September 4

Only for you

12 qism

Ba'zi insonlar hayotimizga tuhfa sifatida kelgan.❤️‍🩹

Final

Tungi soat 20:00dan oshgan Jungkook taklifi bilan kechki sayrga chiqdik. Balki bu uni tinchlanishiga yordam berar. Kaftlarimiz bir biriga yopishgan holda Yoqimli juftlik bolib ko'cha aylandik. Huddi orzu qilganimdek.

Jungkook : Yn senda muhum gapim bor

Jungkookning keskin harakatlari meni bir kuni ado qiladi. Qo'limni qo'yib yuborib jiddiy qiyofada qarshimga chiqdi. Cho'ntagidan bahmal quti chiqarib tiz cho'kdi va dedi

Jungkook : Sen bilan tanishganimizga uzoq yil bo'lmagan bo'lsa ham shu qisqa vaqt ichida ko'pgina voqealarni boshdan kechirdik. Butun borlig'im bilan senga ko'ngil qo'ydim. Shuning uchun sendan umrbod men bilan bo'lishingni so'ramoqchiman. Urshib qolsak ham qarib hunuklashib belimdan quvvat ko'zimdan nur ketgan vaqtda seni yonimda bo'lishingni istayman. Menga turmushga chiqasanmi?

Hayajon kaftlarim orqali ogzimni berkitdim. Ko'zlarim quvonch yoshlari bilan to'ldi. Dunyoda mendanda bahtli inson bo'lmasa kerak. Tan olishim kerak Jungkookdan bunday harakatlarni kutmagan edim. Balki uzoq yillik sabrim mukofoti bilan siylanayotgandurman.

Jungkook : Nega jimsan. Yoki rozi emasmisan

Yn : Albatta roziman Tentak

Jungkook qo'limga bechirim kapalakli uzukni taqib qo'ydi. U ko'zni qamashtiradi.

Yn: Seni sevaman Jeon Jungkook

Jungkook meni quchgancha ko'tarib aylantirdi. Baxtdan sarhusht bo'layapmiz.. Hayotimizdagi eng Yoqimli lahzalar..

Kechagi hursandchilikdan hali hamon ozimga kela olmay yuribman. Uzugimga har ko'zim tushgan on beixtiyor tabassum qilaman. Yana qayergadur ketayapmiz. Shu kunlada Jungkook surpriz va sovg'alarga boy bo'lib qolgan. Albatta yaxshi manoda.

Yn : Qayerga ketayapmiz Jungkook

Jungkook : Mm nima desam ekan. Kel yaxshisi sir bo'la qolsin

Yn: Yaxshi sen nima istasang shu
Vanihoyat manzilga yetib keldik.

Jungkook ko'zlarimni kaftlari orqali berkitib o'rtachakattalikdagi binoga olib kirdi

Jungkook : Ana endi ochaver
ko'zlarimni ochishim bilan atrof birdan yorishib ketdi. Yana yigi kela boshladi. O'zimni ushlab qoldim. Biz kelinkoylaklar do'koniga kelibmiz. Toyimizda ko'ylagimni o'zim tanlay olmagan edim. Yana bir armonim qisman ushalish arafasida

Yn : Jungkook bu.. Bunga hojat yoq edi

Jungkook : Avvalgi turmushimizda ko'p narsalar risoladigiday o'tmagan. Bizda 2chi imkoniyat paydo bo'ldi. Endi undan unumli foydalanish kerak. Hozir esa senga birgalashib orzuyingdagi ko'ylakni tanlaymiz.

Yn : oh Jungkook.. Ko'ylaklarni chiroyligini..

