September 20

𝗧𝗡𝗲 π—Ÿπ—Άπ˜π˜π—Ήπ—² π—£π—Ώπ—Άπ—»π—°π—²π˜€π˜€ 𝟭 π—€π—Άπ˜€π—Ί

π‘©π’Šπ’› π’”π’‰π’–π’π’„π’‰π’‚π’Œπ’Š π’•π’‚π’’π’…π’Šπ’“π’Šπ’Žπ’Šπ’›π’…π’‚π’ˆπ’Š π’Œπ’–π’•π’Šπ’π’Žπ’‚π’ˆπ’‚π’ π’Šπ’”π’‰π’π’‚π’“π’π’Š "π‘»π’‚π’”π’π’…π’Šπ’‡" 𝒅𝒆𝒃 π’‚π’•π’‚π’šπ’Žπ’Šπ’›, 𝒛𝒆𝒓𝒐 𝒖𝒍𝒂𝒓 𝒂𝒍𝒍𝒂𝒒𝒂𝒄𝒉𝒐𝒏 π’•π’‚π’’π’…π’Šπ’“π’Šπ’Žπ’Šπ’›π’ˆπ’‚ π’šπ’π’›π’Šπ’π’ˆπ’‚π’ 𝒃𝒐'π’π’‚π’…π’Š...

π—žπ—˜π—–π—›π—žπ—œ π—¦π—˜π—¨π—Ÿ:

Anchagina katta bo'lgan kitob do'koni bo'ylab aylanib yurgan qiz, o'zini go'yoki xazinalar orasidadek his qilar, ro'moli ustidan qo'ndirib olgan ixcham shapkasidan ham xazinalar izlovchi sayyohdek ko'rinar edi

Bugun uning maosh olgan kuni va har oy aynan shu kun kitob do'koniga kirib, istagan kitobini xarid qilishi - qiz uchun bir oy mobaynida intiqib kutadigan bayramdek gap edi. Ba'zida, bir kitob keyingi oygacha yetmas, shunday vaqtda sevimli kitoblarini qaytadan mutolaa qilardi

Reyhan yelkasi va bo'ynidan o'tkazib olgan kichik sumkasini siqqancha, qay bir kitobni tanlash haqida o'ylarkan, boshi goh u taraf, goh bu tarafga qayrilar, ko'zlari tepadan-pastga qarab porlardi

Shu yurgancha "Jahon adabiyoti" bo'limiga o'tdi-yu, ko'zlari bir qator terilgan "Kichkina shahzoda" asariga tushdi. Butunlay hayrat va quvonch ichra, o'sha kitob tomon tez yurib borar ekan, o'zini bir paytlardagidek yana kichik qizaloqdek his qila boshladi

"Kichkina shahzoda" kitobini qo'liga olib, oldi va orqasini aylantirib, yana biroz unga tikilib qoldi. Keyin ichini ochib varoqlay boshladi

Reyhanning ortidagi javonga kelib, sinchiklab kitob izlayotgan yigitning birdan telefoni jiringlab qolishi bilan, yigit shoshqaloqlik bilan go'shakni ko'tardi:

πŸ“²Eshitaman, buvi?

πŸ“²......

πŸ“²Xavotir olmang, esimdan chiqqani yo'q, siz aytgan kitobni izlayapman, lekin unaqasi yo'qqa o'xshaydi, yarim soatdan beri topolmayman. Bunaqada samalyotga kech qolaman! - yigit norozilik bilan so'zlarkan, ortida unga teskari turgancha, kitob varaqlayotgan qizga umuman e'tibor bermasdi

-Chindan ham buvim o'qiydigan biologik kitoblarni nega "Jahon adabiyoti"dan izlab yuribman, ayysh, jin ursin!

