Money talks 12 qism
Jk: Bu 3 kun ichida , sensiz bu yotoq, xona, uy... Dunyo torlik qildi menga. — Soat millari tungi 00:30ni ko'rsatib turibdi. Jungkook bag'ridagi qizni sochlarini ohista silarkan, qizning yuzidagi jilmayishni kuzatardi.
Yn: Kecha ichvolib derazamdan kirmaganingda, seni bunaqa oson kechirish niyatim yo'q edi.
Jk javob bermadi, u Shunchaki Ynni qattiqroq quchdi.
Yn: Bo'g'ilib qoldim— Yuzi Jkni tanasiga qattiq yopishgan qiz boshini qimirlata olmasdi.
Yn: Nafas ololmay o'lmaganimga shukur! — Qiz boshini bazo'rg'a yuqoriga chiqarib oldi.
Jk: Yo'q unga emas, senga e'tiborsiz bo'lganim uchun kechir.
Yn: Men hammasini oldingidek bo'lishini istayman, Jungkook! Men senga ishongandek, sen ham menga ishonishingni. Men seni so'zsiz tushungandek, Sen ham meni tushunishingni. Men seni eshitgandek, sen ham meni eshitishingni xohlayman .
Bu tungi vaqtlarda kichik muddatli ayriliqdan so'ng bir-biriga to'ymayotgan Yn bilan Jungkook kabi, Hana ham ovqatga to'ymasdi.
Tae: Nega josuslardek timirskilanib yuribmiz? — Qorong'uda harakatlanishdan charchagan Tae noliy boshladi.
Tae: Tushundim. Ammo, shuni chiroqlarni yoqib borsak ham bo'lardi.
Hana: Yo'q! Shu issiq havoda elektr ishlatib men o'ldirmoqchimisan?
Tae: Yaxshi! Yaxshi gapirmadim. — Taehyung yuzini burushtirgancha majburan yurarkan, u bor vujudi bilan issiq to'shagini qo'msayotgan edi.
~ Hammamiz bu stol atrofida bir oila bo'lib jamlanganimizdan judayam xursandman! } Janob Jeon so'zlarini tugatgach, Lia gap boshladi:
Lia: Men ham akalarimni baxtli ko'rganimdan, oilamiz yanada kengayganidan baxtiyorman.
Jk: Uyidan ilon chiqqan singlim, balki endi ketmassiz?
Lia: Xoy, Jeon Jungkook bro! Meni hecham Londonginamdan ajrata olmaysiz!
Tae: Seulginang ham zo'r shahar. Chet eldan farqi yo'q.
Lia: Teahyung bro, siz vapshe aralashmang.
Tae: Eyaaa! Bu nimasi! Dada, oyi ko'rdingizmi bu qizni tarbiyasi buzilgan.
Lia: Hechamda! Men sizlardan xafaman. Va'dangizni bajarmadingiz. Kelganimni birinchi kunidanoq, parkka olib boraman degansiz — Bu qizni erkalanib gapirishlarini eshitgan odam, universitet talabasi deb o'ylamasligi aniq.
Tae: Park bo'lsa parkda! Bugun kechga boramiz hammamiz.
Jk: Ha dada, aytkancha! Xizmatchilarni yolladim. } Jk soatiga qaradi.
- 1-2 soatlarda kelishishadi.
J/J: Juda yaxshi. Endi ko'nglim tinch bo'ldi.
Lia: Tovba! O'zi qaysi aqlli bu katta uyni masuliyatini ikkita yosh kelinlarga topshiradi-a? Qaysidir axmoq akamni ishimi bu? — Qiz ko'zlarini katta-katta qilib, Jk va Taega qarab turarkan, Hana va Yn kulgularini bazo'r yashirib turishardi.
Tae: Oyimni ishi bu, bo'g'irsoq— Lia akasi uni doim chaqiradigan laqabni yana eshitib jig'i biyron bo'ldiku-ya, ammo bu safar u Taehyung bilan tortishmadi. Qiz tilidan tiyilganini darxol sezdi. U sekingina nigohlarini Jeon xonimga tashladi. Ayol qiziga yeb qo'ygudek qarab turardi.
Jk: Ketishimiz kerak, kompaniya kutmoqda bizni. — Jk bunday vaziyatni darrov o'zgartira olardi. Lia kichik akasiga ko'z siqib, tashakkurini bildirdi.
