August 21

Eternal Bond

6 qism

Sevgi.......
Ba'zan bizni baxtli qiladi, ba'zan esa eng ogʻir dardga aylantiradi
Biz kimnidir chin dildan sevamiz unga butun qalbimizni oʻsha odam biz bilan qolmaydi....
U ketadi. Eng ogʻriqli joyi shundaki sevgida kimdir unutadi kimdir esa butun umr eslaydi. Kimdir kuladi kimdir esa koʻz yoshini yashiradi. Kimdir oson ketadi, kimdir esa vayron bòladi.

Shuni biling sevgi faqat shirin emas sevgi dard ham boʻladi yoʻqatish ham boʻladi. Lekin eng ogʻir sevgi ham bizni kuchliroq qiladi..

Ikki oshiq ham shu bir hafta davomida bor-yo‘q halovatlaridan ayrilishdi. Tunni tonga ulab, bedor bo‘lguncha kunlarni o‘tkaza boshlashdi. Yuragiga qadalgan sevgi niholini undirmaslik uchun urinishardi go‘yo.

Jimin kunlarni klubda o‘tkazishni odat tusiga aylantirib oldi. Bir kun oyoqda tura olmaydigan darajada mast bo‘lib, to‘g‘ri Areumning uyiga bostirib bordi...


Pov Areum

Tungi soat 1 dan oshgan. Uxlash uchun o‘rnimda yotibman. Aksiga olib, hech uyqum kelmayapti. Atrof suv quygandek jim. Xayollarim og‘ushida shiftga termulib yotibman.

To‘satdan uyim eshigini kimdir qattiq taqillatdi. Jonim bo‘g‘zimga kelganday bo‘ldi. Juda qattiq, tinmay urilayotgan eshikni ochish maqsadida ustimga halatimni tashlab, eshik tomon yo‘naldim.

Qiziq, shu paytda kim bo‘lishi mumkin? Hyejinmikin? Yo‘q, u bugun Jungkook bilan birga qolishini aytgandi. Unda kim? Tag‘in Jimin bo‘lsa-ya? Bo‘lishi mumkin emas... Yana bemani xayollarga berilyapman.

Shu xayollar bilan eshik yoniga yetib keldim, biroz qo‘rqyapman. Hayol surib, eshik oldida turib qolganimni ham sezmay qolibman.

Menga tanish, o‘sha biroz sovuq ammo yoqimli ovoz eshitildi. Shu zahoti tanamda tik turmagan birorta tukim qolmadi. Nima sababdan u bu yerda? Savollarim shu qadar ko‘pki, ularga javob ololmay ichimda yonib ketyapman.

Jimin: Areum... eshityapsanmi... Men Jimin... ahhh...

Areum : Uf, o‘zi shu yetmagandi. Nima balo, mastmi? Ha, mast bo‘lmasa shunday ish qilarmidi?

Jimin: Yalvoraman, eshikni och... Senga muhtojman... Boshqa chiday olmayman. Eshityapsanmi? Charchadim kurashib yashashdan, baridan charchadim...

Areum hayron: “U hozir nimalar dedi? Mastlik rostlik demakdir. Mayli, eshikni ochay, bahonada barcha savollarimga javob olib olaman.”

Eshikni ochishim bilan, yerga cho‘kkalab o‘tirgan Jimin o‘rnidan turib, gandraklab menga tomon qadam tashladi.

Bir qoshini ko‘tarib, yuzini burdi. Tentak, shu ahvolida ham menga jahl qiladi-ya. Ko‘zlarini arang ochib turibdi.

Areum: Ahvolingiz yaxshimi? Shunchalik ham ichasizmi?

U bir harakati bilan meni o‘ziga tortib, mahkam quchib oldi. Butun tanam bilan uning bag‘riga singib ketdim. Meni bir hafta mobaynida qiynagan yuragim halovat topganday bo‘ldi.

Borgan sari qattiqroq quchib, nafas olish imkoniyatimni cheklab qo‘yyapti. Undan anqiyotgan alkogol hidini aytmasam ham bo‘ladi. U menga kimnidir eslatyapti... Otamni... Yo Xudoyim, u g‘irt otamni o‘zi! Otam ham bo‘kkunicha ichib, keyin meni quchib, erkalab, nimanidir vaysab o‘tirardilar.

Jimin: Seni sog‘indim. Qanchalik qiynalganimni bilasanmi?

Areum: Jimin, hozir mastsiz. Ertaga aytgan gaplaringizga afsuslanasiz. Hozir Jungkookni chaqiraman, u sizni uyingizga olib borib qo‘yadi.

Jimin: Yo‘q! Mening uyim sensan. Iltimos, meni qiynama... Bilasanmi, juda ham charchadim. Meni sevadigan, dalda beradigan, har qanday holatda ham meni tashlab ketmaydigan, haydasam ham ketmaydigan bir insonga muhtojman. Sen menga keraksan... Yalvoraman, sen ham meni tashlab ketma. Unda hayotda meni ushlab turuvchi hech bir sabab qolmaydi...

Areum: Jimin...

Jimin: Tiiishhhhhh, gapirma...

Gapirish uchun og‘iz juftlagan edim, u bosh barmog‘ini asta labimga qo‘yib, gapirmasligimni ta’kidladi. Sochlarimni silab, yuzini bo‘ynimga ko‘mib chuqur hidladi.

Jimin: Huddi narkotikdekman. O‘ziga o‘rgatasan, so‘ngida sensiz hayot yo‘qdek bo‘lib qoladi go‘yo...

Uning so‘zlariyu harakatlari meni aqldan ozdirayotgandek edi. Aqlim bilan yuragim tinimsiz jang qilishmoqda.

Areum: Jimin, keling, uyga kiramiz.

