August 22

Eternal bond

7 qism

Insᴏn bita hazilga qayta qayta kula olmasligi mumkin. Ammo bitta dard insonni qayta qayta yigʻlata oladi
----

Kechki ovqatni birga tanovul qila boshladik. To‘satdan telefonim jiringlab qoldi. Uzr so‘rab xonamga chiqib qo‘ng‘iroqqa javob berdim.

Areum: Eshitaman, Hyejin.

Hyejin: Hoy qiz, dugonang borligi esingdami ishqilib?

Areum: Seni unutib bo‘larmidi? Xo‘sh, ahvollaring qalay? Jungkook yaxshimi? Nima yangiliklar?

Hyejin: Hamma yaxshi. Sen o‘zingdan gapir. Yaxshi joylashib oldingmi? Jimin qalay, u bilan ko‘rishdingmi? U nima dedi seni ko‘rib, hayratdan qotib qolgandur?

Dugonamning ketma-ket, to‘xtovsiz berilayotgan savollari kulgumni qistatdi.

Areum: Hoy, nafas olib gapsangchi? Hali Jimin bilan ko‘rishganim yo‘q. Yaxshi joylashib oldim. Amakim va xolam ya’ni uy egalari juda yaxshi odamlar ekan. Meni o‘z qizlaridek ko‘rishadi. Yaqinda o‘qishni ham boshlab olaman.

Dugonam bilan uzundan-uzun suhbatlar qurib, rosa dardlashdik.


Tungi soat 1:56. Tomog‘im qurib qolib, uxlolmayapman. Suv olish maqsadida oshxonaga tushdim. Stakanga suv quyib, endi bir xo‘pladim hamki ortimdan kelgan ovoz meni gangitib qo‘ydi.

Jimin: Areum...

Ortimga o‘girilib ko‘rgan manzaramdan shok holatga tushdim. Og‘zimdagi suvni beixtiyor Jiminning yuziga purkab yubordim. Bu to‘satdan yuz berdi... U bu yerda nima qilayapti?

Jimin chuqur xo‘rsinib, yuzidagi suvni dastro‘mol orqali artib tashladi. Men esa unga anqayib, og‘zimni bir qo‘lim bilan berkitgancha turar edim.

Jimin: Sen...

U yana bir bor chuqur nafas olib chiqardi va iloji boricha bosiqlik bilan gapirishni boshladi.

Jimin: Sen bu yerda nima qilyapsan?

Areum: M.. Men... Haligi... men suv... suv ichayotgandim.

Jimin: Hozir nima qilayotganingni emas, UYIMDA nima qilayotganingni so‘rayapman!

Areum: UYIMDA?..

Jimin

Areumi

Bu so‘zni ovoz chiqarib aytib yubordim:

Areum: Bu sizning uyingizmi?

Jimin: Anig‘rog‘i, ota-onamniki. Xo‘sh, sen bu yerda... ya’ni Busanda yetmaganidek, endi mening UYIMDA nima qilyapsan?

Areum: Men... men bilmagandim. Rostan bilmagan edim. Sizni bu yerda uchrataman deb... bu kutilmagan bo‘ldi. To‘g‘ri, sizni qidirganim rost, ammo topa olmayotgandim. Taqdirni qarang, bizni o‘zi uchrashtirdi. Tan oling, Park Jimin, taqdirimiz bog‘langan. Siz va men ko‘rinmas iplar orqali bir-birimizga ulanibmiz.

Gapirish barobarida u tomon asta qadam tashlay boshladim, u esa qimir etmay turaverdi. To‘nka... ha, u HAQIQIY to‘nka.

Jimin: Xo‘sh, gaplaringga ishondim ham deylik. Bir savol: nega meni qidirding?

Endi ustunlik u tomoniga o‘tib ketdi. G‘alati jilmayib, ustimga yurib kela boshladi. Yuragim shu qadar tez uryaptiki, ko‘ksimdan otilib chiqadiganday... ovozi balandligidan hatto Jiminga ham eshitilyapti. U bundan mamnun.

Orqaga qadam tashlar ekanman, oxiri borib urilgan joyim oshxona stoli bo‘ldi. Jimin borgan sari menga yaqin kelib, yana o‘sha savolni qaytardi:

Jimin: Xo‘sh, meni nega izlading?

