Money talks
Jismoniy charchoqni his qilgan qiz, yotog'ida yotarkan, bormaslikka deyarli qaror qabul ham qilib bo'lgandi. Yn o'ziga ovozini chiqarib, "kerak emasligini" uqtirdi. Ammo miyasi shunchalik og'rirdiki, asosan bunaqa vaqtlarda insonning yuragida behuzurlik bo'lishi kerak, ammo har bir masalada aqlni ishlatishga urinadigan qizning yuragi qaror qabul qilishda o'z joyini to'laqonli aqlga berib bo'lgandi. Yn bu ahvolda uxlolmasligi aniq edi. U o'rnidan turdida, xonasidan chiqdi.
Qiz keyingi xonaning eshigini kichik ochib mo'raladi, kitob mutolaasi bilan band bo'lgan Minsook xonim qizini ichkariga kirishga undadi.
M/x: Yo'q go'zal qizim. Akang kecha olib kelgan kitobni o'qiyapman. Rosa qiziq ekan, berilib ketibman.
M/x: Sen-chi? Nega uxlamading. Ertaga yana barvaqt turasan va kuni bo'yi tik oyoqdasan, ko'proq dam olishing kerak.
Ayol qizining yoyilgab sochlari ostidan ohista siladi.
Yn: Oxirgi kunlarda shunaqa chalkashib ketdimki, go'yo bir kichik xonaga tushib qolganman, va chiqish eshigini topolmayotgandekman. Sizda ham shunaqa paytlar bo'lganmi, oyi?
M/x: Hmmm...Bunaqa paytlarmi? Ha, balki judayam ko'p bo'lgandir.... Ammo bunaqalardan eng og'iri dadangni yo'qotganimda bo'lgan. O'sha paytda meni ushlab turgan tirgakdan ayrilganimni his qildim. Go'yo g'ildiraksiz velosipeddek.... Inson hech qachon yolg'iz qolmasligi kerak ekan. Men hali ham sen tasvirlagan qora xona ichidaman. Biror kuni dadang kelib shu joydan meni olib chiqishiga ishonaman. Ammo, afsuski bunday bo'lmasligini bilaman.
Yn onasini eski yarasini oshishga sabab bo'lgani uchun o'zini koyidi.
Yn: Menda esa biroz boshqacha. Qaror qabul qilolmayapman.
M/x: Unda sen shunchaki o'zingga savol ber. Qarorimni bunday qilsam, keyin afsuslanmaymanmi deb? Balki shunda to'g'ri yo'lni toparsan?
Yn boshini chayqab, onasini qattiq bag'riga bosdi.
Yn yana o'rnidan turib, oyisini yolg'iz qoldirdi.
Yn: Agar shunday qilsam afsuslanamanmi?
Yn ikki ko'zini eshikka tikkancha turarkan, mana endi u bitta yo'ldan ketishga tayyorliginu tushundi.
Yn Jk aytgan manzilga borish uchun ko'p yurmasdi aslida, ammo negadir hozir go'yo bu joyga borish uchun soatlab vaqt ketadigandek tuyulardi unga. U endi yugurishni boshladi. Avval, Jkga rozilik bersa nima bo'lishini o'ylab qo'rqayotgan qiz, endi bu imkoniyatni qòldan boy bersa nima bo'lishini o'ylab ich-etini yer edi
Yn sohilga ham keldiyu, ammo ko'zlari o'zi istagan insonni ko'rmasdi. U yugurgani uchun ancha xolsiz bo'lib qolgandi ammo Jkni ko'rmagach yig'lashni ham boshlab yubordi.
Yn: Axmoqsansen! Kutaman tuni bo'yi degandingku! Yaramas! Men emas aslida sen aldoqchisan!
Yn katta ko'l tomonga qarab baqira boshladi. Soat millari esa tungi 2:00ga bong urgandi
Qiz ortidan o'z ismini eshitgach birdan burildi.
