Boringcha sevdim 8 qism
Ko'zimni boshimdagi yoqimsiz og'riqdan ochib, ko'zimga tushayotgan quyosh nurini to'sish uchun qo'lim bilan ularni to'sdim. Shoshma, kiyimim qani ? Ustimda ko'ylagim yo'qligini ko'rib, keyin yonimda yotgan odamni payqadim. Unga qarab kecha nimalar bo'lganini eslay olmay qo'rqib ketdim. Yonimda yotgan Jimin xuddi mendek holatda yotgandi.
– Hey Jimin, tur o'rningdan! Tur dedim senga yaramas
– Ey nega ertalabdan baqirasan ? – shishib ketgan ko'zlarini birini arang ochib qaradi Jimin.
– Hey ablax kecha tunda nima bo'ldi ? Biz nega bunday yotibmiz? Tursangchi o'rningdan – Jungkook Jiminni turtib qo'ydi. Jubgkookni savolidan keyin Jiminni ham qitmirligi tutib, kulgancha yostiqdan gavdasini ko'tarib Jungkookga yaqinlashdi.
– Rostan ham kecha tunda nimalar bo'lganini eslay olmayapsanmi ?
– Aysh nahotki eslay olmayapsan?! Qanday qilib shunday ajoyib kechamizni unutishing mumkin. – Jimin hafsala bilan Jungkookdan uzoqlashib, boshqa tomonga qarab labini chetini tishlagancha kulmaslikka harakat qildi.
– Qanaqa kecha haqida gapiryapsan ? Yoki yo bizni o'rtamizda .... a ?
– Aysh yaramas menga yaqinlashma – deb o'rnidan turdi. Jungkook o'rnidan turib, shimini kiyarkan miyasiga kelgan gapni o'ylab o'tirmasdan aytdi
– Hoy shoshma, men ikki dunyoda ham bunga rozi bo'lmasdim. Nima meni zo'rladingmi ? Yaramas, jin urgur sen aniq shunday qilgansan!
Jungkook yotoqqa qaytib chiqib, Jiminni urarkan axiri u ham ichida saqlab turgan kulgusini yuzaga chiqarib kulib yubordi.
– Rostdan ham shularga ishondingmi?!
– Aysh yaramas o‘takamni yording! Mana senga, qani buyoqqa kel
Jungkook Jiminni ustiga chiqib olib, uni hamma yeriga urishda davom etdi.
– Bo'ldi Jungkook bas qil! Nima bu menga rahmatingmi?
– Shuncha gaping uchun hali rahmat ham aytishim kerakmi ? Mana senga rahmat!
– Menga qara rostini ayt. Rostan kecha hech nima bo'lmadimi?
– Yo‘qol ko'zimga korinma – Jungkook Jiminni tepib pastga tushirib yubordi.
– Xo'p seni uyingda nima qilyapman ?
– Sen avval menga rahmat ayt! Men bor yo‘g‘i 5 daqiqaga hisobni to'lash uchun ketgandim xolos. Sen bo‘lsa darrov o'zingga xushtor topib olibsan. Bunchalik tezmasda endi. Uyingga borishni xohlamading. Qayerga olib borishim kerak edi? Uyimga olib keldim. Bunaqa yarim yalang'och yotganingni sababi esa o'zing kecha tunda kiyimlaringni yechib tashlading.
– Sen nega unda men bilan yotding?
– O'z uyimda, o'z xonamda tashqariga divanga chiqib yotmasman har holda
– Sen bu gaplarni qo'yda, yaxshisi kelasi safar bunaqa ko'p ichma. Ko'tara olmasang nima qilasan ichib!
– Sen boshqa menga bunday hazil qilma. Kelasi safar o'ldiraman – barmog'ini Jiminga niqtab gapirdi
– Meni qizlar qiziqtiradi, yigitlar emas. O'rgildim sendaqa oshiqdan, shunchalik sevsang bor ana qizni o'g'irlab ket. Endi esa o‘rningdan tur. Soat ham 10 bo'libdi. Kompaniyaga borishing kerak.
– To'xta to'xta sen hozir nima deding ?
– Kompaniyaga borishing kerak dedim!
– Yo'q undan avval uni o'g'irlab ket deding. Bu yaxshi fikr! Sen bilasanmi nima dahosan
Jk o'rnidan turib chala kiyilgan kiyimlarini egniga ildi.
– Nima rostdan qizni o'g'irlab ketmoqchimisan ?
Jk 32 ta tishini ko‘rsatib: – O'g'irlab ketamiz
– Hech qachon! Qiz senga kerak menga emas. Meni bu ishga aralashtirma
– Jimin do'stim bilaman sen eng zo‘risan.
