sha tundan beri Jimin biror marta ham uyga kelmadi. Uni qiynayotgan, meni rad etishiga sabab bo'layotgan muommo nima ekanligini anglay olmay o'ylab o'yimga yeta olmayapman. Mendan Oldin boshqa bir insonni sevgani uni hali hamon unita olmayadgani yuragimni battar ezib tashlayapti. Nima qilay bunday vaziatda qanday yo'l tutishim kerak? Topdim eng to'g'ri yo'l Jimin bilan ochiqchasiga gaplashib olish.
Mana 3 kundirki uyga bir marta ham qadam bosmadim. Nimalar qilayapman o'zi. Undan qancha qochishga uringan sarim shuncha menga yaqinlashyapti. Unga ham o'zimga ham nohaqlik qilayapman. Bas... bugunoq u bilan hammasini bir boshidan gaplashib olaman..
Jimin uyga kelib Areumi bilan gaplashish maqsadida zinalar orqali yuqori qavatga qizni ismini aytib chaqirgancha ko'tarila boshlagan edi hamki chalingan eshik qo'ng'irog'i uni ortga qaytishga majbur qildi. Hafsalasi bir bo'lgan Jimin boshini ortga tashlab chuqur uh tortdi va eshik tomon yo'naldi
Pochtachi : Hayrli kun janob menga Park Jimin kerak edi
Pochtachi : Mana bunga ham imzo chekib bersangiz.
Eshik ochib qo'lida allaqanday konvert ko'tarib turgan pochtachini ko'rdim. Hujjatga imzo chekishimni aytib konvertni menga berib hayrli kun tilab keyingi manzili tomon ketdi.
Pochtachi : Kuningiz hayrli o'tsin
Eshikni yopib menga kelgan o'sha ismi ham yozilmagan sirli konvertni ochishga oshiqdim. Butun tanam hayajondan qizib qo'llarim qaltiray boshlayapti. Ko'nglim nimanidur sezyapti... Ishqilib hammasi yaxshilikka bo'lsin.
Titrayotgan qo'llari bilan arang konvertni ochdi. Konvert ichidan bir dona surat va kichik qog'ozga xat bor edi. Jimin butunlay shok ahvolga tushdi. Chakkasida kuchli og'riq turdi. Qulog'i eshitish teshiklari berilib chiqib g'alati chiyillagan ovoz eshita boshladi. So'z orqali yetkazib bera olmaydigan hissiyotlariyu so'zlarni Tim qora ko'zlaridan yalt etib dumalab tushgan achchiq alamli ko'z yoshi orqali ifoda etib berardi go'yo. Ko'zlarini yumib chuqur nafas olib chiqardi. Tanasidagi saqlanib qolgan bor kuchini to'plab otilgancha eshikdan chiqib ketdi.
Gapim uni ismini aytgancha gapim og'zimda qoldi. U bilan gaplashib olmoqchi edim. Axir o'zi ham ismimni aytib chaqirayotgan ediku. Xammasiga o'sha unga kelgan xat sababchi bo'lsa kerak. Xatda nima yozilgan ekanki Jimin hayajondan to'lib toshib shoshgancha menga e'tibor ham bermay uyni tark etdi. Balki o'sha qiz. Yani Jiminni sevgan qizi qaytib kelgandur. Jin ursin uni ortidan borishim kerak edi Ammo u allaqachon ketib bo'ldi. Asabiylashib nima qilarimni bilmay turgan vaqtim yerda yotgan allqanday suratga ko'zim tushdi. Tezlik bilan suratni qo'limga olib ko'zdan kechirara boshladim. U yerda bir bog' tasvirlangan. Surat ortida esa "sevgimiz guvohi" deb yozilgan. Bundan chiqdi Jimin o'sha yerga ketayapti. Albatta u qiz ham o'sha yerda bo'ladi. Bugun hammasiga yakun yasaladi. Jimin tanlov qilishi zarur. Meni tanlash ehtimoli 1% bo'lsa ham yurak yuragimdan meni tanlashiga ishonyapman. Iltimos hissiyotlarim adashmagan bo'lsin. Sumkam telefonimni olib taksiga o'tirib o'sha bog' tomon harakatlandim. Fikri ro'yimda faqatgina bir savol Jimin meni tanlamasachi?
