February 11

𝗖𝗿𝗶𝗺𝗶𝗻𝗮𝗹 𝗟𝗼𝘃𝗲 𝟯-𝗤𝗶𝘀𝗺

Yn birdan eshik ovozidan uygʻonib ketdi. Eshikdan Jeon doimgidek niqobda kirib keldi. Yn oʻrnidan turdi

-men bilan yur...) Jeon Ynni qoʻlidan tortib, pastga olib tushdi va bir xonaga olib kirib yerga itardi. Yerga yeqilgan Yn birozdan keyin oʻrnidan turdi, ammo Jeon darhol uni yerga oʻtqazdi va qoʻllarini orqasiga qayirdi
-jin ursin* senga nima kerak Jeon?.....) Yn turishga harakat qilib

-Jeon mehmonni bunday xafa qilma....) birdan xonaga Chen kirib keldi va Ynni roʻparasiga kelib turdi

-qoʻyib yubor..) Yn hali ham oʻrnidan turishga harakat qilardi. Chunki Yn hech qachon hech kimga bosh egmagan. Hozir esa tizzalagancha eng yovuz dushmanini oldida

-men seni ogohlantirgandim qizaloq. Meni oyogʻim tagida oʻrqlashma dedim. Ammo...

-senga yutqazganing alama qilyabdimi? Shu sababli meni gʻirromlik bilan oʻgʻirlab ketding. Yutqazganingga chidolmading...) Chen Ynning gaplariga gʻazablanib, unga tarsaki tushirdi

-oʻchir ovozingni!!!

-jin ursin* keyingi safar seni 1 oyga qamataman...) Yn chaqqonlik bilan oʻrnidan turib, Jeonning kamaridan qurolni olib, Chenga oʻqtaldi

-Yn hoziroq qurolni tashla yoʻqsa...

-nima yoʻqsa... Meni oʻldirsanmi? 10 yildan buyon oʻldirolmagan endi oʻldirsanmi? Bilasanmi nima... Seni oʻrningda boʻlganimda mana bu kallakesar bilan kelishuv tuzmasdim. Hatto kelishuv vaʼdasiga seni kallangni berishsa ham

-seni ishing boʻlmasin

-sen umuman gapirma...)
Yn Chenni oyogʻiga oʻq uzdi va oʻq Chenni oyogʻini tildi xolos

-nega meni oʻgʻirladingiz?

-aysh... Seni qanday hadding...) Chen baqirgancha oyogʻini ushladi va Yn uni peshonasiga qurolni tiradi. Shundan keyin u hech nima demadi

-agar yana bir nima desang. Keyingi safar aniq poylayman) Ynni chalgʻiganidan foydalanib, Jungkook undan qurolni tortib, oldi va Ynni boshiga qattiq tiradi. Qurolning temiri Ynni yaralangan boshini battar tirnardi. Ogʻriqqa chidolmay Yn qayta joyiga choʻkdi

-sen bilan hech gaplashib boʻlmas ekan... Jeon yaxshisi ishni boshla

Yn hech nimani eshitmas tushunmasdi. Boshi tasavvur etib boʻlmas darajada ogʻrirdi

-Chen meni taklifimni nazarda tutyabsan shundaymi?

-yoʻq... Men mana buni nazarda tutyapman..) Chen choʻntagidan kichkina paketda shprist chiqardi

-Chen yoʻq...

-qarorlarni men qabul qilaman

-bu yer mening yerim. Bu yerda sen hech kimsan

-Jeon axmoq boʻlma! Ogʻzingga siqqanicha pulingni beraman... Menga toʻsqinlik qilma

-afsusdaman Chen ammo men bunday qilmayman...) Jeon Ynni koʻtarib oldi

-Jeon u qiz seni dushmaning. Yoki uni sevib qoldingmi?

