Only for you
5 qism
JANG qiziganda qizib borardi. Raqiblar bir biriga shavqat qilmay qaqshatqich og'ir zarbalar bilan bir birlarini siylashardi. Jungkookning bu galgi raqibi ancha kuchli chiqdi. So'ngi raunda raqibi teknik nakaunt bilan mag'lubiyatga uchratdi. G'olib qo'li yuqoriga ko'tarildi. Do'stlari doimgiday uni tabriklab bazim qilishni boshlab yuborishdi. Tanasiga alkagol tarqab ulgurgan Jungkook barcha narsani unutdi. Vadasini. Uyda uni uhlamay kutib o'tirgan rafiqasini butkul yodidan chiqardi..
Yn : soat 2 Dan oshdi. Bir soatda qaytaman degan edi. U yomon odamlarga qo'shilib qolgan. Unga biror yomonlik qilishgan bo'lsachi? Oh Jungkook. Jungkook.. Qo'ng'iroq qilib ko'raychi
Ketma ket to'xtovsiz qo'ng'iroq qila boshladim. Yuragim havotirdan taka puka bo'lib ketdi. Ketishiga yol qo'ymasligim kerak edi. O'zim ahmoqman.. Oradan yarim soat o'tar o'tmas Jungkookdan qo'ng'iroq bo'ldi. Ammo men eshitishni istagan ovoz o'rniga bir ayolning ovozi. Bu o'sha..
Yn : alo alo. Jungkook.
Jungkook yaxshimisan. Meni eshitayapsanmi?
Yn : s.... sen kimsan? Jungkook qani
Minhee : Jungkook yaxshi u hozir dam olayapti. Senga faqat shuni ayta olaman. Qayta qayta qo'ng'iroq qilib odamni bezota qilaverma. Hayr
Shu so'zlarni aytib go'shakni qo'yib qo'ydi. Ichimda to'fon ko'tarilib suvlari Hamma yerni vayron qilishga tayyor. Shu qizmidi muhum ishi?
Yn : LANATI. JIN URSIN SENI JEON JUNGKOOK. TENTAK AHMOQ... NAFRATLANAMAN SENDAN.. YOQIMSIZ. MAHLUQ. O'SHA BOTQOQ MAHLUQING BILAN BIRGA IKKOVING HAM TEGISHINGNI OLASAN HALI. ISMIM YN BO'LSA BU ISHING JAVOBSIZ QOLMAYDI
Baqirib ichimdagi bor alamimni chiqarib tashashga harakat qildim. Befoyda ayni damda nima qilmay befoyda. Faqat ikkisini bo'g'zidan olib qilgan ishi uchun javob so'rasam. Anavi bitliqining sochlarini bittalab tolalab yulsam. O'sha olaygan ko'zlarini o'yib olsam. Zahar chakillab tomib turgan tilini sugurib bolak bolaklarga ajratib o'laksaxo'rlarga yem qilsam. Qani endi shularni birortasini bo'lsa ham bajara olsam. Lekin mening qo'limdan yig'lashdan boshqa ish kelmayapti. Ko'z yoshlarim daryo misol quyilib kelayapti. Ko'ksimdagi yuragimni yulib tashqariga uloqtirishni istayman. Shunda hech qanday og'riq hech qanday azob hech qanday tuyg'uni his qilmasdim. Menga nimalar bo'lyapti nega bularni his qilayapman..
Jungkook hotirjam uyga kirib keldi. Kayfi ham ancha tarqagan. Xush kayfiyatda xonasiga kirib bordi kirdi hamki yerda tizzasini quchgancha hissiz bir nuqtaga tikilib o'tirgan rafiqasini ko'rib xushi o'zidan uchdi.
