September 4

Only for you

10 qism

1 kun oldin

Jungkook : Meni chaqirtirgan ekansiz.

Janob Min : Kel Jungkook. Mashg'ulotlar qalay ketayapti jangga tayyormisan

Jungkook : Men o'yindan chiqnoqchiman. Boshqa JANG qilishni istamayman.

Janob Min : Hhhmmm. Bu yo'lga kirgan inson osonlikcha chiqib keta olmasligini qayta eslatish kerakga o'xshaydi..

Jungkook : Bu JANG so'ngisi qarorim qat'iy.

So'ngi gaplari dadil Ishonch bilan aytildi. Qarori qat'iy ekanligidan janob parkning yuzida g'alati jilmayish hosil bo'ldi. Huddi shuni kutganday

Janob Min: Yaxshi nima ham derdim. Tan olish kerak sen tufayli ancha kop pul topdim. Mayli bu jang so'ngisi bolaqolsin. Ha aytgancha yangi dori kelgan istasang sinab kor

Kichik tortmadan oq paketchaga o'ralgan yangi tarkib kuchli do'zadagi narko'tik moddani Jungkookga uzatdi.
Vampir qonni korgan on qanday ko'zlari qorayib unga tashna bolib qolsa Jungkook ham shunday. Dorini qabul qildi. Do'za har safargidanda kuchli.. Jungkook hech nimani farqlay olmaydigan ahvolga keldi. Aynan shuni istayotgan Minning keyingi rejasi ham ko'ngildagiday amalga oshdi

Min: Biz sen bilan kelishib olamiz Jungkook shartnoma imzolaymiz. Hujjatlar tayyor faqat imzo cheksang BAS.
Ish bitdi

Hujjatlar imzolandi. Balki ertaga Jungkook bu suhbatni eslay ham olmas. Paytdan foydalanib undan nimani tortib olishdi . Jungkookga ayni damda buning zarracha ham qizig'i yoq

Min: vip xona va qizlar tayyor. Jangdan avval yaxshilab kuch yig'ib ol

Bugungi kun

Ynning og'irlanishi haqida xabarni eshitgan Jungkook o'zini qo'yarga joy topa olmay qoldi. Kecha bo'lgan voqealar yodiga tushib Minning oldiga yashin tezligida uchib bordi. Janob Min Koreaning eng mashxur eng boy kishilaridan. Qo'li Hamma yerga yetadi. Aytganidan qaytmaydigan bir so'zli inson. Jungkook buni juda yaxshi biladi. Qilib qoygan ishini qanday to'g'irlashni oylab oyiga yeta olmay asabiylashgancha manzilga yetib keldi

Yn pov:
Mavhumlik..chorasizlik.. Yana o'z qobig'imga oralib qoldim. Hayot nega bu qadar murakkab. Balki noshkurlik qilgandurman va qilishda davom etayotgandurman. Doim zulmat va yolgizlik meni qadamma qadam taqib qiladi. Atrofimda insonlar kop bo'lsada Men doim o'zimni yolgiz his qilaman. Keraksiz kichik narsalar ham meni tasirlantirib yuboradi. Jahlimni idora etolmay qolaman. Yer yuzidagi jamiyki insonlar menga begonadek
Huddiki meni hech Kim yaxshi ko'rmaydiganday

Ichimda katta bo'shliq bor.. Kemtiklik.. Har biri qandaydur ko'ngilsiz voqea va hodisalardan qolgan kichik chuqurlar. Ular bora bora yigilib katta jarlikni hosil qildi. Ha Men shu jarlikka quladim. Tubsizlikka.. Meni Chin dildan tinglaydigan biri bo'lsa edi. Hech qanday etirozlarsiz. Xato kamchiliklarimni yuzimga solmay.. Bu Mavhumlik meni ado qiladi. Sevganlarim tomonidan berilgan og'riqli zarbalar. Yuragimga o'zining zaharli tikonlarini sanchib qattiq og'riq bermoqda. Juda juda qattiq.. Hatto yashashni ham istamay ketaman. Jonimga qasd qilish bu muommolar yechimi emasligini yaxshi bilganim uchun ham Shunchaki Jim qolaman. Bir kuni bari iziga tushib ketar. Odatda Qo'rqoq emasman begonalar meni hafa qilishiga hech qachon yol qoymayman. Ammo hozir bari boshqacha. Juda qattiq qorquv oatidaman. Ular meni Jungkookning jangni bolgan yerga olib kelishdi. Qorong'u zah xonada yolgiz o'zimni uloqtirib eshikni ham qulflab ketishdi. Bosim ortganida ortib borayapti. Jungkook yana qandaydur muommo chiqargan bu aniq. Mening eng katta qorquvlarim tor va Qorong'u xona. Uning ustiga juda sovuq. Xonaning bir burchagiga o'tirib tizzalarimni quchgancha yig'lay boshladim. Chunki qo'limdan yiglashdan boshqa ish kelmaydi.