Pov Jungkook
U hozir ham yosh bola. 18 yoshli qizaloq. Dunyoda millyardlab qizlar tutib ko'nglimni shu kichik qizaloq zabt etdi. Shoshqaloqligi hech qolmaydi. Yugurib ko'ylak tanlashga kirishib ketdi. Butun umr uning shodon kulgusi qaysarlik va erkaliklarini ko'rib umrimni o'tkazaman. Har bir ko'ylak oldida birma bir to'xtab har birini kiyib menga moda tomoshasini ko'rsatsa boshladi. U nima kiysa ham birdek yarashadi

Yn: Bu ko'ylakka nima deysan. Juda chiroyliya. Menga Oddiy sodda narsalar yoqadi

Ohirgi kiygan ko'ylagi juda nafis huddi o'zidek. Tovlanib ko'zni qamashtiryapti. Huddi ertakdagi malikalarga o'xshaydi. Mening malikam. Mayda qadamlar bilan qarshisiga chiqdim. Birgina yetishmayotgan aksusvar yani tojni sochlari orasiga ehtiyotkorlik bilan qo'ndirdim

Jungkook : Dunyoning eng go'zal malikasi. Seni savaman.

Yn : Dunyoning eng kelishgan shaxzodasi men esa sennan koʻproq sevaman❤️

Mana bugun toy kunimiz. Sohil boyi chiroq va gullar bilan bezatilgan. Bir insonga 2marta turmushga chiqishim. Bu safar bari o'zgacha. Toyimizda 4 inson rohib bilan 5 kishi qatnashadi. Nikoh guvohlarimiz Teahyung va Jivon. Hozir bir birimizga tikilib umrbod soglikda va kasallikda har qanday vaziatda birga bo'lishga sevgimizni oilamizni asrashga vada bermoqdamiz. Baxtimni tasvirlash mushkul. Niyohat biz birgamiz. Biz uddaladik. Orzularim ham amalga oshdi. Endi yangi Orzular qilishni boshladim. Jungkook bilan birga. Barchasiga birga yelkadosh bo'lib sabr ila erishamiz.

Rohib : sizlarni rasman eri xotin deb elon qilaman

Teahyung : tabriklayman..

Jivon : Bahtingiz davomli bo'lsin

Jungkook : tabriklayman Jeon xonim

Tae and Jivon

Aytishlaricha erkak kishi rafiqasi peshonasidan bo'sa olsa. Erkak unga ishonishi ayoli faqat unga tegishli ekani uni chin dildan sevishi va qadrlashini bildirar ekan. Jungkook ham peshonamga o'zing iliq lablari muhrini qoldirdi. Song hotirjam bag'riga bosdi. Dunyoda turli vaziatlar holatlar bo'ladi. To'g'ri ba'zida qiynalamiz yiglaymiz Bizni hafa qiluvchi zulmatda qoldiruvchi qora kunlar bo'ladi. Ammo shu bilan birga bir narsani yodimizda saqlashimiz kerak. Bir yomonlik ortidan doim yaxshilik keladi. Kelmadimi demak sizni 2 karra baxt va hursandchilik kutayapti. Faqat bizor sabr qilishimiz kerak. Va bor narsalarimiz uchun esa shukr.

[ 9 oydan so'ng]

Mana hozir kasalxonadaman. Oilamiz da barchasi astalik bilan o'z iziga tusha boshladi. Oy kunimga ham sanoqli kunlar qolgan. Jungkook oilaviy biznesdan tashqari o'zi qiziqqan sport sohasi boyicha faoliyatini olib borayapti. Bugun uning hal qiluvchi jangni. Orzu qilgan kuni. Agar jangda g'alaba qozonsa Korea chempioni bo'ladi. Jangni ko'rmasligimni qattiy tayinlagan bo'lsa ham doimgiday o'z bilganimdan qolmagan holda jangni tomosha qilayapman. Ba'zida shu o'zboshimchaligim foydamga ishlaydi

Referi : jang boshlandi

Ikki raqib ham g'alabadan umidvor. Ikkisi ham tish tirnogi bilan harakat qilayapti. Raqibiga yuborayotgan zarbalar ogir va ayanchli.

Yn: oh Jungkook. Qani ur.. Ursangchi. Yo hudo. Nima ovqat yemaganmisan? "Men Korea chempioni xotini"bo'lishim kerak.

