July 31

Majburiy nikoh

Majburiy nikoh

1 qism

Erta tong.

Hayotimdan mamnun bo‘lib ko‘zimni ochdim. Ko‘zim birinchi chizgan rasmlarimga tushdi va yuzimda tabassum paydo bo‘ldi. Shu payt onamni esladim — ular rassom bo‘lganlar. Men esa ularga o‘xshash uchun shu yo‘lni tanladim va bunga o‘zim ham chin dildan qiziqaman.

Chizgan rasmlari

Ustimga qulay kiyim kiyib, pastga tushdim. Dadam va o‘zimga nonushta tayyorlay boshladim.

Janob Choi: Yaxshi dam oldingmi, qizim?

Nari:Ha, rahmat. O‘zingizchi, dadajonim?

Janob Choi: Men ham yaxshi dam oldim. Har doimgidek nonushta juda mazzali ko‘rinadi, baraka top, Nari.

Nari otasiga mehr bilan qarab, xursand bo‘ldi va birgalikda nonushta qilishdi. Ular oddiy oiladan edi. Janob Choi haydovchilik qilardi. Ayoli esa Narini dunyoga keltirayotgan payti kuchli qon ketishdan vafot etgan edi.

Janob Choi: Bugungi rejalaring qanday?

Nari:Bugun ko‘chada qiladigan ishlarim yo‘q, uyda universitetga kirish uchun tayyorlanaman.

