Taqdir sinovlari
Hamma narsa o‘zgaryapti. Biroq qalbimdagi o‘rning hamon o‘sha-o‘sha… Orzular so‘nadi, vaqt o‘tadi, lekin sening nomiing hanuz yuragimda yozilib turibdi.
Hamma jurnalistlar aeroport yonida to‘planib turgan edi, atrofda esa bitta ism jar solib eshitilardi.
— Ana, chiqib kelishyapti!
— Janob Taehyung, aytingchi, keyingi biznes loyihangiz qanday bo‘ladi?
— Shu yerga kelganingizdan foydalanib, bir nechta savollarga javob bera olasizmi?
Taehyung esa bu savollarga e’tibor qaratmasdan, bir og‘iz ham gapirmay, mashinasiga o‘tirib ketib qoldi.
— Janob, uyga borasizmi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishxonagami? — dedi haydovchi.
Tae sovuq ohangda javob berdi:
— Avval ishga, keyin uyga boraman.
— Xo‘p bo‘ladi, janob, — dedi haydovchi va mashinani ishxona tomon yo‘naltirdi.
Ishxonaga kirib kelishi bilan hamma xodimlar birin-ketin unga ta’zim qilardi. Taehyungning yuzini ko‘rgan har qanday inson beixtiyor qo‘rqib ketardi. Chunki biznes olamidagi eng yovuz va eng qudratli odam aynan Kim Taehyung edi. U bitta narsaga erishmagunicha ortga qaytmaydigan inson sifatida tanilgan.
Yo‘lak bo‘ylab yurarkan, yordamchisi unga bugungi rejalari haqida so‘zlab bera boshladi...
— Janob, bugun uchrashuvlar ko‘p. Avvalo yangi shartnoma bo‘yicha xorijiy kompaniya bilan muzokara, so‘ngra direktorlar kengashi yig‘ilishi. Kechqurun esa gala tadbirga taklifnomangiz bor.
Tae : Gala tadbirni bekor qiling. Menda ortiqcha vaqt yo‘q.
— Lekin janob, u yerda yirik investorlar bo‘ladi. Ularni qabul qilmasangiz, boshqa raqib kompaniyaga yon bosishlari mumkin...
Tae nigohini yordamchisiga qadab, ohista, ammo dag‘al ohangda gapirdi:
— Menga yon bosadiganlar kerak emas. Agar ular meni tanlasa, o‘zlari keladi. Agar yo‘q bo‘lsa… demak, ular hali kim bilan ish qilayotganini tushunmagan.
Deya xonasiga kirib ketti va ish stoliga borib joylashdi
Ish stolidagi xujjatlarni birin ketin koʻzdan kechirar ekan xonaga doʻsti Jungkook kirib kelid
Jk: Yoo xudo ozing hozi kelidin Amerikadan kelar kelmasdan ishga komilganing nimasi aaa
Tae Jk parvo bermay ishini davom ettira berdi
Jk: Bundoq bir doʻstim bor ham demaysan
Tae: Jk hozi hazilni bas qilsangchi
Tae ornidan turib Jk tamon yurdi quchoq ochib bir biri bilan koʻridi
Jk: Sen ham.umuman ozgarmagansan doʻstim
Koʻrishib bolishgach ikkalasi ham divanga otirishdi
Jk: Xosh nima gaplar nima yangiliklar
Tae: Hesh qanday yangiliklar yoq uy ish ish uy
Tae: Kim xonim yaxshilar oziga kerakli narsani olib kayfiyati zor
Jk: Yaa unaqa demasngchi aytgancha uylanibsan
Tae: Yoq unga emas oyim aytgan qizga
Tae: U bilan ajralganimizga ham 5 yildan ochdi
Jk: Qanaqasiga sen u bilan emasmidin u ham seni ordingdan Amirekaga oqishga topshirgan edi
Tae: Ha lekin oyim ayoq tirib oldilar . Koʻrib turganingday hozi hamma narsam bor pul obro bor
Jk: Togʻri Minsu bilan boshqa koʻrishmadingmi
Tae chuqur xo‘rsinib, nigohini derazadan tashqariga qaratdi. Shaharning tungi chiroqlari go‘yo uni masxara qilayotgandek miltillardi.
Tae: Yo‘q, boshqa ko‘rishmadim… To‘g‘risi, uchrashishga ham jur’atim yetmadi. Chunki men uni o‘zimning eng katta xatoyim bilan yo‘qotdim.
