July 13

Money talks

9 qism

Pov. Yn
~ Hayotda nima bo'lishini hech birimiz bilmaymiz. Bizga oldinda tayyorlangan "syurprizli" qutilar ichi sinovga boymi yoki buni aksimi aniq emas. Ammo shuni bilamanki, keyin keladigan qiyinchiliklarni har safargidanda oson yengib o'taman. Bunga ishonchim komil.

Atrofimda qizlar to'la! Ular bugungi kunni mukammal bo'lishi uchun harakatdan to'xtashmadi. Sekin qadamlar bilan xona chetidagi ko'zgu yoniga intildim. Miyamga birdan savol keldi? Bugungi ko'rinishing oying tasvirlagandek chiroylimi? Ichki hissiyotim ha deya javob berardi. Ammo afsuski, ular men eng muhtoj bo'lgan paytda yonimda yo'q...

Hana ko'zgudagi aksiga qarab turarkan, o'zining "yetim"ligi esiga tusha boshladi. Bugun uning eng baxtli kuni bo'lishi kerak emas-mi aslida?

Hana: Ammo men bilaman!

Qiz yig'ilib kelayotgan ko'z yoshlarini tutishga qattiq chirandi.

~ Meni baxtli yakun kutmoqda.

Jeon xonim! Kelishgan yigitlaringizni to'y marosimiga juda ajoyib tayyorgarlik ko'ribsizlar!

Vaqt kech bo'lib boshlarkan, zodagon ayollar bezatilgan stol atrofiga endi kelib qo'shilgan Jeon xonim bilan suhbatni boshlab ham yuborishdi.

J/x: Doimgidek!

Xonimning dimog'i unga havas aralash hasad bilan qarab turgan ayollar so'zidan so'ng chog' bo'ldi. Ammo...

Kelinlaringiz juda go'zal. Buni rad eta olmaymiz. Lekin negadir, ularni hech oldin ko'rmagan ekanmiz!

~ Ha bu rost. Choi Hana bu qiz biz uchun anchagina tanish ammo, Adashmasam, anavi aravachadagi ayol Jungkookning rafiqasini onasimi? Xah! Sizga unchaa yarashmabdi, rosti.

Zodagon ayollar allaqachon bu qizlarni kelib chiqishidan xabardor bo'lishsa ham, Jeon xonimni "ustidan kulish" maqsadida bu mavzuni ochishdi.

J/x: O'g'illarim juda rashkchi! Ular tungi kulublarda sang'ib, gazeta va jurnallarda "mashxur" bo'lgan qizlardan uzoqlashishdi. Har xolda, bizni oilamizni qolganlarga qarab qolgan joyi yo'q, aslida ba'zilar Jeon xonadoni vorislarini izidan yurishgan emasmi, Xonimlar!

Ayol unga o'qtalgan nigohlarni birma-bir qarshi ola boshladi. Bu o'yinda ham Kim xonim qadr-qimmatini yo'qotmadi. U yutdi.

Mag'rur ayol boshqalarni oldidan chiqib borarkan, ko'zlari undan ancha uzoqdagi yangi juftliklarga tushdi. Uni nafrati rostdan so'nganmi? Yo'q albatta! Jeon xonim hali ham bu "zoti past" qizlarni o'lgiday yomon ko'radi. Ammo, u eri chizib bergan chiziqdan chiqa olmadi.

~ Hoy!

Yn to'satdan belidan o'tkazilgan qo'llarni sezib cho'chib ketdi. Aslida, bunaqasi unda birinchi marta!

Jk: Qo'rqitib yubordimmi?

Jk bir qoshini ko'tarib qizga kulib qarab turdi-da, so'ng rafiqasini egnidagi ko'ylagini ko'zdan kechirdi.

Jk: Rostini aytsam, bu ko'ylakni tanlashga sarflagan vaqtimiz meni lol qoldirdi.

Yn: Ya'ni?

Jk: Sen, asosan boshqalar 4-5 soat, balki kunlab tanlash uchun vaqt o'tkazadigan libosni kirgan ilk do'konimizda bir-ikki urinishda tanlading.

Yn: Nima bu yomonmi? Yarashmagan bo'lsa, nega oldinroq aytmading shuni?

Yn tipirchilagancha, ko'ylagini o'ng tarafdan ham, chap tarafdan ham ko'zdan kechira boshladi.

Jk: Jinnivoyee, seni ustingdagi har qanday libos - go'zallik. Chunki seni o'zing - go'zalliksan.

Yn: Ahaa! Bunday chiroyli so'zlar to'ydan keyin yoddan chiqmaydi degan umiddaman!

Jungkook qizga hech nima demay, uni boshlangan sokin musiqa tovushlari tomon torta boshladi.