-gap koʻpaytirma Chen. Yoki men aytgan reja boʻyicha ish tutamiz yoki men oʻyindan chiqaman

-...hech qanday rejalarsiz oʻldirib yuborish kerak edi... Aysh shibal* ....mayli sen aytgandek boʻlsin. Agar yarimta xato qilsang u bilan birga oʻlasan

-buyogʻini menga qoʻyib ber... U ortiq mafialarga dushman boʻlmaydi

-buni hali koʻramiz Jeon....) Chen shunday deb uydan chiqib ketdi

Mafia Chen

Jeon Ynni xonasiga olib kirib yotqizdi

-doktor chaqiring..) Jeon telefonda buyruq berdi

-Jeo seni rejang nimaligini bilmayman... Ammo meni qutqarganing uchun rahmat...) Yn birinchi bor kimgadir rahmat aytishi edi

-Rejam amalga oshganida Chen aytganidek narkotik qabul qilganing yaxshi ekanligini tushunib yetasan

-seni rejang narkotikdan ham zaharliligiga ishonmayman

-ishonmaysan... Hali bunga oʻzing guvoh boʻlasan azizam.

-meni oʻldirsanmi?

-sen nima deb oʻylaysan

-meni oʻldirib boʻlgansan

-rostdanmi? Unda oldimdagi kim?

-arvohim

-xaxa😂 qoʻrqib ketdim...) Jeon kulib yubordi va xona eshigi ochilib ichkariga doktor kirdi. Jeon jiddiy tortib, doktor bilan biroz gaplashib xonadan chiqdi

Pov Yn 🍃
Doktor boshimga malham surib, dorilar tashlab ketdi. Boshimning ogʻrigʻi ancha bosilgandi. Bosh ogʻrigʻidan 2 kundirki uxlay olmayotgandim. Jeon kirib, meni uygʻotganini hisobga olmasa... Ammo uni ham uyqu deb boʻlmaydi. Menimcha daqiqalar ketdi bu uyquga. Shu sababli biroz dam olish uchun koʻzlarimni yumdim.
Qancha vaqt uxlab qolganimni bilmayman. Koʻzlarimni ochganimda eshik taqilladi. Gʻalati... Kim meni eshigimni taqillatishi mumkin?
Men borib eshikni ochdim va kechagi yigitni koʻrdim. Kim deb oʻylaganding Yn... Axir Jeon eshigingni taqillatmasa

-salom Yn

-...) Men indamay eshikni ochiq holida qoldirib, qaytib yotoqqa oʻtirdim

-kayfiyating yoʻqmi?) U meni oldimga kelib oʻtirdi

-yoʻq endi uygʻondim

-men seni uyingga olib ketishga keldim

-nima... Qanday qilib?

-Jeon buyurdi

-Jeon..... U meni shunchaki qoʻyib yuborar ekanmi?

-menimcha xa... Yoki senga nimadir berishi kerakmidi?

-yoʻq. Men uni shunchaki qoʻyib yubormasligini bilaman. U nimani rejalashtiryabdi

-bunisini bilamdim. Endi yur

-u qayerda?

-bilmayman. Uni nima qilasan?

-...hech nima?

Men notanish yigit bilan mashinada oʻz uyimga qaytdim.

-hey toʻxta) men mashinadan tusharkanman yigit meni toʻxtatdi

-buni ol. Sening narsalaring...) yigit meni sumkam va barcha narsalarimni uzatdi

-axir Jeon oʻgʻri emas

-Jeon ga mehmondorchiligi uchun rahmat ayt Janob notanish

-yaxshi aytaman..) u mashinasiga oʻtirib ketdi

Men uyimga kelishimi bilan toʻgʻri yuvinish xonasiga kirdim. U yerdan chiqib, ovqatlandim va politsiya formasini kiydim. Soʻng uy garajidan mashinamni olib, politsiya boshqarmasiga (ya'ni ishimga) ketdim

Yn politsiya boshqarmasiga yetib borgach hamma hayron qarash bilan kutib oldi.

