Our love story
Assalam alaikum! Mening ismim Sumayya , yoshim 20da. Bunday salomlashganim uchun hayron bo'lmang, ha, men musulmonman, alhamdulillah! Men Seuldagi xususiy Dunyo dinlari universitetining Islom fakultetida 3-kursda o'qiyman.
Tog'rirog'i, men bu yerda yolg'iz emasman. Dugonam Safiya bilan birgalikda o'qiymiz. U bilan ilk maktab davridan buyon do'stmiz, maktabni bitirgach ham birgalikda dinimizni mukammal o'rganish uchun turli davlatlardagi universitetlarga onlayn hujjat topshirdik.
Imtihon javoblari chiqqan kun, biz misoli osmonlarga uchgandik. Sababi, ikkalamiz ham travelni juda yaxshi ko'ramiz, biz kirgan universitet esa biz o'sha doramalarda ko'rib sevgan Seul shahri edi...Biz ishona olmasdik, takror-takror Allohga shukur aytardik, nahotki endi orzularimiz amalga oshsa
Lekin, tabiiyki bizni davlatda qiz bola chet elga chiqishi go'yoki fojia..Uyimizdagilarni ko'ndirish umuman oson kechmadi, axiyri o'qish boshlanishiga oz vaqt qolganda ular rozi bo'lishdi chunki, biz Islom haqida boshlang'ich ilmlarga ega ekanligimiz uchun Grand yutgandik, alhamdulillah
Bundan 1,5 yil avval qattiq
hayajonda samalyotga chiqib, katta hayot sari yo'l qo'yganimiz haliham kechagidek esimda...
Seul biz o'ylagandan ham go'zal edi, xuddi ertakdgi doramalardek.
Shu tariqa, biz o'qishlarni boshlab yubordik, faqat ilm olish bilan mashg'ul bo'lardik. Ishlashimizga xojat yo'q edi, stipendiyamiz va ota-onamiz yuboradigan pullar bizga yetardi. O'qish, ibodatlar, darslar bilan band edik. Ba'zida shahar aylanib, sayrga chiqardik.
Lekin menga eng ko'pi sohilga borish yoqadi. Ayniqsa, erta tongda yoki tunda, muhimi insonlardan uzoqda...Sokin dengizga qarab, istagingcha hayol surasan, bir nimalarni tafakkur etasan, xohlasang hech nimani o'ylama, shunchaki, bu manzaradan bahra ol...Muhimi, shovqinli shahardan biroz holi bo'lasan :)
Mana hozir ham hayol surib, daftarimga o'z hikoyamni yozib o'tiribman, balki qachondir kimdir buni o'qisa, nimaiki istasang faqat Allohdan so'rashingni, shundagina Alloh hatto sen o'ylaganlaringdan ham go'zalini berishini anglab yetar...balki, yillar o'tib bu xotira daftarimni o'z farzandlarimga o'qib berarman, nima bo'lsa ham men hozir juda baxtliman, bir paytlar o'zim orzu qilgan hayotda yashamoqdaman, alhamdulillah!
Safiya bilan bomdod nomozini o'qib, tongga qadar Qur'on o'qidik, keyin birgalikda nonushta qilib, kiyinish uchun xonalarimizga chiqdik...
Safiya : Sumayya Axx, sen qiz halyam kiyinmadingmi, seni mana shu hayollaring bilan oxirgi payt men ham sendek kechikib yuradigan odat chiqardim
Safiya nolib gapirarkan, kelib dugonasini yelkasidan ushlab turg'izdi
Sumayya: Yaxshi, hozir kiyinib chiqaman, faqat bitta iltimosim bor, bugun piyoda ketaylik, qara havo juda zo'r
Sumayya mo'ltirab derazadan tashqariga ishora qildi
Safiya: Ayyshsh, shundog'am ertalabdan avtobusda tiqilinchda ketmoqchi emasman, bo'laqol
Safiya Sumayya boshini yengil silkitib, chiqib ketdi.
Birgalikda ko'cha bo'ylab yurib universitet tomon keta boshlashdi.
Safiya: Yaa, subhanalloh! Har kuni shu ko'chadan o'tamiz, lekin doim bu go'zallikka og'zimiz ochilgudek qarab ketaveramiz-a?!
Safiya kulimsarab telefoni orqali bugungi sanaga qaradi- Imtihonlarga 3kun qolibdi, huuh, o'zi qancha davom etarkan- dedi
Sumayya: 3kundan keyin ancha bemalol bo'lamiz, in shaa Alloh!-
Sumayya tirjaygancha
Safiya: Qanaqa bemalol?! Malaka oshirish uchun ketishimiz esingdan chiqdimi?!
Sumayya: Bu axir zo'rku, birgalikda dars beramiz, o'rganganlarimizni o'rgatamiz, yana sayr qilishgayam ko'proq vaqtimiz bo'ladi- dedi Sumayya sevingancha,- Seningcha bizni qayerga yuborishar ekana?!
Safiya: Qayerga bo'lsayam, sen bilan birga tushmasam bo'ldi Safiya ataylab kulardi
Sumayya: Yaaa, Safiya! Bor-bor, o'zing ket!
Sumayya dugonasining ortidan itardi
Shunday kulishib, universitetga yetib kelishdi. Bu yerda hech kimni kiyimi sabab so'roqqa tutilmasdi, shu sabab ham ular bemalol, keng kiyim va hijobda bemalol yurishar edi