Erkaklar uyni tark etishlari bilan, Jk yollagan xizmatchilar qo'rg'onga yetib kelishdi. Ular oldin ham shu yerni ishchilari bo'lganliklari uchun ham, oson moslashishdi.
Lia esa ikkita kelinoyisini olib, chuqur suhbat qurishni boshlab yuborishdi. Albatta yaqinroq tanishib olish uchun.
Yn: Nega to'yga kelmadingiz, Lia?
Lia: Imtixonlarim to'g'ri kelgandi ayni o'sha vaqtda. Hozir mana o'qishni ham 1 - kursini tugatib kelyapman. Undan tashqari Amerikada dadamni supermarketi bor. U ham meni zimmamda.
Hana: Qoyil. Sen bilan oxirgi ko'rishganimizda juda mitti qiz eding. Juda soddadil, oddiygina. Ammo shu vaqt oralig'ida ko'p ishga ulguribsan.
Lia: Albatta.. — Qiz o'zini maqtalganidan xursand bo'lib ketdi.
Lia: Hana opa... Voy... Kelinoyi! Avstraliyada qayerni tugatdingiz? Dadamni aytishi bo'yicha, adashamam, dizanynerlik bo'yicha, shundaymi?
Hana: Ha. Ammo hecham karyeraga e'tibor berishga vaqt bo'lmadi.
Lia : Men yaqinda shu yerdagi supermarketimizni ham boshqaraman, bir necha oy. Shunda menga yordamingiz kerak bo'ladi ba'zi ishlardi.
~ Bilaman! Hammasi yodimda. Unutib bo'larmidi... — Jeon xonim telefonda kim bilandir gaplasharkan, asablari tobora tomom bo'lib borardi.
~ Necha marta takrorlay-a? Hammasi to'satdan bo'ldi. Ammo va'damni bajaraman. Tina bu uyga albatta keladi
Bugungi kun ham huddi avvalgilari singari Kompaniya uchun ancha band paytlardan biri.
Jk: Aka, rostini aytsam sizda bir gapim bor! — Jungkook Taehyung o'tirgan xonaga kirib kelishi bilan, Yigit kompyuterdan ko'zini uzib, ukasiga bor diqqatini tikdi.
Jungkook gapni nimadan, qanday boshlashni umuman bilmasdi.
Jk: Dadamni ahvoli yaxshidek ko'rinmayapdi menga. 2 kun avval boshlari aylanib yiqilay deb qoldilar. Yaxshiyam oldilarida men bor edim. Ushlab qoldim.
Tae: Men ham hatta-harakatlaridagi o'zgarishlarni sezayapman. Ammo, dadamni bilasan, o'jar. "Hammasi joyida"dan nariga o'tmayaptilar.
Jk: Demak, bir doktorga ko'rinib kelishimiz kerak.
~
Lia bir oz xonasi tartibga keltirgach, sumkasini ildirib, otasining shahar markazidagi yaqinda u boshqarishi kerak bo'ladigan supermarketga borish uchun uyni tark etdi. Qizni darvoz oldida mashina va haydovchi kutib turardi.
~ Shahar o'zgaribdi! — Qiz mashina oynalari orqali kelmaganiga yillar bo'lgan ona shahrini kuzata boshladi.
Mashina manzilga yetib kelishi bilan harakatdan to'xtadi. Qiz ichkariga kirarkan, oldin o'zini oddiy savdogar sifatida kirishni ma'qulladi. Joy rostdan ham qulay. Hamma narsa o'z joyida, kamchiliklarsiz, maxsulotlar sifatli. Lia deyarli bir soat mobaynida 3 qavatli binoni ko'zdan kechirin chiqdi.
~ Hoy! — Yigitlardan biri Sungminni turtdi.
Sg: Nima deysan? — U e'tiborsizgina gapirib qo'ydida, ishida davom etdi.
~ Anavi oyimchani qara! Bir soatdan beri bir qarasa u yerni, bir qarasa bu yerni sinchiklab tekshirib yuribdi. Bu juda g'alati.
~ Menejer aytdi. Yordam kerak bo'lsa so'rarkansan.