Janob Choi: Lekin, bizning sharoitimiz…

Shu payt Nari o‘rnidan turib: Shunchaki tavakkal qilib ko‘raman! Grandga kirsam, albatta o‘qiyman… — deb yig‘lamsirab xonasiga chiqib ketdi. U universitetda o‘qishni chin yurakdan xohlardi.

~~~

Minlar qorgʻoni

Min xonim: Bugun kelinim bilan ko‘rishasanmi? — deb o‘g‘lidan so‘radi.

Suga: U bilan har kuni ko‘rishaman, ona. 5 kundan keyin esa butun umr men bilan bo‘ladi! — deb xursand ohangda javob berdi.

Min xonim: Unda bu uzukni unga berib qo‘y. Bu uzuk menga ajdodlarimdan qolgan. Endi bu kelinimniki bo‘lishi kerak.

Suga: Albatta, buni unga beraman, — deb uydan chiqib ketdi.

Min xonim bergan uzuk

Sena: Jinnimisan, Suga? Shuni taqamanmi? Bunday eski uzukni taqadigan darajada ahmoq emasman!

Suga: O‘zing bilasan. Lekin onam uni barmog‘ingda ko‘rmasa, xafa bo‘ladi.

Sena: Nimadir o‘ylab topaman. Faqat bir muhim narsani aytmoqchiman. Meni tushunishingni istayman...

Suga: Albatta, nima bo‘ldi?

Sena: Meni Italiyadagi Valente Model Group kompaniyasiga Milan shahriga taklif qilishdi. Bu imkoniyat hammaga berilmaydi.

Suga: Yo‘q deb javob bergansan, deb umid qilaman. To‘yimizga 5 kun qoldi.

Sena: Hali bir qarorga kelmadim. Model bo‘lishni juda istayman. Buning uchun turmush qurmagan bo‘lishim kerak. Balki to‘yimizni keyinga qoldirsak...

Suga: Bas yetar! Nimalar deyapsan o‘zing?! Hech qachon bunga rozi bo‘lmayman!

Sena: Ammo...

Suga: Yetar dedim, boshqa bu mavzuni ochma!

Sena kechasi bilan uxlay olmadi. Tongda bir qarorga keldi va telefonidan 12:30 dagi Milan reysiga chipta oldi. Uyidagilarga hech narsa demasdan, yashirincha chiqib ketdi.

Aeroportga yaqinlashib, vijdoni qiynaldi va Sugaga xabar yubordi.

Sena

Uyg‘ongan Suga, kechagi gaplarni eslab, jahl bilan telefonini oldi. Unda Sena yozgan xabar bor edi:

"Sevgilim, bu xabarni yozish men uchun juda og‘ir. Men karyerani tanladim. Ishonamanki, sen meni kutasan. Bir kun albatta yoningga qaytaman. Meni kechir. Seni har doim sevuvchi — Sena.❤️💋"

Suga telefonini devorga otib yubordi. U chil-chil bo‘lib sinib ketdi. U xonasidagi narsalarni sindira boshladi.

Shovqinni eshitib, Janob Min va Min xonim yugurib kirishdi.

Janob Min: O‘g‘lim, nima bo‘ldi?

Min xonim: Suga, o‘g‘lim, tinchlikmi?

Suga: U ketti... meni tashlab ketdi... Milan… u karyerani tanladi...

Janob Min: Hoziroq uning otasiga telefon qilaman! O‘zingni bos!

Min xonim :Endi sharmanda bo‘lamiz. Barchaga "Min Suga to‘y oldidan tashlab ketildi" deb gap tarqaladi. Obro‘miz yer bo‘ladi!

Bir necha daqiqadan so‘ng Janob Min qaytib kirib:

—Bu narsani hech kim bilmasin. To‘y to‘xtatilmaydi. 4 kun ichida boshqa qiz topamiz.

Suga: Yo‘q! Men bunaqaga rozimasman! — deb uydan chiqib ketdi.

Min xonim: Endi nima qilamiz? Obro‘li xonadonlar qizini to‘rt kunda bermaydi!

Janob Min: Bitta yo‘li bor. Esingdami, bizning uzoq qarindoshimiz bor — Choi Sanmin?

Min xonim: U nima aloqasi bor?

Janob Min: Uning qizi ulg‘aygan bo‘lsa kerak. Hoziroq ularning uyiga boramiz. Bugunni ozida hoziroq hal qilamiz.

Min xonim: Suga bunga ko‘narmikin?

Janob Min: Boshqa chora yo‘q. Faqat sharmandalikdan shu yo‘l qutqaradi.

Janob Min va Min xonim Choi Sanminning uyiga bordi. Uyda faqat Nari bor edi.

Nari: Hush kelibsiz, sizlarga kim kerak?

Janob Min: Yaxshimisan, qizim? Bizni eslolmaysan, seni ko‘rganimizda chaqaloq eding. Otang uydami?

Nari: Otam hozir yo‘qlar. Hozir kelib qoladilar. Ungacha uyga kirib turing — deb ularni mehmonxonaga olib kirdi.

Nari: Ichishga nimadir olib kelaman...

Min xonim: Yo‘q, qizim, o‘zing shu yerga o‘tir. Bir-ikki savol beramiz.

— Isming kim?

Nari: — Nari.

— Yoshing nechida?

Nari: — 17 ga to‘ldim. Nega bu haqida so‘rayapsiz?

— Tez orada o‘zing bilib olasan, — deb aytishi bilan eshikdan Janob Choi kirib keldi.

Choi Sanmin: — Siz bu yerda nima qilayapsiz?

Janob Min: Juda muhim masala bor, yolg‘iz gaplashishimiz kerak, — deb Nari tarafga ishora qildi.

Nari buni tushunib, o‘z xonasiga chiqib ketdi...

Sanmin: Nima gapingiz bor?

Janob Min: Sendan qizingni o‘g‘lim Suga uchun so‘rab keldik.

Sanmin: Sizlarga qizimni bermayman.

Janob Min : Sanmin, ikkimizni ham qiynama, o‘zingni ham, qizingni ham. Bo‘yninggacha qarzga botgansan. Qizingni qanday boqasan? Uni qanday o‘qitasan, qanday uzatasan?

Sanmin: Bular sizlarni ishingiz emas.