Jungkook

Hana: Yn juda chiroyli qiz ekan! Jungkookni didiga qoyil.

Davraning sal narirog'ida ham raqs tushishni boshlagan navbatdagi juftlik ham mehmonlarni ko'zini olardi. Aslida Jeon oilasining ikki kelini ham go'zallikda tengi yo'qligi barchaga malum. Ammo bu haqiqatni tan olgisi kelmaydiganlar ancha.

Tae: Meni ko'zlarim ayni vaqtda sendan uzolmay qolgan.

Hana: Aldoqchi! Shu paytgacha qanchaaa qizlarni analiz-sintez qilganingni bilib o'tiribman.

Tae: Ko'zim boshqa qizlarga qaragan taqdirda ham, butun vujudim bilan senikiman.

Hana: Shuni bilganim uchun ham sendek qizlar kushandasiga turmushga chiqishga rozi bo'ldim.

Taehyung

Oradan biroz vaqt o'tgach, suratkashlar juftliklar va mehmonlarni rasmga tushira boshlashdi. Yaxshiyamki, jurnalistlarni kam qismiga kirishga ruxsat berishdi. Bu muxbirlarni katta boyliklarning vorislari to'yi doim qiziqtirib kelishgan.

~ Oyi, o'tiring.

Jungkook ko'zi bilan sekin Minsook xonimni yonidagi stulchaga imo qildi. Jungkook va Yn onalar bilan suratga tushisharkan, qizning onasini oyoqlardagi muammosi uni turishiga imkon bermasdi. Jungkook hurmat yuzasidan, ikki onani stylchaga o'tqazib, o'zlari ularning ortida turishni lozim ko'rishdi.

Jeon xonimni qoshlari chimirildi. Shundog'am bu oqshomda yetarlicha asabi buzilgani uchun, go'yo bunisi oshib tushgandek edi.

Suratkash ishini yakunlagach, Jeon xonim shunchaki o'rnidan turib, ketib qoldi. U na kelinining onasi bilan ko'rishishni va na o'g'liga baxt tilashni bildi. Jk bundan biroz noqulay ahvolga tushib qoldi, ammo buni bilmagandek, birdan vaziyatni yumshatdi.

Yn......

Aslida, bu bugunni o'zida Minsook xonimga qilingan e'tiborsizliklar va hurmatsizliklardan bir parchasigina ekanligini bilardi. Deyarli hamma uning onasi bilan ancha masofa saqlashdi. Nafaqat onasi, balki akasi va Mina bilan ham suhbat qurganlar, ularga hurmat ko'rsatganlar soni kam edi.

Qizning miyasiga shundagi hali ko'p narsaga tishini-tishiga qo'yib kurashishi kerakligi keldi. Ammo Jungkookni yuzida paydo bo'lgan samimiy kulgusi qizni ancha tashvishlardan uzoqlattira oldi.

Yn: Vah, bu ayolni yoddan chiqarib bo'larmidi, majburlab og'zimga shokolad tiqqandi, tovba!

Hana : Bu ayolni eri o'zidan ham qiziq chiqqandi, Taehyungni oldiga kelvolib, "yosh kettingcha , yosh ketting"dan buyog'iga o'tmagandi.

Ovsinining gapidan qah-qah otib kula boshlagan Ynning qo'lidan yuvayotgan stakani tushib ketdi.

~ Chars.....

Yn: Uh, tomomman!

Yn tezda yerga cho'kkalagancha, avval nam qo'lini etagiga artib, so'ng shishalarni tera boshladi.

Hana: Men ham yordam beraman.

Hana Jeon xonim kelmasidan oldin, bularni tezda ko'zdan g'oyib qilish kerakligini bilardi.

Ikki qizning ham ko'nglida faqat bir iltijo bor: "Jeon xonim eshitmagan bo'lsin"

Ha, siz to'g'ri tushundingiz. Hozir bo'lgan voqea oradan bir oy vaqt o'tganini bildiradi. Ammo, sizda savol tug'ilishi mumkin, nega qizlar oshxonada?!

Jeon xonim, Hana va Ynni uyida malikalardek yashashlariga bir kun ham imkon bermadi. Ayol uyida bir dona ham xizmatchi qoldirmadi. 4 qavatli, eniga ancha cho'zilgan bu hashamatli qo'rg'onning yumushlari bir kunda shu ikki qizning bo'yniga tushdi.

Hana ham, Yn ham bunday bo'lishini kutishmagandi. Avvaliga hayron qo'lishdi, albatta! Ammo, ular endi yosh qizcha emas. Yana mehnatda ham ancha chiniqishgan. Bunday yumushlarni deb endi qurgan oilasida ishkal chiqarishni istamagan kelinlar, hammasiga tish-tishlarini bosib chidashmoqda.

