February 9

𝗖𝗿𝗶𝗺𝗶𝗻𝗮𝗹 𝗟𝗼𝘃𝗲 𝟭 𝗤𝗶𝘀𝗺

Pov Yn
Boshimning ogʻrigʻidan qattiq baqirib yubordim. Boshimni ushlashga harakat qilardim... ammo qoʻl-oyogʻim jonsiz qolgandek edi. Yuzlarimni sovuq ter bosgandi. Men qayerdaligimni tushunmasdim. Koʻzlarimni ochdim...qorongʻu yerdaligim sababli hech qayer koʻrinmasdi. Majburan qayta koʻzlarimni yumdim. Yer shunchalar sovuq ediki, hech qayerimni sezmasam ham muzlab borayotganimni his qilardim...
Men nimadir qilishim kerak edi. Shunchaki jim yotolmasdim. Baqirmoqchi boʻlardim ammo ovozim ham chiqmasdi

-Hey kim bor? Meni kimdir eshityabtimi?🗣️...) Men bor kuchimni toʻplab baqirdim va koʻzlarimni qayta ochdim. Avval eshik gʻiyqillab ochildi, soʻng eshik ortidan kichik nur xonani yoritib, koʻzimni achishtirdi

-Nihoyat Beak xonim koʻzingizni ochdingizmi?..) Eshikdan kirgan odamning kesatiqli ovozi eshitildi

-kim bu?

-😆) dorining dozasi juda koʻpayib kettimi Beak Yn...) u avval tentaklardek kulib, soʻng ism sharifimni dona dona va urgʻu berib gapirdi

-hatto meni ham tanimayabsan...) birdan jiddiy tortdi

-...)men xotirlashga urindim. Ammo boshimning orqa qismidagi kuchli ogʻriq bunga yoʻl qoʻymasdi

-demak eslolmayabsan. Yaxshisi yaqinroq kelaman... Balki meni kimligimni bilarsan..) u yorugʻlikka yaqin keldi. Men uni qoʻlini toʻliq koʻrdim va koʻzlarim qizarib, ich-ichimdan gʻazablana boshladim... Bu oʻsha qoʻl va oʻsha tatu edi

-sen... Seni deb..) men asabiylashib joyimdan qoʻzgʻaldim. Qandaydir kuch bilan oʻrnimdan turdim-u, uni oldiga yetmay yana yeqildim

-yoʻq yoʻq... Beak Yn senga mumkin emas..) meni yelkamdan ushlab oʻziga qaratdi. U doimgidek qora niqobda edi. 180dan ortiq odam oʻldirgan, ammo umuman ushlanmagan odam. Yer yuzida bunchalik qonxoʻr maxluq boʻlmasa kerak

-Ming.... Laʼnatlar boʻlsin senga 😡

-xa va nihoyat. Oʻrtoq komandir Beak Yn. Nihoyat meni taniding...😆..) U yana telbalardek kuldi

-yo komandir emasmiz... Balki endi politsiyachi ham emasdirsan

– men seni hech qachon unutmayman...

-hursandman. Unuttira olmaydigan darajada ekanman. Men bundan bagʻoyatda hursandman

-mendan nima istaysan?

-bu savolni oʻzingga ber komandir... Mendan nima istaysan?

-seni

-bilaman chiroyliman... ammo sendek qiz meni oʻziniki qilolmaydi afsusdaman

-axmoq... Menga seni azoblash kerak. 180ta odamni qanday azoblab oʻldirgan boʻlsang sen ham shunday azobni his qilishing kerak

-xa tushunarli. Menimcha sen barchasini sanamading komandir...)u telefonini yoqib yangiliklarni, jurnalistdek oʻqiy boshladi

-Yana 19ta jasad kuni kecha soat 22⁰⁰lar atrofida "Moon life" kafesidan topildi. Ularni shaxsini aniqlanganda ular militsiya xodimlari va komandir Song Teaminning maxsus ish uchun unga yordamchi etib berilgan maxsus guruh boʻlgan. Qolaversa komandir Beak Yn ham bedarak yoʻqolgan. Buni kim sodir etgani haqida hech qanday dalillar ham guvoh koʻrsatmalari ham yoʻq. Hoʻsh bularni kim qildi? Aybdor kim? Ekspert va Seul militsiya xodimlari bu haqida izlanishlar olib borishmoqda. Hodisa haqida Seul_news kanali orqali bilib olasiz va bizdan uzoqlashmang...