Pov Jimin
Konvertni ochishim bilan surat va kichik xatga ko'zim tushdi. O'sha menga yod bo'lib ketgan husnihat. Bizning sevgimiz boshlangan va yakunlangan bog' surati bilan. To'mog'imga qattiq narsa tiqildi. Nafas olishim qiyinlashdi. Naxotki.. Shuncha yil o'tib....
Vadangizni unitmagansiz deb umid qilaman..... Sizni kutaman...
Jimin manzilga yetib keldi sal o'tmay Areumi ham uning ortidan taksidan tushib keldi. Jiminni ko'rdi va ortidan ehtiyotkorlik bilan kuzatib bordi. Jimin bog'ning chetroq qismiga yani daraxtlar Ko'p qismiga bordi. Ulkan daraxtlar tagi yashil maysalar bilan qoplangan. Yaxshilab etibor berib qaralsa daraxt po'stlog'iga o'yib yozilgan jufliklar ismiga ko'zingiz tushadi. Jimin ham bir daraxt oldida to'xtadi. O'ylashimcha u daraxt ularniki. Yani sevgilari guvohi ismlarini birga yonmayon o'zida saqlab turgan galareya. Menga qolsa shu daraxti o'z qo'llarim bilan chopib tashlardim. Mayda mayda qilib o'tin qilib o'sha qizga qo'shlib qoqqan bo'lardim. Afsus buni iloji yo'q. Meni ko'rib qolmasliklari uchun daraxt ortiga o'tib sekin poylay boshladim.
Areumi : Jin ursin. Qayerda qolda. Kelsa kela qolmadi.
Kutilgan daqiqalar ham yetib keldi. Bo'ylari o'rtacha oriqqina qora sochli qiz Jimin qarshisida to'xtadi.
Areumi: Xh. Tavba Jimin bu qizni nimasini sevgan. Quruq suyakdan iboratku.
Pov Jimin
Hammasi o'sha o'sha lekin qandaydur baribir boshqacha. Eski hotiralarni eslab o'sha Men necha yillar mobaynida kutgan. Hamma qizlarni rad etishim sababchisini kutib turar ekanman.Zum o'tmay U qarshimda paydo bo'ldi. Ancha o'zgarib ketibdi. Yuz tuzlishi bari bari o'sha o'sha ammo ko'zlari. Men sevgan ko'zlar, Men kutgan insonim emasdi.
Jilmayib yigitga qo'l uzatgan qizni bir zum o'tmay Jimin quchog'iga oldi. Qo'yib yuborsa uni yana tashlab ketishidan qo'rqanday mahkam quchib alamli uztirobga to'la ko'z yoshlariga erk berdi. Qiz ham javoban Jiminni quchdi. Biroz shunday turishdi va Jimin qizni o'zidan ajratdi yuzlariga tushib turgan tutam sochlarini qulog'i ortiga o'tkazib qizni lablari bilan o'zinikini birlashtirdi. Qiz ham hech qanday qarshilik u ikkilanishlarsiz Jiminga hamnafas bo'lib javob qaytara boshladi. Ularni daraxt ortida kuzatib turgan Areumining qalbi 100 zarracha bo'linib parchalanib ketdi. Inson sevgan insonni hatto birovlarning nazaridan qizg'onadi. Yuraging uni deb ursayu uning qalbi ruhi borlig'i o'zgasiga tegishli bo'lsa. Bu faqat boshidan o'tkazgan odamgina tushina olad
Areumi : Birgina Birgina umidimdan ham ayrildim. Ular quchoqlashgandaku o'zimni arang bosib turdim lekin keyingisi o'tib tushdi. Hozirni o'zida o'sha qizni ayoqlarim ostiga olib tepkilashga Jiminni barmoqlari kezgan sochlarini bittalab yulishni istayman. Ammo.. Keyinchi.. Nimaga ham erishardim. Jimin u qizni sevsa. Hatto yoq payti ham hiyonat qilmadi. Alam qilayapti. Uni yonida doim Men bor edim. Nahot u shularni ko'rmadi. Yig'lamaslik uchun arang o'zimni tutib turibman. Ko'ksimda qattiq og'riq turdi. Ko'z kosam namlanishni boshladi. Undan nimam kam edi. Hammadan Hamma narsadan ortiq sevardimku. Nega nega.... Nima uchun.. Nega meni sevmadingiz sof beg'ubor sevgimni o'yinchoq qilib nimaga erishmoqchi edingiz. Qiz bola uchun eng og'iri bu sevib sevilmaslik qadrlanmaslik. Nega doim meni imtihonim shunday. Meni sevadigan qadrlaydigan biror inson bormi bu dunyoda. Oyijon sizni sog'indim. Qarang qizingizni nima ahvolga solishdi. Boshqa bu bemani yoqimsiz manzarasi ko'rishni istamay u yerni tark etdim. Butunlay holsizman. Ham ruhan ham jismonan. Hammasi tugadi bu yerda qolishimni hojati yoq. Narsalarimni yig'ishtirish uchun uyga borishga qaror qildim. Jimin kelgancha uyni uni hayotini ham butunlay tark etaman.
