2022-2023yil
February 5, 2023
Til - millat ko'zgusi
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yiligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Temir yo'l transporti muhandisligi fakulteti va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda “Til - millat ko'zgusi” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi. Adiblar xiyobonida o'tkazilgan tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirok etib, talaba-yoshlarning ijodiy chiqishlari va g'azalxonlik kechasiga ulanib ketdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizning ma’naviyatini yuksalishida poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.