Areum: Men... men...

Jimin: Sen...

Areum: Chunki... chunki SIZNI SEVAMAN!

Xonani to‘ldirib baqirib yubordim. Anchadan beri ichimda saqlagan, qalbimni o‘rtagan o‘sha rosa aytishni xohlagan so‘zni aytib yubordim. Yelkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. Qushdek yengil tortdim. Gaplarimdan Jiminning yuzi keskin o‘zgardi va mendan darhol uzoqlashdi.

Jimin: Xato qilibsan. Imkon borida bu yerdan ket.

Ortiq bir og‘iz so‘z ham aytmay u yerdan chiqib ketdi. Yana bir bor rad etildim. Bir inson tomonidan yana necha marotaba rad etilish mumkin? Oson bo‘lmasligini bilardim. Lekin men bir ishni boshladimmi, oxiriga yetkazmay qo‘ymayman. Baribir sevgimni tan olasiz.

Pov Jimin
Ota-onam uyga ijarachi qiz qo‘yishganini, u qiz ularga juda yoqqanini aytishgandi. Tariflashganda birinchi bo‘lib Areum hayolimga kelgandi. Buni shunchaki tasodifiy hislar deb o‘ylagandim. Lekin u... u meni chindan ham sevadimi? Ortimdan shu yergacha kelibdi.

Rostan ham bizning taqdirimiz birdirmi? Uni ko‘rib shu darajada sevinib ketdimki, mahkam quchib, yoqimli iforini hidlashdan arang o‘zimni tiyib qoldim. Bu qanday hislar o‘zi? Nahotki uni sevib qolgan bo‘lsam?

Bunday qila olmayman. Kechir meni. Yuragimning sohibasi uni o‘zi bilan birga olib ketgan. Boshqasi unga egalik qila olmaydi. Ammo qancha urinmay, sendan ham kecha olmayapman. Bu taqdir meni rosa qiynab yubordi.


Mana oradan 2 kun vaqt o‘tdi. Yaramas robot meni huddi yo‘qdek tasavvur qiladi. Bir og‘iz so‘z aytishga yaramaydi. Inson shunchalar ham toshbag‘ir bo‘ladimi?

Park xonim: Areum qizalog‘im, bugun amaking bilan bir do‘stimizning uyiga mehmonga ketyapmiz, buguncha uyga kelmaymiz. Bizni kutib o‘tirma.

Xolam bilan amakim mehmondorchilikka ketishdi. Jimin ham uyda yo‘q. Ahvolimga o‘zim achinib ketdim. Oshxonaga tushdim, Jiminning vinolar to‘plamidan eng yaxshisini tanlab ochdim. Biroz ko‘ngil yozmoqchi bo‘ldim.

Bir stakanni bir urinishda ichib yubordim. Qadahlar soni ko‘payib ketdi. Biroz o‘zimni yengil his qila boshladim. O‘ yo‘q... Yaxshiyamki Jimin uyda emas, bo‘lmasa biror tentaklik qilib, uyatga qolgan bo‘larmidim.

Men qo‘rqqan narsa sodir bo‘ldi. U... Park Jimin shu yerda.

Pov Jimin
Uyga kirishim bilan oshxonadan shovqin ovozi eshitildi. Oshxonaga kirishim bilan stolga boshini qo‘yib, vino quyilgan stakanni ermak qilib u yerdan bu yerga surib o‘tirgan qizga ko‘zim tushdi. Meni kelganimni sezib, asta boshini ko‘tardi va:

Areum: Ovvv. Park Jimin.. Hiq~

Jimin: Nega meni vinolarimga so‘roqsiz teginding?

Areum: Yaa!

To‘satdan baqirib stolni qattiq mushtladi va bir lahzada yuzi o‘zgarib, muloyim ohangda gap boshladi.

Areum: Men biroz ko‘ngil yozmoqchidim. Mana shuncha...

Qo‘lini 🤏 qilib ko‘rsatdi

Hoy Park Jimin, siz nega doim meni tergayverasiz? Nima, tergovchimisiz? Hx, siz tergovchi emas, ro‘botsiz! Hi hi hi~
Haqiqiy robot.

Jimin: Bugun yetarlicha ko‘ngil yozibsan. Qani, tur, xonangga chiq.