Jungkook buvisining gapidan keyin, "Jahon adabiyoti" peshtoqiga qarab qo'ng'iroqni yakunlarkan, o'zini-o'zi koyidi
So'ng yuzini o'ng tarafga burgancha, "Bioligiya" bo'limi tomon ketarkan, ortidagi Reyhan esa qo'lidagi kitobni quchgancha xursand holda, unga teskari tarafga, ya'ni kassaga yura boshladi

Uyiga kelgunga qadar ham yuzidagi tabassumi ketmagan Reyhan, to'g'ri xonasi tomon oshiqdi. Ammo bu kichik, shu bilan birgalikda, shinamgina uyda uni kelganini payqamaslik mumkin emasdi

-Reyhan, keldingmi?

oshxonada ovqatlanib o'tirgan ota-onasi uni ko'rib, xonasi tomon yugurgudek ketayotgan qizining ortidan otasi gapirdi
Qiz chiqayotgan zinasidan to'xtab, lablarini tishladi. Ortiga qaytib, yana o'sha tabassumi bilan oshxonaga kirdi

Reyhan: Assalam alaykum, dadajonim, oyijonim!

Reyhan ota-onasining yuzini birma-bir o'pib, salomlashib, ularni ortidan quchib oldi

-Va alaykumussalam!...Bugun qandaydir bayrammi?

otasi uni quchib turgan qizining yuzidan silab, kulib gapira boshladi

Xoynahoy, bizning Reyhan bugun maosh olib, yana kitob sotib olgan!

Onasining bu taxmini to'g'ri ekanligini bildirish uchun, Reyhan sumkasidan kitobni chiqarib, uni silkitgancha kuldi

-Bu kitob seni yoshingga yarashar ekanmi, buni kichik qizaloq payting o'qir edingku?

onasi hayron qolgancha kitobni qo'liga oldi

Reyhan:Oyiii, bu kitob yosh bolalarning ertak kitobi kabi tuyilsa-da, har bir yoshda uni o'qigan inson boshqacha ma'nolarni tushinib boraveradi, bunga ishonchim komil..

Reyhan sekinlik bilan stullardan biriga o'tirib, qo'lini iyagiga tiradi

-Xa mayli, unda men ham o'qib chiqishim kerak ekan!

onasi qoshlarini bir yuqoriga ko'tarib qo'yib, kitobni qaytarib berdi.Kitobni olib, endi o'rnidan turayotgan qizni otasi to'xtatdi:

-O'tirsangchi, avval ovqatlanib ol!

Reyhan:Dadaa, qornim och emas, qolaversa ishlarim ko'p!

Ishdan kelib, yana qanday ish? Sog'lig'ingga bee'tibor bo'lib, shunday ovqatlanmay yuraversang, kasal bo'lib qolasan, axir!

-Qani, o'tirchi, men hozir ovqatingni suzaman!

onasi ham qizini qayta joyiga o'tkazib, o'zi turdi

Reyhan "ishlarim ko'p", deganda doim ishdan kelib, qiladigan ishlarining rejasini nazarda tutgandi. Yuvinib chiqar, xuftonni ado etgach, Qur'on uchun vaqt ajratar, so'ngra kitob mutolaasi bilan mashg'ul bo'lib, odatda qo'lida kitob bilan uxlab qolar edi

Mana endi bugun kitob do'konini aylanib, ancha vaqt ketkazgani uchun, uyga kechroq kelgan, rejasining esa buzilishini istamasdi. Lekin onasi uning oldiga qo'ygan taomni ko'rib, ular bilan birgalikda ovqatlanish zavqi tufayli yana tabassum bilan taomlana boshladi

Reyhan arab tilining grammatikasini ham endi o'rganishni boshlagan, ish vaqti onlayn darslarga qatnashardi. Shu sababdan, joynamozi ustida o'tirgancha, o'zining sevimli Qur'onini o'qirkan, ba'zi oyatlarni tushunib qolardi

Reyhan:Allohim, Kitobingni tushunib o'qish qanchalik qalblarni tinchlantiradi...Ya, Allohim, arab tilini mukammal o'rganib, barcha oyatlaringni shunday tushunib o'qishimni nasib et! Har holimga shukur, Robbim, tushuna olayotganim uchun, shukur! Shu darajaga yetkazayotganing uchun shukur!

