Forced marriage
❗️𝗗𝗶𝗾𝗾𝗮𝘁: 𝘂𝘀𝗵𝗯𝘂 𝗳𝗮𝗻𝗳𝗶𝗰𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗯𝗮𝗿𝗰𝗵𝗮 𝘃𝗼𝗾𝗲𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗺𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳 𝘁𝗮𝘀𝗮𝘃𝘃𝘂𝗿𝗶𝗴𝗮 𝗮𝘀𝗼𝘀𝗹𝗮𝗻𝗴𝗮𝗻 𝗯𝗼‘𝗹𝗶𝗯, 𝗿𝗲𝗮𝗹 𝗵𝗮𝘆𝗼𝘁 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗵𝗲𝗰𝗵 𝗾𝗮𝗻𝗱𝗮𝘆 𝗯𝗼𝗴‘𝗹𝗶𝗾𝗹𝗶𝗴𝗶 𝘆𝗼‘𝗾. 𝗦𝘆𝘂𝗷𝗲𝘁 𝗱𝗮𝘃𝗼𝗺𝗶𝗱𝗮 𝘁𝘂𝗿𝗹𝗶 𝘅𝗶𝗹 𝗸𝘂𝘁𝗶𝗹𝗺𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗵𝗼𝗱𝗶𝘀𝗮𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝗿𝗮𝘀𝗵𝗶 𝗺𝘂𝗺𝗸𝗶𝗻.❗️
Toʻsatdan Cherinning nigohi zaldagi yuzlab odamlar orasida, chetroqda, soyalar panahida turgan tanish yuzga tushdi.
Tanish yuz... Bu oʻsha, yurakning eng chuqur, daxlsiz burchagida yashiringan, har bir nigohi qalbga oʻt yoqadigan qiyofa edi.
Cherin nigohini bazoʻr toʻpladi. Shovqin-suronli dabdaba, jimirlagan chiroqlar va odamlarning shovqinli hayqiriqlari orasida, zalning qorongʻiroq burchagida — soyalar bagʻrida Taehyung turardi
Taehyung unga uzoqdan, bir ogʻiz soʻzsiz, goʻyo butun oʻtmishni, aytilmagan soʻzlarni va koʻz yoshlarni oʻsha bitta boʻshliqqa sigʻdirgandek termulib turardi. Cherinning yuragi bir daqiqaga urishdan toxdav qolganday edi
Sekin astalik bilan ham rohib oldiga yetib kelishdi
Rohib oʻzining vazmin, jarangdor ovozi bilan abadiylik va sadoqat haqidagi qasamiyot soʻzlarini oʻqiy boshladi. Soʻngra Ericga yuzlandi:
Siz, Eric Nikols, taqdiringizni ushbu ayol bilan bogʻlashga, har qanday sinov, quvonch va gʻamda unga qalbingizni bagʻishlab, oʻmringizning oxirigacha sadoqatli umr yoʻldosh boʻlishga rozimisiz ?
Eric labida magʻrur va oʻziga ishongan tabassum bilan Cheringa qaradi:
Rohib sekin Cheringa burildi. Zal nafasini ichiga yutib turardi.
— Siz-chi, Baek Cherin... Taqdiringizni Eric Nikols bilan bogʻlab, sevgi va sadoqat zanjirida uning yonida boʻlishga, quvonch-u gʻamni birga baham koʻrishga rozimisiz…?
Cherin bir ogʻiz ham soʻz deya olmadi. Tomogʻiga nimadir tiqilgandek, nafasi boʻgʻildi. Koʻzlari beixtiyor yana soyalar ichidagi oʻsha qiyofani izladi.
Cherin hesh nima deya olmay faqat sukinatni saqlar edi va Zalda pichir-pichirlar koʻtarila boshladi. Eric sekin Cherinni qollaridan ushladi bunnan Cherin seskanib ketti
— Baek Cherin, uchinchi bor soʻrayman... Rozimisiz? — rohibning ovozi bu safar ancha jiddiy eshitildi.