– Aniya, Jimin bilaman tarjimonimni yoqtirasan. Uni seni rad qilganidan ham xabarim bor. Uni sen bilan uchrashuvga chiqishiga ko'ndirib beraman.
– Ayshsh....agar ko'ndira olmasang, o'sha Yn degan qiz bilan seni o'zim ajratib yuboraman.
– Yaxshi buni qanday qilamiz ? Ya'ni qizni qayerdan olib qochamiz?
– Imm menda bitta taklif bor. U bizga yordam bera oladi.
– Yo'q men bunday qilmayman! Kecha dadam meni urushdilar.
Aslida hozirgi vaqtda bog'chada bo'lishi kerak bo'lgan bola ayni damda Jungkook bilan birga edi. Bolakay qo'llarini birlashtirib, labini burib o'tirardi.
– Jihoon nima istasang olib beraman. Qolaversa bu haqida akam bilmaydilar
– Aysh Jihoon boshqa narsa so'rayqol. Oying bunga rozi bo'lmaydi
Jimin: Jiyaningni turgan bitgani ham o'zing. Nimanidir evazisiz ish qilmaydi
– Yaxshi kelishdik, qani endi borib biz aytganlarimizni qil
– Xo'p, o'sha nunani u yerga olib borsam bo'ldimi?
– Shunaqa ehtiyot bo'l, Jihoon yig'lashni esdan chiqarma
Maktab hovlisida bolalar bilan birga o'tirganimizda yig'lab kelayotgan bolani ko'rib shoshib qoldim. Shoshma, bu bola Jungkookni jiyani emasmi ? O'zi qayerda ekan? Jihoonni yoniga borib, unga havotir bilan qarab, hech qayeriga hech nima qilmaganini ko'rib ko'nglim joyiga tushdi.
Menga yig'lab gapirayotgan bolani ko'rib, u bilan qanday gaplashishni bilmay qoldim. Nima qilishimni bilmay o'tirganimda u qo'limdan tortib olib keta boshladi.
Bola bilan birga shoshgancha yurarkanmiz, tinmay amakim deb yig'layotgandi. Ey Xudoyim, Jungkookga nimadir bo'lgani aniq. U meni boshi berk bo'lgan ko'chaga boshlab keldi. Atrofga qarab Jungkookga qidirarkanman, bu yerda u yo'q edi. Notanish ovozni eshitib, ortimga o'girildim.
Qarshimdagi odam va uni atrofidagilarga qo'rquv bilan qararkanman, o'sha odamni buyrug'i bilan Jihoonni olib ketishdi. Ular menga yaqinlashayotganida qo'rquvdan ortga tisarila boshladim. Jin ursin, ular nima qilishmoqchi ?
– Xonim, havotirga o'rin yo'q. Shunchaki biz bilan yuring...)
Qo'rquv bilan boshimni inkor qilib chayqatdim. U esa kinoyali tabassum qilib yana odamlarga buyruq berdi.
– Aysh nega hammangiz bunchalik qaysarsiz! Qizni olinglar! Bir tola sochiga ham zarar yetmasin
Bir nechta yigitlar kelib, boshimga qop kiydirib, meni tortqilab ketishdi. Qochishga harakat qilib chiransam ham bu barzangilarga kuchim yetmadi. Meni qandaydir mashinaga majburlab o'tqazishgach, burnimga bosilgan narsadan o'tkir hidni his qilib hushimni yo'qotdim.
Yn hushsiz holda Jungkookni qo'yniga yiqilarkan, Jungkook Ynni boshidan qopni yechib oldi. Biroz to'zg'igan sochlarini qulog'i ortiga o'tkazib, uni quchog'iga oldi.
– Ochig'ini aytsam bilmayman Jimin
– Telba, hademay qizni qidirishni boshlashadi. Agar hali topishlarini istamasang, yaxshiroq joyga yashir.
– Bu atrofda kamera yo'q. Uni topishlari oson bo'lmaydi. Qani sen mashinadan tush.
– Sizlar bilan boraman deb ko'zim uchib turgani yo'q.
Jimin Jungkookga yaqinroq keldi:– Qiz bilan endi nima qilmoqchisan?
– Bo'ldi bo'ldi – Jimin kulgancha mashinadan tushib ketdi. Jimin cho'ntagiga qo'lini tiqqancha, mashinani ketayotganini xuddiki o'zidan mag'rurlangandek tomosha qilib turganida Jihoonni ovozi uni holatini buzib yubordi.
– Xo'sh endi qayerga boramiz Jimin hyung
Jimin bolaga qaraganida xuddi o'zidek turgan kichik odamni ko'rib kulib yubordi.