Qizga biroz yaqinlashib:

Areum: Meni ko‘tarib olib chiqing... Iltimos... Mmmmmm.

Jimin qizning ahvolini ko‘rib, uni bir urinishda qo‘lida dast ko‘tarib oldi.

Areum: Park Jimin meni ko‘tarib oldi... Qanday yaxshi...

Yigitning bo‘ynidan qo‘llarini o‘tkazib, nimalarnidir ming‘irlab vaysay boshladi. Barmoqlari bilan Jiminning ko‘ksiga kiyimi ustidan yurakcha chizib:

Areum: Park Jiminning yuragi Areumni. Yo‘q, yo‘q... bechora Areumning sevgisini qabul qilmayapti. Hoy Park Jimin, nega meni sevmaysiz? Nima, shunchalik hunukmanmi? Bilasizmi, mening birinchi bo‘samni olgan yigit ham sizga o‘xshaydi...

Jimin boshqa yigit haqida eshitib, qoni qaynab ketdi. Ich-ichidan g‘azablandi. Qizni yotoqqa qo‘yib, uni savolga tutdi.

Jimin: Birinchi bo‘singni men olganman, deb o‘ylagandim.

Qoshlarini chimirib

Areum: Bu safar adashdingiz. Bir kuni huddi shunday ko‘ngil yozgan paytimda u kelib qolgan...

Jimin: U deganing kim?

Borgan sari toqati toq bo‘lib borayotgan Jimin qizdan jo‘yali javob kutardi.

Areum: Sizni robot desam, laqma ham ekansiz. Aytdim-ku, meni birinchi bo‘simni olgan yigit deb. Men juda ko‘p ichib yuborgandim. U meni xonamga olib chiqdi... huddi sizday.

Jimin: Keyinchi?

Areum: Mmmm... keyin u meni yotoqqa qo‘ydi, menga shu qadar yaqin turar ediki, bilmay labimni uning labiga bosib oldim.

Eshitgan gaplaridan Jimin asabiy kuldi va sochini yuqoriga taradi.

Jimin: Nima, bilmay birovning labiga labini bosish ham mumkinmi? Sen qiz, aqldan ozganmisan?

Areum: Hoy, siz qolganini eshitmadingiz-ku! U juda kelishgan yigit edi. Otamning do‘stining o‘g‘li... U bilan ko‘p ko‘rishar edik. Yuz tuzilishi, lablari... immmx juda mukammal edi.

Jimin : – Bu qiz meni aqldan ozdirmoqchimi?

Areum: Bilasizmi, keyin nima bo‘ldi? U ham menga javob qaytardi... hi hi hi. Chuqur va yoqimli edi... Keyin u meni yana yotoqqa yotqizdi va

Jimin: Sen... sen u bilan birga bo‘lganmisan?! Boshqa og‘zingga ichkilik ola ko‘rma!

Areum: Hoy, nega doim meni oxirigacha eshitmaysiz-a? U meni yotoqqa qayta joylab, sochlarimni siladi, keyin men uhlab qoldim. Pff~

Jimin: R.. rostanmi?

Areum: Yo‘q, yolg‘ondan, tentak! Hi hi hi. Ertalab uyg‘onganimda esa u yo‘q edi... Huddi sizdek meni yolg‘iz qoldirib ketdi. Hech bir so‘z aytmay...

Yumilay degan ko‘zlaridan yosh dumalab tusha boshladi.

Areum: Nega? Qaysi gunohim uchun meni doim tashlab ketishadi? Avval onam, keyin u, endi esa siz... Men ham insonman, menda ham yurak bor axir...

Piqillab yig‘layotgan qizni Jimin asta bag‘riga oldi.

Jimin: Tssh... Bo‘ldi. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Jiminning bag‘rida ancha tinchlanib, Areumning ko‘zlari asta yumilib uyquga ketdi.

Areum : Iltimos, Jimin... meni tashlab ketmang. Bunga bardosh bera olmayman...

Erta Tong boshimda chidab bo'lmas og'riq bilan uyg'ondim. Kecha oshirib yuborganga o'xshayman.