-tinchlikmi Teamin kechasi uxlamadingmi? Koʻzlaring qizargan...) Teamini hamkasbi unga hayron qaradi. Teamin stakan olib, qahva mashinasidan qahva oldi va hamkasbini oldiga oʻtirib, stolga boshini qoʻyib oldi

-hamaga hayrli tong...
Eshikdan kirib kelgan qiz bolaning mayin ovozini eshitib, Teamin boshini koʻtardi va qoʻllarini keng ochib Ynn...) deb baxtli baqirib yubordi. Birdan qoʻli qahvaga tegib, hamkasbini ustiga toʻkildi

-aysh Teamin.....) Qaynoq qahvadan hamkasbini yuzi burishti

-Yn) Teamin hamon Ynni ismini takrorlab, uni oldiga yugurib bordi va uni quchmoqchi boʻldi. Ammo Yn qoʻlini "toʻxta" degandek koʻrsatib, undan uzoqlashdi

-Teamin biz hamkasblarmiz. Distansiyani unutma

-yaa sen tiriksan) Teamin Ynni quchib oldi

-bas qil Teamin.... yosh bola boʻlma) Yn Teaminni oʻzidan itardi

-hoʻp yaxshi...) Teamin undan uzoqlashib lablarini burdi. Barcha Ynni tirikligidan hayron boʻlib qarab qolishgandi. Axir uni barcha yoʻqolgan deb oʻylagan. Qolaversa Jeon bilan boʻlgan uchrashuvdan keyin qanday qilib tirik qolish mumkin

-Beak Yn sizni boshliq chaqiryapti...) Boshliqning sekretari Ynga yuzlandi
Yn komandir ammo undan oldin eng katta boshliq boʻlib, uning ismi Park Min Xo
Yn boshliq eshigi oldida biroz oʻylanib turib, eshikni 2 marta bir tekisda taqillatdi. Ichkarida "Kiring" degan yoʻgʻon ovoz eshitildi

-salom oʻrtoq boshliq. Meni chaqirtirgan ekansiz..) Yn oʻng qoʻlini boshiga yoʻnaltirib, askarlardek sergak gapirdi

-kel oʻtir

Ynboshliq aytganidek qildi

-Beak Yn siz 3 kun avval maxsus guruh bilan Jeon va Chenni tutish uchun yoʻnaltirilgan edingiz. Ammo siz eplolmadingiz. 20 dan ortiq kishi sizni rejangiz sabab qurbon boʻldi. Siz esa tirik qoldingiz va oradan 3 kun oʻtib hech nima boʻlmagandek qaytib kelyabsiz

-meni oʻgʻrilashdi

-nima uchun?

-tahminimcha...

-bu politsiya Beak Yn!!!) boshliq stolga qattiq urdi

-bu yerda dalillar bilan ishlanadi. 5 yildan buyon nima qilib komandir boʻlib yuribsiz.

-oʻrtoq boshliq...

-sizdan komandir unvoni olib qoʻyishimga toʻgʻri keladi Beak Yn

-ammo oʻrtoq boshliq...

-bas!!! Hoziroq qamoqxona kaloniyasiga Jang Jihyun ni oʻrniga oʻtasiz

-janob Park...

-Bu buyruq!!!

-Huddi shunday oʻrtoq boshliq) Yn oʻrnidan turib, qoʻlini boshiga yoʻnaltirdi va askarlardek yurib, xonadan chiqdi.

Yn oʻz kabinetiga kirib narsalarini bir qutiga joylashtirarkan, xona eshigi taqilladi

-Yn sen ketayotganing rostmi?) Teamin biroz xafa boʻlib

-xa... Teamin) Yn gapini davom ettirishdan oldin atrofga qaradi. Hech kim yoʻqligiga amin boʻlib, gapini davom ettirdi

- Mafia Park haqida nima topding?

- Park Jimin haqida aytyabsanmi?

-xa

-men hozir) Teamin xonadan tez yurib chiqib ketdi. Biroz oʻtib qoʻlida qora fayl bilan qaytdi va uni Ynga berdi

-barcha maʼlumotlar shu yerda... Nima qilmoqchisan?