Songi bor Teahyunga qaradi va Cherin koʻzlarini yumdi. Yuzidan soʻnggi umid soyasi ham oʻchib, titroq lablari bilan
pichirladi:
Shu soniyada zalni gulduros qarsaklar tutib ketdi. Odamlar ertaknamo juftlikning baxtiga tasannolar aytardi.
Eric gʻolibona jilmayib, Cherinning yuzidan sekin ushladi va lablaridan muhrladi. Bu boʻsa Cherin uchun eng ogʻir jazo, boldi
Taehyung esa bu manzarani ortiq koʻra olmadi. Uning ichida nimadir charslab sindi. U ortiga oʻgirildi-da, dabdabali zaldan, barcha qarsaklar va soxta kulgular orasidan shiddat bilan chiqib ketdi.
Taehyung qayerga ketayotganini ham bilmasdi. Oyogʻi uni Cherin bilan ilgari birga keladigan, ularning eng shirin va begʻubor xotiralari yashiringan sokin koʻl boʻyiga yetaklab keldi. Bu yerda bir vaqtlar ular kelajak haqida orzular qilishgan, bir-biriga mangulik haqida vaʼdalar berishgandi.
Taehyung koʻl qirgʻogʻidagi sovuq suvga qarab toʻxtadi. Qalbida toʻplanib qolgan alam, nafrat va chorasizlik toʻlqini uni yengib boʻlgandi. U tizzalari bilan sovuq tuproqqa yiqildi.
U qoʻllari bilan tuproqni va oʻtlarni tepib, mushtlab yigʻlay boshladi. Uning koʻz yoshlari koʻl suviga tomchilardi. Yuragidagi ogʻriq shunchalar kuchli ediki, u hatto nafas olishga ham qiynalardi.
Taehyung koʻl boʻyida qancha vaqt yotganini bilmasdi. Tun oʻz oʻrnini sekin-asta sovuq va gʻamgin tongga boʻshatib berdi. U oʻrnidan turib, ustidagi tuproqlarni qoqdi. Koʻzlaridagi yosh qurigan, lekin oʻrnida sovuq va shafqatsiz bir qatʼiyat paydo boʻlgandi.
“Agar bu dunyo seni mendan tortib olgan boʻlsa, men oʻsha dunyoni ostin-ustun qilaman, Cherin. Sen u qasrda asira boʻlib yashamaysan...” — shivirladi u va koʻlga soʻnggi bor qaradi.
Eric va Cherin toylari tamom bolishdi hamma ikki yosh juftlikga baxt tilab ketishar edi songra
Eric Cherinni shahar chetidagi uyiga olip bordi
Toʻy marosimi nihoyat yakunlandi. Tashrif buyurgan barcha mehmonlar yangi kelin-kuyovga baxt va totuvlik tilab, birin-ketin tarqalishdi. Dabdabali marosim tugagach, Eric Cherinni shahar chetidagi xos va hashamatli hovlisiga olib bordi.
Uylari darvozasi oldida ularni qator boʻlib turgan xizmatkorlar hurmat bilan kutib olishdi. Eric ularga qisqa bosh silkib qoʻydi-da, Cherinning qoʻlidan mahkam tutib, toʻgʻri ikkinchi qavatdagi yotoqxona tomon yetakladi. Xonaga kirgach, Cherin goʻyo oʻzini tuzoqqa tushgan qushdek his qilib, eshik yonida qotib qoldi. U oppoq kelinchak koʻylagining etaklarini barmoqlari titragancha gʻijimlab, yerga tikilib turardi.
Eric esa xotirjamlik bilan xona chetidagi kichik stolga yaqinlashdi. Shisha idishdan bokallarga viski quydi.
U bokalni qoʻliga olib, sekin-asta Cheringa yaqinlasha boshladi. Uning qadamlari vazmin, koʻzlarida esa gʻalaba va egalik qilish hissi yonardi.