Yn ppv:
Eshik ochilib o'sha mahluq kirib keldi. Kayfiyati chog' anavi alvasti hursand qilib yuborgandurda. Ertalabgacha mijja qoqmay chiqdim. Yiglayverib ko'zimda yosh qolmadi. Universitetga borishim kerak. Hech nimaga etibor bermay o'rnimdan turib yuvininsh xonasi tomon yol oldim. Kiyinib nonushta ham qilmay uydan chiqdim. Jini meni o'qishga tashlab qo'ydi. Jungkook ortimizdan o'ziga o'zi so'kingacha qoldi. Unga bu ham kam. Rosa uyqim kelayapti. Oyoqda zo'rg'a turibman. Aksiga olib darsga ham kechka qoldim. Boshim aylanib muvozanatni yo'qotay deb turganimda kimdur belimdan tutib qoldi
Bu Yoongi edi. Havotirlanib darhol meni savolga tutdi. Hozir hammadan ham meni tinglaydigan dalda beradigan insonga muhtojman. Negadur uning iliq munosabatiga erib yiglab yubordim. Bo'ynidan mahkam quchib o'ksinib qattiq yigladim
Yoongi : Yn. Ahvoling joyidami? Seni kimdur hafa qildimi yoki
Yoongi : Boldi yiglama o'zingni bos
Javoban meni ham mahkam quchib sochlarimni silab yupata boshladi. Ancha o'zimga keldim. Hijolat bo'lib undan ajraldim. Uyatdan yuzim qizardi.
Yn :Haligi meni ahvolim uncha yaxshi emasdi. Shunga bilmay seni quchoqlab oldim
Gaplarim shunchalik kulgulimi. Yoki o'zimmi? Yuz ko'zim ishib qizarib yotibdi rangim ham bir ahvol. Men kulgili bo'lmay kim kulgili bo'lsin ahir
Yoongi: Axir biz do'stmiz. Do'st shunday paytda kerak. Istasang bugun darsga kirma. Ikkimiz tashqarida birga qahva ichamiz ancha o'zinga kelib olarding
Bu taklif ayni mudddo boldi. Yoongining mashinasiga o'tirdik. Qahva olgani mashinadan tushib ketdi. Uyqum rosa kelayotgandi sal oldin yig'laganim sabab ko'zlarimni ocha olmay ham qoldim. Qancha Vaqt uhlaganimni bilmayman. Ko'zimni bir yumib ochsam kop voqealar sodir bo'lib ulgurganini payqadim. Mashina o'rindingi uhlashimga qulay qilib pastga tushurilgan ustimda Yoongining pitjagi qarshimda esa o'zi uhlab yotibdi. U juda yoqimtoy bo'lib uhlar ekan. Telefonim jiringlashi uni ham uyg'otib yubordi. Ko'zlarini shiqalab uyqusini biroz tarqatdi
Yoongi : Haligi kelgunimcha uhlab qolibsan. Bezovta qilmay degandim
Biroz hijolat kechayotgani bilinib turardi. Unga qancha rahmat aytsam ham kam. Uyda Jungkook bilan tortishish uchun ancha kuch to'plab oldim
Yn : Qanday minodorchilik bildirishni ham bilmayapman. Katta rahmat Yoongi. Kerak paytin yolg'izlatib qoymading
Doimgiday yuzida yoqimli jilmayishni aks ettirdi
Yoongi : Rahmatga hojat yoq. Nima bo'lgani haqida gaplasha olmadik. Seni kimdur hafa qilgan bo'lsa ayt.
Yn : Rahmat.. Bu haqida keyinroq gaplashsak vaqt ham allamahal bolib qolibdi. Meni uyga tashlab qo'ya olasanmi
Tinimsiz o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar. Xabarlarni birma bir ochib korib o'zimni arang kulgudan tiyib turdim.
: Yn qayerdasan ahvoling yaxshimi
: ertalab hech nima demay ketib qolding. Sendan havotir olayapman
: Sen men bilan o'yin o'ynayapsanmi? Kichkina yalmog'iz hoziroq qo'ng'iroqaa javob ber
: Yn yolvoraman biror narsa de. Havotirdan yorilib olaman. Hech bo'lmasa ahvoling joyidaligini bilay..