Areumi : Boshim... Shoshma.
Men kecha nimalar qildim yo Hudoyim

Birin ketin bo'lgan voqealar lenta misol miyyamda aylana boshladi.
****
-Meni ko' tarib olib chiqing

-Sizni ro'bot desam laqma ham ekansiz

- Nega? Qaysi gunohim uchun meni doim tashlab ketishadi
*

Areum : Nimalar qilib qo'ydim. Ahmoq ahmoqsan.
Tinmay o'zimni lanatlab peshonamga yelgil tarsaki tushurardim. Eshik ochilib Jimin qo'lida allanimalar bilan kirib keldi.

Jimin : Yaxshimisan?
Qo'lidagi patnisni stol ustiga qo'yib yotoq chetiga joylashdi. Ilk bor menga yoqimli tabassum hadya etdi. Uning qarashlari shu qadar samimiy sof ediki, butun tanam uvishib ketdi. Uning ko'zlari... Ko'zlarida qandaydir boshqacha... Unda sevgidan ko'proq achinish bordek.

Areum : Kecha...

Jimin : Kecha biroz ko'proq ko'ngil yozib yubording.

Uyatdan yer tagiga kirib ketay deyapman. Yer yorilmadiyu men kirib ketmadim.

Jimin : Mana buni ich, bosh og'rig'ing qoladi.
(Suvni uzatib...)

Areum : Rahmat.

Jimin : Sendan bir narsa so'rasam maylimi?

Areum : A.. Haaa. So'rayvering.

Qiziq, u nima haqida so'ramoqchi ekan? Qilayotgan munosabatlariyu gap-so'zlari aqlimni shoshiltirib qo'yapti.

Jimin : Kecha... Oying tashlab ketganini aytganding. Agar aytishni istamasang majburlamayman.

Areum : Yo‘q, yo‘q hammasi joyida.

Bilasizmi har bir qiz ota onasi bor. bahtiyor oilasi uni sevuchi va qadrlovchi insonlari bo'lishni istaydi. Afsus hammaga ham bunday baxt nasib etavermaydi. Men onamni 2 turmushidan bo'lgan farzandman. Otam onamni oilasidan ayirib MAJBURLAB ulanib olgan. Keyin Men tug'uldim. Mehrga tashna qizaloq. Onam 6 yoshligimda vafot etdi. Otam meni olib Amerikaga ko'chib ketdi. Maktabni o'sha yerda bitirdim. 2 yil oldin otamni ishi tufayli koreaga qaytib keldik. Universitetga kirdim. Mustaqil hayotni boshladim. Otam Amerikaga qaytib ketdilar. Otam bilan munosabatimiz Havas qilarli deya olmayman. Mendan kora ko'proq begonalarga mehr berardilar. Bazi ota qizlarga o'xshab yaqin emasdik. Deyarli gaplashmas edik. Doim sovuq muomila qo'pol so'zlar eshitardim. Nima ham derdim ota onani o'zimiz tanlay olmaymiz. Taqdirga ko'ndim. Dunyoga kelishimga sababchi har holda meni shu darajaga yetishimda hissasi katta. To'g'ri bazi paytlarda mehr berib yaxshi so'zlar aytardilar. Erkalab bag'rilariga bosardilar. Nimaga bilmadimu menga bu yoqmas edi. Anig'rog'i o'zimni g'alati his qilardim. Huddi begonadek. Keyin Hayotimga siz kirib keldingiz. Himoyachim suyana oldigan insonim bo'la olasiz deb o'ylagandim. Siz ham mehrimga yarasha javob qaytarmadingiz. Agar onam bo'lganda meni to'g'ri yo'liga solgan bo'lardi. Shunda bularning bari yuz bermasmidi

POV Jimin
Kecha yig'lab bag'rimda uyquga ketgandi. O‘zi yuragi yarim ekan. Men esa qolganini ham parchalab tashlabman. Gapirish barobarida qahvarang ko‘zlaridan marjon yoshlar yalt etib dumalab tushardi. Shu ahvolda ham tabassum qila olyapti. Shuncha dardni kichik jussasiga yolg‘iz o‘zi ko‘tarib yurgan ekan.

Areum : Sizni ham bezor qilib yubordimmi?

Yanoqlaridagi yoshlarni artib nim tabassum qildi.

Jimin : Yana bir narsa so‘rasam bo‘ladimi? Zanjiring... uni doim taqib yurasan. Chamasi u senga juda qadrli bo‘lsa kerak.