– Seni Jungkook katta qilganligi aniq
– Nega bunday deyapsiz ? – Jihoon holatini buzmasdan qoshini ko'tarib Jiminga qaradi.
– Aysh tirrancha qani buyoqqa kel.
Jimin Jihoonni yelkasiga ko'targancha o'zini mashinasi tomon ketdi.
*
Yn pov:
Ko'zimni ochib atrofga qaradim. Umuman begona joy. Oxirgi marta kimnidir quchog'iga yiqilganimni eslayman. Jin ursin, kim edi ular ? Mendan nima xohlashadi ? O'rnimdan turib atrofga qaradim. Aysh divanga boshim yomon joylashib qolgan ko'rinadi, bo'ynim og'riyapti. Ablax to'g'ri yotqizsa bo'lmasmidi.
Allaqanday katta uyning mehmonxonasida yotgandim. Sekin atrofni kuzatdim. Hech kim yo'q. Qo'rqyapman...Meni o'ldirishsachi?! Qo'l oyog'im qaltirab arang yuribman. Ovoz chiqarmaslik uchun oyoq kiyimlarimni yechib oldim. Uyni ichida yurib qochish uchun joy qidirdim. Bir katta 2 tabaqali yog'ochdan ishlangan eshikka ko'zim tushdi. Uyga monand oq rangga bo'yalgan eshik xuddiki najot farishtamdek ko'rindi ko'zimga. Eshik yoniga borib, uni ochmoqchi bo'lib tutqichdan ushladim. Qulf...Albattada, bir odamni o'g'irlab kelishadiyu chiqish eshiklarini ochib qo'yishadimi ? Hafsala bilan qo'limdagi oyoq kiyimlarimni yerga tashladim. Ularni poshnasi bo'lganligi uchun marmar yerga tushib ovoz chiqardi. Aysh, la'nati bo'lsin menga. Oyoq kiyimlarni yerdan olayotganimda uyni chap tomonidagi zinadan qadam tovushlarini eshitib, meni yotqizib qo'yishgan divan tomon yugurdim va o'zimni tashladim.
Qadam tovushlari men tomon yaqinlashib kelayotgandi. Qo'rqyapman kelayotgan odam hozir meni bo'g'sachi...Ey Xudoyim meni aybim nima ? Qadam tovushi to'xtab u odamni yonimda o‘tirganini his qilyapman.
– Seni bu yerga yotqizib qo'yganimda oyoq kiyimlaring qo'lingda emas, oyoqlaringda edi
Ayyy la'nati shu ishniyam eplolmading Yn. Shoshma bu ovoz...Ko'zlarimni ochib qarshimdagi odamga qarab quvonib ketdim. Menimcha umrimda birinchi bor shunday quvonishim. O'ylab o'tirmay uni qattiq quchib oldim. U ham bundan hayron qolganligi aniq. Uni quchib, biroz avvalgi qo'rquvimdan yig'lab yubordim.
Shoshma u kechir dedimi. Ahmoq Yn ahmoq...Meni u o'g'irlab keldimi hali. Qoshlarimni chimirib, uni ko'zlariga qaradim.
" Bu hali sizni ishingizmi ? " – Qo'lim orqali har bir harakatni sekin va aniq ko'rsatdim.
– Aaa qaysi ishni aytyapsan ? – kuldi Jungkook.
" SIZNI O'LDIRAMAN " – yuzimda g'azab bilan unga gapirarkanman Jk biroz ortga siljidi. Vaqtni boy bermay yerda yotgan oyoq kiyimimni olib, unga otdim. Yaramas, chap berib qolmaganida aniq peshonasiga tegardi.
– Yn nima qilyapsan, bas qil – Yn Jungkookga qarata yana bir oyoq kiyimini otdi.
– Hey qiz nima meni o'ldirmoqchimisan ?
" Men qanday qo'rqib ketganimni bilasizmi ? "
" Bu ish uzr so'rash bilan o'tib ketarmidi ? "
" Hozir tushuntiraman "
Yn stol ustida turgan vazani olib, uni Jungkookga qarata otishga shaylandi.
– Hey, hey Yn uni qo'y. U sinadigan narsa axir.
Yn qo'lidagiga qarab uni joyiga qo'yib, divan ustidagi kichik yostiqlarni uloqtira ketdi. Barcha yostiqlarni uloqtirib bo'lgach, Yn yana otish uchun yengilroq buyumlarni qidirayotganda Jungkoom vaziyatdan foydalanib, uni orqasidan quchib oldi.