-JIN URSIN SENI 🗣️😡...) men bor kuchim bilan turib, unga musht tushirdim. U meni tezligimni sezmay qoldi va menga chap berolmadi. U labidagi qonni artib, kuldi. Bu kulgu meni jinni qilayotgandi

-Kuching yetarlicha koʻp ekan komandir. Mayli sen mexmonsan...mexmonlarni xafa qilib boʻlmaydi...) Jeon eshik tomon oldiga bordi

-Yana koʻproq bizni mexmonimiz boʻlasiz komandir Beak Yn ....) Jk shunday deb eshikni qarsillatib yopdi. Men tik turgan holatdan kuchsizlanib yana yerga ogʻir yeqildim. Hamma yerim ogʻriqdan jonimni ogʻritardi. Kuch toʻplab turishga harakat qilardim... Ammo tanam oʻzimga boʻysunmasdi. Men taslim boʻldim. Zax yerda yotgancha kech boʻlganlarni esladim va qattiq yegʻlab yubordim

Flashback

24 soat avval. Seul politsiya boshqarmasi 👮

-bu aniqmi? U aniq shu yerga keladimi?) YN hamkasbi Song Teamin bilan boshqarmaning oshxonasida gaplashardi

-100% deyolmayman

-bilasan Teamin meni osonlikcha u yerga yuborishmaydi. Bizga aniq maʼlumot kerak... Bundan tashqari buni qayerdan bilding?

-uni kuzatdim...

-nahotki payqamadi... Senga qanday ishonay

-yaa Yn! Men Jeon bilan mafia Chen uchrashuvi haqida telefonda gaplashganini eshitdim

-qanday?

-uni telefoniga ulanganman

-buni bilsa seni oʻldiradi

-men undan qoʻrqmayman

-xexxee 😆 qoʻysangchi. Oldingi safar oʻq menga teggan boʻlsa ham sen baqirib
yegʻlaganding 🤣

-hechamda

-xa bunday paytlarni eslolmaysan... Yolgʻon gapirishga urinma!

-yaxshi. Men qoʻrqqanman... Chunki seni qoning meni yuzimga sachragan 😒

-qondan qoʻrqsang qanday qilib bu yerda ishlayabsan

-bu gaping bilan seni ishdan boʻshataman demoqchimisan 😠

-boʻldi qizishma hazillashdim 😁

-sen hamon kulishda davom etyabsan 😠

-nima kulishim mumkin emasmi?) Yn ovqat idishlarini koʻtarib katta stol oldiga olib bordi va ortidan Teamin ham ergashdi.
Ular oshxonadan qorongʻu xonaga borishdi. Bu Ynni xonasi edi
Bir tomonida shisha devor. Devorga rasmlar yopishtirilgan, rasmlar usti qizilda chizib tashlangan

-yaxshi... Chen Hwan..) Yn xonaga kirishi bilan kompyuterdan Chen Hwanni rasmini chiqardi va oynali devorga yopishtirdi

-Chen Hwan 42 yoshda. Koreyaning katta bozorlarida tadbirkor. Ammo xaqiqiy ishi narkotika. Mafia hamda Amerika qoʻshma shtatlariga bundan tashqari 10 dan ortiq davlatlarga narkotik modda yetqazib beradi. Va yana u qurollarni yoqtiradi. Shu sababli uni 500 xildan ortiq qurol kolleksiyasi bor. Qirol omborlari 2 ta. Ular shunchalik qattiq qoʻriqlanadiki, hatto pashsha ham kirolmaydi... Ammo janob Jeon buni uddaladi va 1 kechani oʻzida 2 ta omborini boʻshatdi

-qanday tezkorlik 🤩

-jim boʻl Teamin. Sen miyyangni joyiga qoʻyib, ular nima sabab uchrashayotganini topishing kerak. Qanday qilib 2 dushman restaranda shunchaki uchrashishi mumkin...) Yn oynali devorga qaragancha oʻylanib qoldi

-qandaydir kelishuv qilmoqchidir

-qanday kelishuv? Jinoyatchi va hamma narsaga qodir Mafia oʻrtasida qanday kelishuv boʻlishi mumkin

-demak kelishuv emas

-kelishuv... Men bilaman qanday kelishuvligini

-qanday?