Yn
Hana

Qorong'u xona ichida pardalar ortidan katta hovlini kuzatayotgan qiz, birin-ketin kira boshlagan mashinalarni ko'rishi bilan, shoshilib yosh to'lgan ko'zlarini artdi. Zudlik bilan chiroqni yoqib, qizargan ko'zlarini bildirmaslik uchun pardoz qila boshladi.

Yn: Uhhh! O'zingni bos. Faqat unga qaraganingda yig'lab yuborma!

Yn oynaga qarab o'ziga-o'zi bir nimalarni uqtirib bo'lgach, xonadan chiqib pastka otlandi.

Singan idishning badalini qaynonasining achchiq so'zlarini eshitib to'lagan qiz, hozir Jeon xonimga ko'z qiri bilan nazar tashlab qo'ydi. Jeon xonimni yuzida hech qanday his yo'q edi. U go'yo biroz oldin bo'lgan ishlarni unutganidam yoki qilgan ishidan xursandligidan mag'rurlanib o'tiribdi.

Hana: Yaxshimisan?

Hana Ynni yoniga yaqinlashdi va sekin unga termuldi.

Yn: Ha qiz

biroz jilmaydi. Va ochilgan eshik tomon nigohlarini qaratdi.

Avval Janob Jeon so'ng uning viqorli og'illari birin-ketin kirib kelisharkan, avval Xonim bilan ko'rishishdi. So'ng stol atrofiga kechki taom uchun o'tirisharkan, Hana va Ynning ham ahvollari so'raldi.

J. Jeon: Buni Bora qizim tayyorlaganiga ishonchim komil. Biram mazzali.

Janob Jeon doim qizlarga yaxshi munosabatda bo'ladi. Ayni vaqtda, horg'in Ynni kayfiyati ko'tarilishi uchun ham uni maqtab qo'ydi.

Hana: To'g'ri topdingiz! Yn juda mazzali pishiradi. Buni qadrini biluvchilar kam.

Hana va Jeo xonimni nigohlari keskin to'qnashdi. Ayol kelinining bu kesatig'i unga tegishliligini sezdi.

Yn: Rahmat!

Yn Jkni ko'rgach, biroz kayfiyati ko'tarildi. Uning ko'zlari, lablari, sochlari.... Yigit go'yo san'at asari. Bu san'at asaridan ko'zini uzolmayotgan qiz, ba'zida jilmayib qo'yarkan, Jk buni sezdi. Avval biroz ikkilangan yigit, ana endi sekin qo'lidagi qoshig'ini qo'yib, Ynni stol tagidagi qo'lini ushladi. Turmush o'rtog'ining bunday keskin Harakatidan ko'zlari kattalashgan qiz, birdan yuzini Jk tomonga qaratdi. Jk esa xuddi hech nima bo'lmagandek, jimgina taomlanishda davom etardi. Faqat chap qo'lida.

Hana: Mana haqiqiy ramantika

Hana Taeni quloqlari ortiga kelib pichirladi.

Tae unga biroz tushunmagandek qaradi, so'ng Hanani sekin bosh chayqashi tufayli qarshisida o'tirgan ukasi va keliniga ko'zi tushdi.
Tae ham o'ylab o'tirmay, hayoliga kelgan ishni shartta qildi.

Hana: Jinnimisan?!

Tae: Nega? Seni qo'lingdan ushlash mumkin emasmi?

Hana: Yo'q!

Tae: Bunaqa qoidalaring menga o'tmaydi.

Tae ikki qoshini uchirib qo'yib, ovqatlanishda davom etdi. Hana esa chuqur nafas olib chiqardi.

J.Jeon: Sinov muddating tugagandir?!

Janob Jeon tungi kiyimini kiyib chiqqach, yotog'iga joylasharkan, ko'zgu qarshisida brilliant taqinchoqlarini yechib, qutilarga joylashtirayotgan ayoliga yuzlandi.

J/x: Siz nega ularni tarafini olaverasiz?

J/J: Bir vaqtlar siz ham ularni yoshida va vaziyatida bo'lgansiz, ammo qaynonangiz sizga malikalardek yashashingizga imkon bergan.