Shu orada Jungkook ogir zarba o'tkazib yubordi.

Yn : oh yoq.. Immm.. Hozir emas
bolajonim. Biz otangga kerakmiz

Dardim ham shu vaqtda boshlansa. Ahir aybdor o'zim hayajonlanish mumkun bo'lmasa ham jangni tomosha qilib o'titibman

Yn : yoq Jungkook.... Og'riyapti. Yo hudo.. Bolam

Bolam kelayapti

Hamshira : hammasi yaxshi chuqur chuqur nafas oling.
Palatamdan togri tugʻruq bolimga olib ketishdi. Meni hayolim hali hamon Jungkookda

~~~~

: yana bir zarba va nakaut.. Koera tarixidagi eng esta qolarli eng chiroyli jang va final. Azizlar barcha muhlislarga tashakur aytamuz. Va Korea chempioni Jeon Jungkookni chin dildan tabriklaymiz. Uning Raqibiga ham chiroyli jang uchun tashakur izhir qilishni unitmaymuz

Referi : jang golibi kok burchak Jeon Jungkook...

Men orzu qilgan osha kun. Agar oldimda sadoqatli rafiqam sevgilim bolmaganida bu kunlar ga erishmagan bolarmidim.

Murabbiy : chempion tabriklayman. Bugun 2karra bayram. Tabriklayman ota bolibsan. O'g'il farzand muborak boʻlsin

Jungkook : Men ota boldim. Ota boldim

Boshlovchi : Endi so'zni Korea chempioni Jeon Jungkook ga bersak

Jungkook : Bizni qo'llab quvatlagan murabiylarim dostlarim yaqinlarim va siz muhlislarga alohida rahmat aytmoqchiman. Bir paytlar bu kun men uchun orzudek edi. Ancha ter tokdik mehnat qildik ohir oqibat gʻalabaga erishdik. Doim oldimda bolgan har qanday vaziatda ham meni qo'llab quvatlab turgan sevgilim rafiqam Ynga ham olihida rahmat aytmoqchiman. Hatto dardi tutib qolganda ham meni oylab qo'llab turibdi. Jangni korib hajayonlanib dardi tutib qolibdi. U doim qaysar. Sizlar bilan yana bir hush habarni baham kormoqchiman. Men ota boldim. Bugungi galabamni oglim sharafiga nomlayman hammangizga rahmat 🫶

~~~
Oyna qarshisida derazadan termulgancha hayol surayotgan yigitni otasi savolga tutdi

Janob Min : U farzandli bo'libdi

Yoongi : Ogʻli ham o'zi kabi chiroyli bolsa kerak. Ayniqsa kozlari

Janob Min: Xosh endi nima qilmoqchisan. Oradan salkam 1 yil vaqt otdi. U baxtli. Eri bolasi bor. Seni komadan uygonishing aniqmas edi. Shundoq ham 1 oy umrini seni deb zulmatda otkazdi. U boshidan Jungkookga tegishli edi.

Yoongi : Balki bu hayot men uchun ham ikkinchi imkoniyatdur. Men ham o'zimga atalgan sevgimni uchratarman. Unga uylanib sizga nabiralar olib kelaman. Oddiy hayotda yashaysiz. Oyim orzularini amalga oshirgan holda. Nima dedingiz

Shu payt eshikdan oq halat kiygan shfokor qiz kirib keldi

Qiz : Men shifokorman bemorlarga shaxsiy tansoqchi emas. Sizni har qadamingizni poylab yura olmayman. Bu nimasi. Qani tez xonangizga borin. Muolaja vaqti boldi

Yoongi otasiga mayin tabassum qildi va

Yoongi : Balki o'sha qizni uchratib bo'lgandurman

Mana azizlarim fanfic va nihoyasiga yetti sizlarga yoqqan deb oylayman xotaliklar bolsa kechirim sorayman🫶