Uf, ahmoq Jimin, nimalar deyapsan? Balki onasidan qolgandir. Erkak kishi sovg‘a qilgan bo‘lavermidimi? Lekin kecha aytgan bolani sevgan bo‘lsa-chi? Uning sovg‘asi bo‘lsa-ya... Agar so‘ramaganimda shu bemani hayollar bilan o‘ralashib yuraverardim. Nega bunchalik qiziqyapman o‘zi? Jin ursin.

Areum : Buni?

Boynidagi nafis qilib ishlangan kapalakli taqinchoqni ushlab...

Areum : Buni menga juda ham qadrli insonim, ya’ni...

Park xonim : Jimin qayedasan?

Areumi : Oyingiz chaqiryaptilar

Jimin : Axir kimligini aytmadingku

Areumi Jimi o'rnidan turg'azib eshik tomonga turtib turtib olib bordi

Areumi : Keyin gaplashamiz

Jimin : Axir..

Ahh Shibal... Endi meni bu o'ylar battar qiynaydi. Eng qadrli insonim dedimi?

Park xonim : Bugun singlinglar mehmonga kelishar ekan.

Jimin : Yaxshi..

***

Ancha kech tushib qoldi Jimin bilan gaplashish uchun xonasiga bordim. Eshikni taqillatdim. Biror sado chiqmadi. Asta eshikni ochib mo'raladim. Xona bo'm bo'sh. Endi qaytib ketmoqchi bo'lib turgan edim yotoq yonidagi partretga ko'zim tushdi. Qiziquvchangligim bir kuni boshiga balo bo'lishni bilsam ham xonaga kirib partretni ko'rdim. Rasmda Jimin va bir qiz. Jiminni qizni yelkasiga qo' lini qo'yib olgandi. Qiz ham Jiminni quchib turibdi. Ko'rinishidan Yoqimli quvnoq qizga o'xshaydi. Naxotki.. Yoq yoq bo'lishi mumkun emas. Meni shu qiz deb rad etayotgan bo'lsaya. Undan nimam kam ekan? Qadam tovushlarini eshitishim bilan suratni joyiga qo'yib xonani yashin tezligida tark etdim. Nafas rostlashga ulgurmay xonam eshigi taqillab qoldi

Xuddi shu ahvolda

Park xonim : Areum qizim, kechki ovqatga tusha qol. Seni mehmonlar bilan tanishtiraman.

Areum : Hop, xolajon.

Mehmonxonaga tushar ekanman, xolam boya men suratda ko‘rgan qiz bilan quchoqlashib turar edilar. Men o‘ldim. Kurashishdan foyda yo‘q. Jimin u qizga uylansa kerak. Ertagayoq Seulga qaytib ketaman.

Park xonim : Kel qizim...

Areum : H.. Hayrli kech..

U qiz menga boshidan oyoq nazar tashadi. Albatta men ham shunday qildim. Bir-birimizni sinchiklab o‘rganar ekanmiz, eshikdan men sog‘ingan o‘sha tanish chehrali inson kirib keldi. Uni ko‘rishim bilan butun dunyoni unutdim, hech ikkilanmay o‘zimni bag‘riga otdim.

Areum : Oppa!

Suga : Areum...

Qarshisidagi qizni ko‘rib biroz dovdirab qolgan Suga javoban qizni quchib aylantirdi va yuz-ko‘zlarini yaxshilab ko‘zdan kechirdi.

Suga : Malikam meni. Mitti farishtam. Seni qanday sog‘ingan­imni bilasanmi?

Areum norozi bo‘lib Suganing ko‘ksini mushtlab lab shishirdi.

Areum : Hech ham undaymas. Meni eslamadingiz ham. Sizdan hafaman.

Suga javoban kulib qizni yana quchog‘iga oldi.

Suga : Kapalakcham o‘zimni. Seni eslamagan bir onim ham bo‘lmadi.

Ularni chetidan kuzatib turgan Suganing rafiqasining toqati toq boldi.

Sujin : Suga!!!!
Balki bu yerda nima bo‘layotganini tushuntirib berarsiz? Bu qiz kim? Hoy sen yalmog‘iz, nega meni erimga osilasan?!

Areum : Nima?! Erim?

