Eternal bond 3 qism
"Sevaman" so‘zini eshitishdan ko‘ra, sevgini qalbdan his ettirganlarni ko‘proq qadrlayman. Sen esa mening yuragimdagi jumbushni ko‘rmading, sevgimni qabul qilishni xohlamading. Agar qalbimni ko‘ra olganingda, yuzimda har fasl bahordek ochilib, chehramda moychechaklar jilvagarlik qilgan bo‘lardi.
Ammo sen qo‘rqding. Meni sevib qolishingdan, borlig‘imga aylanishingdan cho‘chiding. Shu qo‘rquving tufayli men yarim bo‘lib qoldim. Sevgi hikoyamiz esa kurtak yozmasdan, barvaqt so‘lib ketdi.
Men sen uchun ko‘p narsani qildim. Harakatlarimni ko‘rmasang ham, ahamiyat bermasang ham, men baribir umid qildim. Yonimda bo‘lib turib, qalbing boshqa inson bilan bandligini sezdim. Menga qarab o‘tirib, o‘sha kimnidir o‘ylarding.
U paytlarda o‘sha suhbatlaring sen uchun oddiy, lekin men uchun qadrli edi. Men u suhbatlar tugamasligini orzu qilardim. Eng mayda, odamlar e’tibor bermaydigan so‘zlaring ham men uchun xazina edi.
Endi esa... na samimiy suhbatlar qoldi, na mehrli qarashlar. Biz shunday uzoqlashdik-ki, oddiygina “salom” ham aytilmaydigan darajaga yetdik.
O‘sha eski “biz”dan asar ham qolmadi. Go‘yo u faqat tush bo‘lgandek. Go‘yo hech qachon biz bo‘lmagandek.
Hyejin: Voy dugonajon, shuncha ish bo‘lib o‘tibdiku. Endi nima qilmoqchisan?
Areum: Nima ham qilardim, 3 kun unga chidab bersam bo‘lgani...
Hyejin: Bir gap aytaymi, dugonajon?
Menimcha, ikkingiz ham bir-biringizni sevib qolgansiz.
Hyejin kulib dugonasini turtib qo‘ydi.
Areum: Hoy, Hyejin, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirmasangchi.
Uning menga qilgan sovuq muomalasini aytdim-ku. Unda hech qanday hislar yo‘q. Ro‘bot... Ha, u haqiqiy ro‘bot.
Shu gaplarni aytar ekan, o‘rnidan turib ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘tardi, jilmaydi, lekin birdan yuzini mayuslik egallab oldi.
Areum: U menga nisbatan hech nimani his qilmaydi. Men... Men esa...
Chuqur nafas olib chiqardi. Og‘ir yutinib qo‘ydi.
Hyejin Areumga yaqinroq kelib, uni savolga tutdi.
Hyejin: Xo‘sh, nima sen? Gapiraver, balki yordamim tegar.
Areum: Uni ilk bor ko‘rgan onimdayoq boshqacha bo‘lib ketdim. Yurak urishim me’yordan chiqib ketdi. Ichimda nimadir u tomonga meni chorlayverdi. Go‘yo urush ichida qolib, panagoh izlagan jangchidek xavfsiz joyimni topganday sevinib ketdim. Nahot uni sevib qolgan bo‘lsam... Menga qilgan sovuq muomalasiga qaramay, uni yomon ko‘ra olmadim. Uning joni azoblanishiga chiday olmadim. Ayt, Hyejin, nahot bu sevgi bo‘lsa? Agar sevgi shunday bo‘lsa, endi men qanday yo‘l tutay, boshimni qaysi eshikka uray?..
Ichidagi barcha dardini to‘kib-sochgan Areumni dugonasi bag‘riga bosib yupata boshladi.
Hyejin: Yagonam, o‘zimning tentak dugonam... Sen sevib qolibsan. Juda ham qattiq oshiq bo‘libsan. Menga qara.
Dugonasini o‘ziga qaratib, yanoqlarini suv qilib tashlagan ko‘z yoshlarini artib gapida davom etdi.
Hyejin: Menga qara, aslo bu chiroyli husningni yig‘lab buzma. Sevginga albatta erishasan. Faqat ozgina sabr qil, sevging uchun kurashsang bas.
Areum: ...Yaxshi.
deya lab chetida kulib qo‘ydi.
Xonasida kitob o‘qib, hayolot dunyosida suzib yurgan qizning telefoniga kelgan SMS diqqatini tortdi.
Areum: Qiziq... Nomalum raqamdan kelgan ekan. Kech bo‘lganda kim bo‘ldi ekan?..
Salom.
Raqamimni saqlab qo‘ymaganingni bilaman. Bu men — Jimin.
Senga uyimning manzilini tashlab qo‘yaman.
Ertaga ertalab yaramni ko‘rib qo‘yishing kerak. Ertaroq uhlab, ertaroq tur. Meni kutishga ortiqcha vaqtim yo‘q, muhim ishlarim bor.
Hayrli tun, g‘alati qiz 😉
Areum: Bu... Bu... Hyejiiiiin!
Shodligidan karavot ustiga chiqib, dugonasining ismini aytib baqira boshladi. Dugonasi bechora yuragini hovuchlab qoldi, unga nimadir bo‘ldimi deb qo‘rqib ketdi.
Hyejin: Areum, yaxshimisan? Nimadur bo‘ldimi? Meni qo‘rqitib yubording!
Areum: Hyejin, u xabar yozdi! Jimin menga xabar yozibdi!
Quvonchidan ichiga sig‘may, dugonasiga ham xabarni ko‘rsata boshladi.
Ikki dugona karavot ustida bir-birlarini quchib, baqirib, sakrashardi.
Areum: U oxirida “hayrli tun, g‘alati qiz” deb yozdi. Va oxirida mana bunday stiker yubordi 😉
Hyejin: U birinchi qadamni qo‘ydi, endi sening galin. Demak, bizda imkoniyat bor!
POV Areum:
Doimgiday sevimli mashg‘ulotim bo‘lmish kitob o‘qib o‘tirganimda, begona raqamdan SMS kelib qoldi. Bu juda kutilmagan voqea edi. Ichim quvonchdan to‘lib-toshdi. Oz bo‘lsa ham qalbidan joy ola olganimni his qilib, butun dunyo quvonchi va baxtini tuyayotganday bo‘ldim. Oshqozonimda kapalaklar uchib yurardi.
Areum: Xo‘sh, uni nima deb saqlab qo‘ysam ekan?.. O‘, topdim! “Hissiz Ro‘bot ❤️”
Oxiriga yurakcha qo‘shib qo‘ydim — u uchun aytilgan eng zo‘r tarif.
Areum: Ha-ha-ha… Uf, tezroq erta bo‘lsa edi. Sabrim chidamayapti. Uh, vaqt nega buncha sekin o‘tadi?..
Seni birgina arzimas deb yozgan xabaring ham meni butun tanamni titratib, yuragim maromini buzib, qalbimda bahor olib keldi. Moychechaklarning ochilishiga sabab bo‘ldi. Sen bilan suhbatlashishni istagan mavzularim shu qadar ko‘pki... Afsus, senda bunga hohish yo‘q.