Oradan qancha Vaqt o'tdi bilmadimu. Yana ikki barzangi kelib meni Xonadan olib chiqib ketishdi yurishga ham madorim yoq oyoqlarimni arang yer ustida tutib turibman. Yuqori qavat bu qandaydur yashirin ofes bo'lsa kerak. Keng shinam barcha Kerakli jihozlar bilan taminlangan shoxona xona. Huddi egasi kabi. Yoshi ancha katta bolishiga qaramay mag'rur qaddi tik bolgan erkak qarshimda savlat to'kib turibdi. Nigohlari menga achinayotganday. Inson tili boshqa narsani so'zlasa ham. Ko'zlari rostini aytib turadi..

Janob Min: Salom..

Erkak hali ham osha holatida. Mutlaqo hotirjam. Darhol uni savolga tuta boshladim

Yn : janob siz kimsiz. Bular sizning odamlaringizmi? Meni nega bu yerga olib kelishdi mendan nima istaysiz

Janob Min : har bir savolingga albatta javob olasan. Meni janob Min deb chaqirishing mumkun. Koreaning eng boy kishilaridanman. Shu bilan birga Jungkook boshligi ham. Ering bilan kelishuvimiz bor edi. U menga boshqa JANG qilmasligini aytdi. Oyindan chiqmoqchi ekan. Men unga bu yo'lga kirgan odam osonlikcha chiqib keta olmasligini aytidm. Bilasanmi u nima qildi. Biz shartnoma tuzdik. Unga kora seni menga sotib yubordi. Yani uyushtiriladigan jangim uchun yutuq sifatida. Bugungi jangda Kim g'olib bolsa seni osha insonga topshiraman

Yn : N. Niima?

Bu gaplar qanday hotirjamlik bilan aytilgan bolsa Men ham shunday qabul qilishim kerakmi? Qanday qilib.. Nima uchun. Jungkook nahot meni sotdi. Eshitganlarimni hazim qila olmay yerga quladim. Ammo doimgiday dimog'imga menga tanish osha ifor uruldi. Ko'zlarimni ochib Yoongining havotirli Yuziga duch keldim. Savollarim shu qadar bisyorki. Yoongi bu yerda nima qilayapti. Nega doim yordam kerak bo'lganda tosatdan qarshimdan chiqaveradi. Bularning hech biri ayni damda Men uchun qiziq emas. Muhumi meni doim qo'llab quvvatlaydigan tinglaydigan osha mehribon inson menga kerak vaqti yonimda

Yn: Yoongi....?

Yoongi : Men yoningdaman. Hammasi joyida

Tinchlantiruvchi quchoq. Yanada qattiqroq tokilayotgan koz yoshlar. Alam va quvonch ikkisi yonma yon.

Yn : Men juda qordim Yoongi. Iltimos meni qutqar. Meni tashlab ketma yolvoraman. Ular meni begona ga sotib yuborishadi

Yoongi: Seni mendan hech Kim tortib ola olmaydi.

Suhbatga 3 shaxs aralashdi

Janob Min : undan uzoq tur Yoongi. Qiz kerak bolsa JANG qilib yutib ol.. Osonlikcha sen ham qizni ola olmaysan. O'g'lim ekanliging hech nimani anglatmaydi. Barchasi haqqoniy bolishi kerak

O'g'lim? Bu kishi Yoongining otasimi? Savollarim 2 karra ortib bormoqda .Bu yerda nimalar bo'layapti ozi

Yoongi : Men roziman. Agar jangda yutsam qiz butunlay meniki va men unga uylanaman. U sizning kelinimgizga aylanadi.

Janob Min : Men rozi.. JANG yarim soatdan song boshlanadi. Tayyorgarligingni koraver

Erkak butunlay xonani tark etdi. Nima deyishini nima qilishni ham bilmayapman. Miyyam fikrlashdan oylashdan butunlay to'xtadi. Hech nimani idrok eta olmay qoldim. Yoongi meni divanga o'tkazib qayta qayta ahvolimni soray boshladi

Yoongi: tuzukmisan. Ahvoling joyidami.