~ Bor unda so'ra o'zing undan. Men mijozga yordam beraymi yoki yo'qmi deb. —Yigit Sungminga jaxl qilib ketarkan, narsalarni joylashtirayotgan Wook "ufff" tortib o'rnidan turdi.
Sg: Nimanidir topishga qiynalayapsizmi, xonim!
Lia ortidan kelgan ovozdan so'ng, burildi. Qiz qarshisidagi bir qoshini ko'tarib jiddiy turgan yigitga jaxl bilan qaradi.
Lia: Ancha vaqtdan buyon qolib ketdim. Ishchilar yordamga ham kelishmaydi. Qanday maosh olasiz o'zi bunaqa "tormoz"liklaringdan? — Lia ataylab norozilik bildirayotgandi. U navbatda ishchilarni mijozlarga bo'lgan munosabatini tekshirmoqchi edi.
Sg: "Tormoz"?! Yaxshi... Bu muhim emas... Xo'sh, xonim sizga qanday yordam bera olaman.
Lia: Yigitcha bor boshlig'ingni chaqir. Hammangni aqlingni kirdirib qo'yay!
Sg: Xonim o'zingizni bosing! Siz nima kerakligini ayting, men topib beraman. Hammasini bir zumda hal qilamiz.
Lia: Bu muammoni shunchaki hal qilib bo'lmaydi. — Sungmin Tannoz Mijozni ancha vaqt chidab tinglashga majbur bo'ldi, ammo oxir oqibat bunga boshqa ko'z yuma olmadi.
Sg: Xoh ishchi bo'lay, xoh boshliq. Avval meni emas. Sizni odamlarga qiladigan munosabatlaringizni to'g'irlash kerak. Xo'sh endi, oddiy yugurdak ekan deb, tilingizga kelganini gapiraverasizmi? — JSugminni ovozi tobora yo'g'onlashib boraverardi. Lia-chi? Bunaqa munosabatni kutganmidi? Yo'q, Albatta!
Qolgan xodimlar ham ularni atrofiga sekin yig'ila boshlashdi. Bunaqa tekin tomoshalar har doim ham bo'lavermaydida!
~ Jeon xonim! Jeon Lia xonim! — Qayerdandir paydo bo'lib qolgan Menejer birdan o'rtaga qo'shilib qizga ta'zim qila boshladi. Qolganlar singari, Sungmin ham hali beri km bilan qo'pol munosabatda bo'lganini anglamay qoldi.
~ Uni kechiring, xonim! Yigit hali yosh. Tajribasiz. Endi kelgan ishga! Xohlasangiz.... — Menejer yigitga qaradi.
~ Xohlasangiz, tezda ishdan bo'shataman uni!
~ Kim bilan tortishayotganingni bilasanmi, sen? Xonim, bu yerni yangi boshlig'i.
Lia yigitga qoshlari uchurib qo'ydi.
Lia: Endiyam shunaqa gapira olasanmi?
Lia: Siz qanaqa menedjersiz? — Qiz narigi erkakka qaradi.
Lia: Ishchidan ayb o'tsa, avval tushuntirish kerak emas! Xoh qattiq gapiring, xoh yunshoq - bu sizni tushuntirish tilingizga bog'liq. Ishchi kuchi doim kerak.
Lia: Endi o'zimni tanishtirsam. — Qiz yig'ilgan xodimlarda yuzlandi. - Men Jeon Sohe , bugundan boshlab shu yerda siz bilan birga ishlaymiz. Nazoratim qattiq. Qoidalarni barchasiga rioya qilinishi shart va zarur. O'ylaymanki, bu yerda yaxshi va manfaatli ishlashni istasangiz, doimgidanda yaxshiroq ishlashga harakat qilasiz. — Xodimlar qarsak chalib, Jeon xonimni kutib olishdi.
Lia: Tanishganimdan xursandman! Min Sungmin. —Qiz avval yigitni ismini taqilgan broshkasidan bilib, unga qo'l cho'zdi.
Sg:Men ham! —Yigit shunchaki ta'zim qilib, qizni qo'lidan tutmadi. Lia avval Sungminning sovuqqina yuziga, so'ng javobsiz havoda muallaq qolgan qo'liga qarab, labini chetida kulib qo'ydi.