Janob Min: Bizga qizingni bersang, barcha qarzlaringni to‘laymiz. Va’da beraman — qizing dunyodagi eng baxtli qizga aylanadi. Kompaniyamizdan ish ham beramiz. O‘zingni o‘ylamasang ham, hech bo‘lmasa qizingni o‘yla.

Sanmin:
— Qizim hali juda yosh... endigina 17 yoshga to‘ldi.

Min xonim:
— Yosh bo‘lsa ham, kuchli qiz. Ishonamanki, u bizning oilada baxt topadi.

Sanmin sukutga cho‘mdi, bir zumda ko‘z oldidan o‘tgan yillar, yolg‘iz mehnatlari, qizining baxtli bo‘lishini istagan orzulari xayolidan o‘tdi.

Sanmin : O‘ylab ko‘rib, sizlarga javob beraman...

Janob Min:Nimani o‘ylaysan, bugunoq hal qilaylik. Roziligingni ayt — biz to‘yga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Sanmin : Mayli... hop.

Min xonim xotirjam tortdi, eriga yengil tabassum bilan qaradi.

Min xonim: To‘y 4 kundan keyin bo‘ladi...

Janob Min : Kettik.

Ketishayotganda Sanmin Janob Minni to‘xtatdi:
Menga kompaniyangdan ish kerak emas. Qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi.

Janob Min: Bundan xavotirlanma — deb ketishdi.

Sanmin xonasiga kirib, stol ustidagi rafiqasining rasmini qo‘liga oldi. Yig‘lay boshladi.

Sanmin : Qizimizni birga katta qilamiz degan edik. Uni o‘qitamiz, orzulariga yetkazamiz degan edik. Ammo sen... sen meni yolg‘iz tashlab ketding...

Bu orada, Nari xonasida rasm chizayotgan edi.
Sanmin ko‘z yoshini artib qizini chaqirdi.

Sanmin: Nari, qizim,

Nari chiqqach:Tinchlikmi? Kim edi ular?

Sanmin qiziga qanday aytishni bilmay, sukut saqladi.

~~

Minlar qorgʻoni

Min xonim : Nega unga to‘y 4 kundan keyin bo‘lishini aytmadingiz?

Janob Min: Aytganimizda, Sanmin hech qachon rozi bo‘lmas edi. Bu gapni Nari o‘zidan eshitsin — Suga aytadi. Bugun tushdan keyin ko‘rishsin. O‘g‘lingga ayt, meni sharmanda qilmasin.

Min xonim: Uni qanday ko‘ndirishni bilaman.

Janob Min telefonini oldi va yordamchisiga qo‘ng‘iroq qildi:

Choi Sanminning kimdan nech pul qarzi bo‘lsa, hammasini hozir to‘la.

~~

Nari : Siz qanday qilib bunga rozi bo‘ldingiz?!

Sanmin: Qizim, men nima qilgan bo‘lsam — sen uchun.

Nari: Bu yolg‘on! O‘zingizni emas, mansabingizni o‘ylab rozilik bergansiz!

Sanmin : O‘ylab ko‘rchi… Men seni o‘qitmoqchi edim. Onang bilan birga shuni orzu qilganmiz. Endi imkonim yo‘q. Ular seni o‘qitishadi.

Nari: Menga kerak emas! Men o‘qishni xohlamayman! Faqat meni ularga bermang!

Sanmin : Gapim shu! Agar to‘yga “yo‘q” desang, endi sendek qizim yo‘q!

Sanmin xonasiga kirib ketdi.

Nari esa ko‘z yoshlarini artdi. Xonasiga kirib, chizgan rasmlariga qaradi — birin-ketin hammasini yirtib tashladi. Otasining yig‘laganini birinchi marta ko‘rishi edi.

Nari : Otam menga hamma narsani berdi. Endi men bitta iltimosiga “yo‘q” deyolmasam... men majburman.

Minlar xonadani

Min xonim: Suga, ertalabgi masala haqida gaplashamiz.

Suga: Oyi, istamayman.

Min xonim: Hech kim istab ish qilmaydi. Hayot bu — majburiyat.

Suga: Yaxshi, eshitaman

Min xonim: Otang uzoq qarindoshimizning qizini topdi. Ismi — Nari. 17 yoshda. U kelin bo‘ladi. U seni tushunmaydi, indamay yuradi. Oilamizning sharmandalikdan qutilish yo‘li shu. To‘yga qadar unga yumshoq munosabatda bo‘l, yo‘q demasligi kerak.

Suga : Hop.

Min xonim: Bugun uchrash. To‘y 4 kundan keyin bo‘ladi. Qarzlarini to‘lab qo‘ydik — ayt.

Suga: Hop, bo‘ldi.

~~

Soat 17:30.
Suga, qora kostyumda, Nari uyiga bordi. Eshikni Sanmin ochdi.

Sanmin: Siz kimsiz?

Suga: Min Suga. Bo‘lajak xotinim bilan ko‘rishgani keldim.

Sanmin: Uyga kirmaysizmi?

Suga:Yo‘q, shu yerda kutaman.

Sanmin qizini chaqirdi:Nari qizim . Bo‘lajak ering keldi tusha qolgin.

Nari jiddiy holda tashqariga chiqdi.

Suga: Senmisan Nari?

Nari: Ha, menman.

Suga:Kelajagimni sen bilan ko‘ryapman.

Nari: Nimaga keldingiz?

Suga: 4 kundan keyin to‘y. Hamma narsa tayyor. Otangga ayt, barcha qarzlaringiz to‘lab bo‘lindi.

Nari hayratda: Nima?!

Suga: Eshitdingmi?

Nari: Ha… eshitdim.

Suga: Unda xayr, ko‘rishguncha.

Eshik yopildi.

Nari : Agar ular qarzimizni to‘lagan bo‘lsa… bu to‘yni endi hech narsa to‘xtata olmaydi…

Sanmin: Ketdimi?

Nari: Ketdi. To‘y 4 kundan keyin ekan.

Sanmin: Bu juda erta...

Nari: Endi bu muhim emas. Ular nima desa — shu bo‘ladi. Qarshilik qilolmaymiz.

U xonasiga kirib, ovoz chiqarmay, yuragi tilka-pora bo‘lib yig‘ladi.

Nari

Keyingi qismda:

-Seni hech qachon Sevmayman, sen hech qachon Senadek bo'lolmaysan. Lekin u qochib ketdi, odamlar gapirmasin deb senga uylandim.

-Ketaman! Sen bilan yashamayman.