Yn : Men. Men hech nimani tushuna olmayapman Yoongi

Qarshimdagi yigit boshini yuqoriga qilib chuqur uh tortdi. Va iloji boricha sokinlikni ushlab qolishga harakat qilib vaziatni menga tushuntirishga uruna boahladi

Yoongi : Ering seni songi jang uchun yutuqqa tikkan. Bu kocha janglari qoidasi. Bu yolga kirish bor. Chiqish esa deyarli imkonsiz.

Yn : Sen. Sen jangda yutasanmi? Menga nima Boladi?

Yoongi : havotirlanma songi qonim qolguncha sen uchun kurashman. Va sen Men bilan ketasan. Otamga aytgan barcha gapim rost. Jungkook bilan ajrasan Yn. Boshqa ilojing ham yoq.

Yn : Bu qilmishidan song u bilan ortiq yashay olmayman. Shu siz ham u bilan ajrashaman. Lekin senga umid bera olmayman. Endi ortiq hech kimga ishona olmayman. Hozir hozir tirikmurdaga o'xshayman. Yashashimdan biror mano yoqdek. Charchadim Yoongi. Kurashishdan kuchli bo'lishdan yaqinlarim bergan og'riqlardan bari baridan toyib ketdim nega doim men bilan shunday voqealar yuz beraveradi. Men baxtli bo'lishga noloyiqmanmi

Yoongi : Qani kel o'zimga. Sen Dunyodagi barcha yaxshi narsalaga bahtga faqatgina quvonchgaoyiqsan. Hammasi yaxshi boladi Vada beraman.

JANG boshlandi. Yoongining raqibi albatta Jungkook boldi. 2 kala holatda ham Kim g'alaba qozonishidan qatiy nazar baribir Jungkook bilan ajrashaman. Yoongining bunday qobilyatlari borligini oylab hamkormagan edim. Jungkook kabi kuchli baquvvat tana chiroyli qomat egasi. Shavqatsiz jangga start berildi. Ichidagi bir biriga nisbatan asrab kelayotgan gazab nafrat barcha his tuyg'ularini tashqariga chiqarish vaqti. Bir birini ayovsiz kaltaylay boshladi. Olamon qichqirig'i quloqni qomatga keltiradi. Ayni tomosha bop barchaning ko'ngildagiday jang kechayapti. Yuragim koksimdan otilib chiqishga tayyor. Jungkook shu qadar nafratlanyapmanki. Hatto u uchun zarracha jonim achimayapti. Menga qilganlari uchun bundan ham battariga loyiq. Yoki rostan ham Yoongining Jungkookga nisbatan kuchi kop. Yoki omad quyoshi Yoongi tomon nur sochmoqda. Ohirgi tushurilgan zarbadan song Jungkook o'zini anglay olmay qoldi. Yuztuban bolib yerga yiqildi. Yuragim shuv etib etim jimirlab ketdi. Yoniga borishni quchishni taslim bolmasligini aytib dalda berishni istayman.. Hohlasam ham buni iloji yoq
Gururim bunga yol qoymaydi. Golib qoli yuqoriga ko'tarildi. Jungkook alamdan baqirib yer tepina boshladi. U yig'layapti. Erkak kishining koz yosh tokishini korish qandaydur ogir.. Ilojsizlik qo'lingdan hech nima kelmasligi manaman degan insonning ham qaddini bukib qoyadi. Osha kuni Jungkook 3 narsasidan ayrildi

1 chisi yengilmas nomi obrosi..

2chisi xotinini gururiga qoshib turkazdi

3chisi va songisi
Jonidan ortiq sevgani muhabbatidan. Hislardan

Vaqti vaqti bilan o'zgaradi deb shuni aytishsa kerak.. Muhabbat o'rnini nafrat egallb olsa..
Yoongi oldimga keldi. Qo'llarini menga uzatdi. Huddi osha Qorong'u jarlikdan chiqish uchun yirqun nurli arqon sungari. Balki Yoongi hayotimga bejiz kirib kelmagandur. Balki osha Men orzu qilgan inson u dir. Osha go'zal hayotga orzularimga Yoongi bilan birgalikda erisharman. Chuqur nafas oldim. Menga yordam sifatida uzatilgan qo'llarini mahkam turdim. Balki go'zal kunlarim oldinda meni kutayotgan dur.

- Ba'zan hammasi boshqacha bo'lishini hohlayman.. yaxshi ham emas, yomon ham emas.. shunchaki boshqacha...

