June 23

Money talks

2 qism

“lKim o‘zi bu qiz? Meni tanigandek qaradi… lekin men uni eslolmayapman.

Taehyung mashina rulini mahkam ushlab, ich-ichidan savollarga botib borar edi. U gohida ko‘zining cheti bilan orqa o‘rindiqda sokin o‘tirgan Hanaga oynadan qarab qo‘yardi. Hana esa hech narsa bo‘lmagandek, telefoniga mukkasidan ketgan, Taega hatto bir marta ham nazar tashlamagan.

Tae: Kechirasiz-u, yosh xonim! Dadamning aytishicha, bugun sizning shaxsiy yordamchingizman. Shunday ekan, borishni istagan joylaringiz ro‘yxatini tuzing — qayerga desangiz, o‘sha yerga boramiz!

Taehyung yumshoq ohangda gapirar ekan, Hana bu samimiylikdan kulimsirab yubordi. Qiz uning bu iltifotini inkor etolmay, ko‘zlarini yerga qadadi

Hr: Sen... Sen hozir meni yosh xonim dedingmi ishona olmayabman 😂😂

To'xtamay kulishda davom etayotgan qizga anqaygancha qarab turgan Taehyungning qovoqlari birday osildi.
Hana

Hana
Tae

Tae :Shunaqa muomala qilayotganingizga qaraganda, hurmat nimaligini bilmasangiz kerak!

H: Shunchaki... So‘nggi safar ko‘rishganimizda, men seningcha oddiy qiz emas, bir alvastiga aylangandim, Kim Taehyung

Taehyungning chehrasi bir necha soniyada butkul o‘zgarib ketdi — xuddi miyasi bolaligidagi og‘riqli xotiralarni yana bir bor jonlantirgandek, har bir voqea ko‘z oldidan birin-ketin o‘ta boshladi.

H: Nega qotib qolding?! Nahotki, meni rostdan esingdan chiqargan bo‘lsang?

To‘g‘ri, bunda seni ayblamayman, axir atigi 3 marta ko‘rishganmiz, u ham bo‘lsa 16 yil oldin edi, shekilli. Lekin baribir, xotirang juda ham zaif ekan.

Hoy, alvasti xonim! Meni xotiram juda yaxshi!

Taehyung o'z hayratini bildirmaslik uchun ham, yana oldinga qarab, mashinani haydadi

Tae

— FLASHBACK —16 yil oldin

H: Dadaaa, manabu meni alvasti deyapti!

qizaloq ko‘zlaridan sizib tushayotgan yoshlarni bir qo‘li bilan artarkan, ikkinchi qo‘li bilan eshik oldida turgan bolakayni ko‘rsatdi-da, tezda otasining tizzalariga o‘zini tashladi.

J/J: Kim Taehyung! Bu nimasi — qizlarni xafa qilishni qayerdan o‘rganding?!

Janob Jeon kichik o‘g‘liga qovoq uyib qarab turardi. Shu paytdan foydalanib, yosh Hana Taehyungga tilini chiqardi.

Tae: Ana! O'zi ham meni axmoq qilayaptiku! Nega uni urishmaysiz!

Taehyungning asablari battar qiziy boshladi.

Shu payt Janob Choi quchog'idagi 10 Yoshli qizni ko'targancha, Taening yoniga yura boshladi.

J/Ch: Salom Taehyung

Janob Choining samimiy tabassumi yosh yigitchani qalbini erita oldi.

J/Ch: Bu mening yakka-yu yagona qizim Hana! Siz ikkingizning yoshingiz teng. U bilan do'st bo'lishni xohlamaysanmi?

Notanish amakining savoli Taehyungni o'ylantirib qo'ydi.

Tae: Mayli hop men roziman

H: Men bunga rozi emasman u meni alvasti dedi

Tae: Rostida, sochlaringni qara alvastilarga oxshab to'zib yotibdi. Katta bo'lib, meni oyimga o'xshab chiroyli bo'lsang, keyin seni alvasti emas malika deyman!

Lablari allaqachon oldinga cho'zilib, erkalanibgina gapirgan Taeni ko'rishi bilan, Hana ham biroz sovudi.

H: Yaxshi... Katta qiz bo'lsam, malika deyishga va'da ber!

Hana Taega qarab kichik barmog'ini uzatdi. Tae ham and javoban shu ishni qildi.

Hana kishkina vaqti

— FLASHBEK TAMOM—

Mashina katta bino oldiga kelib to'xtagach, avval Tae mashinadan tushib, Harinni eshigini ochdi.

H: Xòsh janon Taehyung

Tae: Nima xósh

H: Sen menga bir narsani chin dildan aytishin kerak

Tae: Nimani ekan
Hr: Katta bo'lib, malikaga aylanibmanmi yo'qmi

Hana Taehyungni ko'zlariga tikilib qarab turarkan, qizning nigohlari yigitni talvasaga solib qo'ydi va Tae undan ko'zlarini olib qochdi.