Jungkook jiddiy tortdi, do‘stining ko‘zidagi mungni sezar edi.
Jk: Tae, sen qanchalik sovuq va qat’iy bo‘lsang ham, yuragingdagi o‘sha bo‘shliqni to‘ldira olmaysan. Pul, obro‘… bularning hammasi vaqtinchalik. Sen esa hamon uni unutmagansan.
Taehyung jilmayishga harakat qildi, ammo bu jilmayish achchiq kulguga o‘xshar edi.
Tae: Balki haqdirsan… Lekin endi hammasi kech. U mening o‘tmishimda qoldi.
Shu payt yordamchi eshikni taqillatib, ichkariga kirdi.
Janob, kechirasiz, ammo sizni tashqarida mashinangiz kutmoqda
Tae: Bopti xayr senga uyga boray uyda axir ayolim mani kutmiqda
Choi xonim: Qizim qachon oylik moashingni olasan
Minsu: Yaqin orada oyijon tinishlikmi ahvolingiz yaxshimi
Choi xonim: Men yaxshiman qizim shunchaki seni va meni dorilarimiz tugab qolgan
Minsu: Oyi xovotir olman keshga doringizni olib kelaman mennan esa xovotirlanman maylimi
Deya onasini yuzlaridan mayin opib ishi tamon yoʻl oldi
Minsu ishxonaga yetib kelgach, har doimgidek hamkasblarini iliq tabassum bilan qarshi oldi. Ammo ichida g‘am va og‘irlik yashirin edi. U yolg‘iz onasiga qarash, dorilarini yetkazish, uyini tebratish uchun kecha-kunduz mehnat qilardi.
Kompyuterini yoqib, fayllarni tartiblay boshlagandi, birdan telefoniga qo‘ng‘iroq keldi. U mijozlardan biri edi.
Kim Taehyung sovuq qon jahli tez chiqadi
Kim News Network (KNN) direktori yoshi 29da
Oddiy ishchi Amerikada 4 yil oqib lekin Koreaga qaytgannan keyin hesh ichlari yurishmagan
Minsusovda markazidagi ishxonada ishlarini tugatgach, kechqurun qo‘shimcha pul topish uchun shahardagi kichkina, ammo chiroyli restoranda ofitsiantka bo‘lib ishlardi. Stol-stollarga buyurtma olib, mehmonlarga xizmat qilardi. Ba’zan mijozlarning shovqin-suroni, ba’zan esa restoranning mayin musiqasi uning charchog‘ini bosardi.
Bir kuni restoranda xizmat qilib yurganida, u birdan yuragi hapqirib ketdi. Kiraverishda qora kostyum kiygan, baland bo‘yli, sovuq nigohli bir yigitni ko‘rib qoldi.
"Yo‘q… bu mumkin emas. Axir bu… Taehyungga o‘xshaydi-ku!"
Ammo yigit unga qarab ham qo‘ymay, boshqa stolga o‘tirib oldi. Yaqindan qaraganda, u Taehyung emasligini tushundi. Shunga qaramay, yuragidagi eski yaralar yana ochilganday bo‘ldi.
— Minsu, sen yaxshimisan? — dedi yonidan o‘tib ketayotgan hamkasbi.
— Ha… ha, hammasi joyida, — dedi u jilmayishga urinib.
O‘sha kecha ishini tugatib, ko‘chada dugonasi Hayeonni uchratib qoldi. Ular yo‘l-yo‘lakay gaplashib ketishdi.
Hayeon:
— Minsu, bir yangilik eshitdingmi? Shahardagi yirik kompaniyalardan birida tarjimonlikka ishga qabul qilishyapti. Ularning xorijiy hamkorlari ko‘p ekan, ingliz tilini biladigan xodimlar kerakmish.
Minsu hayron bo‘lib to‘xtadi:
— Rostdanmi? Bu menga juda kerak ish bo‘lishi mumkin. Lekin men o‘zimni uddalay olamanmi, bilmadim…
Hayeon jilmayib, do‘stini yelkasidan qoqdi:
— Sen uddalaysan! Men senga yordam beraman. Arizani topshir, keyin ko‘ramiz. Sen bunga loyiqsan, Minsu.
Minsu bir lahza jim qoldi, ammo ko‘zlarida umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Balki bu yangi yo‘l uning hayotini o‘zgartirar…