Sujin : Ha, erim
.
Sizga ham tasanno, Suga. Xotiningiz oldida begona qizni erkalab quchoqlab turibsiz. Yana ota-onam oldida. O‘zi bilardim, kimnidir tinmay qidirardingiz — o‘sha mendan berkitgan suratdagi qiz shu qizmi?!

Jimin : Demak, tumorni Suganing sovg‘a qilgan ekanda.

Suhbatga Jimin aralashdi

Jimin : Qoyil, yigitlarning ortidan yurishga juda usta ekansan.

Areum : Nima?..

Tushunmagan nigohda...

Jimin : To‘g‘ri eshitding. Sugani do‘stim deb yurgandim. Singlimni senga ishonib omonat qolgandim. Shumi do‘stliging?!

Areum : U... sizni singlingizmi?..

Sugaga bu gaplardan biroz jahli chiqib, qosh chimirdi.

Suga : Men-ku omonatimni ham, men do‘stlikni ham o‘z o‘rniga qo‘yib qo‘yganman. Sen-chi, qancha yillik do‘stingni eshitmay turib ham hukm chiqaryapsan. Singlimga ham tuhmat qilyapsan. Bu nimasi, Jimin?

Sujin : Jimin : Nima, singlim?

Suga : Ha, Areum mening singlim.

Jimin : Axir qanaqasiga? U oilada yolg‘iz farzand-ku.

🍀

Areum : Eslasangiz, onamning ikkinchi turmushidanman deb aytgandim. Birinchi turmushlari Janob Min bilan edi. Bizni onamiz bir, otamiz boshqa. Lekin akam hech qachon menga o‘gaydek munosabatda bo‘lmaganlar. Oilalarini barbod qilgan onalarini tortib olgan insonning farzandi bo‘lsam ham, menga hecham yomonlik qilmaganlar. Aksincha, meni yeru ko‘kka ishonmasdilar.

Suga : Onamning vafotidan so‘ng, yaramas ablah Areumni olib Amerikaga ketib qoldi. U paytlar yosh edim. Singlimni rosa qidirdim. Qo‘limdan hech nima kelmadi. Taqdir bugun menga kulib boqdi. Onamdan qolgan yolg‘iz yodgorlikni menga qaytarib berdi.

Sujin : Demak, Suganing singlisi ekansiz-da. Men o‘ylabmanki...

Areum : Hijolat bo‘lmang. Axir sizning hech nimadan xabaringiz yo‘q edi-ku.

Sujin : Unda bo‘lgan ishlarni unutib, qaytadan tanishamiz.
Men Min Sujin. Suga xotini va Jiminning singlisi.

Iliq tabassum qilib Areumga qo‘l uzatdi. Areum ham javoban tabassum qilib uning qo‘lini siqdi.

Areum : Beak Areum. Min Suganing singlisi.

Suga : Hammasi yaxshikuya. Sen bu yerda nima qilib yuribsan? Bu yaxshilikka yaxshi, lekin Jimining uyida nima qilyapsan? Bir-biringizni qayerdan taniysiz?

Sujin : Rostan ham, aka... Yoki sizlar uchrashib yurasizmi?

Park xonim : Hoy, nega ularni hijolat qilyapsizlar. Qaniydi ular uchrashib yurishsa. Suga, singling juda odobli va tarbiyali qiz. Qo‘lidan kelmaydigan ishi yo‘q. Uni kelin qilib olib qolmoqchiydim-ku, lekin sevgani bor ekan.

Yo, xudo. Endi tamomman. Ularga nima deb javob beraman, axir? Barchaning oldida bu Jimin edi, uni deb shu yerlarda yuribman deymanmi? Akamning ma’noli qarashlari meni battar cho‘chityapti. Axir endigina topishdik, bir pasda akaligini boshlab yubordi.

Areum : Haligi...

Suga : Xo‘sh, kim ekan u yigit?

Areum : U Amerikada... Ha, u Amerikada... Dadamning do‘stining o‘g‘li.

Suga : Qachondan beri u bilan munosabatdasiz?

Areum : Qachondan beri?.. Ha... yoshlikdan. Biz ko‘p ko‘rishib turardik.

POV Jimin
U kecha aytgan, ya’ni birinchi bo‘sasini olgan yigit haqida gapiryaptimi? Yaramas. Shoshma... Men nega jahl qilyapman?