Yn pov:
Uhlab qolganim foydamga ishladi. Battar bo'l aslida senga bu ham kam. Uyga yetib kelgach Yoongiga takror rahmat aytib mashinadan tushdim. Uy jim jit hamma xonasida bo'lsa kerak. Men ham xonamizga ko'tarildim huddi Jungkook ertalab qilganidek hech narsa bo'lmaganday hush kayfiyatda xonaga qadam tashladim. Meni avzoyi buzuq yuz ko'zini qora tuman qoplagan qadrdon erginam kutib oldi. Tishlari g'ichirlab bo'yin tomirlari bo'rtib turibdi. Hujumga o'tishga tayyor yirtqich.
Jungkook : Qayerda eding. Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermading o'qishga ham bormagansan
Uni xonada yoq deb tassavur qilib kiyimlarimni almashtirishni boshladim. Sumkamni joylab ziraklarimni yecha boshladim. Bundan uning battar qoni qaynay boshladi. G'azabini jilovlay olmay baqirishga tushdi
Jungkook : MEN SENGA GAPRYAPMAN.
YN : MENGA BAQIRMA. AYTMAYMAN. MEN BILAN ISHING BO'LMASIN TUSHUNARLIMI
JUNGKOOK : AYTASAN. SHUNCHA VAQT KIM BILAN QAYERDA YURGANINGNI HAR BIRINI BIRMA BIR HISOBINI BERASAN.
YN : UNDA SEN HAM KECHAGI KUN UCHUN MENGA HISOB BERASAN. KECHA KIM BILAN NIMALAR QILGANINGNI BARI BARINI AYTASAN.
Allaqachon ko'zlarim namlanib ulgurgan. Ichimdagi barcha gaplarimni baqirib aytib yengil tortayapgandayman. Telba misol qilayotgan harakatlarim Jungkookni biroz hovuri bosilishiga olib keldi
YN : SENI KUTIB KECHASI BILAN MIJJA QOQMAY CHIQDIM. SENGA BIROR NIMA BOLMADIMI DEB O'YLAYVERIM ADOYI TAMOM BO'LGANIMDAN HABARING BORMI. SHUNDA HAM MENDAN HISOB SO'RAYSAN. SEN UNUTDING JUNGKOOK. BERGAN VADANGNI MENI BARINI UNUTDING. O'SHA BOTQOQ ALVASTISI UCHUN MENI ALDADING. YOLGIZ QOLDIRDING
KET. YOQOL.. KEEEETTTT. SENI KORISHNI HAM ISTAMAYMAN. SENI YOMON KORAMAN SEN YARAMAS MAXLUQSAN
Ko'ksiga qatiq mushtlab urib uni hayday boshladim. Bu to'nkaga kuchim yetarmidi. Albatta yoq. Qo'limga nima ilinsa unga qarata uloqtira boshladim. Avval yumshoq narsalar. Yostiqlarni ketma ket bor kuchim bilan Jungkook tomon irgitdim. Tentak shu holatda ham ustimdan kulayapti. Bu o'zi qanday odam
Jungkook : Yn bo'ldi. Shoshma kel o'tirib gaplashib olamiz
YN: MAHLUQ. YOLGONCHI SENI KO'RISHNI HAM ISTAMAYMAN. KET. KETSANGCHI BOSHIMNI BALOSI.. YOQOL
Guldon bilan uni quvdim. Xonadan otilib chiqib ketdi. Izdan guldonni devorga qarata otdim. Chil chil bo'lib sindi
Jungkook : Bu qiz emas. Tavba..
