Only for you
π¨πππ πππππππππ ππππππππ,
ππππ'ππππ πππ ππππ
ππππππ πππππ..!
Insonni eng ko'p toliqtiradigan
jismoniy toliqishmi yoki ruhiy? Bir vaqtning o'zida ikkisi bo'lsachi? Hozir aynan shunday ahvoldaman. Mehnat qilib jismim toliqsa o'ylayverib ruhim toliqdi. Bu hayotda yashab qolish uchun doimo kurashish kerak. Inson zoti nega tug'ilganda yig'lab dunyoga kelishini endi tushungandekman. Har qancha qiyin bo'lmasin menga berilgan sinovlarni mardonovor boshimni tik tutgan holda yengishga urinmoqdaman. Huddi hozirgidek. Umrimning eng navqiron gullagan paytini mehnat bilan o'tkazayapman. Bundan noliy olmayman nolishga haqqim ham yo'qdir. Tengdoshlarim o'yin kulgu qilib yoshlik davridan zavq olayotgan bir payt. Ota onamga yordam berish o'qishimni o'zimni eplash ishlari bilan bandman. Ishonamanki tangrining menga atab qo'ygan ulkan mukofoti bor. Bunga go'zal sabrim bilangina erisha olaman.
Hesu xonim : Yn haligi oylik maoshingni qachon olasan? Ertaga qarz to'lash muddati ham kelib qoladi.
Xonasida oynaga qarab make up qilayotgan qizini jilmayibgina savolga tutdi. Onasining gaplaridan biroz achchiqlangan Yn surayotgan lab bo'yog'ini stol ustiga qo'yib onasi tomon o'girildi
Yn : Ommaa axir yaqindagina to'lagan edikku?
Hayratdan biroz qoshlari yuqoriga ko'tarildi.
Hesu xonim : U boshqa.. Bunisi boshqa men ham nima qilay yakkayu yagona yordamchim sen bo'lsang. Otangni topganlari o'zimizdan ortmasa. Meniki bor yog'i shu qazrlarni to'lash uchun ketsa. Qiynalib ketdim ahir. Meni kim eshitadi kim yordam beradi
Onasining allaqachon namlagan ko'zlarini ko'rgan Yn hafsalasiz uh tortdi va
Sumkasini olib doimgiday ishiga otlangan qiz bekatdan aftobusga o'tirdi. Aftobus oynasiga boshini qo'ygancha hayolga berildi
Menchi Men inson emasmanmi? Meni kim o'ylaydi. O'qishim kelajagim uchun kim qayg'uradi? Butun umrim ota onam qarzlarini to'lash bilan o'tadimi? Qanchadan qancha orzularim bor. Ularni amalga oshirishga na vaziat na sharotim to'g'ri kelmayapti. Shu ham adolatdanmi?
Kipriklari orasidan sizib chiqqan yoshlarini ohista artib tashlab mayin jilmayib qo'ydi
Yn : Tushkunlikka tushish Men uchun emas. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Orzularimga ziyodasi bilan yetaman.
Manziliga yetib kelib ishxonasi tomon harakatlandi. Katta taniqli restaranda afitsant bo'lib yuqori maktabdan buyon ishlab keladi. Aslida maktab o'quvchilarini bunday mashxur joyga yana yarim stavkaga ishga qabul qilaverishmaydi. Ammo restaran xo'jayini Janob Jeon juda mehribon va ziyoli inson. Ynni vaziatni bilib unga yordam tariqasida ishga olgan. Kollektiv bilan o'z oilasidek bo'lib ketgan Yn hamma bilan birma bir salomlashib o'z ishiga kirishib ketdi.