-oʻylab koʻr

-Yn bilasan men topishmoqlarni yoqtirmayman. Ayta qol

-ishdan boʻsha..

-yoʻq yoʻq topdim...) Teamin Ynni gapini boʻlib

-hoʻsh nima? Qanday kelishuv...

-menimcha Mafia odam oʻldirish uchun uni yollamoqchi

-qisman toʻgʻri... Ammo mafiani oʻzi ham oʻldirsa boʻladi. Uni qoʻrqadigan hech narsasi yoʻq

-...buni aniq bilmayman

-U Jeon ga juda katta pul evaziga bir insonni oʻldirishga buyuradi va u insonni oʻldirish imkonsiz boʻlishi mumkin. Shu sababli mafia Chen bir oʻq bilan ikkta dushmanini oʻldiradi...

-Jeon aytilgan odamni oʻldiraman deb oʻzi oʻladimi? Jeon oʻlishi... Bu mumkin emas

-mumkin... Agar u inson Jeon dan kuchli va aqilli boʻlsa

-lekin kim boʻlishi mumkin

-bu yerda tahminlar qilmaymiz. Balki mafia Chenning dushmanlariga yuzlanamiz

-Kim Namjoon

-yoʻq. U Chendan qoʻrqadi. Oxirgi Chenga urushi ukasini oʻlimiga sabab boʻldi

-meni hayolimga faqat Namjoon kelyabdi. U mafialar ichida eng aqillisi edi

-yoʻq u emas... Kim boʻlishi mumkin) Yn yana rasmlarga qaradi va birdan savoliga javob topib, labi chetida jilmaydi

- Park Jimin

-nima? Boʻlishi mumkin emas. U mafialar orasidagi eng yoshi...

-yosh boʻlishiga qaramay mafialar orasida 2-oʻrinda turadi

-xa lekin u Chenni doʻsti deb eshitgandim

-Mafialar doʻst boʻlmaydi. Chen Parkni bu ketishida barcha narsasidan aytilib, birinchilikni qoʻldan chiqaradi. U albatta buni xohlamaydi. Shu sababli uni yoʻlidan olib tashlashi kerak. Ammo xalq va mafialar orasida bu ikkisi doʻst. Qolaversa mafialarning deyarli koʻp qismi Parkni odamlari, manfaatdorlari. Demak agar Parkni oʻldirgan odam bu Chenligini bilishsa u obroʻsini yoʻqotadi

-Shu sababli u Jeonni yollamoqchi

-xa...) Yn Park Jiminni rasmini ustiga qizilda chizib, doira ichiga oldi va Teaminga yuzlandi

-reja mana bunday Teamin

-hoʻp eshitaman

-demak...) Yn stol ustidagi xaritani oldiga bordi va reja haqida ayta boshladi

-men va maxsus guruh restaranga boramiz. Maxsus guruh meni mashinada kutadi va men ichkariga kirib jinoyatchi Jeon va mafia Chenning stoliga yaqin joyga oʻtiraman. Undan soʻng ovoz yozish qurilmasini yoqaman va ularni ovozini yozib olaman. Keyin esa...

-Men boraman va ularni hibsga olaman

-yoʻq... Biz kutamiz. Yaʼni men kerakli vaqtni kutaman. Ularni gapi yakunlangach maxsus guruhni chaqiraman va qurolim bilan Chenga oʻqtalaman. Chen oʻlim arafasida ekanini koʻrib Chenni odamlari qurolini ham chiqarishga ulgurmaydi

-ammo Jeonchi?

-uni yelkasiga oʻq uzaman. Nima boʻlmasin Jeon bizga sogʻlom kerak. Chenni esa... vaziyatga qaraymiz

-yaxshi menchi? Men rejangda yoʻqmanimi?