Oyoqda zo'rg'a turibman. Qancha o'zimni tutishga harakat qilmay ichimda to'fon misol hislarim bosh ko'taryapti. Madorsiz qaltirayotgan barmoqlarim bilan eshik qo'ng'irog'ini chaldim. Jiminni oyisi yani holam meni ochiq chehra bilan kutib oldilar
Park xonim : Kel qizim. Hush kelibsan. Senga bir srpriz bor. Mehmonhonada kutyapti
To'g'risi javob berishga ham kuchim yoq. Shu sababli javob o'rnida mayin jilmayib mehmonxona tomon harakatlandim. Ortiqcha srprizlarni ko'taradigan ahvolda emasman. Bugungisi kop asrga tatiguvlik boldi.
Ichkariga kirdim. Divanda o'tirib hotirjam qahva ichayotgan yigitni ko'rib hayratim 2 barobar oshdi. Qanaqasiga?
Meni ko'rishi bilan qo'lidagi qahvani stolga qo'ydi va o'sha Men anchadan beri eshitmagan yo'g'on qandaydur Yoqimli ovozi bilan ismimni talafuz qildi
Zimdan unga termulib turdimda Qaltiroq bosgan ovozda dedim
Arang ushlab turgan ko'z yoshlarimga axiyri erkinlik berdim. Daryo misol yanoqlarimni yoshlarim yuvib tashlayotganini ko'rgan yigit shahtam qadamlar bilan oldimga kelib yupatish maqsadida meni bag'riga bosib sochlarimni siladi. Hozir ayni daqiqada Men suyana oladigan yagona inson bu Jin edi. Bu o'sha mening Ilk bo'sam sohibi.
Yigitni qattiq bag'rimga bosib ichimdagi bor alamlarimni to'kib o'ksinib yig'ladim. Bundan yigitni battar vahima bosdi va yuzimni o'ziga qaratib yanoqlarini baquvvat kaftlari orqasiga oldi. Shu on ko'zlarimiz to'qnashdi.
Jin : Tishhh. Hammasi joyida. Kechir meni. Senga hech nima demay tashlab ketganim uchun bunga fursat topa olmagandim. Ammo seni o'ylamagan biror kunim daqiqam ham bo'lmadi. Mana shu yig'idan qizarib ishib ketadigan puchiq burningdan tortib bol kabi totli birinchi bo'lishimga imkon yaratgan lablaringacha.
Barmoqlarini mohirona tarzda yanoqlarimdan lablarim tomon olib bordi. Yana shoshqaloqligim tutim yuziga kaftimni bosib oyoq uchida turib lablarimizni birlashtirdim. Boya ko'rgan maznzaramni alamini olardim go'yo. Jimin qanday ehtiros bilan u qizni o'pgan bo'lsamen undan 2 barobar qildim. Borgan sari kirishib ketib qoldim shekilli Jin meni to'xtatib
Jin: Men ham seni juda qattiq sog'inganman. Lekin bu yerda bo'lmaydi. Bugunoq Seulga uchib ketamiz. Shunda hohlaganingcha lablarimni qiynashinga ruhsat beraman .
Kulib sochlarimni asta silab meni yana bag'riga bosdi. Qilgan tentakligimni endi anglab yetdim. Shu shoshqaloqligim o'ylamay qaror qabul qilishim ortidan shunday ishlar boshimga tushib yuribdi. Biroz shunday turdik. Ancha tinchlangandekman. Jin yana meni bag'ridan boshatdi va meni savolga tutdi.
Jin: Men yo'qligimda hech qanday tentakliklar va ko'ngil yozishlar qilmagansan deb umid qilaman.