– Bo'ldi bas qilsangchi, hozir uyni vayron qilasan
Yn tipirchilab, undan chiqishga uringan sari Jungkook uni qattiqroq quchib oldi. Qachonki, u tinchib qolmaguniga qadar
Jungkook uni qo'yib yuborib unga qaradi.
– Ajabo fe'ling namuncha tez o'zgarmasa?! Avval xursandchilikdan yig'layotganding, keyin jahldor mushuk, endi esa muloyim mushukmi ? – kulib yubordi Jungkook
" Nega meni o'g'irlab keldingiz? "
– Yn rostdan ham tushunmayapman, nima deyapsan ?
" Gapira olmaydi deb kalaka qilmang " — Ynni ko'zlari yoshlandi
– Aego Yn hazillashdim, hazillashdim. Iltimos yig'lama, bo'ldi
Yn burnini tortib: " Endi savolimga javob bering "
– Immm, sen meni sevishingni tan olmaguningga qadar
Yn qo'li bilan Jungkook bilmagan boshqa harakatni ko'rsatdi
– A bu nima degani ? Shoshma yoki hozir sen meni so'kdingmi?
Yn boshqa hech nima demasdan qo'llarini ko'ksiga bog'lab, divanga o'tirib oldi. Jungkook uni qiliqlarini biroz kuzatib, u ham Ynni yonidan joy oldi.
– Xo'sh shunday o'tiramizmi ?
Yn yana indamasdan Jkdan chetroqqa surildi. U ham atayin qilgandek Ynga yaqin o'tirib oldi. Yn ko'zlarini katta katta ochib unga o'qrayib qaraganda, Jk taslim bo'lgandek qo'llarini ko'tarib, orqaroqqa surildi.
– Imm bu yerni kim yig'ishtiradi endi ?
" Nima men qilishimni xohlaysizmi? "
– Albatta, bularni sen titding. Endi o'zing yig'ishtir
Yn yana stol ustidagi vazani olib uni otaman deganda Jk o'rnidan turib qochib ketdi. Yn esa vazani zarb bilan stol ustiga qo'yib, yerda yotgan yostiqlarga hafsala bilan qaradi.
Umri davomida doimo rasmiy kiyinib yurgan bu odam ayni damda kompaniyasi derazalardan Seulni manzarasini tomosha qilib o'tirardi.
– Aka qizingizni yetarlicha himoya qila olmayapman. Meni kechiring. Sizga bergan vadamni bajara olmayapman. Uni kamsitishayotganda uni himoya qila olmayapman aka. Sizni yodgoringizni asray olmayapman.
Eshik taqillagan ovozini eshitgach, Janob Jang e'tiborini eshikka qaratib kirishga buyruq berdi.
– Janob buni eshitishingiz kerak. Yn xonim
– Nima ? NIMALAR DEYAPSAN SEN ?
– So'nggi marotaba uni bir bola bilan maktabdan chiqib ketishganini ko'rishgan ekan. Shu bilan qaytib kelmabdi.
– Qidir hoziroq! Hammani oyoqqa turg'az! Jiyanim kechgacha yonimda bo'lishi SHART !!!
– Xo'p bo'ladi janob. Janob hozircha balki bola bilan biror yerga aylangani chiqqan deb o'ylayapmiz. Barcha istirohat bog'larini qarashyapti. Topishlari bilan xabar berishadi.
– Yaxshi, nima bo'lganda ham uni topinglar.
– Yana.... Dohyun bundan xabar topmasin
Kotib ta'zim qilib, xonani tark etgach, Janob Jang Son U yuragida og'riq sezib, xonasidagi kreslolardan biriga o'tirdi.
Hozirda mehmonxonada yashayotgan Dohyun bugun kompaniyaga ham borishni xohlamadi. U kecha bo'lgan ishlar, Ynni unga qilgan muomalasi haqida o'ylab oxirgi vino qultumini ichib yubordi. Biroz achchiq ta'mga ega bo'lgan vino uni tomog'idan o'tarkan, Dohyunni yuzida hech qanday o'zgarish bo'lmadi. Oshxonaga borib, muz solingan temir idishga yangi vino shishasini solib qaytganda, eshik qo'ng'irog'i bosilib, Dohyun eshik tomonga bordi va uni ochdi.
– Sen ? Bu yerda nima qilyapsan ?
– Ichkariga kiritsang, bafurja gaplashib olardik.
Mana 8 qismda ham tugadi xosh Dohyun yoniga kelgan kim ekan? Endi Yn nima qilar ekan Jk bilan birga qola olarmikan yokida ularning sevgisi shu yerda tugarmikan ?
Keyingi qism uchun reakciya va fikrlaringizni kutip qolaman Lovelyslarim❤️🔥