June 3

Queen wanna die

4 qism maroqli mutolla tilayman🙂‍↕️

Yoongi unga asta yaqinlashdi. Uning nigohlari Sebomning yuzidagi yoshlarga qaratildi va asta sekin yoshlarni arta boshladi

Y: Ba’zida... eng ko‘p qadrli narsamiz aynan eng og‘riqli yodgorlikka aylanadi

Sebom yuragini to‘xtatib turgandek jim qoldi. Uning yuragi g‘alati tebranar, nazarida bu tun avvalgilaridan farqli edi. Go‘yoki yulduzlar ham bir necha daqiqaga unga qarashni unutgandek, osmon jimgina edi.

S: Men har safar ushbu kulonni ushlaganimda, bolaligimdagi ovozlar qaytib keladi. Oyimning qo‘shiq aytgan ovozi, quchog‘idagi iliqlik, va... vijdonimdagi mas’uliyat.

Yoongi bir qadam oldinga yurdi, uzoqdan esayotgan shamol orasida Sebomning so‘zlari yelvizakdek tarqalayotgandi

Y: Siz oddiy bir kelishuv qurboni emassiz. Men buni endi tushunmoqdaman siz juda aqilli va chiroylisiz

Sebom unga termuldi. Va ikkalasi ham bir biriga tikkilib qarab turdi bu orada huddi vaqt toxtab qolganday edi . Va Sebom asta nigohlarin sekin pastga qaratip mayin ovozda

S: Agar ruhsat bersangiz oz saraygohimga borsam

Y: Mayli bara qolin ancha kech ham tushdi

Sebom uzoqlasharkan, uning har bir qadami go‘yoki osmon ostida yangrayotgan pinhon ohangga aylangandi. Orqasida esa Yoongi turardi — tovushsiz, ammo butun borlig‘i bilan qarab. Uning nigohlari uzoqgacha kuzatdi. To Sebom saroygohining pardalari yelvizakda silkinib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha.

Yoongi chuqur nafas oldi. Havoda biror o‘zgarish bor edi. Go‘yoki tun ham bu uchrashuvdan ta’sirlangandi. Daraxtlar shoxlari harakatdan to‘xtagan, havodagi mayin ifor esa yurakka qo‘nayotgandi.

Sebom saroygohiga kirib kelgach, deraza yonida to‘xtadi. Ko‘zlarini yumdi. Yurakda nimadir chayqalayotgandi. Bu hissiyotni hech bir rasmiy til ta’riflay olmasdi. U kulonni yana ushladi. Ammo bu safar u o‘tmishni emas, bu kechani eslay boshladi.

Qandaydir harorat qoldi... gap emas, ohang emas — faqat qarash.

U oynaga tikildi. O‘zini ko‘rdi. Ammo bu safar boshqacha bir ko‘rinish — so‘zsiz tushungan, so‘zsiz javob kutgan qiyofa.

U yelkasini ohista tirab, past ovozda pichirladi:

S: Qanday qilib... yuragimda bu qadar sokinlik joy oldi?

Tashqarida tong hali uzoq edi. Ammo tun allaqachon o‘z sadosini qoldirib ketgandi.

Ertasiga Yoongi o‘z kutubxonasida uzoq o‘tirib qoldi. Qo‘lida hech bir hujjat yo‘q, ammo fikrlari yuzlab sahifalardek to‘la edi.

U boshini ko‘tardi. Devordagi soyalar harakatlanar, har bir soya go‘yoki ichki savolga aylanardi. U ko‘zlarini yumdi va yurak zarbalariga quloq soldi.

U menga hech narsa demadi, deb o‘yladi Yoongi. Ammo men hammasini eshitdim.
Va Yoongi asta yuragini ushladi

Y: Nahotkiy vaxshiy va yovuz yuragim bitta qiz uchun bu darajada uryabdi nahotkiy bu...... bu qanday hissiyot

Yoongi oziga shunday deya savol berar edi

Kechga yaqin...

Y: Malika nima bilan band

J: Malikamiz keshki toamlarini yeb bolip bogʻga aylanishga chiqqanlar

Y: Demak bogʻda hop qani kettik bogʻga

J: Hop boladi xazrati oliylari

Sebom bog‘da edi. Uning yurishi yengil, ammo har bir qadami mayin edi . Va bogʻdagi argʻimshoqqa koʻzi tushdi va asta sekin borip unga otirdi

Yoongi bog‘ sari yurdi. Hali kech kirib ulgurmadi, osmon g‘ira-shira ranglarda qorishgan, daraxtlar sukunatda turardi. Barglar orasidan o‘tib, u Sebomni ko‘rdi — arg‘imshoqqa o‘tirgan holda, boshi biroz egilgan. Sochlari yelkasi ustida tinch yotardi. U hech nimani kutmagandek edi, lekin biror kutilmagan narsa ichida pishib borayotgandek ko‘rinar edi.

Yoongi bir necha qadam yaqinlashdi. U o‘zini bildirmaslikka harakat qildi, lekin Sebom buni sezdi. Va arqosiga asta qaradi va Yoongi ekanin koʻrib aata ornidan turib unga tazim qildi

Y: Xosh bugungi kuningiz zerikarli otmadimi

S: Yoq xazrati oliylari sizning sharafingiz bilan hammasi yaxshi

Shu orada ularni uzoqda bitta odam kuzatyatgan edi