Kunlar o'tib borardi , Jeon xonadoniga tashqaridan nazar tashlasangiz, mustahkam oila kabi ko'rinadi. Ammo ichkaridan bu joy sir-sinoatlarga yetarlich boy...
~ Qizaloq! } Doktor Hananing qorin qismidan moslamalarini yurgizarkan, axiyri bolaning jinsini aniqladi.
Taehyungni ko'zlari kichik ekranchadagi tasvirlardan uzilmasdi, go'yo uni tushinayotgandek. Uning yorqin tabassumi, chaqnab turgan ko'zlari baxtdan porlardi.
Tae: Ismini xosh Minji yoki Byeol qoysakchi aa?— Taeni mashinaga o'tirishdagi birinchi so'zi shu bo'ldi.
Han: Nima?! Nega boshqa ismlar ham borku?
Tae Chunki bu ismlar menga yoqadi — Hana kekkaygan bu yigitchani harakatlariga qarab kulgisi kelardi.
Hana: Xafa bo'lmakuya, ammo bu ismlar menga yoqmadi boshqa chiroyli qizlarni ismlari kopku .
~~
Lia Seulga va yangi ish joyiga ancha o'rganib qolgandi. Supermarketda hammasi joyida. Ammo qizning yuragi tinch emas. Lianing bu holatga tushishiga, shu yerning oddiygina ishchi yigiti sababchi! Qiz Sungminni uni nimasi bilan rom eta olganini tushunmasdi. Ammo, uni qizga nisbatan etiborsizligi Liani qiziqishlarini oshirayotgani yaqqol ko'rinib turardi.
~ Bugun yangi mahsulot yetkazuvchilar bilan uchrashaman. Korxonani yaxshilab ko'zdan kechirishimiz kerak. Menga bunda yordamchi kerak bo'ladi — Qiz o'z kabinetida bosh menejer bilan suhbatlashardi.
~ Jeon xonim, bizda bu masala bo'yicha tajribasi yetarli insonlar bor. Xohlasangiz ular sizni o'rningizga borishadi yoki sizga hamroxlik qilishadi.
Lia: Menga kim yordam berishi kerakligini juda yaxshi bilaman! — Qizning nigohlari xonaning katta oynalari orqali tovarlarni joylashtirayotgan Sungminga qaratilgan.
Lia: Uni ogohlantirib qo'ying. 1 soatdan keyin ketamiz. } Menejer boshliqni gapini ikki qila olarmidi?! U sekin yosh xonimga ta'zim qilib, qadamlarini Sungmin tomon yo'naltirdi.
Lia ularni kuzatib turarkan, yigitni kayfiyati birdan o'zgarganini sezdi. Uni qovoqlari biroz uyilib, norozi ohangda nimalarnidir tushuntirardi. Menejer unga nimadir degandan so'ng, yigitni ko'zlari Liaga qaratildi. Qiz esa birdan nigohlarini undan olib, kompyuterga qarab turardi.
Tae: O'zingni asra, sevgilim! — Tae Hana yonoqlarida kichik o'pich qoldirdi, va so'ng uni qo'rg'on eshigi oldida yolg'iz qoldirdi.
Hana Tae ketishini kuzatib turarkan, u ko'zdan g'oyib bo'lgudek uzoqlikka ketgach, qiz ham uy tomon harakatlanishni boshladi.
Hana sekinlik bilan ichkariga kirarkan, mexmonxonadan eshitilayotgan ovozlar orasida notanish ayollarniki ham borligini bilib, o'sha tomonga yura boshladi, Albatta salomlashish maqsadida. Ammo qaynonasining so'zlari qizni qadam tashlashdan to'xtatdi...
J/x: Xah! Ishonmaysan! O'sha Choini qizi kelinim! Taehyungni xotini— Jeon xonim yonidagi ikkita ayol bilan suhbatlasharkan, gap Hana haqida ketayotgani aniq edi.
J/x: Biram zaharki, bitta gapdan qolay demaydi. Ota-onasi yo'q, yetimcha, boshimga chiqmoqchi. Xah! Chuchvarani xom sanabdi.
~ Janob Choi va rafiqasi juda axloqli juftlik edilar. Qizini bunaqa bo'lishi...
J/x: Juda oshirvording. Ular sen o'ylaganingdek yaxshi odam emasdilar. Qizi ularsiz o'sdi va mana ahvol. Agar yonida ota-onasi bo'lgan taqdirda ham, shu ahvol bo'lardi.
