Money Talks
Yn: Oha! Men rozi ekanligimni aytganim esimda yo'q?
Soat kechki 7 Ynning ish vaqti tugamagan edi. Ammo Jk uni supermarket bo'ylab ortidan yurardi.
Jk: Mashinamga minganing, rozilikdan dalolat deb kelaverdim.
Yn: Aslida bunday bo'lishiga o'zing sababchisan-ku! Agar meni yo'limni to'smaganingda million dollarlik aravanga o'tirmasdim.
Jk to'xtamay uyoqdan-buyoqqa yurayotgan Ynni yo'lini to'sdi.
Yn: Kichkinagina injiqligimga ham chidamaydigan inson, men bilan qanday qilib umr yo'lini bog'lamoqchi?
Jk: Aqlli erkak, ayolning xarxashalari ortida mehr va muhabbat so'ralayotganini biladi!
O'zini mag'rur holda tutayotgan yigitning yetmaganiga qo'lini cho'ntagiga solib olishi, qizni baland ovozda kulishga majburlay oldi.
Yn: Nima sen hali meni sevib qolgansan, injiqliklaring sababi shu demoqchimisan?😂
Jk: Birinchidan, buni hecham kulgili tomoni yo'q. Ikkinchidan, men bilan borishga majbursan!
Yn: Yaxshiyam akam bugun ishdan barvaqtroq ketgan. Bo'lmasa seni oyog'ini ostiga olardi, mag'rur shaxzodam!
Jk: Hali akang bilan ham tanishamiz, injiq malikam!
Yn: Bu yerda yetarlicha gaplashdik, Jk. Endi meni ham, o‘zingni ham "qimmatli" vaqtingni behuda sarflama. Men rozi bo‘lganim bilan, bu joyning o‘z qonun-qoidalari bor. Ishim kechki 11 gacha davom etadi, shundan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyga borishim kerak. Shu tig‘iz uch kun ichida sening uchrashuvlaringga vaqt ajrata olmayman.
Yn orqasiga burilib yurishni boshlagan edi, biroq Jkning orqadan eshitilgan so‘zlari yuzida beixtiyor tabassum uyg‘otdi...
Jk: 3 daqiqada o'sha boshliqlaringni o'zi yonimga olib borib qo'yishadi.
Hana: Sen tanigan Janob Choi, ya’ni meni otam, dadang bilan juda yaqin do‘st edi — nafaqat ishda, balki hayotda ham. Ularning do‘stligi shu darajada chuqur ediki, bu odamning uyingizga tez-tez kelib turishidan ham anglashilardi.
Ammo vaqt o‘tib, bir fojiali avtohalokat hammasini o‘zgartirib yubordi. Ikkisi ham bir kunda hayotdan ko‘z yumdi. O‘shanda men hali voyaga yetmagan, dunyodan bexabar bir qizaloq edim. Ota-onamni yo‘qotganimdan so‘ng, men hatto tanimagan qarindoshlar birdan paydo bo‘lib, meni talashishga tushishdi. Nega? Chunki serboy otamning bor-budlari endi mening nomimga o‘tgan edi.
O‘sha paytda pulning kuchini ilk bor chuqur his qilgandim. Lekin baribir, bu dunyoda yolg‘iz qolgan bir bola bo‘lib, nima ham qila olardim? Ota-onam yo‘qolgan bu qattiq hayotda faqat bitta odamga ishonishga jur’at topdim — bu inson Janob Jeon edi.
U kishi meni qo‘liga oldi va Avstraliyaga yubordi. U yerda katta, sokin bir uyda, faqat ishonchli xizmatkorlar bilan yashadim. Tarbiyani, sabrni, mustaqillikni o‘sha yerda o‘rgandim. 18 yoshimga yetganimda esa, otamdan qolgan mol-mulk butunlay meniki bo‘ldi… lekin men uni bir zumda tarqatib yubordim.
Hashamatli hayotdan voz kechib, oddiylikni tanladim. Chunki o‘shanda angladim — pul meni emas, men pulni boshqarayotgan edim. O‘zimdan faxrlandim. Qayta-qayta.
Keyin o‘sha yerda — Avstraliyada — tahsil oldim. San’at yo‘nalishida. O‘qishni tamomlaganimdan so‘ng esa, Jeon amakim meni Seulga qaytishga chaqirdi. Ana shu bilan, mana necha kundirki, tug‘ilgan shahrimdaman.
Menimcha, seni qiziqtirgan barcha gaplarni aytib bo‘ldim. Ammo buni menga achinishing uchun emas, balki... hayot tarzing butunlay boshqacha bo‘lgan bir qizning qo‘lidan tutish qanchalik qiyin bo‘lishini tushunishing uchun aytayapman.
O‘z hikoyasini so‘ngiga yetkazgan qiz, endi allaqachon sukutga cho‘mgan Taehyungga chuqur nigoh bilan termuldi…
Tae: Men esa ishga komilgan va qizlar orasida juda mashxurman balkim bu yerdan ketarmiz biron joyga ovqatlangani
Hana: Yóq men biroz charchaganman meni mexmon xonaga olip bora olasanmi
---------------
Yn : Sen kimsan o'zi?
Majburlab ish joyidan chiqarilgan Qiz ko'zoynagini yarqiratib taqib olgan Jungkookning yoniga keldi.
Jk: Shu supermarketni egasini o'g'liman.
Yn: Hamma narsani otangni pullari bilan hal qilasan. Qoyil.
Jk: Nega doim men haqimda yomon fikrga kelaverasan?
Jk: Chunki, sen menga yoqmaysan.
Jk: Uhhh.... Yaxshi! Aslida seni shu o'jarliging ham menga yoqaveradi.
Jk suhbatni uzoq cho'zmay, mashinani old eshigini ochdi.
Bizning xarakterli Shin Yn esa orqa eshikni o'zi ochib, jimgina o'tirdi.