Eric Cherinning atrofida asta aylanib, uning ortida toʻxtadi. Egarilib, kelinchakning boy boʻynidan, sochlari orasidan taralayotgan tarovatli iforni chuqur va toʻyib hidladi.
— Men bu damlarni ancha vaqt kutdim... Bu kun uchun juda koʻp ter toʻkdim, — dedi Eric past, lekin magʻrur ovozda.
Cherin uning nafasini boʻynida his qilishi bilan oʻzini noqulay sezib, yelkalarini qisdi va oʻzini bir oz chetga oldi. Lekin Eric ortga chekinmadi. U yana bir qadam yaqinlashib, Cherinning ortida toʻxtadi va uning qulogʻi ostida mayin va asta pichirladi:
— Bu ifor meni mast qilyapti... Sen endi butunlay menikisan, Cherin. Hech kim va hech narsa seni mendan tortib ololmaydi...
Cherin uning bu soʻzlaridan va yaqinligidan butun tanasi bilan seskanib ketdi. Keskin harakat bilan ortiga burilib, Ericdan bir necha qadam uzoqlashdi. Koʻzlarida qoʻrquv va nafrat aralash bir qatʼiyat bilan unga tikildi.
— Tegmang menga! Yaqinlasha koʻrmang! — dedi Cherin titroq ovozda.
Ericning yuzidagi tabassum biroz soʻndi, ammo bu qarshilik uni toʻxtatmadi, aksincha, ichidagi ishtiyoq va takabburlikni yanada alanglatdi. U qoʻlidagi bokalni stolga qoʻydi-da, asta-sekin Cherin tomon yura boshladi.
— Qarshilik qilma, Cherin. Bu tun — bizning visol tunimiz. Sen mening xotinimsan, — dedi Eric uning soʻzlariga parvo qilmay.
Cherin orqaga chekinishga urindi, lekin orqasida devor bor edi. Eric uni bir zumda tutib oldi va uning eʼtirozlariga qaramay, uni mahkam quchoqlab, keng yotoqqa yotqizdi. Cherin uni koʻksidan itarib, qutilishga harakat qildi, koʻzlaridan yoshlar quyilib keldi.
— Yoʻq! Iltimos, Eric, unday qilmang! — deb yolvordi Cherin.
Lekin Eric uning qoʻllarini mahkam ushlab, bosib turdi va uning lablaridan, boʻynidan ehtiros bilan boʻsa ola boshladi. Xonada faqat Cherinning ojizona qarshiligi, uning boʻgʻiq pichirlashlari va Ericning qatʼiy nafasi eshitilib turardi...
Cherinning titroq va ojizona yolvorishlari xonaning sovuq devorlariga urilib, aks-sado berardi. Biroq bu nido Ericning qalbida zarracha shafqat uygʻotmadi; aksincha, Cherinning chorasizligi va qarshiligi uning ichidagi takabburlik va mulkdorlik hissini yanada alovlantirdi. U Cherinni bilaklaridan shafqatsizlarcha ushlab, uni yotoqqa mixlab qoʻydi va oʻz xohishiga boʻysundirishga kirishdi.
— Iltimos... Eric, toʻxtang! Unday qilmang, toʻxtang! — Cherin koʻzlarida yosh bilan, bor ovozi bilan yolvorar, uning koʻksidan itarishga urinardi. — Kimdir... meni qutqaring! Kimdir yordam bersin!
Ammo bu xonaga hech kim kirib kelmas, uning dod-faryodi hech kimga yetmas edi. Eric bu oʻtinchlarga mutlaqo quloq tutmay, Cherinning lablaridan, boʻynidan va yelkasidan ehtiros bilan boʻsa ola berdi. Uning har bir harakati va ehtirosli nafasi Cherin uchun ogʻir bir azobga, chidab boʻlmas ruhiy va jismoniy bosimga aylandi. U Cherinning xohishiga qarshi oʻz xursandchiligi va ehtiyojini birinchi oʻringa qoʻyib, ular oʻrtasidagi chegaralarni butunlay buzib oʻtdi.