-politsiyadan hech qanday yordam chiqmaydi. Buyogʻiga oʻzim harakat qilaman

-axir seni kalonyaga joʻnatishyabti. U yerda qanday qilib...

-Teamin sen menga juda koʻp yordam berding. Barchasi uchun rahmat! Men har tomonlama kuzatuvda boʻlishim mumkin. Seni xavf ostiga qoʻymoqchi emasman

-Jeon seni kuzatyabtimi?

-menimcha xa bundan tashqari janob Park meni Jeon ni sherigi deb oʻylayabti

-qoʻysangchi qanaqasiga?

-bunday taxminga borishi aniq axir 3 kun yoʻq boʻldim. Anigʻini bilmayman, uni gaplaridan xulosam shu boʻldi

-tushunarli

-endi ket

-sen ham ishdan haydalishni xohlayabsanmi? Yoki Jeonga toʻqnash kelmoqchimisan?

-Ynn...

-men seni oʻylayabman endi ket

Teamin homush boʻlgancha xonadan chiqdi

Yn mashinasiga oʻtirgach gʻazabini tiyolmay rulni urdi

-jin ursin seni Jeon..) Yn biroz oʻziga kelgach mashinani uyi tomon haydadi. Yn uyiga kelarkan eshigi tagida qora mashinani koʻrdi. Yn mashinadan tushib, qora mashina oldiga bordi. Mashina oynasiga yaqin kelib qaradi. Mashinada hech kim yoʻq edi.

-aysh shibal* kim meni uyimga mashinasini qoʻyadi.... Jin ursin*) Yn tosh olib mashina oynasiga otdi. Axir nimadandir alamini olishi kerak edi. Mashina srenyasi butun koʻchani tutdi. Yn indamay uy eshigi oldiga bordi. Endi kalit bilan eshikni ochaman deganida eshik ochildi va birdan kuchli qoʻllar uni ichkariga tortdi.

-kim bu?

-bu menman. Meni unutmagandirsan

-shibal* hammasi seni deb...) Bu Jeon ekanligini ovozidan payqagan Yn unga musht tushirdi. Toʻsatdan kelgan kuchdan Jeon biroz gangirab qoldi

-bunga qanday jurʼat etding!) Jeon ogʻriyotgan jagʻini ushlagancha Ynga yaqinlashdi va ortidan qurol chiqarib uni oʻqladi va Ynni boshiga tiradi

-qanchalik axmoqsan...) Jeon shunday deb qurol bilan Ynni boshiga urdi. Yn shu zahoti hushidan ketdi

Pov Yn 🍃
Yana oʻsha ogʻriq... Boshimni olib otib yuborishni xohlardim...
Koʻzlarimni ochganimda uyimda ekanimni va stulga boylanganimni koʻrdim. Qoʻllarimni qimirlatishga urundim, ammo arqon har qimirlaganimda qoʻllarimni achchiq tirnardi.
Men oʻtirgan joy oshxona edi. Oshxona chirogʻi xira boʻlib, u faqat xonaning yarmini koʻrsatardi. Toʻgʻrimdan stakanning taqillashi eshitildi. Kimdir qahvasini qoshiq bilan aralashtirardi

-uygʻondingmi?) Stakan taqillashi yaqinlashib, Jeo ning ovozi eshitildi soʻng oʻzi koʻrindi

-boshing ogʻriyotgandir. Balki qahva icharsan) u stolga stakandagi qahvani stolga qoʻyib, men tomonga uzatdi

-kel tinchgina gaplashib olamiz..) u shunday deb, qoʻllarimni yechdi. Bilagim shilinib, qonab ketgandi.

-mendan nima istaysan?

-senchi? Sen nega meni taqib qilaverasan?

-men politsiyachiman. Oʻz ishimni bajaryabman

-aldama... Senchalik fidoiy politsiyachini hali koʻrmadim. Meni toʻxtatish senga nimaga kerak?

