2023-yil 14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab ZOOM havolasi orqali talabalar bilan ma’naviy tadbir o’tkazildi.
20-dekabr kuni Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti va “Vagon va vagon xo’jaligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tyutorlar G.M.Axmadova, N.T.Rahmatullayevalar o’zlariga biriktirilgan guruhlar MS-1, MMT-1,2 hamda fakultet Kitobxon talabalari bilan birgalikda Mirobod tumanida joylashgan 57-sonli bolalar uchun maxsuslashtirilgan mehnat ta’limi maktabiga “Mehr qo’llarini o’zataylik” shiori ostida tadbir tashkil qilishdi.
17-dekabr kuni Toshkent davlat transport universitetida “Eng yaxshi kitobxon jamoasi” ko’rik tanlovining universitet bosqichi o’tkazildi. Yakuniy natijalarga ko’ra, Temir yo’l transporti muhandisligi fakultetininig “Temiryo’lchilar” jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritib, 5 000 000 so’m pul mukofotiga sazovor bo’lishdi.
14-dekabr kuni N.T.Rahmatullayeva boshchiligida MST-2 guruh talaba yoshlarida “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida “Axborot va murabbiylik soati” mashgʻulotlari o’tildi.
8-9-noyabr kunlari Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti tyutori N.T.Rahmatullayeva o’ziga biriktirilgan MMT-1, MMT-2, MMT-3 va MST-2, MST-3 guruh talabalarida “Eng yaxshi kitobxon jamoa” ko‘rik-tanlovini 1-bosqichi o’tkazildi.
Ozarbayjon madaniyat markazida Temir yo’l transporti fakulteti tyutorlari, fakultet dekan maslaxatchisi, Azarbayjon madaniyat markazi xodimlari va fakultet talaba-qizlari hamkorlikda Maqsud Shayxzoda tavalludiga bag’ishlangan ilmiy badiiy kecha tashkillashtirildi. Toshkent davlat transport universitetiga “Ikki xalq dilbandi shoir Maqsud Shayxzoda” ijodini chuqur o'rganish va uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish, adib hayoti va ijodini talabalarga targ’ib qilish va shogirtlar tayyorlash ularga yaqindan tanishtirish.
17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha taqdim etilgan 5 ta muhim tashabbus boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʻtarilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta tashabbus yuzasidan dastur”da rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etib borish hamda ularning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida TYTM fakulteti MST-2 guruh talabasi Dzyu-do bo'yicha universitet kurash zalida amaliy mashg'ulotlar olib borilishi.
Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yiligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Temir yo'l transporti muhandisligi fakulteti va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda “Til - millat ko'zgusi” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi. Adiblar xiyobonida o'tkazilgan tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirok etib, talaba-yoshlarning ijodiy chiqishlari va g'azalxonlik kechasiga ulanib ketdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizning ma’naviyatini yuksalishida poydevor bo’lib xizmat qiladi.
"O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Tilga etibor - elga etibor" mavzusida Talabalar shaharchasida tadbir tashkildi. Tadbirda Temir yo'l transporti muhandisligi fakulteti tyutorlari Malika Abdullayeva, Nodira Raxmatullayeva, Feruza To‘rayeva, tarbiyachi pedagoglar Shoira Ziyomuxammedova, Oybek Suyunov, Muxtor Xurramov, Saodat Ro‘zimetova hamda yuzga yaqin talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida barcha talaba yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan kerakli javoblarni oldilar. Tadbir so‘ngida profilaktika inspektori Elmurod Karimov talabalarga odob-axloq qoidalari va talabalar turar joylarida yashash tartibi hamda salbiy illatlarning oqibatlari haqida tushuntirish...
Temir yo‘l transport muhandislik fakultetining 4-kurs TVL-744 va TVL -762 talabalari ishtirokida darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va sportni rivojlantirish maqsadida shashka o’yinlari tashkil etildi.