Hananning qo'llari musht bo'lib tuguldi. Qizning yosh tomchilari yuzidan sirg'alib, yerga dumalab tushardi. O'zi-ku mayli, ammo bu dunyoda yo'q ota-onasi haqidagi gaplar unga rostdan ham og'ir botdi.
Qiz endi oldinga harakatlana boshlagandi hamki, yelkalaridan tutilgan qo'llar tufayli qadamlari to'xtadi.
~ Amaki } ko'zlari yoshga to'lgan Qiz, xatto o'zi bilmagan holda Janob Kimni qattiq bag'riga bosdi.
J/J: Yig'lama qizim! Sen kuchli bo'lishing kerak! —Janob Jeon Hananing sochlarini sekin siladi.
~ Demak, dadangdan havotirdasan? } Doktor qarshisida turgan Jungkookni sinchiklab kuzatardi.
Jk: Shunchaki ularda qandaydir o'zgarishlar bor. Agar qarshi bo'lmasangiz, sizni o'zim uyga olib borsam. Dadam shifoxonaga kelishni xohlamayapdilar.
Dk: Dadang... Janob Jeon shundog'am kasalligini biladi. Unga sening g'amxo'rloging kerakmikan? }
Jk: Doktor, bu nima deganingiz?
Dk: U insultga chalingan. Lekin, u bu kasallikni yengishga harakat qilmayapti. Sizlar esa buni bilmaysiz ham.
Jk: Siz nima deyotganingizi o'ylabroq gapiring. Qanaqasiga otam buni bizdan yashirishi mumkin?
Dk: Mana tahlil natijalari. — Doktor Jungkookni qo'lidagi bir qancha qog'ozlarni uzatdi. Ularni birma-bir kuzatib chiqayotgan yigitni ichidan nima o'tganini faqat o'zi biladi.
~ .... Keyin o'ylab qoldim. Shu qiz rostdan ham mitti Hanami deb? Ishon u juda yaxshi, mehribon, aqlli qiz. Sen va oyisini juda sog'ingan.— Janob Jeon eski qadrdonining qabri ustiga kelib turarkan, uning so'zlarini eshitib, Hanani ko'z yoshlarini oxiri ko'rinmasdi.
Hana: Dada, Oyi! Meni kechiring sizlar uchun yaxshi farzand bo'la olmadim.... Kechiring.
Biroz muddatli suhbatdan so'ng, Janob Jeon va Hana bu yerni tark etishdi.
J/J: Senga bir gap aytmasam bo'lmaydi.... Hana.... Bu haqiqatni ancha yillardan beri yashirdim. Men qilgan o'sha ishni hech kim bilmaydi deb o'yladim. Ammo, meni ko'zlarim, qo'llarim, quloqlarim o'sha voqeaga guvoh bo'lishgandi.... Ammo sen qo'rqma. Mendan xafa ham bo'lma, qizim. Seni dadangni ....
Hana: Amakiiii... — Rulni boshqarayotgan Janob so'zlarini oxirigacha ayta olmadi. Undagi kasallik go'yo vaqtini poylab turgandek, hozir kuchini ko'rsata boshladi. Hana ahvoli yomonlashib borayotgan Janobga hatto qo'li yetishga ham ulgurmadi....
Yo'lning narigi chetidan kelayotgan ulkan yuk mashinasi to'satdan yo'lda to'xtab qolgan mashinani anglab olishga ulgurmasdan katta avtohalokat sodir bo'ldi.
Hamma narsaning oxiri bo'ladi. Boshlandimi, demak yakunlanadi. Inson umri ham huddi shu strategiya bo'yicha harakatlanadi. Hammamiz tug'ilishimizga va eng so'nggi nafasimizni chiqarishimizga to'g'ri keladi. Hech kim mangu emas, ammo biz qoldirib ketadigan xotiralar doimo abadiydir.
Kasalxonaning jonlantirish bo'limida yotganlarning oila a'zolari, bugun ular bilan o'tkazgan eng iliq va samimiy xotiralarni eslashmoqda. Balki, bu xotiralar yetarlicha bo'lmagani uchun ham ularning tanasidagi bir parcha yuraklari shunaqangi azob berayotgandir?!