Ular uzundan-uzun suhbatlar qurishdi. Maroqli vaqt o‘tkazishdi.

Suga : Endi bizga ruxsat. Bugun juda ko‘p ishlar bo‘lib ketdi. Kun ham ancha og‘ir o‘tdi. Endi ketganimiz yaxshi. Areum, sen ham narsalaringni yig‘ishtir, biz bilan ketasan.

Jimin : Haligi, aytmoqchi edimki... Ota-onam unga juda ham o‘rganib qolishgan.

Park xonim : Jimin to‘g‘ri aytyapti. Biz bilan yashayversin. U sizsiz zerikib qolaman, axir.

Suga : Singlimni endi topdim. Diydoriga to‘yib ulgurganimcha yo‘q. O‘z uyi bo‘lib turib, qanday bu yerda qolishi mumkin?

Janob Park : Nega unday deysan, Areum bizni ham qizimiz. Shunday ekan, u shu yerda qoladi. Muhokamaga o‘rin yo‘q.

Suga : Mayli, yana bir-ikki hafta qolaqolsin. Keyin baribir olib ketaman.

Areum : Kelishdik.

Mehmonlar tarqab, hamma o‘z xonasiga ko‘tarildi. Shu qatorda men ham. Bugun juda ko‘p voqealarni boshdan o‘tkazdim. Biroz yengil bo‘lish maqsadida dush qabul qildim. Ustimga oq sochiq o‘rab, oynaga qarab sochlarimni qurita boshladim. Bir payt hammom eshigi ochilib Jimin kirib keldi. Tentak, qiz bolaning xonasiga ham shunday bostirib keladimi? Egnimda bitta sochiq. Jimin tanamga kiprik qoqmay tikilib turibdi. Nima qilishni bilmay qo‘limga tushgan hushboy sprayni Jiminga qarata sepdim. Ko‘zini ushlab cho‘kkalab qoldi.

POV Jimin
Boya aytgan gaplarimdan ko‘ngli og‘rigan bo‘lsa kerak deb undan kechirim so‘rash uchun xonasiga kirdim. Eshikni taqillatdim, biror sado chiqmadi. Unga nimadur bo‘ldi degan xavotirda xonani, so‘ng vannaxonani tekshirmoqchi bo‘ldim. Eshikni ochib ko‘zlarim — egnida oppoq sochiq yopib olib, oynaga qarab sochlarini quritayotgan Areumga tushdi.

Uning sutdek oppoq tanasi meni aqldan ozdiray deyapti. Qancha urinmay, undan ko‘zlarimni ola olmadim. Albatta, ko‘zimga sepilgan spray ko‘rish qobiliyatimni cheklagunga qadar.

*.*.*.*.*.*

Areum : Puffff... Endi ancha yaxshimi?

Yotoq ustida yonma-yon o‘tirib, Jimining ko‘ziga puflab ahvolini so‘rardi.

Areum : Hamma ayb o‘zingizda. Qiz bolaning xonasiga ham shunday bostirib keladimi?

Jimin : Men sendan xavotir olgandim.

Areum : O‘ylamay-netmay gapirgan gaplaringiz uchunmi?

Jimin : Xo‘sh, sen o‘zing Sugaga nega yolg‘on gapirding? Yoki meni sevishing ham yolg‘onmi?

Asta yuziga yaqinlashib kela boshladi.

Areum : Men... Men...
Nima deb javob berishni bilmay turgan payt, Jimining lablarini lablarimda his qildim. Ko‘zlarini yumib ehtiros bilan o‘pardiki, qanday javob qaytarishni boshlaganimni bilmay qoldim.

Flashbek...

Jimin : Vada beraman, sendan o‘zgasi yuragimga kirishga yo‘l qo‘ymayman.

Flashbek tugadi...

Nima bo‘ldi bilmadim-u, Jimin mendan birdan uzoqlashdi va uzur so‘rab xonani tark etdi.

Jimin : Kechir...

Uni ifori, nim pushti lablari meni o‘ziga asir qilib olgan. Uning butun ruhim, tanamni xohlashini his qildim. Sevgisini, haroratini his qilishni istadim. Lekin bu ilojsiz. Men vada berganman.

Kechir, Areum... Sen sevgingni, hislaringni o‘yin qilganim uchun kechir...