Shu payt o'tgan o'ylar ichidagi sarhusht bo'lib qilgan barcha tentakliklarim ko'z o'ngimda gavdalana boshladi
Men shunchalik hunukmanmi yoki tikonim bormikin? Mendan Hamma yigitlar qochib ketaveradi. Hx qara hatto seni haaammm yigiting bor. Ha ha ha. Qah Qah otib kulib akvarumidagi baliqlarga qarab
Qani o'tkirrog'idan. Bayram ertalabgacha bo'ladi. Bu yer juda sovuq. Isitish uchun nima qilamiz. Albatta raqs tushamiz. Qani olg'a...
Stol ustiga chiqib olib boshini chap va o'ng tomonga galmagaldan burib berilib raqs tushardi
Hoy menga qara alvasti Mana shu qimmat upa chaplab olgan yuzingni hattoki Dunyodagi engmahoratli kosmetolog xrurk ham to'g'irlay olmaydigan ahvolga keltirib qo'yaman
Qizlar xojatxonasida bir qizni yoqasidan
Ichim olib qilgan ishlarimni eslasam sanog'i ko'rinmadi.
Bularning orasida Jimin bilan o'tganlarini eslab beixtiyor yana ko'zim yoshlandi.
Jin: Faqat yig'lama. Iltimos. Shunchaki Tushkunlikka tushgan vaqting ichimlik ichasan.
Shunday paytlarda seni yolg'iz qoldirganim uchun seni rashk qilganim uchun aytgandim. Bu jinnilarcha qiliqlaringni barcha erkaliklaringni faqat meni oldimda Men uchun qilishingni istayman
Ko'zyoshlarimni artayotgan yigit qo'llarini ushlab asta jilmaydim
Areum : Yoq yoq hammasi joyida
HAQIQIY kuchli erkak ayol kishini ko'z yoshlarni artgan va uni yig'lashiga yo'l qo'ymagan erkakdir.....
Xonamga kirib barcha buyumlarimni yig'ishtira boshladim. Shu on Jimin bilan bog'liq barcha xotiralar ko'z o'ngimda gavdalana boshladi. U bilan o'tgan har bir kun soat daqiqam bari unitilmas. Umrim so'ngiga qadar hotiramning eng go'zal yerida saqlanib turadi. Taslim bo'ldim. Meni sevmagann qadrimga yetmagan butun borlig'im hayot manbaim bo'lgan o'sha toshbag'ir uchun kurashda.. Ha Men yutqazdim... Qancha urinmay baribir befoyda. Hech kimni majburlab sevdirib bo'lmas ekan. Bir tomonlama sevgida kurashda doim sevgan inson yutkazadi. Shuni bilib turib bu yo'lga chiqdim. Hato qildim. Bir kuni sevib qolar deb qattiq adashdim. Qaniydi shu qizni so'g'inganchalik meni ham soginsa bir on bo'lsa ham unga qaragan ko'zlari bilan menga ham boqsa. Armonlarim ro'yhatiga yana bir ism qo'shildi. Tabriklayman Beak Areumi
Park xonim : Qizim o'zingni ehtiyot qil. Senga juda o'rganib qolgandik.
Xolamning ko'zlaridan oqayotgan marjon yoshlarni ko'rib beixtiyor mening ham ko'zlarimga yosh to'ldi. Yanoqlarini asta silab biroz jilmayib yoshlarni artib tadshladim
Areumi : Hamma hammasi uchun rahmat. Men ham sizlarga o'rganib qolgan edim. Sizlarni qattiq sog'inaman.
Xolam bilan qucholashib ancha Vaqt turdik. Jinning tomoq qirishidan istar istamas birbirimizdan ajraldik.
Jin: Hammasi uchun katta rahmat..
Park xonim : Qizim Jimin kelishini kutsang bo'lardi. U bilan xayrlashib olmadingiz ham.
Jimin degan so'zni eshitishim bilan butun tanam titrab ketdi. Xayrlashish va Jimin bu ikki so'z mening hayotim asosiy mazmuni. Doim sevgan insonlarim mendan uzoqlashdi. Nahot shunday beshavqat taqdirga loyiq bo'lsam. O'zimni arang ushlab turibman. Jimin o'sha qiz bilan qilgan ishlari dunyolarni boshimga qulatdi.