-sen toʻxtasang jinoyat kamayadi

-buni nimasi yaxshi axir seni ishing jinoyatni fosh etish. Ishsiz qolishdan qoʻrqmaysanmi? Oh uzur axir sen allaqachon ishsizsan-ku, azizam

- Bu seni dep boldi

-men politsiya bilan aloqam yoʻq. Axir ularga seni boʻshatishni men aytmadim

-gapni koʻpaytirma Jeon! Mendan nima xohlaysan?

-seni

-nima?

-seni xohlayman. Sen menga ishlashingni xohlayman

-men ishsizman

-shuning uchun senga taklifim bor

-qanday?

-oldin shunga qoʻl qoʻy. Qolganini keyin bilasan

-avval javob ber

-senda 2ta tanlov mavjud Beak Yn

Birinchisi hozir men bilan ketasa
Ikkinchisi mana bu) Jeon stol ustiga shprist qoʻydi. Buni Chen bergan boʻlsa kerak...

Men nima qilishimni bilmasdim. Jeonga ishlaganimdan koʻra oʻlganim yaxshi

-meni oʻldir

-bu tanlovga kiritilmagan

-odamlarni hech qanday qiyinchiliksiz oʻldirasan... meni oʻldirolmaysanmi?

-sotqinlikdan oʻlim avzal degin... Seni yoqtirib qoldim Beak Yn...) Jeon shunday deb oʻrnidan turdi va qurolni boshimga tiradi. Birdan koʻzlarim yoshlandi. Yuzimga tekkan qaynoq yosh, yuragimni tartibsiz urishiga sabab boʻlardi. Men juda qattiq qoʻrqayotgandim. Shunda Jeon menga yaqin kelib qulogʻimga shivirladi
-bu ogʻriqsiz boʻladi, azizam Yn

Men koʻzlarimni yumdim, koʻz oldimda otam gavdalandi. Men bunday qilolmayman. Men shunchaki oʻlolmayman. Bunga haqqim yoʻq

-toʻxta) men koʻzlarimni ochdim va Jeon mendan uzoqlashdi

-bir shartim bor

-oʻlimingdan oldinmi?

-yoʻq. Men birinchi taklifni qabul qilaman agar 1 shartimni bajarsang

-yoʻq

-men hali hech nima demadim?

-sen aldaysan

-qoʻrqyabsanmi? Seni aldashimdan...

-yoʻq! Men senga ishonmayman

-unda nega meni senga xizmat qiladi deb oʻylayabsan

-qasam ich

-nima

-qasam ich... Oʻzing bilan ont ich

-Yo Xudo sen jiddiy aytyabsanmi?) Men kulib yubordim... birozdan soʻng jiddiylashdim va

-ont ichaman agar yolgʻon gapirsam oʻlib ketay...) men yana kulib yubordim. U menga gʻazab bilan qarab turardi. Uni yuzini koʻrmasam ham qoshlaridan bu maʼlum edi ( Jeon niqobda edi)

-yaxshi endi gapir. Nima istaysan?

-tatuying. Nimaga uni chizdirgansan va u qachondan beri bor

-senga bu yoqdimi?)u ong qoʻlidagi yengini koʻtardi va ilon rasmi yaqqol koʻrindi

-bu barchamizda bor

-barchamizda... Kimlarni nazarda tutyabsan?

-men bilan yur

Men uni ortidan yurdim. Biz uydan chiqib, mashinaga oʻtirdik. Qora mashina uning mashinasi ekan. Oyna singanini koʻrib, menga gʻazabli qaradi va -buni toʻlaysan) dedi

Biz qandaydir katta binoga yetib keldik. Bu yer 1 qavatli edi. Tashqaridan yopiq hudud edi. Ichkariga kirarkanman katta xona ichida 50 dan ortiq erkaklar shugʻullanayotganini koʻrdim. Ular yarim yalangʻoch edi. Ular orasidan yurarkanman koʻzlarimni berkitardim. Ular esa men va Jeon ga qarab turishardi. Biz ochiq joyga chiqdik. Men koʻzlarimni ochdim va barcha erkaklarning ong qoʻlida huddi Jeonning qoʻlidagi tatuni koʻrdim.
Barchasi bir xil edi
Yigitlar orasida shivir shivir boshlandi. Ora-orada yigitlar baqirib Jeon dan men haqimda soʻrashardi

-janob Jeon bu qiz kim?