Uning qo‘llarini yelkamga tashlab, uyga olib kirishga harakat qildim. Shunaqa ham og‘ir bo‘ladimi? Uffff... Bir amal qilib, uni yotoqxonamga olib kirdim va yotoqqa yotqizdim. Oyoq kiyimlarini asta yechib, ustiga ko‘rpa yopib chiqib ketmoqchi edim, u qo‘llarimni ushlab, nimalarnidir g‘o‘ng‘illab ayta boshladi.

Jimin: Bilasanmi... seni o‘shanda birinchi bor klubda ko‘rgan onimda sevib qolgandim. Sendagi barcha narsa meni o‘ziga maftun qilgandi. Boshqa qizlarga o‘xshamaganing uchun ham seni sevib qoldim. Sendan bir iltimos... doim o‘zligingcha qol. Men uchun...

Bir lahzaga jim bo‘lib, ko‘zlarini yumdi. So‘ng past ovozda davom etdi:

Jimin: Boshqa sevmayman deb o‘ylagandim... Ammo sen zimziyo hayotimni bir sham misoli yoritib yubording.

“Boshqa sevmasligim kerak edi, dedimi? Demak meni rad etgani sababi boshqa bir ayol ekanda. Lekin hozir u meni sevadi. O‘tmishi sabab tan ola olmayapti. Men taslim bo‘lmayman. Park Jimin, sevgim uchun oxirigacha kurashaman. Sevgingga iqror bo‘lmaguningga qadar...”

<Ertasi kuni>

Quyoshning zarrin nurlari xonani yoritar ekan, telefonimning tinmay jiringlashidan erinibgina ko‘zlarimni ochdim. Yotoqning bir tomoni bo‘sh. Kecha Jiminning bag‘rida uyquga ketganim esimda. Lekin u hech nima demay qayerga g‘oyib bo‘ldi?

Areum: Eshitaman, Hyejin.
Yaxshi bo‘lganda gaplashamiz.


Hyejin: Vay, dugonajon, sen uchun xursand bo‘lishni ham, hafa bo‘lishni ham bilmayapman.

Areum: Telefoni ham o‘chiq, nima qilishga boshim qotgan.
Hyejin: – Kel, bunday qilamiz. Men Jungkookdan hammasini so‘rab bilib beraman.

Areum: – Hyejin, sen haqiqiy farishtasan, meni najot farishtam!


Hyejin: Hullas, u Busanga uyiga qaytib ketibdi. Ishini ham o‘sha yerda davom ettirar ekan. Uy manzilini telefoningga SMS qilib tashlab qo‘ydim. Hosh, endi nima yo‘l tutmoqchisan?

Areum: Busanga boraman. O‘qishimni ham o‘sha yerga ko‘chiraman.

Hyejin: Ufff, Areum, sensiz bitta o‘zim nima qilaman?

Hyejin qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab, lablarini shishirdi.

Areum: Tentakvoyim, o‘zimni seni ishonchli qo‘llarga tashlab ketyapmanku, axir. Jungkook men yo‘qligimni bildirmay turadi.

Dugonasini yupatib quchib qo‘ydi.


3 kundan so‘ng...

Mana, Busanga ham yetib keldim. Ijaraga uy olmoqchiman. Uy egasi bilan gaplashdim – yaxshi odamlar ekan. Shifokorlikka o‘qishimni eshitib, mendan pul olishmadi, evaziga qon bosimlarini o‘lchab, ukol va shunga o‘xshash narsalarini qilib tursam bo‘lgani.

Ular qizlarini yaqinda turmushga berishgan ekan. “Qizimiz o‘rniga yangi qiz keldi”, deb rosa quvonishdi. Meni ularga universitetimiz dekani tavsiya qilgan edi. Aytgancha, ularning o‘g‘illari ham bor ekan – yoshi adashmasam, Jungkook bilan teng. Xonalarimiz yonma-yon joylashgan, lekin uni shu kungacha bir marotaba ham ko‘rmaganman. Amakim va xolamdan ham u haqida so‘rab o‘tirmadim. Chunki Jimindan boshqa yigit menga qiziq emas.

Lekin ularning bir gapi meni hayron qoldirdi. O‘g‘illari biroz sovuqqon, qo‘polroq ekan. Xolamning aytishicha, avval u juda hazilkash, umuman boshqa odam bo‘lgan. Baxtsiz hodisa tufayli shunday ahvolga tushib qolibdi. Ota-onasi bilan ham deyarli gaplashmas ekan. Ikir-chikirini surishtirib, ularning yaralarini yangilagim kelmadi.

Areum: Xolajon, amakijon, ovqat tayyor.

Xola: Vay, qizim, rosa chaqqon, ustiga-ustak pazanda ham ekansan. Qo‘limdan kelmaydigan ishing yo‘q. Seni kelin qilib olib qolmoqchiman.

Xolamning gaplaridan yuzimga kulgu yugurdi. Meni yaxshi ko‘rib, hatto kelin qilmoqchi bo‘lganlariga chin dildan sevindim. Jon deb ularga kelin bo‘lgan bo‘lardim... ammo Jimin. Shu tentakni deb bormagan joyim, qilmagan ishim qolmadi.

Areum: Xolajon, men ham sizga jon deb kelin bo‘lgan bo‘lardim, ammo meni sevganim bor.

Xolam gaplarimdan hafsalasi pir bo‘ldi.

Xola: Baxtli yigit ekan, sendek sevgilisi bor. Mening o‘g‘limga juda mos tushgan bo‘larding, attang...

Rostan ham u omadli yigit. Mendek qiz uni sevib, uni deb jonini o‘tda-cho‘qda urayotgani uchun. Koshki u mening qadrimga yetsa...