Bilasanmi seni ilk marta qayerda uchratganman. Yuqori maktab o'quvchisi. Yoqimtoy biroz urishqoq mukammal harakter egasi. Seni tushunish anglash insonlarga mushkuldek edi. O'z dunyoying orzularingda baxtli yashashga urunar eding. Dunyoda sendan go'zalroq qizlar bisyor edi. Har tomonlama mukammal barcha yigitlar orzusidagi qizlar atrofimda parvona bolib turgan vaqtda yuragim seni sevish uchun tanladi. Bu juda hayratlanarli torimi? Bir kun kelib shu g'alati tabiatli qizni sevib qolaman deb kim o'ylabdi deysan.

O'sha kuni sharros yomg'ir quyayotgan edi. Svetafor qizil chirogi yoniq. Yashil chiroq yongunga qadar atrofni ko'zdan kechirara boshladim. Shunda ko'zim soyaboni yoqligi sababli yomgirdan kiyimlari hol bo'lib sovuqdan didragancha o'ziga o'zi nimalanidur aytib dalda berayotgan qizga yani senga koʻzim tushdi. Senga tikilib vaqt qanday o'tganini ham sezmay qolibman. Ortimdagi mashinalar signal chalib tinmagach mashinani o't oldirdim. Chetroqda toxtab seni oldinga bormoqchi boldim. Ammo baxtga qarshi avtobus keldi va sen ko'zdan g'oyib bo'lding. Boshida bu hodisaga uncha etibor bermadim. Ammo kunlar o'tgani sayin senga bolgan qiziqishim ortganida ortaverdi. Har o'sha voqeani Sening chehrangni eslaganimda yuzimda tabassum paydo bolardi. Niyohat kunlarning birida seni yana uchratdim. Ko'chada daydi mushukka ovqat berib uni erkalayotgan vaqting. Seni kuzatish juda juda maroqli edi. Asta sekin seni kuzatib hayoting oilang yashash sharotining bari haqida malumot toplay boshladim. Seni sevib qolganimni ich ichimdan sezardim. Ammo menda qo'rquv bor edi. Seni o'zingdan ham yaxshiroq bilib oldim. Chetdan pinxona sevib kuzatib yurdim. Imkon qadar senga begonalar zarar yetkazmasligi seni hech kim hafa qilmasligi uchun kurashdim. Har gal nimadandur siqilib ko'z yosh to'kganingda seni mahkam bag'rimga bosib dalda berishni istardim. Jonim qattiq azoblanardi. Meni eng kop quvonturadigan ham eng kop azob chekishimga sabab bo'ladigan ham sen eding. Faqatgina sen.. Va bir kuni sen turmushga chiqding. Bu barchasi tezlikda sodir boldi. Takitlaganindek sen haqingda o'ylaganingdan ham koproq narsani bilardim. Hususan oilaviy sharoting yangi oilang haqida ham. Agar xohlasam seni avvalroq o'zimniki qilgan bolardim. Ular tutgan yolni men ham tutsam bolar edi. Ammo men bunday qilmadim. Nima uchunligini aytaymi. Chunki seni sevginga boshqa yol bilan erishmoqchi edim. Meni chin dildan sevib qolishing kerak edi. Hech qanday majburiyat va shartlarsiz. Barchasini oz holiga qoyib berdim. Bu yaxshi natiyjalar olib keladi deb sira oylab kormapman. Eringni qilayotgan sovuq muomilasi menga yaqinlashishinga sabab yaratdi. Birinchi qadam do'konda kiyim tanlash. Osha kuni senga yolgʻon gapirgan edim. Mening singlim yoq. Men yolgiz farzandman doʻkonga esa sen uchun kelgandim. Ertangi o'qish kuni uchun harid qilishingni bilib atay kelgandim. Va biz maroqli vaqt o'tkazdik. Huddi men orzu qilganday. Men tanlangan kiyimlar husningga husn qo'shayotgan edi. Eng muhumi sen mening ko'zlariga qarab tabassum qilding. Kozing quvonchdan porlab turgandi. Seni bunday korish yoqimli. Yani chin dildan xohlab kulganingni. Majvurlikdan magrurlikdan emas. Shunchaki quvonchdan... Universitet ga ham sen uchun ishga kirdim. Senga yaqinroq bolish maqsadida. Biz rasman dostlashdik. Men uchun tirikligin nafas olayotganing yuragingni urib turgani seni har kuni korish baxtli bolushim uchun kifoya edi. Korayapsanmi seni qanday sevganman boshqalar nazlida bu telbalikdur ammo men uchun asl sevgi ko'rinishi.. Azolaring ortganida ortib borardi. Seni endi o'zimga qaytarib olish vaqti. Vaziatdan unumli foydalandim. Tan olaman. JANG bolishiyu sen mukofot sifatida tikilishing ham meni ishim edi. Faqat birgina haqiqat. Otam aytgan osha so'zlar. Oglim ekanliging ahamiyatsiz. Jangda yursangina qizni olasan. Bu men uchun hayot mamot masalasi edi. Otam bir so'zli inson. U Jungkookga nisbatan nohaqlik qilayotganidan avsusta edi