Tae

M/x: Janob Jeon — otang ishlagan kompaniyaning bosh direktori. 10 yil avval yuz bergan fojiadan so‘ng otangni yo‘qotdik. O‘sha kundan beri hayotimiz tubdan o‘zgardi. Endi esa men 5 yildirki nogironlar aravachasida hayot kechiryapman. Shu orada butun oilamizning og‘ir yukini sen va singling yelkangizda ko‘tardingiz. Lekin shuni unutma, bu yillarda Janob Jeon bizga ko‘p jihatdan yordam qo‘lini cho‘zdi. Uy uchun to‘lovlar har doim pastroq bo‘lganini, yoki sening ish haqing boshqalarnikidan balandligini o‘ylab ko‘rganmisan? Bu narsalar oddiy emas. Hammasi — u kishining yordami bilan.

Sungmin esa onasining har bir so‘zini yuragiga mixday qadalayotgandek jim eshitib o‘tirardi.

Sungmin

M/x: Endi ayt! U meni oldimga Y/nni kelin emas, qiz sifatida ko'raman deb kelsa, men qanday rozi bo'lmay, Sungmin?!

Sm: Oyi… nega bularni avvalroq aytmadingiz? Biz shunchalik begona odamning puliga muhtoj edikmi? Men — oila boshlig‘i bo‘lishga harakat qilayotgan bir yigit — sizlarni boshqa birovning yordami bilan yashatib kelyapmanmi?!

Boshlari egilgancha, qo‘llari musht bo‘lib qisilgan Sungmin ich-ichidan o‘zidan nafratlana boshladi. Bu haqiqat unga og‘ir botgan, yillar davomida ko‘tarib kelgan g‘ururi tamomila titragandek edi.

Y/n esa akasining bu holatini yuragi ezilgancha jim kuzatardi.

M/x: Seni bu yerda hech qanday aybing yo'q. Shunchaki, agar taqdir bo'lsa singlingni yo'lini to'sma! Balki, u bizning nochor ahvolimizdan qutilib, o'ziga yaxshi kelajak qura olar?

Minsook xonim o'g'lining boshidan siladi

Sg: Ammo, uni majburlamaymiz, Oyi! O'zi hal qiladi hopmi

M/x: Hop ogʻlim

J/x:Yaxshi, Taehyung masalasini tushundim deylik. Ammo... Jungkook-chi?! Siz unga qanday qizni taklif qilib o‘tiribsiz, ?!"

ovozi tobora balandlashib borayotgan Jeon xonim, qahr bilan so‘zlarini davom ettirar edi. Ammo u gapining oxiriga yetolmadi Janob Jeonning mushtga aylangan qo‘li qattiq stol ustiga urildi.

J/J: Agar ishlarimga yana bir marta aralashishga jur’at etsang… agar o‘g‘illarimni menga qarshi qayrashga urinsang o‘zingni bu uydan emas, ko‘chadan topasan, Jeon Jiwon

J/x: Nima bu taxdidmi

J/J: Ha bu tadid va ogohladirish tushunarlimi!

Jeon xonim : “Shuni biling, men bu ikki qizlar hech qachon haqiqiy Jeonlar sulolasining bir qismi deb tan olmayman!”

Jeon xonim keskin qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi. Uning ogʻir, soʻnggi soʻzlari esa xonada aks-sado bo‘lib qolaverdi. Janob Jeon esa jim turgancha, yuragiga chang solgan ogʻriqni bosishga harakat qilardi. Nafasi siqila boshladi. U shoshib tortmalarni ochdi va u yerdan kichkina temir qutini topib, ichidagi dorini oliship ichdi.

Jein Jiwon xonim

Y/n: Aka, meni sizlarga shunchalik og'irligim tushdimi?

Sungmin ko'zlari namlana boshlagan Y/nni tezda bag'riga tortdi.

Y/n:Bu so‘zlarni qayerdan topding?! Sen — mana shu yuragimning urishiga sabab bo‘lgan yagona insonsan. Ketib qolsang, qalbim qanday og‘rishini tasavvur qila olasanmi?

Y/n: Unda nimaga meni uchrashuvga chiqishga majburlayabsiz

Y/n. Seni kim majburladi Y/n ?! Shunchaki, bor, ko'r. Yoqmasa, men doim sen tarafdaman! Endi esa tayyorlan!

Sungmin Y/nni peshonasidan o'pib, uni xonasida yolg'iz qoldirdi.

Y/n: Men bu boylarning asl chehrasini juda yaxshi bilaman. Va shuni biling — kim bo‘lishidan qat’i nazar, men uni hech qachon, hatto yuzini ham ko‘rishni xohlamayman!

Jk: Ufff...

Jungkook 10 daqiqa ichida 100 marotaba soatga qarashga ulgurdi. U katta xiyobonning o'rtasida bir dasta gul bilan yolg'iz o'tirardi.

Jk: Bekor qizni suratiga qarab chiqmabmanda!... Aslida, u men haqimda allaqachon hamma narsani bilsa ham kerak!

Jungkookni ortida eshitilgan qiz bolaning ovozidan so'ng, o'ziga omad tiladi va ortiga buruldi

Salom, men Shin Y/n man! Siz Jeon Jungkook siz, adashmasam!

Jungkookning qarshisidagi qiz, uning anchagina hayratiga sabab bo'ldi.