Areumi : Biz reysga kechga qolamiz. Yana bir bor rahmat. O'zingizni ehtiyot qiling
Jin bilan Xolam va amakimga qayta tashakkur bildirib tazim qilib hayrlashdik. Jin yelkamga qo'lini qo'yib olib ora orada quchib qo'yardi. Mashina oldiga yetib kelganimizda iltifot bilan eshikni ochib berdi. Bu vaziat menga yana Jiminni eslatdi
Mashina eshigini iltifot bilan ochib nim tabassum qildi... Qiz o'tirib joylashib olgach mashina eshigini ham o'zi yopib haydovchi o'rindig'iga joylashdi. Kalitni tiqib mashinani asta harakatga keltira boshladi.
Asabiylashib mashina kamarini taqa olmay hunob bo'layotgan qizga qarab kulgacha
Jimin : Hali mashinani kamarini ham taqa olmayman degin. Oddiygina mashina kamarini taqa olmaydigan qiz qanday qilib mashina boshqarasan
Areumi: Kim aytdi meni mashina haydaydi deb
Jimin : Nega endi haydamas ekan san. Tassavur qil moboda kelajakda farzandlarimizni bog'cha maktabga qanday olib borib kelasan. Men doim ish bilan band bo'laman.
Areumi: Mm. Unda meni va farzandlarimizni o'ylagan holda bizga bitta haydovchi yollaysiz
Jimin : Yoq yoq bunaqasi ketmaydi. Haydovchi qayerga borsang doim sen bilan bo'ladimi. Menga tegishli ayol oldida menga ajratiladigan vaqtni og'irlab. Senga yomon ko'z bilan qarasachi.. Hech qanday bahonalarga o'rin yoq. Albatta mashina haydashni o'rganasan
Shu suhbatni eslab alamli ko'zyoshlarim quyilib kela boshladi.Bir onlik kelajak uchun qilingan shirin orzular. Bari sarobga aylandi. Jin biror nojoyi ish qildimmi deganday menga tikilib turardi
Mashinada sovuq sukunat hukmron meni qiynab kelayotgan savollarga bir chekkadan javob olishga qaror qildim
Gapimni tugatishga ulgurmay gap nimadaligini payqagan Jin hotirjam gap boshladi
Jin : O'sha kuni seni yotoqqa yotqizib bo'lgach menga qo'ng'iroq bo'lib qoldi. Otamni amerikadagi kampaniyasi kasotga uchrayotgan ekan. Zudlik bilan u yerga uchib bordim. Ahvol o'ylaganimdan ham og'irroq ekan. Ishga ko'milib ketdim. Senga qo'ng'iroq ham qila olmadim Ammo har bir qadamingdan habar dor bo'lib turish uchun ortingdan odam qo'ydm. Biror tentaklik qilib qoymasliging uchun. Qo'rqan narsam sodir bo'ldi. Bu ish chuqurlashib ketmasidan Oldin seni olib ketgani keldim. Sevgan insonimni o'zgasi deb yonib kuyishi qadrsizlanishini ko'rish Men uchun og'ir
Jinning gaplaridan butun tanamda uvishishni his qildim. Ikki o't orasida qoldim. Jimin oldida qadrsiz bo'lganim kamdek Jinning ham oldida uyatli ahvolda qoldim. Sen kimga zorsanu kimlar senga zor..
Areumi : Haligi akam. Unga hech nima aytmadik
Jin : eng birinchi akang bilan gaplashdim. Senga uylanmoqchi ekangligimni aytdim. Otang ham to'yga rozi. Seulga borishimni bilan 3 kun ichida to'y qilamiz. Cho'zib yurishdan foyda yoq. Ho'sh biror narsa demaysanmi nega jimsan?
Areumi: Xayotimni hal qilib bo'libsizlar. Yana nima dey. Mening gapim bilan bir nima o'zgarib qolarmidi?
Jimin : Ho'sh hayoting qanday.
Nimalar bilan bandsan
Jimin bilan Jihyee bog'dagi o'rindiqlardan birida yonma yon bir so'z aytmay yerga termulgancha hayol surib o'tirishardi. O'rtadagi og'ir sukunatni Jimin buzdi
Jihyee: o'qishim ohirlab qoldi. Bir yigit bilan tanishim. Yaqinda to'yimiz
Jihyee : Jimin mendan hafa emasiz to'g'rimi?
Hijolat bo'lib o'zini aybdordek his qilardi.