Reyhan bo'g'ziga nimadir tiqilib, ko'z yoshlari tomchilab Mus'haf ustiga tushardi. U tezda yoshlarini artdi-yu, yana qiroatda davom eta boshladi. Qur'on unga shunday sakiynat berardiki, butun tanasi bilan bu rohatni his qilardi.Qur'ondan kunlik virdini o'qib bo'lgach, Uni o'pib ko'zlariga surtdi va eng tepa javonga qo'ydi. Qo'liga stoli ustidagi "Kichkina shahzoda" asarini olib, kravati tomon yurib, ko'rpasi ichiga kirdi.Kitobga biroz muddat tikilib turarkan, birinchi betini ochib, kichkina shahzoda suratiga termulib, barmoqlari bilan siladi:

-Seni birinchi marotaba kichik qizaloq paytimda o'qiganimda, deyarli hech nimani tushunmagandim. Faqatgina kitob ichidagi muallif tomonidan chizilgan suratlarni tomosha qilib o'tirish menga zavq berardi. Keyin katta bo'ldim...Qara, hatto seni qachon unutib yuborganimni ham bilmayman...o'z tashvishlarim bilan bo'lib, seni yana bir bor qo'limga olishni, qaytadan tushinib o'qib ko'rishni o'ylamabman ham...lekin sen baribir menga o'sha yoshligimni esga solasan...Seni chindan hayotda mavjud, deb o'ylovchi, beg'ubor yoshligimni...

Reyhan kitobga qarab, yoshligini yodga olarkan, jilmaygancha keyingi varoqlarni sahifalab o'qiy boshladi...

Samalyotdan tushib, Daeguga yetib kelgan Jungkook, taksi to'xtatib, ona shahri Daeguning yana ham chetrog'iga yo'l oldi
U bu yerga faqat bayramlarda, ota-onasi bilangina kelar, ammo shahar havosiga o'rgangani tufayli uzoq qola olmay, qaytib ketardi.Bu safar esa universitetdan berilgan ta'til tufayli, Jungkookning ota-onasi uning bir o'zini buvisining oldiga yuborgan edi. Buvisining ancha qarib qolgani, kamiga bir o'zi yashashi sababidan ham yigit rozi bo'ldi. Bundan tashqari, Jungkook buvisi Jeon xonimni juda yaxshi ko'rar, yoshligidan eng ko'p vaqti shu yerda, buvisi bilan o'tgandi.

Taksining uzoq vaqtlik yo'ldan so'ng manzilga yetib kelishi Jungkookning uyg'onishiga sabab bo'ldi. U ko'zlarini ishqalab, mashinadan tusharkan, atrofga quyosh zarrin nurlarini sochishni boshlagan sahar vaqti edi.Taksidan yuklarini tushirib, yarmi mo'jazgina gul do'koni qilib ochilgan uyning qarshisida turib, lablarini keng yoydi. O'pkasini to'ldirib, nafas olib chiqardi-yu, jamadonini sudrab eshik qarshisiga kelib, taqillatdi

Uy yonidagi gul do'kondan hayron boshini chiqargan ayol, nabirasining eshik tagida turganini ko'rib, qo'lidagi gullarga suv quyadigan idishini yerga qo'ydi-yu, yugurib Jungkook tomon bordi

Jeon xonim: Jungkook bolajonim!

Jeon xonim keliboq, nabirasini bag'riga bosarkan, Jungkook ham javoban buvisining kichik jussasini tabassum bilan quchdi

Jeon xonim: Men ichkaridan gullar uchun suv olayotgandim, seni kelganingni ko'rmay qolibman!

buvisi uni bag'ridan chiqarib gapira boshladi

Jk:Bunchalik sahardan uyda bo'lasiz, deb o'ylagan edim

Jeon xonim:E, qarilikda uyqu qayoqda deysan? Shu gul do'konim yagona ovunchog'im bo'lsa, shuning uchun tong yorishishi bilan ochaman, uyquda oladigan quvvatimni shu gullarimdan olaman-da!