Bugun mijozlar odatdagidanda ko'proq bo'ldi. Men tengi bazi qizlar dugonalari bilan restaranga ovqatlangani kelishgan. Aniqroq aytganda kiyimlariniyu taqinchoqlarini bir biriga ko'z ko'z qilish uchun. Eng alam qilarlisi menga qandaydur pas g'alati nigoh bilan qarab muomila qilishi. Shu payt sochidan mahkam ushlab sho'rva turgan kosa ichiga mahkam tiqib qo'ysam. Yoki sharbat idishini olib aylantrib boshidan quysam. Eng qiziqarlisi to'rt yoki perojniy olib ularni shu ko'z ko'z qilib maqtanayotgan ko'ylagiga bejab yaxshilab sursa. Oh bu qanday ajoyib tomosha bo'lgan bo'lardi. Afsus buni faqat hayolimdagina amalga oshira olaman chunki menga pul suv va havoday zarur. Menga shuncha yaxshilik qilgan Janob Jeonni Yuziga oyoq qo'yib bunday ish qila olmayman
Ish vaqtim tugab ming bir ikkilanishlar bilan janob Jeon xonasi tomon yo'l oldim. Eshik ortidan kiring degan ovozni eshitganimdan so'ng bor jasoratimni to'plab ichkariga qadam tashladim. Janob Jeon meni ochiq yuz bilan qarshi oldi
Yn: Haligi janob bezota qilganim uchun uzur. Sizning yoningizga bir iltimos bilan kelgan edim
Asabiylashganimdan qo'limdagi sumkamni mahkam siqib o'ynay boshladim. Janob Jeon xotirjam menga o'tirishimni takidladi
Yn: ochig'i buni qanday aytishni ham bilmay turibman
Janob Jeon : tortinmay aytaver. Aslida sen bilan bir masalada gaplashib olmoqchi edim. Balki taklifim g'alati tuyular faqat ko'nglinga olma. Seni o'zim bilmay hafa qilishni istamayman.
Janob Jeon gaplaridan biroz hayratlandim. Bu qanday gap ekanki Men ko'nglimga olib hafa bo'lsam
Janob Jeon chuqur ho'rsindi boshliq ishchisi bilan gaplashayotganday emas bir ota qizi bilan ochiq suhbat qurganidek suhbatga kirishdi
Janob Jeon : bilasan mening yakkayu yagona o'g'lim bor. Bor mol davlatimni yolgiz unga va kelajakda tug'ilajak nabiralarimga meros qilib ketaman. O'g'limni yoshligidan hech narsaga zoriqtirmay ko'ngli tusaganini olib berib hech kimdan kam qilmay o'stirdim. Eng yaxshi joylarda o'qidim qiziqishlari qarashlarini barini hurmat qildim. Ammo katta bo'lib qo'limdan ishimni oladigan vaqti lekin u butunlay takasaltang qo'rs ko'ngiliga nima kelsa shuni qiladigan bo'lib qolgan. Turli yomon odatlar chiqardi. Eng yomoni narko'tik dori istemol qilishni ham boshlabdi. Qandaydur foxishaga ham ilakishib qolgan. Men uzoq o'yladim. Bor kuchim bilan uni to'g'ri yo'lga qaytarishga urundim Ammo barcha harakatlarim besamar ketdi. Keyin bir kuchli psixolog do'stim bilan bu masalada maslahatlashib ko'rdim. U menga o'g'lingga manili qiyinchilik ko'rgan qatiyatli intiluvchang o'ziga va o'z kuchiga ishongan qizni olib ber deb aytdi. Erkak kishiga ayolini tasiri kuchli bo'lar ekan. Bu shartlarga to'g'ri keladigan yagona nomzot sen eding. Agar rozi bo'lsang ota onang barcha qarzlarini o'zim to'layman. Seni universitetda o'qitaman. Natija chiqmasa ham bir urinib ko'r. Ishonaman albatta natijasi bo'ladi sizlar bahtli bo'lasiz o'g'lim ham o'zgarib to'g'ri yo'lga qaytadi. Iltimos Qizim yo'q deyishdan avval biroz o'ylab ko'r
Jon jahti bilan meni ko'ndirishga urinayotgan janob Jeonni ko'rib bir kulgim keladi bir achinaman. Bir ota qilishi kerak barcha yaxshiliklarni farzandiga ziyodasi bilan qilib qo'ygan. Ahmoq noshkur o'g'il esa to'qlikka sho'xlik qilib turibdi. Bunday sharoit etibor ga zor insonlar qancha. Shulardan biri o'zim. Albatta bu taklifdan ranjimadim deb ayta olmayman. Turmush qurish masalasida reja va orzularim umuman boshqacha edi. Ahvolim o'zimga malum. Bu taklif huddi latareyadan oltin chipta yutganga teng.quloqlarim ostida onamning qarzlarini aytib diydiyo qilayotganlari yangrayapti. Rad etsam Ahvolimiz o'nglanib qolarmidi. Har holda shu ahmoqona qarzlardan qutilamiz.
Yn : Men roziman. Faqat ota onamga bu kelishuv haqida hech narsa aytmaysiz. O'g'lingiz norkamanligi haqida ham
Janob Jeonni yuziga qon yugurdi. Quvonchi ichiga sig'may yuz ko'zi porlab ketdi
Janob Jeon: Rad etmaganing uchun rahmat. Unday bo'lsa ertaga uyingizda qo'lingni so'rab to'y masalasini hal qilishga oilamiz bilan tashrif buyuramiz.