Jimin : bilasanmi senga nisbatan hislarim hali ham osha osha deb o'ylagan edim. Ammo adashibman. Hislar ham Vaqt o'tib o'zgarar ekan. Eslaysanmi o'sha kun senga Vada bergan edim
Qiz boshini ha deganday qimirlatdi
Jihyee: Jimin otam Bizni parijga olib ketyaptilar. Siz bilan hayrlashish uchun keldim. Balki kun kelib yana qayta ko'risharmiz
Qizni gaplarini Jim tinglab turgan yigit uni mahkam bag'riga bosdi
Jimin : Vada beraman. Seni qancha bo'lsa shuncha kutaman. Yuragimga Sendan o'zgasi kirishiga yo'l qo'ymayman.
Yigitdan o'zini ajratgan qiz so'ngi bor barmoqlari yordamida Jiminning avval sochlarini keyin yuzini mayin siladi
Yig'lagancha yugurib u yerni tark etdi
Jm : Men qo'limdan kelgancha vadamni bajarishga urinayotgan edim toki u Hayotimga kirib kelmaguncha. Bilasanmi u huddi kitobga o'xshaydi. Qiziqarli har bir sahifasini o'qiganing sari qiziqishing ortib boraveradi. Vadam tufayli uni Ko'p marotaba rad etdim ko'nglini og'ritdim. Endi bunday qilishimga hojat qolmadi. Yuragim tub tubiga ko'mishga urinayotgan sevgimni yashnatish vaqti... Baxtli bo'l Jihyee. O'zingni ehtiyot qil
Jimim shu so'zlarni aytib u yerni tark etdi mashinaga o'tirib to'g'ri uyi tomon yo'l oldi.
Jm : Endi hammasini tan oladigan Vaqt keldi. Ha... Seni sevaman. Men seni sevaman Beak Areumi
Quvonganidan sevishni baralla aytib tabbasum qilib uyga shoshilardi
Jm : Ozgina qoldi. Endi Bizni yo'limizga hech Kim to'siq bo'la olmaydi. Seni butunlay o'zimniki qilaman va hech qachon qo'yib yubormayman
Jimin uyga yetib kelib bor ovozida Areumini ismini aytib chaqirib uyni har bir burchagini ko'zdan kechirardi
Park xonim : Jimin o'g'lim. Nima gap tinchlikmi?
Jm : oyi Areumi qayerda.. O'qishga ketdimi? Yoki xonasidami
Park xonim o'g'liga nima deyishini bilmay qoldi. Sevgidan olov misol yonib porlab turgan ko'zlarini g'amginlik egallab olishidan qo' rqardi.
Jimin : Nima Areumi. Unga biror nima bo'ldimi. Aytsangizchi ahir
Borgan sari toqati tog' bo'lgan yigit asabiylashishni boshladi
Bor kuchini to'plab gapirishga aht qildi
Jimin : Nima. Qanaqasiga qayerga ketadi
Park xonim : Sevgan yigiti kelib olib ketdi. 3 kundan so'ng to'yi bo'lar ekan Bizni ham to'yga aytib ketishdi
Jm : Qanday yigit qanaqa toy. Nimalar deyapsiz o'zi. Axir. Axir Men uni sevamanku. Qanday qilib meni tashlab keta oldi.
Bir og'iz so'z ham aytmay yuqori qavatga ko'tarildi. To'g'ri Areumni xonasiga kirdi. Xar bir burchak har bir detal uni eslatadi. Qani endi yana so'roqsiz xonasiga kirganidan norozi bo'lib yostiq bilan quvlasa. Turili hazillar qilib qo'shiq aytib raqs tushib bersa. Xonaga termulib turib u bilan barcha hotiralarni ko'z o'ngida jonlantirdi. Yotoq ustida buklangan qog'ozga ko'zi tushdi yugurib borib ichidagini o'qiy boshladi.
Qalbim sohibi... Siz bu xatni o'qir ekansiz Men allaqachon bu yerni hayotingizni butunlay tark etgan bo'laman. Sizni doim hammadan ko'proq yaxshi ko'raman. Menga bergan yoqimli hotiralaringizni o'zim bilan birga olib ketayapman. Oz muddat bo'lsa ham yoningizda baxtiyor quvonchi his qilib yashadim. Buning uchun sizga katta rahmat. O'sha siz sevgan dunyoning eng baxtli qizi bilan baxtli saodatli bo'lishingiz tilakdoshiman. Uzoq yillik ayriliqdan song nihoyat sevgingizga erishdingiz. Siz uchun hursandman. Nafas olib turganingizni bilishning o'zi Men uchun katta baxt. Kim bilan qayerda birga bo'lishingizni farqi yoq. Muhumi baxtli bo'lsangiz kifoya. Mendan havotir olmang Jin yani men osha birinchi bosamni berib qoygan yigit bilan birga man. U menga yaxshi g'amxo'rlik qiladi.