Janob Min : Nega shunchaki qizni o'zingniki qilmading, senda yetarlicha vaqt va imkoniyalar bor edi

Dearazadan tashqariga mag'rur boqib turgan oglini savolga tutdi.

Yoongi : Men uni hech qanday majburlashlarsiz. Oz xohishu bilan meniki bo'lishini. Kimligimga qaramay sevib qolishini istayman. Huddi oyim sizni sevgani singari

~
Yn pov:
Kundalikni yana bir qismini oqib chiqdim. Yana koʻz yoshlarga komildim. Oh Yoongi seni juda qattiq sog'indim. Qani endi yoninda paydo bolib qolsang. Qani endi tirik bo'lsang. Doim hazillar qilib meni kuldursang. Kechir meni Yoongi. Sen siz qiynalayapman. Kuchim yetmayapti.

Jivon : yana uni oylab siqilib o'tiribsanmi

Doimgiday Jivon mendan norozi. Balki u Jungkook bilan birga bolishimni istagani uchun balki Shunchaki o'tmishni qo'yib yuborib baxtli hayot kechirishimni istar. Yoshlangan ko'zlarim bilan uning Yuziga tikildim

Yn : qanday siqilmay. Qanday azoblanmay Jivon. U meni dunyodagi barchadan kop sevgan hatto Jungkookdan ham. Ogir paytim doim meni qo'llab quvvatlagan. U meni aqlga sigdirib bolmaydigan darajada kuchli sevgan. Bir inson yuragini aqlini ruhini shu qadar egalab olibman. O'zim bilmay uni qancha azoblaganman. Dilini ogritganman. Uchi meni sevishdan hech ham toxtamadi. So'ngi nafasimgacha meni ismimni takrorladi. Yuragi faqat Men uchun urdi. Men hudbinman. Uning qancha gozal orzulari bor edi. Yoongi ham baxtli bolishga sevilishga bu dunyoda o'zidan zurtiyot davomchi qoldirishga loyiq edi.

Jivon : bilaman Yn ammo bu hayot. Doim ham biz istaganlarimiz bolavermaydi. U oʻldi. Endi u yoq. Sen olganlar emas tiriklar haqida qaygurishing kerak. Jungkook haqida ham hech oyladingmi? U tirik va senga muhtoj. Agar uni ham Yoongi singari oʻlib ketishni istamasang o'zinga kelib olgin. Gaplarimni yaxshilab oylab kor

Jivonning ham gaplarida Jon bor. Tiriklarga yordam bersam balki Yoongi oldidagi aybdorlik hissi biroz bolsa ham yoqolar

Yn : Salom Yoongi. Yaxshi yotibsami? Bir kun kelib Sening qabring ustida turib bir uyum tuproq bilan suhbat qurishimni tassavur ham qilmagandim. Lekin bu mening kunlik odatimga aylanib qoldi. Seni doim sogʻinaman. Buni aytishdan ham charchamayman. Asta sekin senga ko'ngil bera boshlagandim. Bilmadim balki tirik bolganingda bari boshqacha tus olgan bo'larmidi? Seni orzularungni birga ro'yobga chiqarar edik. Kundaligingni oqiyotganimdan. Jahling chiqmasin. Menda faqat shu Kundalik va Sening futbolkang va sevimli atring qolgan. Atringdan oz oz sepib seni iforingni tutib turaman. Dimogimga osha tanish his urilgan on birdan quvonchdan porlab ketaman. Ammo qancha urinmay seni topa olmayman. Sen kelmaysan. Butun umrga ketgansan. Umrbod kutsam ham befoyda. Koz yosh tokaman. Soatlab yiglayman. Sen bilan otgan barcha ilq hotiralar koz o'ngimda gavdalanaveradi.

[ 1 oy avval]