J/x: Hamma narsani men bilan maslaxatlashmay qildingiz, endi bu yog'iga aralashmang!

~~~

Han: Tezroq bo'l! Oying bu turushingni ko'rib qolsa bormi, qaytib meni yonimga yo'latmaydi.

Hana tirsagi bilan idish yuvayotgan Taeni turtib qo'ydi.

Tae: Menga ham oson tutma! O'zi bazo'r bu ishlarga moslashayapman.

Tae shikoyat ohangda Hanaga yuzlandi. Allaqachon bitta olmani yuvib, stulga o'tirib olgan qiz esa birdan qovoqlarini uydi

Qo'lida bir qancha idishlar bilan kirgan Jungkook va Ynga qarab, Taeni yuzi yana burishdi.

Tae: Bularni keti qachon uziladi o'zi?😫

Pov avtor:

Sizlardi bilmadku lekin bunga ayibdor ularni onasi 🤣

Jk: Oyimni sinov muddati bizni ham yaxshilab tarbiyalayabdi.

Jk va Yn ularga hayrli tun tilab, bu yerni tark etishdi

Tae : Shu hafta ichida Xizmatchilarni o'zim topib kelaman, shekilli.

Hana : Rostdanmi? }

Hana: Seni sevaman Kim Taehyung!

Hana yugurib kelib, uni yuzidan o'pdi. Yigit esa qo'lidagi ko'pikni qizni burniga surtdi.

Hana: Bu nima qiliq?!

Tae: Ramantika bu azizam! Ramantika.

Tae gapini tugatmasidan, yuziga uchib kelgan suv tomchilari tufayli ko'zlarini yumdi.

Hana : Hali ham bu so'zni ma'nosini yaxshilab tushunmabsan.

Hana Taega orqa berib yura boshlagandi hamki, belidan tutilgan nam qo'llar tufayli butun vujudi jimirlab ketdi. Tae qizni uzun stol ustiga o'tirg'izdi.

Tae: Men yaxshi bilaman. Ammo senga hali ancha tushuntirishimga to'g'ri keladiganga o'xshaydi.

~~

Yn: Jungkook qo'yvor!

Yn Jkdan. oldinda zinalardan chiqib, xonasi tomon yurarkan, yigit uni tezda qo'liga ko'tardi.

Jk: Nega?! Buni yomon tomoni bormi?

Yn: Shundoq ham ishdan charchab kelgansan.

Jk: Nima eringni shunchalik nimjon deb o'ylayapsanmi?

Yn: Yo'q!

Jk: Unda jim

Jk Ynni qo'llarida dast ko'tarib ketarkan, qiz allaqachon boshini Jkni yelkalariga joylashtirgandi.

J. Jeon: Qayerga?

Janob Jeon tashqariga chiqishga otlangan ayolini ko'rdi.

J/x: Suv ichishga, agar ruxsat bersangiz!

Janob Jeom stol ustida o'ziga olib kelgan stakanini ayoliga tutqazdi.

J/x: Bu nima? Mengami?

J/J:: Ha.

U stakanni qo'yib , chappa o'girilib yotdi.

Jeon xonim biroz hayrat bilan suv icharkan, eri umrida biror marta o'z stakanidan kimgadir suv ichishga berganini eslolmadi. Unda bu birinchisi. Janob Jeon esa ayoliga pastga tushgandagi holat yoqmasligini va chigal vaziyatlarga olib kelishini bilardi. Aslida u o'g'illariga Yn va Hanaga yordam berishlari kerakligini tayinlagandi ham

~~

Ertangi kun
Seul shahrining xususiy shifoxonalaridan birida...

~Nega muolajalarni kechiktiryapsiz Janob Jeon?! Axir insult bilan o'ynashib bo'lmaydi

qo'lidagi bir qancha oq qog'ozlarni stoliga qo'ygach, ko'zoynagini to'g'irlagan doktor, qo'llarini qovushtirib o'tirgan Janob Jeonga qaradi.

J/J: Hozir sog'likni o'ylashdan ham muhimroq ishlarim bor.

Dk: Nima?! Sog'likdan muhim yana qanaqa ish bo'lishi mumkin?

J/J: Yashagan 50 yilimda qilgan ayblarimni yuvish, masalan.

Doktor boshini ekkancha yana nigohlarini qog'ozlarga tikdi.

Dk: Keyin afsuslanasiz. Shundog'am bu kasallikni yengishni iloji yo'q. Dori-darmonlar kunlarni uzaytira oladi xolos.

~~

Menga juda qiziq! Nega seni familiyang Kim? Qolganlarniki Jeon?

Hana Taening galstugini bog'lash jarayonida uni anchadan buyon qiziqtirgan savolga javob izladi.

Hana: Voy?! Yoki sen o'gaymisan?

Hayajondan og'ziga kelganini gapirgan qiz, keyin bunga afsuslangancha qo'li bilan yuzini to'sdi.

Tae: Qo'ysangchi, jinnivoy! Shunchaki meni familiyam qaysidir uzoooq o'tmishdagi qondoshlarimizniki. Dadam negadir meni ismim uchun shu familiyani mos deb o'ylagan. Rostida, Jeon Taehyungdan ko'ra Kim Taehyung anchaaa chiroyliroq eshitiladi.

Hana: Ha tushundim.

Tae: Aytgancha, bu familiyasi faqat menda emas, bizni mittivoy Sena ham Jeon.