-sen bundan muhim rejada borsan. Sen Jiminni oldiga borasan

‐ Park Jiminnimi?

-nima qoʻrqyabsanmi?

-yoʻq yoʻq

-unda hozircha shu...

-toʻxta toʻxta. Men Jiminni oldiga borib nima qilaman?

-Teamin axmoq boʻlishni boshlayabsanmi? Sen uni kuzatasan

-xa tushunarli

-yaxshi unda sen hozirdan ketaver. Men esa uchrashuv vaqtida yetib boraman

-uchrashuv vaqti kechki 7

-...yaxshi.

-Komandir Yn oʻz ishini boshladi) Teamin yosh bolalardek oʻynoqilik bilan gapirda. Bundan Yn kulib yubordi

Kerakli vaqt kelgach Yn boshqarmadan maxsus guruhni olib yoʻlga tushdi

Yn boshqarmadagi komandir boʻlgani sababli unda maxsus guruhni olib ketish uchun vakolat bor edi. U mana 6 yildirki shu ish bilan shugʻullanadi. 100dan ortiq jinoiy ishlarni ochgan ham detektiv, ham komandir...
Yn manzilga yetib keldi va ularni kuta boshladi. Restarant eshigidan avval Chen keyin maska va kepkada Jeon kirib keldi.

Jeonni shaxsi aniqlanmagan. U doim kepka va niqob kiyib yuradi. Barcha qotilliklari hech qanday izlarsiz boʻlib oʻtadi. Ammo u Jeon nomi bilan yashaydi. Koʻpchilik bu oddiy ism desa boshqalar bu ismdan qattiq qoʻrqishadi. Shunday qilib mana 10 yildirki uni birorta jinoyati fosh qilinmagan. Ammo ular jinoyatni aynan u qilgani juda yaxshi bilishadi. Chunki har bir jasadning hayotida "Jk" degan yozuv qoldiradi. Qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, yozilganmi yoki muhrlangan... Har bir jinoiy ish joyidan "Jk" harfi topiladi. Yn esa uni qoʻlidan taniydi. Uni ong qoʻlida ilonning rasmi tushirilgan tatu bor

Shunday qilib, Chen va Jeon restaranga kirishdi. Ammo ular Yn kutgandek joyga oʻtirishmadi. Restarant boshligʻi ularni qayerdadir olib kirib ketdi. Yn ortidan bormoqchi boʻldi ammo u yerga kirgazishmasdi.

-Yn oʻyla endi nima qilasan?)
Ynoʻziga oʻzi pichirladi va koʻzi bir afitsant qizga tushdi va uni oldiga bordi

-kechirasiz menga xojatxona qayerdaligini koʻrsarib yubora olasizmi?

-salom xonim albatta... Qani men bilan yuring) Yn afitsant qiz ortidan yurdi va xojatxonaga yetganda uni ichkariga olib kirib, hushidan ketqazdi va uni kiyimlarini olib kiymini almashtirdi.

Soʻng xojatxonadan afitsant boʻlib chiqdi va qoʻliga ovqat solingan idishlarni olib ichkariga kirdi
Ichkarida kutilgandek ikki inson suhbatlashib oʻtirardi. Jeon niqobini hali ham olmagandi

Yn ovqatlarni stolga qoʻydi va stol tagiga bildirmay, ovoz yozish uchun kichkina mikrafon oʻrnatdi va xonadan chiqib ketdi
Yn restarandagi bir stolga oʻtirdi va quloqchinini taqib ularni gapini eshita boshladi

-men uni oʻldirganimdan nima naf?) "Menimcha bu Jeon" deb oʻyladi Yn

-senga katta pul taklif qilyabman axir. Qolaversa u faqatgina meni dushmanim emas..) bu Chenni ovozi edi

-Chen kimni nazarda tutyabdi.

Jeonni va Chenni dushmani kim?) Yn savollar ichida qoldi

Fanfic sizlarga yoqdi degan umiddaman . Va fanficdagi voqealar shunchaki tòqima .✨️