Cherin bor kuchi bilan baqirdi, qarshilik qildi, koʻzlaridan oqayotgan achchiq yoshlar yustiqni hoʻl qildi. Biroq harakatlar tezlashgani va bosim ortgani sayin uning jismoniy hamda ruhiy kuchlari tugab borardi. Yuragidagi cheksiz ogʻriq va qorongʻulik uni oʻz domiga tortdi — oxiri Cherinning koʻzlari yumilib, hushini yoʻqotdi.
Hamma narsa tinchigan va oʻz poyoniga yetgandan soʻng, Eric dush qabul qildi. Tanasidan suv tomchilarini artib, xonaga qaytdi va hushsiz yotgan Cherinning yoniga yotib, uni mahkam quchgancha uyquga ketdi.
Ayni shu daqiqalarda, shahar chetidagi tun bagʻrida Taehyung oʻzining sovuq qatʼiyati bilan qasr tomon ilk qadamlarini tashlayotgan edi.
Taqdirning shafqatsiz oʻyini ostida Cherinning ruhi tun bagʻridagi qorongʻulikda qolib ketgan edi. Hushsiz yotgan tanasi ogʻriqdan seskanar, lekin uning ongi mutlaqo boshqa bir dunyoga — xotiralar va armonlar tutashgan sirli bir makonga koʻchgandi.
Tushida u oʻzini cheksiz, yam-yashil oʻtloq oʻrtasida koʻrdi. Mayin shabada uning sochlarini oʻynar, atrofdan yangi ungan maysalarning xushboʻy ifori taralardi. Qarshisida esa bagʻrini keng yozgan ulkan, azim bir daraxt qad rostlab turardi. Uning qalin shoxlari ostida eski, soddagina bir argʻimchoq asta tebranardi.
Daraxt soyasida Taehyung turardi... Uning yuzida oʻsha tanish, samimiy va issiq tabassum porlardi. Taehyung qoʻllarini Cherin tomon choʻzib, unga mehribonlik bilan tikildi:
— Cherin... Kel bu yoqqa, mening yonimga kel, — deb chorladi u oʻzining mayin ovozida
Cherinning qalbida toʻsatdan cheksiz bir umid va quvonch uygʻondi. U barcha ogʻriqlarni unutib, Taehyung tomonga qarab yugura ketdi. Oradagi masofa qisqarib, uning issiq bagʻriga yetishiga bir necha qadam qolganda... Cherin toʻsatdan qattiq qoqilib, yerga yiqildi.
U dahshat ichida ortiga oʻgirilib, oyoqlariga qaradi. Uning nafis va titroq oyoqlariga sovuq, ogʻir va zanglagan temir zanjirlar solingandi. Zanjirning ikkinchi uchi esa quyuq qorongʻulik qaʼriga ulanib ketgandi.
Cherin zanjirni siltab, oʻzini xalos qilishga urindi, lekin u harakat qilgani sayin temir halqalar uning terisini shilib, suyak-suyagigacha ogʻritardi. Shu daqiqada uning tepasida qorongʻu bir soyadek Eric paydo boʻldi. Uning yuzidagi sovuq va gʻolibona tabassum Cherinning yuragini muzlatib qoʻydi. Eric egarilib, Cherinning yelkasidan mahkam ushladi va uning qulogʻiga pichirladi:
— Sen hech qayerga ketolmaysan... Sen bu yerda, men bilan bir umrga qolasan
Cherin umidsizlik bilan toʻlgʻanib, yana bir bor Taehyung tomon talpindi. Lekin uzoqda turgan Taehyungning qiyofasi sekin-asta tuman ichida yoʻqolib borardi...