Abadiy qalbim sizga tegishli. G'oyibona quchib qoluvchi oshig'ingiz Areumi....
Jimin xatni o'qir ekan butun tanasini titroq qopladi. Qilgan nohaqliklari xatolarini eslab yuragi orqaga tortib ketdi. Eng muhumi endi topgan sevgisidan ayrilish uni cho'chitardi. Xatni hidlab chuqur ho'rsindi
Jm : sevgiga endi yetay deganimda meni sendan ayira olishmaydi.
Areumi : Yongi siz bilan gaplashib olishimiz kerak
Jin: mashinani yo'l chetga olib to'xtatdi
Areumi : Katta baxtsizlikni oldini olmoqchiman. Men Jiminni sevaman. Mayli meni sevmasin o'zgasini desin Ammo u menga kerak. Sizga ham butun umr nohaqlik qila olmayman
Boshni boshqa tarafga burib hotirjam gapirardi
Areumi: Men ortga qaytmoqchiman
Jin: yaxshi faqat bitta shartim bor hohlasang so'ngi iltimos deb tushun
O' sha kungi bo'sani takrorlay olasanmi
Yigitni gaplarini eshitib ichimdan ho'rligim keldi. Boshini o'zim tomonga burib lablarimni uning keng nam lablariga bosdim. Bir zum o'tmay bo'salarimga javob qaytara boshladi. Mashinani kamarini yechib meni o'ziga yanada yaqinlashtirish maqsadida tizzasiga o'tkazdi. Ko'zimdan yoshlarim duv duv to'kilmoqda. Uning ahvolini juda yaxshi tushunaman sevib sevilmaslik qanday og'ir bo'lishini menchalik hech Kim bilmasa kerak. Jinning ko'zlaridan ham achchiq alamli ko'zyoshlar oqardi. Ohirgi bor labimga tishini qattiq botirib meni o'zidan uzoqlashtirdi va
Hali hamon uning tizzasiga yig'idan qizarib ishim ketgan ko'zlarim bilan meni avf etishini so'rab yalingandek termulib o'tiribman
Jin : Tezroq ket bo'lmasa fikrimdan qaytib qolishim mumkun
Tezda o'zimni yig'ib olib mashindan tushdim
Areumi : Albatta sizni chin dildan sevadigan qizni uchratasiz. Bunga ishonchim komil
Indamay mashinani o't oldrib ketib qoldi.
Jimin mashinani bor tezlikda haydab ora orada Areumiga qo'ng'iroq qilardi. Undan javob bo'labermagach battar asabiylashishni boshladi
Jm : ming lanat nega javob bermayapti
Qo'lidagi telefon oyog'i ostiga tushib ketdi shu payt Areumj ham qo'ng'iroqaa javob berib qoldi
Areumi: Jimin sizda muhum gapim bor
Jimin telefonni olib bir jumla aytishga ulgurdi qarama qarshi kelayotgan mashina Jiminning mashinani bilan to'qnashib ketdi
Jm : SENI SEVAMAN AREUMI SENI SEVAMAN......
AREUMI : Jimin.... Jimin... Sizga nima bo'ldi eshityapsizmi. Sevgilim iltimos biror nima deng
Telefonimga qarasam Jimindan tinmay o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar bilan to'lgan ekan. Endi qayta qo'ng'iroq qilaman degan vaqtim o'zi yana aloqaga chiqdi. Uning og'zidan birgina jumla chiqishga ulgurdi u ham bo'lsa
Hamshira : Bemor avtohalokatga uchragan Ko'p qon yo'qotgan
Doktor : Zudlik bilan apertsiyaga tayyorlang
Doktor aytgan barcha Kerakli buyumlarni hamshiralar taht qilib uzatib turishardi
Hamshira : Doktor bemorni qon bosimi tushib ketayapti uni yo'qotayapmiz.
Yurakka tok beruvchi apparatni bir biriga shqalab Jiminning ko'ksiga bosdi
Qancha urunmasin uning ahvoli o'nglanmas Jiminga ulangan apparatdan chitilagan ovoz chiqardi. Bu yurak to'xtaganidan dalolat....