-biz uchun yangi qoʻgʻirchoqmi?

-hey qiz isming nima?

Yana shunga oʻxshash jirkanch soʻzlar gapirishardi

-bas qiling!) Jeon qattiq baqirdi

-u bugundan boshlab shu yerda ishlaydi. Hech qanday kelishmovchiliklar boʻlmasligini talab qilaman. Endi esa barcha ishini davom ettirishi mumkin) barcha tarqaldi. Jeon menga yuzlandi

-Yn koʻrib turganingdek bu mening askarlarim. Har birining hayotida boʻlgan qandaydir hikoyasi bor. Shu sababli ular bu yerda. Barcha oʻylagandek Jeom aslida faqat men emas. Ularning barchasi Jeon dir

-ular sabab sen fosh boʻlmaysan

-xuddi shunday. Endi sen ham shu yerda boʻlasan. Hozircha shu yerda farroshlik qilasan. Yakshanba kuni bellashuv. Agar gʻolib boʻlsang seni qoʻlingda ham shu tatu boʻladi. Agar yutqazsang umringni oxirigacha shu yerni choʻrisi boʻlasan

-menga tatu chizsang men qanday qilib oʻz lavozimimga qaytaman?

-unda boshqa joyingga qilamiz. Bundan xavotirlanma

-menga bu kerak emas

-seni fikring qiziq emas menga. Bu seni Jeonga tegishli ekaningni bildiradi

-bu axmoqlikdan boshqa narsa emas

-juda koʻp gapirib yubording. Endi ishlashing kerak. Bora qol) u gapini yakunida niqobini yechdi. Bu oʻsha yigit edi.
"Notanish janob"

-iltimos faqat seni sevib qolgandim dema..) Jeon men unga hayron qarab turganimni koʻrib
Men hozirni oʻzida uni otib oʻldirishga tayyor edim!!!
U jilmaygancha mendan uzoqlashdi. Soʻng meni oldimga bir yigit kelib, qoʻlimga savat tutqazdi. Men indamadim va yerda yotgan, (menimcha yigitlar yechgan) futbolkalarni savat ichiga tashladim. Baʼzan yigitlardan baʼzilari men tomonga kir kiyimlar otardi. Bu meni judayam jaxlimni chiqarardi. Nima uchun rozi boʻldim... Bundan koʻra oʻlganim yaxshi edi.

Men xonani yarmidagi kirlarni yegʻib chiqdim, ammo judayam charchagandim. Judayam gʻazablanayotgandim. Birdan ortimdan bir erkakni ovozi eshitildi

-hey qizaloq sen judayam se*y koʻrinyabsan!) Men u tomga qaradim. Uni oldida yana 1-2 yigitlar bor edi

-nima jaxling chiqdimi? Xafa boʻlsang oʻzim seni hursand qilaman..) u menga yaqinlasha boshladi va sochlarimga qoʻlini olib bordi. Meni gʻazabim maksimum darajaga yetgandi. Va uni qoʻlini qayirib, boʻyniga oyogʻim bilan tepdim. U bir zumda yerda gʻujanak boʻlib yotib qoldi

Xosh 3 qism ham tugadi yoqqan bolsa xursandman. Xosh keyingi qismda nima bolar ekan Yn endi nima qiladi òz ishiga yana qaytadimi. U ham Jeonga oxshatip tatto qoyadimi agarda davomi qiziq bolsa sizlarda Fikrlaringizni kutip qolaman