Uyidagi baqir chaqirdan janob Jeon yuragini hovuchlab Jungkook qarshisiga chiqdi
Janob Jeon : Jungkook o'g'lim tinchlikmi. Nima baqir chaqir
Jungkook hotirjam kulgu aralash javob qaytardi
Jungkook : Hammasi joyida dada. Havotir olmang. Shunchaki keliningiz sevgisi ko'payib ketibdi. Bir birimizni kundan kunga qattiq sevib qolyapmiz. Shuning ta'sirida yuribdi. Hozir o'ziga kelib qoladi
Dush qabul qilib biroz o'zimga kelib oldim. Yuzimga tungi uxod qildim. Shu orada eshik ochilib Jungkook kirib keldi. Unga ahamiyat bermay joyimga yotmoqchi boldim. Tinib tinchimaydigan erginam qarshimga chiqib yolimni tosdi
Yn : Kaltak yeb olmasingdan yo'limdan qoch. Boyagi kamlik qilgan korinadi
Magrur tik nigohlarimni uning ko'zlariga qadadim. U faqat tabassum qilayapti. Yana bir kutilmagan harakat. Bellaridan yo'g'on qollarini o'tkazib o'rta dagi masofani sezilarli darajada qisqartirdi. Bir muddat o'zimni yo'qotib qoyay dedim. Doim uning shu chiroyli ko'zlariga aldanib qolaman
Yn: Hoy tentak qoyib yubor. Men uhlashni istayman
Jungkook : uhlaysan. Birga qucholashib uhlaymiz
Yn : hechamda. Men sen bilan quchoqlashish tugur birga yotmayman ham. Sen tunda baribir meni aldab anavi BOTQOQ alvastisi oldiga ketasan ohirgi jumlalardan song
Jungkookning yuzida yanada keng jilmayish hosil boldi
Jungkook : Axa xa xah. BOTQOQ alvastisimi?
Jungkook yuzi birdan jiddiy tortdi. Ko'zlarimga chuqur mano tola nigoh bilan biroz tikilib gapida davom etdi. Menga havo yetishmayapti. Uning kozlari harakatlari nafasi. O'rtadagi masofa qisqaligi sabab yurak urishimiz birbirimizgacha eshitilib turibdi. Butun tanam bo'shashib ketayapti.
Jungkook : kechir. Boshqa seni hafa qilmayman. Vada beraman. Tunda sensiz hech qayerga chiqmayman. Boshqa yiglama iltimos. Kechirasanmi
Yn lov
Yo hudoyim. Chamamda u meni qanday yumshatishni bilib olgan. Bergan vadasi davomli bo'lsin.
Yn : osonlikcha hech nimani unutmayman. Endi uhlamoqchiman.
Jungkook : Yaxshi birga uhlaymiz.. Qani
Bir urunishda meni dast ko'tarib oldi. Zum o'tmay ehtiyotkorlik bilan o'rnimga yotqizdi. Yuzimga yuzi shu qadar yaqin turar ediki. Yana ozroq turtki va lablarimiz birlashar edi. Nafasimga tiqildim miyyam butunlay Blocklandi. Faqat yuragim toxtovsiz shiddat bilan urushini tomirlarimda oqayotgan issiq qon va Jungkookning kuyduruvchi nafasini his qilayapman.
Pov Jungkook
Uning barcha qiliqlari yoqimli. Unga nisbatan nohaqlik qildim. Togʻri aytdi vadamni butkul unutdim. Dunyoda chiroyli kozlar kop. Ynning ko'zlaridan chiroylisi ham bisyor Ammo shu dunyodagi barcha ko'zlar qolib uning jigarang ko'zlarini yoqtirib qoldim.
Yn : khm khm. Jungkook Men uhlamoqchiman
Qaynonam bilan qaynotam bir oylik tatil olishdi. Jungkookni menga omonat qilib topshirib ketishdi. Endi unga enagalik qilishim qolgandi o'zi. Nima ham deyman taqdirda borini ko'raveramizda
Jungkook : Yn tayyorlan biroz ko'ngil yozib kelamiz
Yn : kech boganda qayerga boramiz Jungkook?
Jungkook : uf seni bir yerga olib boraman desa ham norozisan. Qachondir mendan mamnun bo'lasanmi o'zi. Bir o'zingni yolg'iz uyda tashlab ketgim kelmayotgandi
Yn : Men nima dedim. Tavba tavba. Erginam ohirgi payt juda Asabiy bo'lib ketayapsan. O'zinga ham sezilayaptimi? Yaxshi Men yarim soatda tayyor bo'laman..
To'satdan bu ko'ngil yozish qayerdan chiqdi. Nima bo'lgan taqdirda ham uni yolg'iz jo'natmayman. O'zimga qarab kalta qora ko'ylak kiydim. Sochlarimni uchlarini jingalak qilib biroz oldimga tashladim. Yaltiroq lab bo'yog'i hushbo'y atr va men tayyorman