Jk: Bilaman, buvijon, yoshligimda ham birgalikda ularni parvarish qilar edik..

Jeon xonim: Darrov ulg'ayib, katta yigit ham bo'lib, qolding-a, bolajonim?

Buvisi Jungkookning yuz-ko'zlaridan silarkan, ko'zlarida yosh paydo bo'lganini ham sezish qiyin emasdi

Jk:Yaah, buviginam, yig'lamoqchimisiz? Undan ko'ra, uyga yuring, siz aytgan gullar haqidagi kitobni topib olib keldim! Keyin juda charchaganman, qornim ham och! Menga nimalar pishirib berasiz? Anavi men yaxshi ko'rgan quymoqdan ham qilib berasiz-a?

Jungkook bir qo'lida buvisining yelkasini ushlab, ikkinchi qo'lida esa yuklarini sudrab, buvisining kayfiyatini ko'tarish uchun tinmay gapirgancha ichkariga kirdi

Jungkook buvisi u uchun tayyorlagan dasturxonning oldiga qo'llarini ishqalagancha kelib o'tirdi-yu, unga yoshligini eslatuvchi buvisining mazali taomlarini birma-bir paqqos tushira boshladi. Jeon xonim unga maroq bilan tikilib o'tirar, nabirasining ishtaxa bilan ovqatlanishidan tobora yuziga kulgu yugurar edi

Jk: O'zingiz ham yeng, bunaqada men bu eshiklaringizdan sig'may ham qolaman!

Jungkook og'zini to'ldirgancha gapirarkan, buvisi kulib, uning yelkalarini silab qo'ydi

Jeon xonim: Unda sen uchun boshqa eshik quramiz, yeyaver, bolam!

buvisining gapidan ovozini chiqarib kulib yuborgan Jungkook yana quymoqlardan og'ziga sola boshladi

Bir qancha vaqtdan so'ng Jungkook qornini ushlab o'tirib qolarkan, buvisi dasturxonni yig'ishtirish uchun turganda, u ham darrov o'rnidan qo'zg'aldi

Jk: Yaah, shoshmang, men o'zim yig'ib qo'yaman!

Jungkook buvisining qo'lidan idishlarni olarkan, ammo buvisi yana qayta tortib oldi

Jeon xonim: Sen juda charchagansan, qani borib dam olgin, tepa qavatdagi o'zingning yoshlikdagi xonangga chiq, bu xonaga sen kelasan deb, hech narsaga tegmaganman!

Jk:Bunaqasi ketmaydi, avval sizga yordamlashaman, keyin dam olaveraman!

Jungkook yana qayta idishlarni olib, oshxona tomon yurib ketdi
Buvisi uning idish yuvishini stulda o'tirgancha kuzatarkan, ayni damda nabirasiga qarab, quvonchi ichiga sig'masdi

Oshxona ishlarini yakunlagach, dam olish uchun xonasiga chiqarkan, eshikni ochib kirgan bu xonasi yoshlik paytidan beri hech o'zgarmagandek edi.
Hayrat bilan ichkariga kirib, eshikni yoparkan, xonaning har bir burchagidan o'zining yoshlik vaqtidagi kulgu ovozlari eshitalayotgandek bo'ldi
Xona burchagida bir mo'jazgina sandiqqa ko'zi tushib, uning oldiga bordi. Sekinlik bilan sandiqni ocharkan, ichida unga tegishli bo'lgan o'yinchoqlar, kitoblar, kiyimlar va shu kabi narsalarni ko'rib, yuzlari hayrat aralash kuldi
Ularni birma-bir olib, ko'zdan kechirarkan, sandiq tagidagi "Kichkina shahzoda" kitobiga ko'zi tushib, uni qo'liga oldi va ustidagi yig'ilgan ozgina changni artib, yana unga tikilib qoldi...