Jk bu kutulmagan vaziyatdan hayron bo'lib turgan vaqt qanday qilib qizning o'z bag'riga otilganini his qilishga ulgurmay qoldi.
Yn: Yaramas Jeon Jungkook! Nega bu yerdasan-a? O'zi yugurib keladi deb o'ylagansanda? Nega unaqa o'ylading?
Yn hiqqilab yig'layotgani tufayli nima deyayotganini bilmasdi ham, ammo shu bilan birga Jkni qattiq quchoqlab olgandi.
Yigit ham jilmaygancha qizni yuzini o'ziga qaratdi.
Yn ko'p yig'lamagan bo'lsada, hayajonlangani uchun hiqqillab qoldi. Aslida qizni shunaqa odati bor. Biroz ortiqcha hayajon yoki qo'rquvni his qilsa tomom - hiqichoq tutib qoladi.
Yn : Judayam qo'rqib ketdim. Endi hammasi tugadi deb o'ylagan edim
Yn lablarini oldinga cho'zib gapirarkan, Jk birinchi marta Ynni bunaqa shirintoyligiga guvoh bo'lgandi.
Jk: Aslida ketish niyatim yo'q edi. Xoh oradan kunlar o'tsin men sen qoldirib ketgan joyda bo'laman. Ammo, iltimos endi meni bunaqa qo'rqitma! Seni ko'z yoshlaringga sababchi bo'lishni istamayman! Seni sevaman
Jk Ynning nigohlari to'qnash keldi. Shu vaqtda ikkisini ham ichida avj olgan hissiyotlarni jilovlash qiyin edi. Jk qizning yuziga yaqin kela boshladi, Yn esa ikki ko'zini chirt yumdi.
Jk Ynga atalgan bo'sasini uning peshonasiga yo'naltirdi.
Yn peshonasini ikki qo'li bilan to'sdi.
Yn: Agar bilsang, men shuncha joyga yugurib keldim. Demak, terlab ketganman va peshonam... Sho'r
Siz va men kabi Jk ham qizning so'zlariga kulmay turolmadi.
Jk Ynni qurgan "to'siqni" olib tashlab, Baribir o'pdi.
Jk: Yo'q. Sendan moychechakni hidi kelarkan!
Yn: Dadam har safar uyga kelganlarida menga uy yaqinidagi gullardan terib kelishni kanda qilmasdilar va yonog'imdan o'pgancha "sen men uchun eng qadrlisan" derdilar. Hozir yana uy eshigidan ko'zimni uzmagancha ularni kelishiga negadir ishonishni istayapman. Ha... Xuddi oldingidek, menga atalgan gullarni qo'llarida avaylagancha, yana ohistalik bilan bag'irlariga bosishlarini, men esa ularning iforlaridan to'yib olishni xohlayman. Dadamning yo'qligi uyni oppoq libosda tark etayotganimda juda bilindi. Qani edi ular hozir qo'limdan tutib, baxt tilasalar!
Ammo men ishonaman... Dadam osmonlardan turib meni duo qilmoqda. His qilayapman.
Xona eshigini qiya ochilganini sezgan qiz, iloji boricha qizara boshlagan ko'zlarini bildirmaslikka harakat qildi.
Sungmin singlisini boshdan oyoq kuzatarkan, eng og'ir damlarda ham qalbidagi azobni bildirmagan aka, bugun singlisini to'yida hissiyotlarini tutib turolmadi.
qiz uzun ko'ylagini etagini ko'targancha Sungminning yoniga shoshdi.
U ikki qo'li bilan ko'ziga yelpidi.
Sg: Kechir...seniyam kayfiyatingni bugun buzib o'tiribman.
Qiz akasini qattiq bag'riga bosdi va boshini uning yelkalariga ko'mdi.
Yn: Rahmat! Bu dunyodagi suyanchig'im bo'lganingiz uchun, otamni o'rnini hech birimizga bildirmaganingiz uchun. Rahmat Aka.
Sg: Senga faqat baxt tilayman. Ishonchim komilki, hayotingni har lahzasi quvonchli o'tadi.