Janob Jeon : haydovchi seni uyinga kuzatib qo'yadi.
Aftobusda ishga ketib qimmatbaho so'ngi rusumli mashinada uyga qaytayapman. Aql bovar qilmaydi. Uyga kelib yotoqqa o'zimni tashladim. Bugungi bo'lib o'tgan ishlarniyu taklifni chuqur o'ylay boshladim. Men turmushga chiqayapman Ammo u yigitni bir marotaba ham ko'rmaganman. Qiziq ko'rinishi qanday ekan. Hech bo'lmasa orzuyimdigi yigitga oz bo'lsa ham o'xshash tomoni bormikin? Doim kuchli baquvvat gavdali qora sochli tanasi preslar bilan to'lgan sportchi yigitga turmushga chiqishni orzu qilardim.
Yn : Oh Yn Yn . Hali seni oldinda nimalar kutayotgan ekana
~~
Noqonuniy ko'cha janglari o'rkaziladigan o'rtacha kattalikdagi biroz haroba ahvolga kelgan Ammo ichi boy insonlar bilan to'lgan binoda barcha o'zi tanlangan jangchi g'alabasini kutardi. Ko'cha janglarini sportdan farqi shundaki unda o'zi tanlangan bo'kschi g'alabasi uchun pul tikadi. Qimorning sport bilan aralashgan turi. Bazi jangchilar pulga muhtojlikdan JANG qilsa bazilar Shunchaki hobbi uchun ringga ko'tariladi
JANG markaziga ikki jangchi qo'ng'iroq chalinib JANG boshlanishini kutishardi. Kutilgan onlar qo'ng'iroq chalindi va JANG boshlandi. Ringda kuch va tajriba jihatdan bir biridan hech qolishmaydigan galabadan umidvor ikki jangchi. Biri janglari JANG qilish uslubi bilan mashxur bo'lsa ikkinchisi chiroyli va Yoqimli yuzi bilan barcha qizlar orzusiga aylangan. Birorta ham jangida yutkazmagani uchun yengilmas nomini olgan yigit
Ikki yigit bir biriga qahshatqich zarbalar bera boshlashdi. Muhlislar qichqirig'i olomon shovqini sportchilarga ruhiy quvvat berardi go'yo.
X: yengilmas.. Biz senga ishonamiz
Muhlislari qo'llab quvvatlashi kuchiga kuch qo'shlib borardi. Huddiki sahnada tomosha ko'rsatayotganday atay raqibiga o'yin qilib uni g'zablantiradi. G'azabdan ko'zlari qonga to'lgan raqibi kutilgandek aqlsizlarcha hujumga o'ta boshladi. Bundan bir ikki og'ir musht o'tkazib yuborgan yigit bir on tabassum qildi. Zum o'tmay tabassumi vahshiylashdi. Bu uning taktikasi avval raqibini g'zablantiradi kuchsiz bo'lsa ham bir ikki zarba o'tkazib yuborib so'ngida yirtqich misol raqibini yanchib tashlaydi. Huddi hozirgiday raqibi allaqachon hushini yo'qotib ulgurgan bo'lsa ham hali hamon uni urishdan to'xtamayotgan yigitni referilar arang ajratib olishdi. G'olib qo'li yuqoriga ko'tarildi
Referi : g'olib yengilmas laqabi bilan tanigan Jeon Jungkook.
Hamma yerni qichqiriqlar qopladi. Qizlar o'zini boshqara olmay qichqirib tutam sochlarini yulishardi. Jungkook g'alabasiga katta pul tikkan qo'sh tirnoq ichidagi biznesmenlar ham kutilgan natijadan mamnun.
Ringga yengsiz ko'fta kalta sho'rtik kiyib olgan qiz yugurib chiqdi va Jungkook bag'riga o'zini otdi. Yanoqlarini barmoq uchlari bilan ohista silab o'zini ham yigitni ham ko'p kutirmay lablarini birlashtirdi. Chuqur va uzoq davom etgan bo'sadan so'ng ular bir biridan ajralishdi
Minhee : mm. Doimgiday g'olibsan...
Jungkook : Xo'sh buning uchun ancha ter to'kdim. Charchoqlarni chiqarish vaqti kelmadimikin?
Yuziga ayyorona kulgu ilgan yigit g'alabadan zavqlanishni allaqachon boshlab yuborgandi